Tasdiqlayma n


Hisoblash Siydikchil (mol/l)=15*A1/A2 Izoh



Yüklə 133,5 Kb.
səhifə4/5
tarix02.08.2022
ölçüsü133,5 Kb.
#117470
1   2   3   4   5
2 5285054100650593992
Hisoblash
Siydikchil (mol/l)=15*A1/A2
Izoh: siydik distillangan suv bilan 1+99 (natija * 100) qilib aralashtiriladi. Siydikchil miqdori 33 mol/l dan ko`p sinamalar qayta 1+1 (natija * 2) qilib suv bilan qayta aralashtiriladi.
Xavfsizlik qoidalari. 1- reaktiv kuchli zaharli modda hisoblanuvchi natriy azidi (12,5 %), psixotropik modda – natriy dietilbarbiturait (20 %) saqlaydi. 3 – reaktiv zaharli modda natriy nitroprussidi (100 %) saqlaydi. 4 – reaktiv o`yuvchi modda – natriy gidroksid (12%) saqlaydi. Ishda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak, ovqatlanish, ichish va chekish taqiqlanadi, himoya vositalaridan foydalanish kerak.
Tibbiy yordam ko`rsatish. Organizm ichiga modda kirganda 0,5 l suv ichish kerak. Ko`zga tushganida ular eng kamida 10 min davomida suvda yuviladi. Teriga tushganida oqar suv bilan yuviladi. Jabrlanuvchiga ixtisoslashgan tibbiy yordan ko`rsatilishi zarur.
Qoldiqlarni yo`qotish. Barcha sinamalar infeksiyalangan material bo`lishi mumkin deb hisoblanadi va kasalxona ichki qoidalariga rioya qilgan holda reaktiv qoldiqlari bilan yo`qotiladi. Qog`ozli o`ram makulaturaga beriladi, chayilgan idishlar maxsus saralangan axlatga tashaladi.
Tibbiy diagnostik ahamiyati. Qonda siydikchil konsentratsiyasining pasayishi alohida diagnostik ahamiyatga ega emas, u glyukoza kiritilgandan so`ng, oqsillar katabolizmi susayganda, ortgan diurezda, gemodializdan keyin (masalan, zaharlanishda), och qolishda, buyrak yetishmovchiligid kuzatiladi.
Qonda siydikchil konsentratsiyasining ortishiga sabab bo`ladigan 3 sabab ajratiladi: buyrak usti, buyrak va buyrak osti azotemiyasi.

  • Buyrak usti (mahsulot) azotemiyasi organizmda azot qoldiqlari paydo bo`lishinign ko`payishi bilan ifodalanadi. Bu turdagi azotemiya ko`p miqdorda oqsil saqlovchi mahsulotlarini yeganda, oqsillar katabolizmi yaqqol kuchayishi fonida kechayotgan turli xil yallig`lanishlarda, qusish, diareya va boshqalar natijasida suvsizlanganda kuzatiladi. Bunday xolatda ortiqcha siydikchil buyraklar orqali yo’qatiladi. Qon zardobida siydikchik miqdori ortishining uzoq saqlanishi (8,3 mmol/l dan yuqori) buyrak yetishmovchiligi deb baholanadi.

  • Qonda siydikchil konsentratsiyasining ortishi buyraklarning ayirish vazifasi buzilganda ko`p uchraydi. Buyrak azotemiyasini quyidagi patologiyalar keltirib chiqaradi:

  1. O`tkir va surunkali glomerulonefritlarda siydikchil konsentratsiyasining ortishi kam ucharaydi va u qisqa muddatli; surunkali glomerulonefritda siydikchil konsentratsiyasi o`zgarishi mumkin, kasallik kuchayganida ortib, susayganida tushishi mumkin.

  2. Surunkali pielonefritlar; bunday kasallarda siydikchil konsentratsiyasining ortishi nefrosklerozga va buyraklardagi yallig`lanish jarayonlariga bog`liq.

  3. Simob tuzlari, glikollar, dixloretan va boshqa zaharli moddalar bilan zaharlanish oqibatida kelib chiqqan nefrosklerozlar.

  4. Uzoq ezilish sindromi (krash - sindrom); Qonda siydikchil konsentratsiyasi juda yuqori bo`ladi, bu oqsillarning parchalanishini ortishi fonida siydikchil chiqarilishning ushlanib qolinishi bilan tushuntiriladi.

  5. Xafvli kechuvchi arterial gipertenziya.

  6. Gidronefroz, yaqqol ifodalangan polikistoz, buyrak sili.

  7. Amiloidli yoki amiloid – lipoidli nefroz; bunday kasallarda qonda siydikchil konsentratsiyasi faqatgina kasallikning oxirgi bosqichlarda kuzatiladi.

  8. O`tkir buyrak yetishmovchiligi (O`BE); ko`p hollarda qonda siydikchil konsentratsiyasi yuqori darajada (133,2 – 149,8 mmol/l) ga etadi.

O`BE bilan kasallangan bemorlarda siydikchil miqdorining oshib borish qiymati muhim ahamiyatga ega. Kasallik asoratlanmagan hollarda qonda siydikchil konsentratsiyasi 5 – 10 mmol/l*sutkaga yetadi.

  • Buyrak osti azotemiyasi retentsion azotemiyaga kiradi va siydikni siydik yo`llaridagi qandaydir to`siqlar sabali (tosh, o`sma, xususan adenoma yoki prostata raki) chiqarilishi to`xtab qolganda yuzaga keladi.

Siydik bilan siydikchil chiqarilishining kamayishi o`sish davrida, homiladorlikda, ovqatda oqsillar miqdori kam bo`lganda kuzatiladi. Klinika amaliyotida siydikda siydikchilni aniqlash organizmda anabolizm va katabolizm jarayonlari holatini nazorat qilish uchun ishlatiladi. Bu katta ahamiyatga ega, ayniqsa og`ir holatdagi enteral (zondli) va parenteral ovqatlanuvchi reanimatsion kasallarda muhim ahamiyatga ega.
Bemorda qaysi jarayonlar ustinligini aniqlab (siydik bilan siydikchil chiqarilishining ortishi manfiy azot balansidan, kamayishi esa musbat azot balansidan dalolat beradi), bemorga kerakligicha oqsil preparatlari miqdorini hisoblash kerak.
Musbat azot balansi jigar kasalliklarida, buyraklar vazifasi buzulganda (bir vaqtda qonda siydikchil konsentratsiyasi ortadi), anabolik ta`sir qiluvchi gormonlar (o`sish gormoni, testesteron, insulin va boshqalar) qa’bul qilinganda kuzatiladi. Manfiy azot balansi qalqonsimon bez giperfunksiyasida operatsiyadan keyingi davrdagi bemorlarda kuzatiladi.

Yüklə 133,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə