Tasdiqlayman” Boysun tuman 1-son kasb-hunar maktabi direktori R. Xolmo’minova “ ” 2022 y dalolatnoma



Yüklə 17,52 Kb.
tarix19.07.2022
ölçüsü17,52 Kb.
#117417
dalolatnoma (Lotincha)


Tasdiqlayman”
Boysun tuman 1-son kasb-hunar maktabi direktori________R.Xolmo’minova
___”____________2022 y


DALOLATNOMA

14.05.2022 y Boysun sh


Bizlar kim ushbu dalolatnomani tuzib imzo qiluvchilar, Boysun tuman 1-son kasb-hunar maktabi Moliya isqisod bo’yicha direktor o’rinbosari Tilovov Farxod, kadrlar bo’yicha inspector Azizova Gulbahor, bosh hisobchi Bo’riyeva Dilorom bo’lib tuzamiz, ushbu dalolatnoma shu haqdakim, Boysun tuman 1-son kasb-hunar maktabi jismoniy tarbiya raxbari Qurbonov Baxrom 2022 yil 10 may kunidan toki 2022 yil 12 may ya’ni payshanba kunga qadar direktordan turmush o’rtog’ning mazzasi yo’qligi sababli 3 kun muddat og’zaki javob so’ragan. Lekin bugungi kunga qadar ya’ni 13-14 may kunlarida hech qanday ma’muriyatni ogohlantirmay ishga sababsiz kelmayotganligi aniqlandi deb dalolatnoma tuzib imzo chekuvchilar.

Kadrlar bo’yicha inspektor: Azizova Gulbahor

Moliya isqisod bo’yicha direktor


o’rinbosari: Tilovov Farxod
Bosh hisobchi: Bo’riyeva Dilorom

Tasdiqlayman”


Boysun tuman 1-son kasb-hunar maktabi direktori________R.Xolmo’minova
___”____________2022 y
DALOLATNOMA

25.05.2022 y Boysun sh


Bizlar kim ushbu dalolatnomani tuzib imzo qiluvchilar, Boysun tuman 1-son kasb-hunar maktabi Yoshlar ishi bo‘yicha direktor o‘rinbosari X. Pardaev, Moliya isqisod bo’yicha direktor o’rinbosari Tilovov Farxod, Kasbiy ta’lim ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Samatov bosh hisobchi Bo’riyeva Dilorom, kasaba uyushma qo’mitasi a’zosi M.Axmedova, kadrlar bo’yicha inspektor G.Azizovalar bo’lib tuzamiz, ushbu dalolatnoma shu haqdakim,


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-son Farmoni hamda Surxondaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining 2020 yil 11 noyabrdagi 398- sonli buyrug‘iga asosan Kasb-hunar maktabida “Sog‘lom sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifa yuklangan xodim har shanba kuni soat 14:00 dan so‘ng xodimlar bilan yugurish, futbol, badminton,voleybol, basketbol, stritbol, stol tennisi va boshqa sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari tashkil bo‘yicha jismoniy tarbiya raxbari Qurbonov Baxromga 2020 yil 1 dekabrdagi №16-A sonli buyrug‘i bilan yuklatilgan.
Jismoniy tarbiya raxbari Qurbonov Baxrom 2020 yil 1 dekabrdan toki 2022 yilning 14 may kuniga qadar bir necha marotaba xodimlar bilan ertalabki badantarbiya ishlarini olib borgan xolos. Joriy yilning 29 mart oyida tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshirishga ko‘ra “Sog‘lom sport targ‘ibotchisi” Qurbonov Baxromga byudjetdan tashqari mablag‘ hisobidan haq to‘lanishi kerakligi to‘g‘risida 2022 yil 29 mart №СБ-21906-2201/232-22- sonli sud qarori chiqarilgan. SHunga qaramay Qurbonov Baxrom o‘z ishiga ma’suliyatsizlik bilan qarab, 2022 yilning 14 may kunida 25 may kuniga qadar bir marta ham xodimlar bilan targ‘ibot ishlari olib borilmaganligi aniqlandi deb dalolatnoma tuzib imzo chekuvchilar.
Moliya isqisod bo’yicha direktor
o’rinbosari: Tilovov Farxod

Kasbiy ta’lim ishlari bo‘yicha


direktor o‘rinbosari: Samatov Baxrom

Bosh hisobchi: Bo’riyeva Dilorom


kasaba uyushma qo’mitasi a’zosi: Axmedova Manzura


Kadrlar bo’yicha inspektor: Azizova Gulbahor
Yüklə 17,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin