«tasdiqlayman»



Yüklə 122,43 Kb.
tarix23.10.2017
ölçüsü122,43 Kb.

O‘ZBeKISTON ReSPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI
TOShKeNT TIBBIYoT AKADeMIYaSI


«TASDIQLAYMAN»

TTA o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Professor Teshaev O.R.

__________________________

«27» avgust 2015 y.


DAVOLASh FAKULTeTI

FAKULTeT VA GOSPITAL XIRURGIYa KAFeDRASI

Gospital xirurgiya fani



MAVZU:

«O‘pkaning surunkali nospetsifik kasalliklari »

(o‘qituvchi, talaba uchun o‘kuv-uslubiy ko‘rsatma)
O‘QITISh TeXNOLOGIYaSI

Toshkent 2015

Tuzuvchilar:

Professor Xakimov M.Sh.

Dotsent Imamov A.A

Assistent Berkinov U.B


O‘qitish texnologiyasi tasdiqlangan:

Kafedra o‘quv-uslubiy kengashi bayonnomasi №1 «27» avgust 2015 y.



Mavzu: O‘pkaning surunkali nospetsifik kasalliklari

1. O‘quv mashg‘ulotida o‘qitish texnologiyasi modeli

Vaqt – 4,9 soat

Talabalar soni: 8-10 chel.

Mashg‘ulot shakli

Statsionar va o‘quv xonalarida amaliy mashg‘ulotlar

Mashg‘ulot o‘tkazish joyi

-Fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi o‘quv xonalari, palatalar va bog‘lov xonalari.

- Plakatlar, sxemalar, kasalliklar klassifikatsiyasi sxemalari, davolash sxemalari, rentgenogrammalar, videofilmlar.

O‘quv mashg‘uloti strukturasi

  1. Kirish

  1. Amaliy qism

- kuratsiya

- amaliy ko‘nikmalarni bajarish

- amaliy qismni tahlil qilish


  1. Teoretik qism

- teoritik qismni tahlil qilish

4. baholash

- o‘z-o‘zini va o‘zaro baholash

- o‘qituvchi bahosi

5. o‘qituvchi tomonidan darsni tamomlash, bilimlarni baholash. Keyingi dars uchun mashg‘ulot savollarini e'lon qilish.


Mashg‘ulotning maqsadi. Talabalarga o‘pkaning surunkali nospetsifik kasalliklari bilan ogrigan bemorlar, kuratsiya uchun olingan bemorlar misolida tekshirish yo‘llarini, tashxis ko‘yish, kiyosiy tashxis va davolash usullarini o‘rgatish. O‘pkaning surunkali nospetsifik kasalliklari etiologiyasini, patogenezini, klinikasi va umumiy davolash xususiyatlarini taxlili kilish.

O‘qituvchi tomonidan berilgan vazifalar:

- diagnostika va differensial diagnostika uslublari, va ularning asoratlari haqida;

- tashxisni asoslash va ratsional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlarni interpretatsiya qilish;

- ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari;

- operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar, va ularning o‘ziga xosligini bilish;

- amaliyot davri va undan keyingi asoratlarni oldini olish;

- upkaning o‘tkir yiringli-destruktiv kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish;

- maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish.



O‘qitish faoliyatining natijalari:

Talaba bilishi lozim:

- diagnostika va differensial diagnostika uslublari, va ularning asoratlari haqida;

- tashxisni asoslash va ratsional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlarni interpretatsiya qilish;

- ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari;

- operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar, va ularning o‘ziga xosligini balish;

- amaliyot davri va undan keyingi asoratlarni oldini olish;

- O‘pkaning surunkali nospetsifik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish;

- maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish.



Talaba bajara olishi lozim:

- Amaliy ko‘nikmalarin bajara olishi - o‘pkaning surunkali nospetsifik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish, operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarni bilish.



O‘qitish texnikasi va usullari

amaliy mashg‘ulotlar metodi,

texnikasi: qora quticha, urgimchak ini

grafik organayzer – konseptual tablitsa


O‘qitish jihozlari

Plakatlar, sxemalar, kasalliklar klassifikatsiyasi sxemalari, davolash sxemalari, rentgenogrammalar, videofilmlar.

O‘qitish shakllari

Individual, guruhlarda va kollektiv bilan ishlash

O‘qitish shartlari

o‘quv xonalari, palatalar va bog‘lov xonalari.

Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat: nazorat savollari, guruhlarda o‘quv vazifalarni bajarish, amaliy ko‘nikmalarni bajarish


2. Motivatsiya
Mashg‘ulot mutaxassis shaxsini shakllanishiga, o‘zini tuta bilishga o‘rgatishga, tashxis qo‘yishda ma'suliyatni xis qilishga o‘rgatadi.


  1. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik

Shu mavzuni o‘qitish talabalarning normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya fanlari bo‘yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar gastroenterologiya, ichki kasalliklar va boshqa klinik fanlarni o‘rganilganda kerak bo‘ladi.



4. Darsning mazmuni

4.1. Nazariy qism



O‘pkaning surunkali nospetsifik kasalliklari
O‘tkir plevra empiemasi – bu visseral va parietal plevraning chegaralangan yoki diffuz yalliglanishi bulib, u plevra bushligida yiring yigilishi bilan kechadi.

Maxsus plevra enpiemasiga tuberkulez, zamburug va sifilitik empiemalar kiradi.

Aralash plevra empiemasida plevra bushligidan olingan ekssudat tarkibida xam tuberkulez mikobakteriyalari va kandaydir bakteriyalar yoki zamburuglar aniklanadi.

Kupincha plevraning nospetsifik empiemasi kuzatiladi, bu turli yiringli yoki chirituvchi mikroorganizmlar tomonidan chakiri-ladi. Ular orasida noklostridial mikroorganizmlar – bakteroidlar, fuzobakteriyalar, peptokokklar, peptostreptokokklar va boshkalar empiemani chakiruvchi asosiy shkroorganyazmlardir.

G.I.Lukomskiy ma'lumotlariga kura, 88% xollarda plevraning ikkilamchi empiemasi pnevmoniya, upkaning utkir va surunkali yiringli kasalliklarining asoratidir. Ayrim xollarda empiema upkaning tugma yoki parazitar kistasining yiringlanishi, parchalanayotgan rak, spontan pnevmotoraks asorati bulishi mumkin.

Ikkilamchi plevra empiemasi kukrak kafasi devoridagi va kushni a'zolardagi (kovurga, umurtka pogonasi, tush suyagining osteomieliti, mediastenit, perikardit) yalliglanishning plevraga tarkalishi tufayli xosil bulishi mumkin.

Juda kam xollarda empiema korin bushligidagi (diafragma osti abssessi, xoletsistit, pankreatit va boshkalar) a'zolarning utkir yalliglanishi va yiringli kasalliklari natijasida paydo bulishi mumkin.

Piopnevmotoraks – utkir yiringli jarayon bulib, upkadagi yiringli tuzilmaning plevra bushligiga yorilishi natijasida kelib chikadi. Kupincha u upka gangrenasining progressivlashuvi, kam xollarda upkaning utkir abssessi va ba'zan kayta kuzgalish boskichida bulgan surunkali upkaning yiringli tuzilmasining yorilishi natijasida kelib chikadi,

Upka abssessining plevra bushligiga yorilishi unga yiring va xavo tushishi bilan kechadi.

Plevraning parietal va visseral varaklari bitishmalari bulmaganda total pnevmotoraks rivojlanadi. Uning klinik kechimi, toksinlarning kup mikdora surilishi xisobiga juda ogir kechadi.

Plevraning utkir empiemasi va piopnevmotoraksning klinik kechimi: jaroxatlangan tomonda kuchli ogrikning paydo bulishi, nafas yetishmovchiligi, intoksikatsiya belgilari.

Plevraning utkir empiemasida nafas yetishmovchiligi belgilari kuyidagilardan iborat; suyuklikning plevra bushligida tuplanishi, upkaning kisilishi, upkadagi yiringli-destruktiv jarayon va upka-ning kollapsga uchragan bulimidan konning shuntlanishi, bronxospazm

Ogrik va nafas kisishi sababli bemorlar kupincha majburiy (yarim utirgan) xolatda buladilar. Plevraning utkir empiemasi bilan ogrigan bemorlarda kupincha kuruk yoki balgam ajralishi bilan boruvchi yutal kuzatiladi.

Bemor kurikdan utkazilganda kupincha kukrak kafasining bir yarmida nafas xarakatlarining chegaralanishi aniklanadi. Total va tarkalgan plevra empiemasida kovurgalar oraligining silliklanishuvi, yiring yigilgan tomonda teri va teri osti kletchatkasining maxaylliy shishi kuzatiladi. Pal'patsiyada shikastlangan tomonda teri giperemiyasi va ogrik, perkussiyada bugik perkutor tovush aniklanadi. Auskultatsiyada nafasning susayishi, plevra bushligining kup mikdorda suyuklik tuplangan soxasida xatto nafas xarakatlarining yukolishi kuzatiladi.

Kisilgan upka soxasida bronxial nafas, ba'zan turli kalibrli xul xirillash, plevraning ishkalanish shovkinlari, bushlik bilan alokada bulgan bronx-plevra okmalari mavjud bulganda amforik nafas eshitiladi.

Utkir piopnevmotoraks upkadagi yiringli-destruktiv uchokning erkin plevra bushligiga yorilishi natijasida xosil buladi. Abssess perforatsiyasi kupincha kuchli yutal vaktida sodir buladi. Bemorlarda kukrak kafasida kuchli ogrik, nafas kisishi, terining okarishi, yopishkok ter, teri va shillik kavatlarning sianozi kuzatiladi.

Utkir piopnevmotoraks taranglashgan pnevmotoraks bilan birga kushilganda kasallik yanada ogirrok kechadi. Nafas kisishining kucha-yishi bemorlarni majburiy (utirgan) xolatga olib keladi. Kukrak kafasining bir yarmi nafas olishda kamrok ishtirok etadi, kovurgalar oraligm kengaygan, tovush titrashi kuchsizlanadi, perkussiyada korobka tovushi, auskultatsiyada amforik tovush bilan bronxial nafas aniklanadi. Ba'zan shok va upka-tomir yetishmovchiligi shunchalik tezlik bilan usadiki, bunday bemorlarni fakatgina shoshilinch jarroxlik amaliyoti yordamida saklab kolish mumkin.

Piopnevmotoraksning yumshok shakli upkaning kichik periferik abssessining plevra bushligiga yorilishi natijasida vujudga keladi.

Bemorlarni kukrak kafasida ogrikning kuchayishi, nafas ktyasishi, yutal, tana xaroratining kutarilipsh va boshka shu kabi kuchsiz yiringli intoksikatsiya belgilari bezovta kiladi. Bunday xollarda yirik bronx bilan aloka bulmaganligi sababli, xavo kam mikdorda plevra bushligiga kiradi, jarayon asosan yiringli tuzilma yorilgan yerda joylashadi va bu chegaralangan piopnevmotoraksga olib keladi.

Piopnevmotoraksning noanik shakli upkadagi kichik destruktiv uchokning plevra bushligining chandiklar bilan chegaralajiash kismiga yorilishi natijasida yuzaga keladi. Kupincha u upkaning surunkali yiringli kasalliklarida uchraydi. Yiringli tuzilmaning bushlikka yerilishi bemor uzi sezmagan xolda ruy berishi mumkin.

Utkir plevra empiemaoi va piopnevmotorako tashxisida rentgenologik, instrumental, endoskopik va laboratoriya tadkikot uslublarining axamiyati katta. Utkir plevra empiemasi bilan ogrigan bemorlar asosan rentgenologik uslublar: rentgenoskopiya, rentgenografiya, plevrografiya, fistulografiya, tomografiya, bronxografiya yordamida tekshiruvdan utkaziladi.

Surunkali plevra empiemasi - koldik plevra bushligidagi morfologik jixatdan kaytmas yiring-destruktiv jarayon bulib, u uzok vakt davomida kechishi va davriy utkirlanishi bilan xarakterlanadi.

Utkir empiema bilan ogrigan bemorlarning 4-20%da surunkali empiema yuzaga kelishi mumkin (Struchkov V.I., 1967; Maslov V.I. 1976).

Surunkali plevra empiemasining xosil bulishidagi shartlardan biri upkaning tulik yozilmasligi va natijada turgun plevra bushligi koldigi shakllanishi va bushlik devorida infeksiyaning saklanib kolishidir.

Bronxnal okmalar, xondritlar, upkaning kollapsga uchragan kismidagi sklerotik uzgarishlar, operatsiyadan keyin xosil bulgan empie-malarda rezeksiyadan sung kolgan upka ulchamlarining plevra bushligi xajmiga tugri kelmasligi kasallikni ushlab turuvchi omillardir.

Plevra bushligidagi yiringli suyuklikni olib tashlash maksadida uning tubida belgilangan joydan punksiyalanadi, keyinchalik esa shu joydan teri kesilib plevra bushligiga troakar yuboriladi, troakar plevra bushligiga tushganda "upirilish" seziladi, stilet olib tashlanadi va naychasi orkali drenajlanadi. Drenaj yiringli bushlikka tushganligini aniklash uchun drenaj orkali aspiratsiya kilinadi va bunda yiring chikadi. Drenajda ikki-uch yonlama teshiklar bulishi lozim. Troakar naychasi olingandan sung drenaj teriga fiksatsiyalanadi. Plevra bushligini effektiv sanatsiyalash kriteriyalari kuyidagilardan iborat: klinik manzaraning ijobiy tomonga siljishi (tana xaroratining normallashuvi, yiringli intoksikatsiya belgilarining kamayishi va yukolishi); plevra bushligidagi ekssudatning tozalanishi va mikroorganizmlarning kamayib, yukolishi (bakteriologik tekshiruvda), ekssudatda leykatsitlarning kamayishi Drenajning plevra bushligida bulish muddati plevra bushligining effektiv sanatsiyasi va upkaning yezilishiga boglik.

Agarda bronxial okmalar aniklanadigan bulsa, bu xollarda plevra bushligini germetizatsiyalash maksadida okma bilan boglik bulgan bronxni bronxoskopiya yordamida vaktinchalik okklyuziya kilinadi. Bu muolajadan keyin plevra bushligi germetizatsiyalanadi, bu tezrok upka yozilib ketishiga sharoit tugdiradi. Jarroxlik amaliyotlariga plevra bushlishni ochik drenajlash kiradi. Buning moxiyati sun'iy ravishda torakal okma yaratsh va yiringli bushlikni tezrok tozalash, upkani yozish va bajariladigan jarroxlik amaliyotiga tayyorgarlik maksadida 1 yoki 2. kovurgani rezeksiya kilib ochik drenajlash taklif kilingan va keng kullaniladi. Bunda kukrak kafasining yonbosh kismida 12-15 sm uzunlikda yiringli bushlik tubi katma-kat ochilib, 1-2 kovurgalar rezeksiya kilinadi, yiringli bushlik yaxshilab sanatsiyalanadi. Katta yiringli bushliklarda ochik drenajlash 2-3 kovurgalar rezeksiyasi yaxshi natija beradi. Punksiya va drenajlash usullari tulik davolanishga olib kelmasa, sanatsiya natijasida upka yozilib, empiema bartaraf etilmasa, upka dekortikatsiyasi amaliyoti bajariladi. Bundan maksad: upkani shvartlardan bushatish, yozib yuborish, okmalarni yukotish, koldik plevra bushligini bartaraf etish (plevra empyaemasini bartaraf ztish). Bu jarroxlik amalyoti organlarni saklab kolish maksadida, xamda upka funksiyasini tiklash maksadida amalga oshiriladi. Kasallik boshlangandan 3-4 xafta utgach bemorlarga upka dekortikadiyasi yaxshi natija beradi, Bu belgilangan vaktdan utgach, plevra kalin fibroz uzgarishlarga uchraydi va undan xolis bulish uchun plevrani olib tashlash kerak, yani plevrektomiya tavsiya etiladi undan tashkari upkaning bir kismida boruvchi destruktiv uzgarishlarda - kisman upka rezeksiyasi amaliyoti bajariladi. Upkaning bir taraflama yiringli-destruktiv uzgarishida va plevraning kaytmas uzgarishlarida plevropulmonektomiya amaliyoti bajariladi.

Surunkali plevra empiemasini davolash umumiy dori-darmondan tashkari maxalliy sanatsiya kilishdan iboratdir.

Surunkali empiemani jarroxlik amaliyoti bilan davolash: infeksiya uchogini, koldik plevra bushligini va bronx okmasini yukotishdan tashkil topgan. Agarda yukorida kayd etilganlarni upka dekortikatsiyasi va plevrektomiya jarroxlik amaliyoti bilan yukotish ilojisi bulmasa mushaklar bilan torakomioplastika amaliyoti bajariladi. Bularga Shede buyicha intraplevral torakomioplastika kiradi. Bu amaliyotda bir kator kovurgalar rezeksiyasi bajarilib, parietal shvartlar, kovurga osti tomiri, nerv tolalari kesiladi va juda travmatik operatsiya xisoblanada. Kukrak kafasidan tayerlangan mushak loskutlari bushlik ichiga tugirlanib, visseral shvartlarga tikib maxkamlanadi.

Geller va Limberg taklif kilgan "zinapoya" torakoplastikasi xam mavjud. Bu xam intraplevral torakoplastika turi bulib, unda xam bushlik ustidagi kator kovurgalar aloxida rezeksiyalanadi, lekin oldingi Shede usulidan farkli ularok, kon tomirlari, nervlar kesilmaydi, kovurgalar orasidan plevra bushligi ochiladi, bushlik sanatsiyalanadi. Bushlik ustidagi kovurgalar aloxida olingandan sung mushaklar loskut sifatida bushlik ichiga tugirlanib, visseral shvartlarga tikiladi.



Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

«Qora quticha, o‘rgimchak ini»
4.2. Mashg‘ulotda qo‘llaniladiganyangi yangi pedagogik texnologiyalar:

«QORA QUTIChA» USULINI QO‘LLASh

Ushbu usul mashg‘ulot davomida xamkorlikda ishlash va har bir talabaning faol qatnashishini ko‘zda tutadi, o‘qituvchi butun guruh bilan ishlaydi.

Xar bir talaba qora qutichadan savol yozilgan kartochkani oladi.

Talabaga javob berish uchun 3 daqiqa beriladi. So‘ngra javoblar muhokama qilinadi. Usulning ohirida o‘qituvchi berilgan javoblarni muhokama qiladi va talabalarning faolligini aniqlaydi.

Ushbu usul talaba nutqi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va talabada mustaqil fikrlash, muloxaza yuritishni shakllantiradi.

«O‘RGIMChAK INI» USULINI QO‘LLASh

Talabalarga o‘tgan darslardan savollar tayyorlash uchun vaqt beriladi.

Ishtirokchilar doira bo‘lib o‘tirishadi.

Ishtirokchilarning biriga ip bilan bog‘langan koptokcha beriladi, u xoxlagan talabaga o‘zi oldindan tayyorlagan savolni ( javobni o‘zi bilishi shart) berib, koptokchani topshiradi.

Koptokchani olgan talaba savolga javob beradi (savol bergan ishtirokchi javobni sharxlab turadi) va savolni boshqa ishtirokchiga beradi. Bu musobaka hamma ishtirokchilar “”o‘rgimchak ini”ga o‘ralguncha davom etadi.

Hamma talabalar savol berib bo‘lgach, ohirga talaba qo‘lidagi koptokchani birinchi savol bergan ishtirokchiga qaytaradi va unga savol beradi va x.k., bu xol chigal yechilgunga qadar davom etadi.

Eslatma: talabalardan xar bir javobga e'tiborli bo‘lish talab qilinadi, chunki oldindan qaysi talabaga koptokcha berilishi noma'lum.


4.3 Taxliliy qism

Vaziyatli masala:

Bemor 45 yosh – qon tuflash shikoyati bilan murojat qildi. Anamnezida bemor o‘pka o‘tkir abssessi o‘tkazgan, o‘pkadan qon ketish belgilari bir kun oldin boshlangan. Bemorda nafas qisishi, taxikardiya, tana xarorati ko‘tarilishi 38oS gacha kuzatilgan Ko‘krak qafasi rentgenologik tekshiruvda o‘ng tomonlama yuqori bo‘lakda yumaloq shakilda xosila aniqlaniladi.




  • Sizning to‘liq birlamchi tashxisingiz

  • Asosiy tekshiruv usullari

  • O‘pka abssessi bilan qiyosiy tashxis o‘tkazish uchun qaysi tekshiruv usullari o‘tkazish kerak

  • OASh taktikasi davolash

5. Amaliy qism

Amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha topshiriqlarni bajarish (differensial tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslash, o‘pka tovushlarini farklay olish, o‘pkadan qon ketishda birinchi yerdam).
1. DIFFeReNSIAL TAShXIS O‘TKAZISh VA SO‘NGI TAShXISNI ASOSLASh.

Maqsad: differensial tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslashni o‘rgatish.



Chora tadbirlar

Bajarmadi

To‘liq bajardi

1

Klinik simptomlari ushbu kasallik bilan o‘xshash bulgan kasalliklarni keltirib o‘tish

0

25

2

Asosiy klinik sindromlarning differensial tashxisini o‘tka-zish

0

35

3

Shikoyatlar, anamnez, ob'ektiv va laborator tekshiruvlarga asosla-nib va differensial tashxis utkazib sungi tashxisni qo‘yish

0

40




Jami

0

100



Plevral punksiya texnikasi

Maqsad: ko‘krak qafasi jaroxatida birinchi yordam

Ko‘rsatma: pnevmotoraks va gemotoraks xolatlari

Anjomlar: punksion igna, qisqich, 20 – grammli shprits, spirt, bog‘lama material, leykoplastir, 0,5 % - li novokain.

Bajariladigan boskichlar:



Chora tadbirlar

Bajarmadi

To‘liq bajardi

1

Bemorga stulga o‘tirishtirish




5

2

Amaliyot soxasiga ishlov berish




15

3

Amaliyot soxasini anestiziya qilish ( penvomtoraksda II qovurg‘a oralig‘i va gidrotoraksda orqa qo‘ltiq osti yachizig‘i bo‘yicha VII – VIII oralig‘i).




20

4

II yoki VII – VIII qovurg‘alar oralig‘ida qovurg‘a yuqorigi qirrasidan ignani kiritish




20

5

Shpritsni tortib bo‘shliqqa tushish xisi bo‘lmaguncha ignani kiritish




20

6

Shpritsni tortib xavoni tortib olish




10

7

Ignani olib tashlash va aseptib bog‘lam qo‘yish




10




Jami




100



Torakotsentez amaliyoti

Maqsad: plevral bo‘shliqda yig‘ilib qolgan suyuqlik yoki eksudatni olib tashlash va plevrl bo‘shliq dnejlanishini tashkil etish

Ko‘rsatma: plevral bo‘shliqda yig‘ilib qolgan suyuqlik yoki eksudat

Anjomlar: kanyula uzunligi 8-15 smrezinali perexodnik qisqich, , 20 – grammli shprits, spirt, bog‘lama material, leykoplastir, 0,5 % - li novakain

Bajariladigan boskichlar:



Chora tadbirlar

Bajarmadi



To‘liq bajardi

1

Ko‘lkoplarni kiyish




5

2

Torakotsentez ko‘krak qafasi oldingi devori II – III qovurg‘alar oralig‘i yoki yon devorida qilinadi -




5

3

Yon devorda torakotsentez amaliyotida bemor xolati qarama qarshi tomonga ag‘darilgan. Ko‘krak qafasi oldingi devorida torakotsentez amaliyotida bemor xolati chalqancha va valik qo‘yilgan yoki o‘tirgan xolatda




15

4

Teri skalpel bilan kesiladi va ushlab turuvchi choklar qo‘yiladi




15

5

Troakarni plevral bo‘shliqqa kiritish (qovurg‘a yuqorigi qirrasi bilan) va stiletini olb tashlash




20

6

Troakar orqali plevral bo‘shliqqa drenaj kiritish drenaj tashqi uchini qisqichga olish




20

7

Troakar trubkasini olib tashlash va drenajni oldin qo‘yilgan iplar orqali teriga fiksatsiya qilish va keyingi tekshiruv rejasini tuzib olish




5

8

Drenaj atrofiga antiseptik suyuqlik bilan ishlov berish va steril salfetkalarni qo‘yish va drenajni doimiy aspiratsion sistemaga ulash




5

9

Plevral punksiyadan keyin rentgen kontrol. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlari - qon ketish, qon tuflash, o‘pkadan xavo chiqishi qaysiki zudlik bilan plevral bo‘shliq aktiv aspiratsiya talab etadi




10




Jami




100

6. Malaka, ko‘nikma va bilimni tekshirish usullari

- og‘zaki;

- yozma;


- vaziyatli masalalar yechish;

- egallangan amaliy ko‘nikmalarni namoyish etish;


7. Joriy nazoratni baholash mezoni



O‘zlashtirish % va balda

Baho

Talabaning bilish darajasi

1.

96-100

A'lo”5”


- hulosa va qaror qabul qila biladi

- ijodiy fikrlay oladi

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi

- vaziyatli masalalarni to‘liq



asoslangan javob bilan to‘g‘ri

yecha biladi

- savolni mohiyatini tushunadi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


2.

91-95




- ijodiy fikrlay oladi

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi


- vaziyatli masalalarni to‘liq

asoslangan javob bilan to‘g‘ri yecha

biladi

- savolni mohiyatini tushunadi



- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega



3.

86-90




- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi

- vaziyatli masalalarni to‘liq



asoslangan javob bilan to‘g‘ri yecha

biladi


- savolni mohiyatini tushinadi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


4.

81-85

Yaxshi”4”

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik ko‘rsatadi

- vaziyatli masalalarni yecha biladi,

lekin javobini asoslay olmaydi

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


5.

76-80




- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

faollik ko‘rsatadi

- vaziyatli masalalarni yecha biladi,

lekin javobni isboti to‘liq emas

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


6.

71-75




- vaziyatli masalalarni to‘g‘ri yecha

biladi, lekin javobni isboti

to‘liq emas

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega



7.

66-70

Qoniqarli”3”



- savolni mohiyatini tushuna biladi

- vaziyatli masalalarni to‘g‘ri yecha

biladi, lekin javobini isbotlay

olmaydi


- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- mavzuni alohida savollari

yuzasidan aniq tasavvurga ega


8.

61-65




- vaziyatli masalalarni yechimida

xatoliklarga yo‘l qo‘yadi

- biladi, ishonch bilan aytib bera

olmaydi


- mavzuning alohida savollari

yuzasidan aniq tasavvurga ega



9.

55-60




- biladi, ishonch bilan aytib bera

olmaydi


- qisman tasavvurga ega

10.

54 va undan past

Qoniqarsiz”2”

- hyech qanday tasavvurga ega emas

- bilmaydi





O‘zlashtirish % va balda

Baho

Talabaning bilish darajasi

1.

96-100

A'lo”5”


- hulosa va qaror qabul qila biladi

- ijodiy fikrlay oladi

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi

- vaziyatli masalalarni to‘liq



asoslangan javob bilan to‘g‘ri

yecha biladi

- savolni mohiyatini tushunadi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


2.

91-95




- ijodiy fikrlay oladi

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi


- vaziyatli masalalarni to‘liq

asoslangan javob bilan to‘g‘ri yecha

biladi

- savolni mohiyatini tushunadi



- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega



3.

86-90




- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi

- vaziyatli masalalarni to‘liq



asoslangan javob bilan to‘g‘ri yecha

biladi


- savolni mohiyatini tushinadi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega

8. Mashg‘ulotning xronologik xaritasi





Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli

Davomiyligi

(min.)











180

1.

O‘qituvchining kirish so‘zi (mavzuni asoslash)




5

2.

Amaliy mashg‘ulot mavzusini muhokama qilish, yangi pedagogik texnologiyalar ( kichik guruhlar, munozara-bahs, vaziyatli masala, «qorbo‘ron», «aylana stol» va h.k.), shuningdek, ko‘rgazmali materiallar (slayd, audio-videokasseta, mulyaj, fantom, rentgenogramma va h.k.)ni qo‘llagan holda talabalarning dastlabki bilim darajasini tekshirish

so‘rov,

tushuntirish



50

3.

Muhokamaga yakun yasash.




10

4.

Talabalarga mashg‘ulotning amaliy qismini bajarish uchun topshiriq berish. Topshiriqlarni bajarish tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar va tushuntirish berish. Mustaqil kuratsiya




25

5.

Talabalarni mashg‘ulotning amaliy qismini o‘qituvchi yordamida egallashi (tematik bemor kuratsiyasi)

kasallik tarixi,

ishbilarmon o‘yinlar,

klinik vaziyatli masala


30

6.

Tematik bemorni laboratoriya, instrumental tekshiruvlaridan olingan natijalarni tahlili, differensial diagnostika, davolash va sog‘lomlashtirish rejasini tuzish, retseptlar yozish va h.k.

klinik-laborator anjomlar bilan ishlash

25



9. Tekshiruv savollari

  1. O‘pka surunkali nospetsifik kasalliklari etiopatogenezi

  2. O‘pka surunkali nospetsifik kasalliklari klinik manzaralari

  3. O‘pka surunkali nospetsifik kasalliklari davolash usullari

  4. O‘pka surunkali nospetsifik kasalliklari profilaktikasi

10. Tavsiya etilgan adabiyotlar

I. Asosiy:

    1. Sh.I. Karimov "Xirurgik kasalliklar", 1991 g.

    2. M.I. Kuzin "Xirurgicheskie bolezni", 1986 g.

    3. Kolesnikov "Rukovodstvo po xirurgii legkix i plevrы", 1987 g.

    4. Sh.I.Karimov, N.F.Krotov, Z.F. Shoumarov "Gnoyno-destruktivnыe zabolevaniya legkix i plevrы", 1996 g.

    5. P. Goldstraw "Postpneumonectomy empiema", J. Thoracis, 1990

    6. J. Z. Hagen, J.D. Hardy "Lung abscess revisited", Ann Surg, 1983 №6

    7. J.M. Joseph, Y. Millery "Empiema thoracis", Ann Surg, 2002



II. Qo‘shimcha:

7. Astapenko V.G. Prakticheskoe rukovodstvo po xirurgicheskim boleznyam. Minsk, 2004.

8. Savelev V.S. 50 leksii po xirurgii. Moskva 2004.

9. Diagnosticheskiy spravochnik xirurga – Astafurov V.N. 2003.

10. Laparoskopicheskaya i torakoskopicheskaya xirurgiya – Konstantin Frantzaydes. 2000.

11. Zdravыy smыsl v neotlojnoy abdominalnoy xirurgii – Moshe Shayn.2003g

12. Neotlojnaya abdominalnaya xirurgiya – Maystrenko N.A.2002g

13. Abdominalnaya xirurgiya – Grigoryan R.A. V 2-x tomax.2006g



14. Ma'ruza mavzusi bo‘yicha Internetdagi manzillar Mavzu bo‘yicha Internetdagi saytlar:

http://www.tma.tmn.ru/Vestnik

http://medi.ru/doc/83.htm

http://www.rmj.net/index.htm

http://www.consilium-medicum.com/media/refer

http://www.mediasphera.aha.ru
Kataloq: syllabus -> Gospital%20xirurgiya%20kafedra
syllabus -> Mühazirə otağı/Cədvəl Məsləhət saatları Prerekvizitlər
syllabus -> Mühazirə otağı/Cədvəl III gün, saat: 9 00 -10 20, 10 30 -11 50
syllabus -> Mühazirə otağı/Cədvəl I gün 16 40 18 00 Otaq 314 (old) V gün 16 40 18 00
Gospital%20xirurgiya%20kafedra -> Fakultet jarrohlik –bir javobli
Gospital%20xirurgiya%20kafedra -> Fakultet jarrohlik –vaziyatli masala
Gospital%20xirurgiya%20kafedra -> Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»
Gospital%20xirurgiya%20kafedra -> «tasdiqlayman»
Gospital%20xirurgiya%20kafedra -> Ўзбекистон республикаси согликни саклаш вазирлиги
Gospital%20xirurgiya%20kafedra -> Toshkent tibbiyot akademiyasi fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi
Gospital%20xirurgiya%20kafedra -> Toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»

Yüklə 122,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə