Tasdiqlayman


O‘quv mashg‘ulotining texnologik haritasi



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə19/31
tarix21.10.2017
ölçüsü1,75 Mb.
#7211
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31



O‘quv mashg‘ulotining texnologik haritasi


Ish bosqichlari va vaqti

( 270 daq.)



Faoliyat

ta'lim beruvchi

Ta'lim oluvchilar

1-bosqich.

10 dakika

10 daqiqa

10 dakika


20 daqiqa

10 dakika



Nazariy qism

1.1. Daftarlar va davomatni tekshirish

1.2 Mavzuning nomi, maqsad va kutilayotgannatijalarni yetkazadi. Mashg‘ulot rejasi bilan tanishtiradi.baholash mezonlari bilan tanishtiradi (ilova№6)

1.3. Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni; mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxatini aytadi (ilova №.7)

1.4.Tezkor-so‘rov/savol-javob/ («Bilasizmi metodi )

(ilova №1 bilimlarni faollashtiradi.

1.5. Tanaffus

Tinglaydilar, yozib

oladilar.

Aniqlashtiradilar,

savollarga javob beradilar


2-bosqich.
60 daqiqa

40 daqiqa

45 daqiqa


Analiktik qism.
2.1Qanday diagrammasini ishlash tartibini tushuntiradi va talabalarni guruhlarga ajratadi (ilova № 2)
2.2.Talabalarga mavzuni o‘zlashtirish uchun belgilangan ko‘rgazmali qurollar( test va vaziyatli masala,retseptlar)ni taqdim etish, ulardan foydalanish buyicha ko‘rsatmalar va tushuntirish berish (ilova №3)
2.3Tanaffus

Yozadilar.
Guruhlarda

ishlaydilar,

taqdimot qiladilar va javob beradilar


3-bosqich.

40 dakika


15 daqiqa

10 dakika


Amaliy qism

3.1. Amaliy ko‘nikmalarni bajarish (ilova№4)

3.2.Mavzu bo‘yicha yakun qiladi, qilinganishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlaridaahamiyatga ega ekanligi muhimligigatalabalar e'tiborini qaratadi.

3.3. Guruhlar ishini baholaydilar, o‘quvmashg‘ulotining maqsadga erishishdarajasini tahlil qiladi. Nazorat savollar taxlli (ilova №5)

3.4. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va keltirilgan mezonlar asosida baxolayditalabalarga baholarni yetkazadi.


Amaliy

Kunikmalarni

bajaradilar
O‘z-o‘zini, o‘zaro

baholashni

o‘tkazadilar.

Savol beradilar



Topshiriqni yozadilar




1. Motivatsiya

Travmatologik (qo‘l-oyoq, umurtqa pog‘anasi va toz suyaklari singanida) va jarrohlik kasalliklar (ko‘krak va qorin bo‘shliqlaridagi organlarning operatsiyalarida, tomir kasalliklarida) reabilitatsiyasida bosqichlaridafizioterapiya va jismoniy omillarni qo‘llash alohida ahamiyatga egadir. Talaba tomonidan o‘zlashtirilgan bilim va amaliy ko‘nikmalar esa, uni kelajakda o‘z mutaxassislik amaliyotida ishonch bilan qo‘lash imkoniyatini beradi.




2. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik

An'anaviy va noan'anaviy usullar bo‘yicha talabalar bilimini kengaytirish maksadida UASh ichki kasalliklar, UASh –xirurgiya, UASh-ginekologiya, travmatologiya, nevrologiya, pediatriya, klinik farmakologiya va boshka bilimlariga asoslangan. .




3. Mashg‘ulotning tarkibiy qismi

3. 1.Nazariy qism

Travmatologiyada DJTkeng qo‘llaniladi. Travmadan shikastlangan bemor uzoq vaqtgacha chalqancha, qornida, qiya o‘rinda, gamakda va hokazoda qimirlamas-dan yotishga majbur bo‘-ladi. Bu esa qon dimlanishi, yotoq yara, ich qotishiga sabab bo‘lishi mumkin. DJTi maqsadi: bemorning umumiy ahvolini hamda qon va limfa aylanishini yaxshilash, shish va gema-tomalarning tezroq shimilishiga yordam qilish, zararlangan organ funksiyasini qayta tiklash, asosiy harakat yo‘qolganda uning o‘rniga boshqa harakatlarni shakllantirish, kontrakturalar hosil bo‘lishining oldini olishdir. DJTi kompleksini bajarishni immobilizatsiya qilinmagan bo‘g‘imlardan boshlanadi, borgan sari shikastlangan joyga yaqin bo‘g‘imlar uchun mo‘ljallangan mashqlar qo‘shiladi. Ko‘pincha sog‘ qo‘l-oyoqning simmetrik bo‘g‘imlari mashq qilinadi. Bu reflektor yo‘l bilan shikastlangan bo‘g‘imga ta'sir etadi. Davo kompleksiga umummustahkamlovchi va maxsus mashqlar qo‘shiladi. DJTfizioterapevtik muolajalar, massaj bilan (ular odatda davo fizkulturasi mashg‘ulotlaridan avval qilinadi) kompleks ravishda qo‘llaniladi. Maxsus mashqlar qo‘llanganda instruktor dastlab passiv harakatlarni bajaradi, keyin qo‘l-oyoqning o‘z og‘irligidan foydalanadi (bo‘shashtirishga mo‘ljallangan mashq); shunday qilgandan so‘nggina bemor aktiv harakatlar qilishga o‘tadi. Ular snaryadlar bilan bajariladigan mashqlar bilan murakkablashtiriladi. Butun davo kursini shartli ravishda uch davrga bo‘linadi. Birinchi davr—shikastlanish paytidan boshlab immobilizatsiya etilgan davrning oxirigacha (skelet cho‘-zibtortilgan, operatsiyadan keyingi holat) bo‘lgan davr. Bu davrda davo fizkulturasining maqsadi—bemorning umumiy ahvolini yaxshilash, dimlanish hodisalariga qarshi kurashish, bo‘g‘imlarning immobilizatsiyadan holi, kam harakatchan bo‘lib qolishining oldini olish, bitish jarayonlariga yordam berish, qon va limfa aylanishini kuchaytirishdan iborat. Ikkinchi davr shikastlangan organning deyarli to‘liq bitishi, aylanma gips immobilizatsiyasini olinadigan longeta bilan almashtirish. Bu davrda davo fizkulturasining maqsadi hamma bo‘g‘imlarda harakatning normal hajmini tiklash, zararlangan organning funksiyasini yaxshilash (oddiy mashqlardan boshlab borgan sari harakat amplitudasini kengaytirib va umumiy nagruzkani oshirib boriladi), lozim bo‘lgan hollarda yo‘qotilgan malakalarning o‘rnini bosuvchi yangi malakalar hosil qilishdan iborat. Uchinchi davr-shikastlanishning qoldiq nuqsonlari (muskullarning zaifligi, funksiyalarining bir oz buzilishi) dan iborat. Bu davrda davo fizkulturasining asosiy maqsadi—qoldiq nuqsonlarning barchasini yo‘qotish, turmushda va ishda zarur malakalarni qayta tiklash, chidamlilik, chaqqonlik, kuch-quvvat, harakatlarning aniq bo‘lishini takomillashtirish va hoka-zo. Mashqlar kompleksiga bir oz murakkabroq gimnas-tik mashqlar va amaliy ahamiyatga ega mashqlar qo‘shilib, mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘riladi. Panja va barmoq suyaklari sinig‘ini davolashda davo fizkulturasini shikastlanishning 2—3 kuni boshlanadi. Shikastlangan qo‘l-oyoqning immobilizatsiya qilinmagan bo‘g‘imlari harakatlantiriladi. Qo‘l kafti suyaklari singanda barmoqlarni kerish va birlashtirishga ko‘p ahamiyat beriladi. Barmoq suyaklari singanda longetni yechgandan so‘ng barmoqlar turlicha harakatlantiriladi (xususan singan barmoqlar bilan). Kaft usti suyaklari singayada gips boylami olingandan so‘ng kaft ustibilak bo‘g‘imiga mo‘ljallangan mashqlar qo‘shiladi va har tarafga aktiv harakatlantiriladi; bunda kaftga bir oz tayaniladi, barmoqlarni keriladi va yig‘iladi, ularni yumiladi, yoziladi va hokazo, lekin og‘ritmaslik lozim. Qyeyinchalik tayoq, meditsinbol, bula-va bilan bajariladigan mashqlar qo‘shiladi. Bilak suyaklari shikastlanganda barmoqlarni aktiv harakatlantirish, shikastlangan qo‘lning yelka bo‘g‘imi-ni sog‘ qo‘l yordamida mashq qildirish qo‘lni yuqoriga. ko‘tarish, aylanma harakatlar) ruxsat etiladi. Bilak suyaklari travmasi. Shikastlangan sohaga mo‘ljallab boylam tagidagi muskullarni kuniga bir necha marta ritmik ravishda qisqartiriladi. Suyak qa-dog‘i mustahkamlangandan keyin gips boylamini olina-digan longet bilan almashtiriladi va mashq kompleksiga sekin sur'atda bajariladigan aktiv mashqlar kiritiladi, passiv mashqlar va zarur bo‘lganda apparatlarda bajariladigan mashqlar qo‘shiladi. Butun organizmda beriladigan umumiy nagruzkani ham jumladan tezroq bajariladigan umummustahkamlovchi mashqlar qo‘shib ko‘paytiriladi.

yelka suyagisinishi. Birinchi davrda tana va sog‘ qo‘l-ga mo‘ljallangan umummustahkamlovchi mashqlar, qo‘l panjasiga mo‘ljallangan mashqlar (barmoqlarni yumib ochish, barmoqlarni to‘g‘rilab, panjani ko‘tarish va hokazo) qo‘llaniladi. Shinani yechgandan keyin yengillashtirilgan dastlabki holatda mashqlar, gimnastik tayoq bilan mashqlar qilinadi, bu—bemor e'tiborini shikastlangan qo‘ldan qochiradi va harakatlarni osonroq bajarishga imkon yaratadi (117-rasm).

Son suyagi sinishi. Dastlabki kunlardan boshlab yelka sohasi, sog‘lom oyoq, shikastlangan oyoq panjasi barmoqlariga mo‘ljallangan (oyoq panjasini 4—5 marta yozish va bukish), boylam tagida muskullariga kuniga 10 martagacha statik qisqarish mashqlari beriladi. Keyinchalik oyoqni ko‘tarish, qoringa ag‘darilib yotish, karovotdan turish va nihoyat, qo‘ltiqtayoqda yurishga ruxsat beriladi. Turish oldidan qo‘ltiq sohasini qo‘ltiqtayoqdan ezilishga tayyorlash lozim. Gips boylami olinganda yoki cho‘zibtortish tugatilgandan so‘ng barcha bo‘g‘imlarda aktiv harakatlar qilina boshlanadi. Bo‘g‘imning harakatchanligi cheklanib qolgan bo‘lsa-da, bunday bo‘g‘imlarga passiv harakatlar qo‘shiladi. Bemorni to‘g‘ri qadam tashlab yurishga o‘rgatishga muhim e'tibor beriladi. Oyoq kalta bo‘lib qolganda ortopedik poyabzal kiyish lozim.

Boldir suyaklari sinishi. Birinchi kunlardan boshlab oyoq panjasi barmoqlari va yonbosh-chanoq bo‘g‘imida harakatlar qilinadi. Davo fizkulturasining asosiy maqsadi—oyoqning tayanch funksiyasini qayta tiklashdan iborat.

Yumshoq to‘qimalarning zararlanishi. Yumshoq to‘qimalar shikastlanganda to‘qimalarni xirurgik obrabotka qilgandan so‘ng (asoratsiz shikastlanishlarda) davo fizkulturasining umumiy mustahkamlash mashqlari, mehnat bilan davolash turlari qo‘llaniladi. Agar hara-katlr ko‘ngildagidek qayta tiklanmasa (asoratlar bo‘lganda, davo gimnastikasi shikastlanishdan bir hafta keyin boshlanadi va shikastlangan soha muskullariga mo‘ljallangan mashqlar bajariladi; bunday hollarda bemor va jarohatning ahvoli tekshirib turiladi (kuniga bir necha marta aktiv mashqlar berilib, passiv mashqlar qo‘shib boriladi). Ikkilamchi chok solingandan so‘ng tiqilgan to‘qimalarni cho‘zib yirtmaydigan mashqlar qo‘llaniladi. Chokka yaqin bo‘g‘im harakatlari amplitudasi uncha katta bo‘lmasdan, sekin tempda bajarilishi kerak. Chokdan pastroqdagi bo‘g‘imlarga ancha kuchli mashqlar beriladi. Chok iplari olingandan so‘ng mashqlar to‘liq amplitudada bajariladi. Infeksiya aralashgan hollardaDJTbemorning ahvoli yaxshilangandan keyin qo‘llaniladi, umumquvvat-lantiruvchi mashqlar, simmetrik tomondagi sog‘ oyoq-qo‘lga mashqlar beriladi. Jarohat bitgan sari shikastlangan soha muskullari mashq qildiriladi. Davo gimnastikasi chandiq to‘qimannng normal rivojlanishiga yordam beradi.

Umurtqa pog‘onasining sinishi. Umurtqa pog‘onasi singanda bemor chalqancha yotadi, to‘shagi tagiga yog‘och taxta qo‘yiladi. Umurtqa kompression singanda kara-votning bosh tomoni 20 sm ga ko‘tarib qo‘yiladi. Davo gimnastikasi travmadan 3—4 kun keyin boshlanadi, avval oyoq-qo‘l va nafas mashqlari qo‘shiladi. Mashqlar tobora murakkablashtiriladi, amPlitudasi kengayti-riladi va muskulning qisqarish kuchi oshiriladi, yelka sohasi mashqlari aktiv ravishda qo‘shiladi, orqaning yozuvchi mashqlarini asta-sekin mashq qilinadi. Bu davrda mashqlarni bajarganda chanoq sohasiga ortiqcha nagruzka berilmasligi kerak. Monelik qiluvchi sabablar bo‘lmasa, 10—12 kundan so‘ng mashqlarni qorinda yotish dastlabki holatida bajariladi (119-rasm). Davolashning ikkinchi oyidan muskullarga ancha kuchli nagruzkali mashqlar qo‘shiladi. Umurtqa pog‘onasining egiluvchanligini yaxshilovchi mashqlar qo‘llaniladi («qaldirg‘och» va hokazo). Bu kasallarda davo fizkulturasidan maqsad bel muskullarini taomillashtirish hamda umurtqa pog‘onasi muskuli va boylamlarini chiniqtirishdan iborat. Bu davrda mashg‘ulotlar 40—50 minut davom etadi, mashqlarning har turkumidan so‘ng dam beriladi. Ikki oy o‘tgach bemorga turishga ruxsat etiladi, bundan oldin bemorni yotgan holatdan orqasini egmasdan to‘g‘ri turishga o‘rgatiladi; bemor o‘tirmasligi lozim.

Chanoq suyaklari sinishi. Chanoq suyaklari singanda bemorni chalqancha yotqizish muhim; tizza bo‘g‘imlari ostiga qattiq bolish qo‘yiladi. Davo gimnastikasi 3—4 kundan so‘ng boshlanadi. Avvaliga yelka sohasi va tana muskullari mashq qilinadi; oyoqlari ehtiyot qilib suyab turgan holda harakatlantirish mumkin. Ikki hafadan so’ng oyoq mashqlari katta nagruzka bilan bajariladi; lekin oyoqlar hamon bolishda yotaveradi. Bemorga oyoqqa turishga ruxsat etilgandan so‘ng (bir tomondagi oyoq suyaklari sinib, siniqlari siljimaganda uch haftadan so‘ng, ikkala tomon sinib, siniqlari siljimaganda ikki oydan keyin) mashqlar qisman tik turgan holda bajariladi.

Jarroxlik kasalliklarida fizioterapiya va ShJT ni qo’llash.

Antibiotiklar va dezintaksikatsion terapiya bilan birga ultrabinafsha va infraqizil nurlantirish ,UVCh-terapiya va elektrafarez tavsiya etish ijobiy natija beradi.Tarmokli kizarish va atrofdagi terining UB-nurlantirish 4-6 biodoza bilan har kuni yoki kun ora amalga oshiriladi,jami 3-5 nurlantirish. Oyoq va qo’llarni kundalang UVCh-terapiya qilish .Elektrodlar quyidagicha joylashtiriladi:panja(№2),yelka(№2 yoki №3),tovon (№2),tizza osti soxasi (№3).dozasi sovuq yoki kam issiqli bo’lib,muolaja davomiyligi 10-12 minutdan har kuni elektroforez bidan birga qilinadi. Jaroxat soxasini ko’ndalang terramitsin-elektrofarez 15 minutdan har kuni yoki kun ora amalga oshiriladi,jami 6-10 muolaja.Yorug’lik vannasi butun qo’l va oyoq uchun (kam isssikli )10-15 minutdan kuniga 1-2 marta kilinadi.



Laktatsion mastit.Kukrak bezi tukimalarining yallig‘lanishi bulib .noma'lum infeksiyaning so’rg’ichdan yoki birlamchi yiring o’chog’idan kirishi natijasida rivojlanadi.Ko‘pincha o‘tkir mastit emizuvchi ayollarda ularning tug‘ishidan 4 xafta o‘tgach rivojlanadi.Mastit chiqarish naylarining to‘silib qolishi va sutning dimlanishi natijasida rivojlanadi. Jarayon rivojlanishiga ko‘ra 3 bosqichga ajratiladi:seroz,infiltratli va abssedirlangan. Seroz bosqichida tana haroratining ko‘tarilishi,ko‘krak bezida og‘riqlar va uning kattalashishi kuzatiladi. Keyinchalik jarayon ko‘chib infiltratli bosqichga o‘tadi va bunda yallig’langan o‘choqda qizarishlarni ko‘rish mumkin.Bunda ko‘p xollarda jarayonni to‘xtatishga muvaffaq bo‘linadi. Agar infiltrat so‘rilmasa absess rivojlanadi. Operatsiya oldidan fizioteraiyaning vazifasi-og‘riqni qoldirish,yallig’lanishga qarshi va antinomik ishlarni amalga oshirish .o‘ta faol giperemiyani keltirib chiqarish,tomirni tutilishini oldini olish ,laktatsiya jarayonini yaxshilash ,bezlarning fiziologik funksiyalarini tiklashni tezlashtirish.Boylamlarni bog‘lash,sutni so‘rish ,antibiotiklar va sulfanilamidlar bilan birgalikda 3-5 kun davomida UB-nurlantirish ,UVCh-terapiya ,mikroto‘lqinlar yoki induktotermiya ,ultratovush va elektrofarez beriladi.Ko‘krak bezi soxasini UB-nurlantirish 3 biodozadan kun ora kilinadi,jami 3-4 nurlantirish tavsiya etiladi. Bez soxasini UVCh-terapiyasi:sutni so‘rib bo‘lgandan keyin elektrodlar tangensial joylashtiriladi,orasi 2 smdan,dozasi kam issiqli bo‘lib har kuni,kuniga 1-2 marta 8-10 minutdan qilinadi.Muolajalar elektrofarez bilan birga olib boriladi. Bez soxasini EVT induktori bilan kam issiqli dozada induktotermiyasi 15 minut davomida har kuni o‘tqiziladi. Mikroto‘lqinli terapiya. “Luch-2” apparatining 11 sm diametrli nur tarqatuvchisi ko‘krak bezida qayd etiladi,dozasi 5 Vt 8-10 minutdan har kuni. Ko‘krak bezining jaroxatlangan joyining ultratovushli terapiyasi.Uzluksiz tartibot ,vibrator kantakti to‘g‘ri o‘zgaruvchan uslub ,dozasi 0.2-0.4 Vt/Sm 2 5-6 minutdan har kuni .Bir kursga 10 muolajagacha. Terramitsin-elektrofarez 6*8 yoki 8*12 smli prokladkali elektrod yallig‘lanish o‘chog‘i soxasida joylashtiriladi,2-elektrod 8*12 smli kurakaro soxada joylashtiriladi.Tok kuchi 5-8mA ,15 minutdan har kuni yoki kun ora kilinadi. Operatsiyadan keyingi bosqichda (radial kesma bilan absess ochilgandan keyin) davolashning fizioterapevtik usullari chirigan to‘qimadan tezroq xalos etishga ,granulyasiyani tezroq shakllantirishga kumaklashadi. Ushbu bosqichda segmentar zonada (D3-D7) UB-nurlantirish 3 biodoza bilan 2-3 kundan keyin 2-3 muolaja qo‘llaniladi. Bir vaqtning o‘zida atrofdagi teri va yara soxasi nurlantiriladi,biodozalar qayta bog‘lov kunlarida UVCh-terapiya yoki mikroto‘lqinlar iliq dozada jaroxatning diodinamaterapiya sohasi bilan 10 minutdan har kuni qo‘llaniladi. Granulyasiyaning shakllanishining yakunida va epitelizatsiyalanishi boshida(operatsiyadan 5-7 kundan keyin )UVCh maydon qo‘llanilmaydi,ultrabinafsha nurlarning dozasi esa 2 biodozagacha kamaytiriladi.

Panaritsiy,paronixiya .qo‘l barmoqlarining to‘qimalarining o‘tkir yiringli yallig‘lanish jarayoni bo‘lib,boshqa turdagi infeksiyaning teri jaroxati orqali kirishi natijasida rivojlanadi.Asosiy yiringli,yallig‘lanish lokalizatsiyasiga ko‘ra panaritsiyning bir necha turlari ajratiladi: teri, teri osti, tirnoqyoni (paronixiya), tirnoqosti, bo‘g‘imli, payli (yiring tendovaginit) va suyak. Kasallik alomatlari shish va barmoqlarning siqilishi,to‘stadan og‘riq va achishish xissi yelka oldi limfangitning va regionar limfadenitning rivojlanishi,umumiy xolsizlik ,uyqusizlik. Operatsiya oldida panaritsiy rivojlanishining ilk bosqichida fizioterapiya usullar bilan davolashning vazifasi – yallig‘lanish jarayonini to‘xtatish va degidratlovchi, og‘riqni qoldiruvchi va so‘ruvchi ishlarni amalga oshirishdan iborat.Tola va yelka oldi immobilizatsiya jarayonida antibiotik sulfanilamid preparatlar bilan birga 2-3 kun davomida qo‘llaniladigan fizioterapiya usullari tavsiya etiladi:UVCh-maydon,ultratovush,elektrofarez ,UB-nurlantirish. Yallig‘lanish soxasini ketma-ket UVCh-terapiyani qo‘llash.№1 elektrodlar,orasi 1sm,dozasi sovuq yoki kam issiqli muolaja davomiyligi 8-10 minutdan tashkil etilib har kuni,kuniga 1-2 marta qo‘llaniladi. Ultratovushli terapiya uzluksiz tartibot,vibrator kantakti suv osti ,o‘zgaruvchan yoki barqaror uslub.Dozasi 0.6-0.8 Vt/sm 2 har kuni 5-10 minutdan. Ikki tomonlama jaroxatlangan barmoqni UB-nurlantirishda 6-8 biodoza ishlatiladi.Har kuni navbatma –navbat maz surtilgan boylamni qo‘shish bilan amalga oshiriladi.Barmoq soxasini ko‘ndalangiga rux-elektrofarezini qo‘llash.Ushbu uslub suyakli panaritsiyda va ayniqsa drojli paronixiyada qo‘llaniladi. Muolaja oldidan barmoq uchun 38-40 0S li sovunli vanna qilinadi so‘ng tirnoq po‘stini kiri chiqarib tashlanadi.2% li rux sulfat bilan xo‘llangan 1.5*2.5 sm li gidrofil qistirmani tirnoq va valik ustiga qo‘yiladi,20-30 minutdan 1-2 muolaja. Barmoq yoki tirnoq uchun vanna 39-40 0 S bo‘lishi va har kuni .kuniga 2-3 marta 10-15 minutdan tavsiya etiladi. Operatsiyadan keyin bir sutka o‘tgach faol giperemiyaning chuqur holatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida chirigan to‘qimalarni yo‘qotish,granulyasiyani o‘sishini tezlashtirish va barmoq funksiyalarining tiklanishi uchun ko‘rsatilgan usul bo‘yicha iliq dozirovkada har kuni 10-12 minutdan UVCh-terapiya yaraning to‘liq granulyasiya bilan qoplanguncha qo‘llaniladi.

Paraproktit .bu to‘g‘ri ichak va orqa chiqaruv yo‘li atrofidagi to‘qimalarning yallig‘lanishi bo‘lib ,u orqa yo‘ldagi yoriqlar va to‘g‘ri ichak shilliq qavatidagi gemoradial tugunlarning yallig‘lanishi orqali boshqa turdagi infeksiyaning kirishi oqibatida rivojlanadi.Ko‘pincha paraproktitning cheklangan shakllari(teriosti,shilliqosti),ya'ni kam tarqalganlari uchraydi. Kasallik alomatlari:to‘satdan og‘riq ,orqa chikarish soxasida zichlashishva shish,tana haroratining ko‘tarilishi,xolsizlanish. Operatsiya oldi paraproktitning ilk bosqichida(infiltratning o‘sishi)davolashning fizioterapevtik usullari yallig‘lanishga qarshi va degidratlovchi ,og‘riqni qoldiruvchi ishlarni amalga oshirish,yallig‘lanishni tozalash va absessani shakllantirishni tezlashtirishga kumaklashish kabi vazifalardan iborat. Antibiotiklar,sulfanilamidlar va sharyashaya dieta bilan birga davolashning samarali usuli bo‘lmish 3-5 kun davomida qo‘llaniladigan UVCh maydon,mikroto‘lqin terapiya yoki o‘tirishga moslashgan vannalar tavsiya etiladi. Anus soxasiga UVCh-terapiya qo‘llash:№2 elektrodlar,2 smli oraliqda,kam issiqli dozada 8-10 minutdan kuniga 1-2 marta har kuni,jami 5-8 muolaja. Mikroto‘lqinli terapiya.Nur tarqatuvchi 3.5 sm masofada infiltratga qo‘yiladi;5 Vt dozada davomiyligi 10 minutdan har kuni ,jami 6-10 muolaja. 37-38 0 S li o‘tirishga moslashgan vannalarda muolaja har kuni 15-20 davom ettiriladi,jami 6-8 muolaja. Operatsiyani keyingi bosqiyaida opiy,antibiotik va shunga mos dieta bilan birga fizioterapiya absessani yorishidan keyingi muolaja sifatida tavsiya etiladi.

Rojistoe yallig‘lanish. Teri va shilliq qavatlarning seroz yallig‘lanishi limfa tarmoq qoplamalarining jaroxatlanishi oqibatida unga virulent streptakooklarning kirishi natijasida rivojlanadi.Kasallik infeksiyani kirishiga mo‘ljallangan terining infeksion analitik reaksiyasi sifatida qaraladi.Roja ko‘pincha yuz ,bosh va pastki qismlarda (eritramatoz,bullyoz flegianoz )li jarayon rivojlanishi sifatida namoyon bo‘ladi. Eritramatoz roja rivojlanish fazasining maxalliy alomatlari :kuydiruvchi og‘riq ,jaroxat soxasida isitmani xis qilish ,yaqqol chegarali qizarishlarning paydo bo‘lishi .Yallig‘lanish soxasida terining shishi,uning harorati oshgan ,kasallik ko‘proq jaroxat periferiyasi bo‘yicha namoyon bo‘ladi.Alomatlardan ko‘pincha tana haroratining ko‘tarilishi(39-40 0S gacha),titrash kuchli bosh og‘rig‘i ,umumiy xolsizlanish namoyon bo‘ladi. Epidermisninng ekksudat bilan po‘st tashlashi natijasida pufaklar paydo bo‘ladi.Bu esa rojaning bullyoz fazasidan dalolat beradi. Roja jarayoning davolanishi kompleks bo‘lib,yalliglangan o‘choqqa maxalliy ta'sir etishni ko‘zda tutadi. Antibiotiklar,sulfanilamidlar,to‘shak tartiboti hamda dieta tavsiya etilishi bilan birga davolashning fizioterapevtik usullarini birinchi kundan qo‘llash muxim rol o‘ynaydi.Fizioterapiyaning bundagi vazifasi kopereytsiyli kuchli leykotsitar val bilan terining faol giperemiyasini keltirib chiqarish bakteriostatik ishlarni amalga oshirish va yallig‘lanish o‘chog‘idan periferiyagacha roja jarayonini oldini olishdan iborat. Davolash jarayoni kompleksida fizioterapevtik usullardan samarali xisoblangan UB-nurlantirish bo‘lib ,u jaroxat o‘chog‘i soxasi va atrofdagi terining 5 smgacha bo‘lgan joyini 4-5 biodoza bilan,rojaning boldirga lokalizatsiyasida esa 6-8 biodoza har kuni yoki kun ora qilinadi.Yuz rojasini nurlantirtishda unig har yarmi 3-8 biodozagacha nurlantiriladi va bunda ko‘zlar xo‘l paxta bilan o‘oplanishi lozim. O‘tkir retsidivlangan rojada organizmni dissebilizatsiya qilish ,biriktiruvchi to‘qimaning fiziologik tizimi funksiyalarini qo‘llab quvvatlash va qayta kasallanishni oldini olish maqsadida UB-nurlantirish ,dorsonvalizatsiya ,elektrofarez ,vannalar,peloida terapiya qilinadi. Jaroxat o‘chog‘i soxasining UB-nurlantirishda bir biodoza har kuni yarim biodazagacha oshirish bilan davolanadi.8-10 nurlantirshdan so‘ng muolaja u/d o‘tqaziladi.;bir vaqtning o‘zida umumiy UB-nurlantirishlar sxemaning tezlashishi bilan o‘tqazilib ,kun ora 12-15 muolaja.Shu bilan birga qon UB-nurlantirishning autotransfuziyasi kun ora tavsiya etiladi. Jaroxat soxasining dorsonvalizatsiyasi har kuni yoki kun ora 5-8 minutdan o‘tqaziladi,jami 12-15 muolaja. Jaroxat soxasiga streptotsid-elektrofarezni ko‘ndalangiga qilish.Streptotsid qorishmasi N A Borsukov va B B Alperovich usuli bo‘yicha tayyorlanadi.(1962);2 % li 100 ml qorishmaga 1 ml konsentratsiyalangan xlorid kislota qo‘shiladi.Muolaja 20-30 minutdan davom ettiriladi.5-10 muolajadan keyin yallig‘lanish oro‘aga qaytsa geparin-elektrofarez ko‘ndalangiga qo‘llaniladi.Aktiv elektrod qistirmasi distillangan suv bilan xo‘llanib ,so‘ng u bo‘ylab 1 ml geparin (5000 yeD) 30 minutdan har kuni tarqatiladi. Sulfidli 35-35 0 S li umumiy vannalar (150- 200 mg/l) 8-12 minutdan kun ora yoki 35-35 0 S li presli vannalar 12-15 minutdan kun ora jami 10-15 vanna qilinadi. Jaroxat soxasiga 48-55 0 S li parafin-ozakeritli applikatsiyalar qilish har kuni yoki kun ora 20-30 minutdan qilinadi. Ba'zida pastki nuqtalarning qayta kasallanishi oqibatida shish va xatto fil oyoqlilik rivojlanadi.Oyoqlar shishining birinchi alomatlaridanoq katta e'tibor karatilib ,yorug‘lik vannasi 15-20 minutdan sollyuks yoki infraruj har kuni 2 martadan,sulfidli vannalar,loy applikatsiyalar,geparin –elektrofarez hamda massaj qo‘llaniladi.

Tromboflebit, flebit -bu tez-tez uchrab turadigan kasallik bo‘lib,tomir devorining yallig‘lanishi natijasida tromb xosil bo‘lishi bilan sodir bo‘ladi.Uning rivojlanishining sabablari yiringli o‘choqlardagi infeksiyalar,uzoq vaqt tomirlardagi qon aylanishining sekinlashishi,tomir devorining o‘zgarishi(ateroskleroz,intimaning shikastlanishi )qon almashinuvining kamayishi ,jaroxatlar,tomirlarning varikozli kengayishi va boshqalar.Tromboflebit o‘tkir,o‘tkirosti va surunkali,joylashishiga ko‘ra yuza va chuqur tomirlarda bo‘ladi. Ustki tomirlarning o‘tkir tromboflebiti tomirli ustunlar yulidagi boylagichlar ko‘rinishida kasallanish zichlashishdan oyoqlarning shishi,terili tomirlar yo‘lidagi chiziqlar ko‘rinishidagi giperemiya ,tana haroratining ko‘tarilishi ,titrash bilan harakterlanadi.Ko‘p xollarda tromboflebitni davolash konservativ tarzda olib boriladi.O‘tkir tromboflebitda ayniqsa chuqur tomirlarda bo‘lganda albatta to‘shak tartiboti ,tinchlik va shinalar bilan oyoqlarni ko‘tarib qo‘yish ,ko‘proq sut ichish,sulfanilamidlar ,antikogulyantlar ,antibiotiklar tavsiya etiladi. Shu qatorda davolashning fizioterapevtik usullari ham yallig‘lanishga qarshi ,antispazmatik ,degidratsiyalovchi,og‘riqni qoldiruvchi ,fibrinolitik va maxalliy desenbilizatsiyalantiruvchi ishlarni amalga oshirish ,gipertenziya va to‘qima shishini kamaytirish,ulardagi kollaterial qon aylanishni yaxshilash,qon tizimining funksiyalarini tiklash maqsadida o‘tqaziladi. O‘tkir kasallik bosqichida quyidagi muolajalar tavsiya etiladi:UB-nurlantirish ,UVCh-terapiya elektrofarez ,jaroxatlangan oyoqlarni (300-400 sm 2 atrofida)maydon bilan UB-nurlantirish har kuni 4-5 biodoza ,jami 5-6 nurlantirish 4-6 kundan keyin nurlantirish kun ora qilinib jami 8-10 muolaja tavsiya etiladi. Jaroxat soxasining ko‘ndalangiga chuqur tomirli tromboflebit kasalligining yuqori cho‘qqida va shishda UVCh-terapiyasining qilinishi.Dozasi issiq emas ,6-8 minutdan kun ora UVCh-terapiya elektrofarez bilan birga olib boriladi. Yallig‘lanish soxasini ketma-ket yoki bo‘ylama tripsin-elektrofarez qilish:muolaja davomiyligi har kuni yoki kun ora 15-30 minutgacha.Tripsin-elektrofarez jigar va buyrak kasalliklarida qo‘llanilmaydi.Ustki tomirlarning tromboflebitida tripsin o‘rniga ijobiy natija beruvchi terramitsin-elektrofarez ham tavsiya etilishi mumkin. Yallig‘lanish soxasining geparig-elektrofarezi ustki tomirlar jaroxatlanishida ko‘ndalangiga yoki chuqur tomirlar jaroxatida ketma-ket tarzda qo‘llanilishi ijobiy natija beradi.Bir kursga 8-12 muolaja.Ustki formalarining cheklanishidan keyin yallig‘lanish ning ikkinchi kunidan boshlab trombometin-elektrofarez tavsiya etiladi. Bir kursga 4-6 muolaja. Yallig‘lanishni proksimal yo‘nalish bo‘yicha xavfi tug‘ilsa davolash operativ tarzda olib boriladi.O‘tkir yallig‘lanish asoratlarining o‘tib ketishidan keyin issiqlik bilan davolash (infoaqizil nurlar,parafin applikatsiyalar bilan birga maxalliy vanna )bilan birga darsonvalizatsiya ,elektrofarez va davolash mashqlari olib boriladi. Tromboflebitning qolgan asoratlarida (o‘tkir osti asoratlari o‘tib ketgandan 3-6 oydan keyin) quyidagilar tavsiya etiladi:lidaza yoki kobaltli-elektrofarez ,mineral yoki gazli vannalar ,loy applikatsiyalar va iqlim bilan davolash. Chuqur tomirlar o‘tkir yallig‘lanishi o‘tib ketgandan 4 oydan so‘ng va ustki tomirlarda 2-3 oydan so‘ng aeroterapiya ,har kuni shadyashiy sxema bo‘yicha havo va quyosh vannalari tavsiya etiladi.Kursatilgan muolajalar basseynda chumilish va mashq qilish bilan birga olib borilishi mumkin. Tromboflebit rivojlanishining profilaktikasi infeksiya o‘chog‘ini operatsiyadan oldidan sanatsiya qilish ,qatiyo aseptikaga tayanish va operatsiya vaqtida jaroxatni kichraytirish ,operatsiyadan keyin ertaroq oyoqqa turish va yotgan vaqtda harakat qilish uchun xizmat qiladi.

Flegmona.Teri osti ,mushak orasi,korin atrofi va boshqa klechatkalarning yiringli yallig‘lanishi.Qo‘shni organlarning yallig‘lanishi yoki gemotogen yul orkali infeksiyaning kirishi natijasida sodir bo‘ladi. Yallig‘langan ekssudat anatomik yoriqlardan tarqalib, tomirlarni yanchib yoki to‘zg‘itib,to‘qima nekrozida yiringni keltirib chiqaradi.Ko‘pincha ushbu jarayon karshilikka bardosh bera olmaydigan teri osti klechatkasida kuzatiladi.Flegmonalar mushak osti ,panjalar,korin atrofi (bel, chanoq va chov soxasida) bo‘ladi. Flegmonalarning alomatlari:shish, qizarish ,maxalliy isitma ,to‘satdan og‘riqlar va to‘qimalarda noxushlikni xis etish ,jaroxatlangan qismning funksiyasining buzilishi,haroratning ko‘tarilishi ,titrash,xolsizlanish va intoksikatsiya.



Yallig‘lanishnig ilk rivojlanishida operatsiya oldi bosqichida fizioterapevtik usullar bilan davrlash qo‘llaniladi.Ushbu bosqichda fizioterapiyaning vazifasi-og‘riqni qoldirish ,yallig‘lanishga qarshi,so‘ruvchi ishlarni amalga oshirish ,yallig‘lanish rivojlanishini to‘xtatish bunda to‘shak tartiboti ,parxez,jaroxatlangan bo‘yin va tana soxalariga xotirjamlik yaratish ,antibiotiklar qilish ,mo‘l ichish bilan birga 2-3 kun davomida fizioterapevtik usullardan UVCh-maydon ,ultratovush ,UB-nurlantirish va elektrofarezni qilish tavsiya etiladi. Yallig‘lanish soxasini ketma-ket yokitangensial holda UVCh-terapiya qilish:№ 2 va № 3 elektrodlar orasi 3-4 sm ,dozasi kam issiqli,muolaja davomiyligi 10 minutdan har kuni ,kuniga 1-2 marta qilinadi.jami 3-5 muolaja. Yallig‘lanish soxasini ultratovush terapiya o‘tqazish:uzluksiz tartibot ,vibrator kantakti to‘g‘ri, uzgaruvchan usul,dozasi 0.4-0.6 Vt /sm 2 ,5-7 minutdan har kuni,jami 4-6 muolaja. Infiltrat soxasini UB-nurlantirish 3-5 biodoza bilan 1-2 kundan keyin ,2-3 nurlantirish .UB-nurlantirish qonning autotransfuziyasi bilan bir kundan keyin qilinadi. Yallig‘lanish soxasini ketma-ket yoki ko‘ndalangiga terramitsin-elektrofarez qilish:muolaja har kuni 20 minutdan qilinadi.Infiltrat bo‘shashish qolgan paytda uni bo‘shatish choralari ko‘riladi.Bunig uchun yorug‘lik vannasi ,sollyuks,yallig‘lanish o‘chog‘iga infraruj qilish 20-25 minutdan kuniga 2 marta yoki 39-40 0S li qo‘l(oyoq)vannasi har kuni 15-20 munutdan qilish samara beradi. Operatsiyadan keyingi bosqichda fizioterapiyaning vazifasi dezintaksikatsion va degidratsiyalovchi ishlarni amalga oshirish ,chirigan to‘qimalardan tezroq qutilish ,bo‘shliqni granulyasiya bilan to‘ldirish ,yara epitelizatsiyasiga ko‘maklashish ,jaroxatlangan soxa funksiyalarini tiklash va kontrakturalarni ogohlantirishga qaratilishi lozim. A M Dobrova va avtordoshlar (1979) flegmonani yorganidan uchinchi kunidan boshlab shishga qarshi va trofik harakatlarni kuchaytirish maqsadida diadinamoterapiya qo‘llashgan. Elektrodlar yara atrofiga 2-3 sm uzoqlikda joylashtiriladi.Tok ” qisqa” jarayon bilan modulyasiyalangan bo‘lib u o‘zgaruvchan qutblar bilan birga 5 minutdan har kuni qo‘llaniladi,jami 3-5 muolaja. Aktiv chuqur giperemiyani rivojlantiish maqsadida bir vaqtning o‘zida yorug‘lik vannasi ,soolyuks yoki boylam orkali yara soxasini infraruj qilish kuniga 1-2 marta 15-20 minutdan tavsiya etiladi .

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin