Tasdiqlayman



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə2/31
tarix21.10.2017
ölçüsü1,75 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

Gepatomegaliya

Aktiv va noaktiv surunkali gepatitni qiyosiy tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Surunkali gepatit va jigar sirrozini qiyosiy tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Sariqlik.

O‘t-tosh kasalligi va biliar-pankreatik soha o‘smalari (jigar, o‘t qopi, oshqozon osti bezi o‘smalari) ni qiyosiy tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.



Revmatologik kasalliklarida taqqoslama tashxisot

Bo‘g‘im sindromi.

Revmatizm va revmatoid artritni qiyosiy tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Seronegativ spondiloartrit (reaktiv artrit, Bexterev kasalligi, psoriatik artrit) larniqiyosiy tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Biriktiruvchi to‘qimaning diffuz kasalliklarini (tizimli qizil bo‘richa, tizimli sklerodermiya) qiyosiy tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Tizimli vaskulitlarni (nospetsifik aortoarteriit, tugunli periartrit) qiyosiy tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Siydik ajratish tizimi kasalliklarida taqqoslama tashxisot

Siydik cho‘kmasini o‘zgarishlari.

Pielonefrit, glomerulonefrit va interstitsial nefritni qiyosiy tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Amiloidoz va nefropatiyalarni qiyosiy tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Shish sindromi.

Turli etiologiyali mahalliy (allergik, qon tomirli, yallig‘lanishli) va umumiy (qon aylanish yetishmovchiligidagi, buyrakka bog‘liq, endokrin, och qoringa) shishlarni qiyosiy tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.



7-kurs talabalari uchun amaliy mashg‘ulotlar uchun ko‘rsatma

Oilaviy tibbiyot asoslari.

UASh vazifalari.Ishlashning o‘ziga xos tomonlari. Tibbiy hujjatlar. Bemorlardan o‘z uyida xabar olish. Jamoatni jalb etish. Vrach va bemorlarning huquqlari. UASh ishida etika va deontologiya.

Ishlashning o‘ziga xos tomonlari. Oilada ruhiy muhit. Din va urf odat muammolari. Oilani maslahat qilish.

Muloqatga aloqador faktorlar. Muloqotdagi qiyinchiliklar. Shaxslararo muloqot. Amaliy maslahatlar.

Maslahat berish turlari. Maslahat berish prinsiplari. Bemorni o‘z sog‘ligiga javobgarligi.

Profilaktika turlari. Sog‘lom turmush tarzini tadbiq etish. Oziqlanish va ro‘zg‘or gigienasi. Profilaktik ko‘rik, skrinning. Infeksion va noinfeksion kasalliklar profilaktikasi. Immunizatsiya. Dasturlar va tadbirlar.

Bolalar, o‘smirlar, ayollar (fertil yoshdagi ayollar, homiladorlar), erkaklar, keksalar. Ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligidagi ishchilar. Ijtimoiy himoyalangan insonlar. Bemorlar, og‘ir bemorlar, o‘layotgan bemorlar. Reabilitatsiya va dispanserizatsiya muammolari. Ishga layoqatlikni ekspertizasi.

Sanitar oqartuv. Kasallanish va o‘limning asosiy sabablariga ta'sir etish. Ruhiy holatni mustahkamlash. Ekologiya va kasb omillari. Bemorlarni o‘qitish, “maktablar”.

Sayohatchiga maslaxat berish. Sayoxatdan keyin maslaxat berish. Immunizatsiya. Iqlim va soat o‘zgarishlarini almashinishi. Chayqalish va tog‘ kasalligi. Yo‘l tibbiyot anjomlarni yig‘indisi.

Taxminiy tashxis. Xavfli kasalliklar. Tashxisiy xatoliklar. Imitator kasalliklar. Ruhiy buzilish va simulyasiya.



Yurak qon tomir kasalliklarida taqqoslama tashxisot

Ko‘krak qafasidagi og‘riq.

NSD, YuIK stenokardiya, IKKS, miokardit va miokardiodistrofiyani taqqoslama tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Umurtqa ko‘krakqismini osteoxondrozi,qovurg‘aaro nervlarning nevralgiyasi, ko‘krak qafasi jaroxati, o‘rab oluvchi temiratki taqqoslama tashhisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Yurak urib ketishi.

Aritmiyalarni taqqoslama tashxisi. Sinusli taxikardiya,nafas aritmiyasi, ekstrasistoliya. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Qon aylanish yetishmovchiligi, anemiya, tireotoksikozdagi yurak urib ketishining taqqoslama tashxisi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Bosh og‘rig‘i.

Gipertoniya kasalligi va sklerotik arterial gipertenziyaning taqqoslama tashxisi.



O‘pka kasalliklarida taqqoslama tashxisot

Yo‘tal balg‘am ajralishi bilan.

O‘RK, O‘RVK, o‘tkir bronxit va pnevmoniyaningtaqqoslama tashxisi.

Surunkali bronxit va bronxoektatik kasallikning taqqoslama tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Xansirash, bo‘g‘ilish.

Bronxial astma,emfizema, pnevmosklerozning taqqoslama tashxisi. UASh taktikasi.Surunkali nafas yetishmovchiligi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.



Revmatologik kasalliklarida taqqoslama tashxisot

Bo‘g‘im sindromi (artralgiya, artritlar).

Revmatizm, revmatoid artrit va infeksion artritlarning taqqoslama tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Osteoartroz va podagraningtaqqoslama tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.



Oshqozon ichak kasalliklarida taqqoslama tashxisot

Dispepsiya (jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish). UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Gastrit, duodenit va yara kasalligining taqqoslama tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

O‘t yo‘llari diskineziyasi va xoletsistitning taqqoslama tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Postxoletsistektomik sindrom va jarrohlik amaliyoti bajarilgan oshqozon kasalligini taqqoslama tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Qorindagi og‘riq.

Epi-, mezo- va gipogastral sohadagi og‘riqlar bilan kechuvchi kasalliklarning taqqoslama tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.



Diareya.

Infeksion va noinfeksion etiologiyali diareyaningtaqqoslama tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.



Qabziyat.

Ta'sirlangan ichak sindromi, qariyalardagi qabziyat va yo‘g‘on ichak o‘smalarining taqqoslama tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.



Gepatomegaliya.

O‘tkir gepatit, surunkali gepatit, jigarning alkogol kasalligini taqqoslama tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.



Siydik ajratish tizimi kasalliklarida taqqoslama tashxisot

Dizuriya.

O‘tkir va surunkali xoletsistitning taqqoslama tashxisi. UASh taktikasi.Sistit va siydik kislotali diatezning taqqoslama tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.



Isitmada taqqoslama tashxisni o‘tkazish

Noma'lum genezli isitma. Isitma turlari va xarakteri, isitmada tekshirish rejasi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchilamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Infeksion kasalliklardagi (bakterial, virusli) isitmani taqqoslama tashxisi. UASh taktikasi. Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Amaliy mashg‘ulotlarda talabalaro‘rganish va o‘zlashtirishi, ularda klinik fikrlash, turli guruh kasalliklarini differensial diagnostikasini, profilaktikasini bilish, hamda keyinchalik sog‘likni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida ishlashlarini o‘rganadilar.

Amaliy mashg‘ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:

6-kurs talabalari uchun amaliy mashg‘ulotlar uchun ko‘rsatma


  1. Oilaviy tibbiyot asoslari.

  2. Oila bilan ishlash.

  3. Muloqot san'ati.

  4. Maslahat berish.

  5. UASh ishida profilaktika.

  6. Yo‘tal balg‘am ajralishi bilan.

  7. O‘pka kasalliklar bilan bog‘liq ko‘krak qafasidagi og‘riqlar.

  8. Hansirash, nafas siqish.

  9. Aritmiyalar.

  10. Arterial gipertenziya.

  11. Yurak sohasidagi og‘riqlar.

  12. Kardiomegaliya va yurak shovqinlari.

  13. Disfagiya.

  14. Qorindagi og‘riq.

  15. Gepatomegaliya.

  16. Sariqlik.

  17. Bo‘g‘im sindromi.

  18. Siydik cho‘kmasini o‘zgarishlari.

  19. Shish sindromi.

7-kurs talabalari uchun amaliy mashg‘ulotlar uchun ko‘rsatma

  1. Aholining turli guruhlar bilan ishlash.

  2. Havf omillariga ta'sir qilish.

  3. Sayohatchilar uchun tibbiyot.

  4. UASh amaliyotiga taqqoslama tashhisot.

  5. Ko‘krak qafasidagi og‘riq..

  6. Yurak urib ketishi.

  7. Bosh og‘rig‘i.

  8. Yo‘tal balg‘am ajralishi bilan.

  9. Xansirash, bo‘g‘ilish.

  10. Bo‘g‘im sindromi (artralgiya, artritlar).

  11. Dispepsiya (jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynish, qayt qilish).

  12. Qorindagi og‘riq.

  13. Diareya.

  14. Qabziyat.

  15. Gepatomegaliya.

  16. Dizuriya.

  17. Isitma.

Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma'ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy masalalar yechish orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.

Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar

ko‘zda tutilmagan

Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni

Talaba mustaqil ishini tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:



  • darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;

  • tarqatma materiallar bo‘yicha ma'ruzalar qismini o‘zlashtirish;

  • avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;

  • maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  • yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish;

  • talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;

  • faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;

  • masofaviy (distansion) ta'lim.

Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:

VI-kurs talabalari uchun

  1. Qiyosiy tashxis algoritmi

  2. Qiyosiy tashxisot (jadval, sxema va slaydlar)

  3. Xavf omillari

  4. Tashxis qo‘yishda va davolashda yangiliklar (internet, monografiyalar, qo‘llanmalar, jurnal maqolalari)

  5. Tashxisning zamonaviy tamoyillari

  6. Xomiladorlarda davolash va kechishning o‘ziga xos tomonlari

  7. Keksalarda davolash va kechishning o‘ziga xos tomonlari

  8. Asoratlar

  9. UASh taktikasi (mutaxassis ko‘rigi va gospitalizatsiya qilish uchun yo‘llanmaga ko‘rsatmalar).

  10. Ichki kasalliklarning birlamchi, ikkilamchi, uchilamchi profilaktikasi va dispanserizatsiyasi.

  11. Standart davolashlar (jadval, sxema, krossvord)

  12. Dori vositalarini prezentatsiyasi

  13. Bemorga tavsiyalar (preventiv ko‘nikmalar)

  14. Testlar (10 tadan kam emas)

  15. Karta-masalalar (2 tadan kam emas)

  16. Vrach audit ishlari

VII-kurs talabalari uchun

  1. Qiyosiy tashxis algoritmi

  2. Qiyosiy tashxisot (jadval, sxema va slaydlar)

  3. Tashxis qo‘yishda va davolashda yangiliklar (internet, monografiyalar, qo‘llanmalar, jurnal maqolalari)

  4. Xavf omillari va erta tashxisot

  5. Skrining dasturlar

  6. UASh taktikasi (mutaxassis ko‘rigi va gospitalizatsiya qilish uchun yo‘llanmaga ko‘rsatmalar)

  7. Standart davolashlar (jadval, sxema, krossvord)

  8. Reabilitatsiya

  9. Dispanserizatsiya

  10. Bemorga tavsiyalar (preventiv ko‘nikmalar)

  11. Mehnatga layoqatlilik ekspertizasi

  12. Testlar (10 tadan kam emas)

  13. Karta-masalalar (2 tadan kam emas)

  14. VOP audit ishlari

6-kurs talabalari uchun reabilitolgiya fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun ko‘rsatma

Yurak-qon tomir va nafas tizimlari kasalliklarida tibbiy reabilitatsiya tadbirlari

Yurak ishemik kasalligi, miokard infarkti, gipertoniya va gipotoniya kasalligi, NSD, ateroskleroz bilan kasallangan bemorlarning kompleks reabilitatsiyasi, yurak-kon tomir tizimida operatsiyalardan keyingi reabilitatsiya usullari; (tiklanuvchi davolashning turli bosqichlarida fizioterapiya, davolovchi jismoniy tarbiya va reabilitatsiyaning noan'anaviy usullarini qo‘llash). Bosqichlarida gipoksiyani yo‘qotuvchi, qon suyultiruvi, spazmolitik, sedativ, qon aylanishini yaxshilovchi, mikrotsirkulyasiyani va modda almashuvni kuchaytirovchi fizik muolajalarni va jismoniy reabilitatsiya qullaniladi. Psixologik va ijtimoiy aspektlarni o‘rganish.

Zotiljam, bronxit, bronxial astma, bronxoektatik kasallik, emfizema bilan kasallangan bemorlarning kompleks reabilitatsiyasi (tiqlanuvchi davolashning turli bosqichlarida fizioterapiya, davolovchi jismoniy tarbiya va reabilitatsiyaning noan'anaviy usullarini qo‘llash). Fizik muolajalar yalig‘lanishga qarshi, so‘riltiruvchi, qon aylanishni yaxshilovchi, bronxlarni kengaytiruvchi, nafas olishni me'yorlovchi, sedativ ta'sir ko‘rsatuvchi, moda almashinuvini, buyrak usti bezni faoliyatini yaxshilovchi qaratirilgan.

Bemorlarni sanator-kurort davolash bosqichilarida yo‘llanma berish, bunda kurort turini aniqlash va yil faslini belgilash.



Ovqat hazm qilish tizimi, siydik chiqarish yo‘llari va buyrak

kasalliklarida, endokrin sistemasi kasalliklari bilan kasallangan bemorlarning reabilitatsiyasi

Gastrit, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasi kasalligi, enterokolit, safro chiqarish yo‘llari va jigar kasalliklari, buyrakning yallig‘lanish jarayonlari bilan kasallangan, endokrin sistemasi va modda almashinuvi (qandli diabet, metabolik sindromi, semirish, qalqonsimon bez kasalliklari, podagra) bemorlarning kompleks reabilitatsiyasi (tiqlanuvchi davolashning turli bosqichlarida fizioterapiya, davolovchi jismoniy tarbiya va reabilitatsiyaning noan'anaviy usullarini qo‘llash). Bosqichlarida: og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, regeneratsiyani kuchaytiruvchi, so‘riltiruchi, oshqozon ichak peristaltikasini normalashtiruvchi va modda almashinuvini yaxshilovchi, qondagi qand miqdorini pasaytiruvchi, mikrotsirkulyasiyani yaxshilovchi, tana vaznini kamaytiruvchi, moda almashinuvini kuchaytiruvchi, yaxshilovchi, sedativ ta'sir etuvchi, tuqima trofikasini yaxshilovchi fizioterapevtik muolajalarni tavsiya qilish. . Bemorlarni sanator-kurort davolash bosqichilarida yo‘llanma berish, bunda kurort turini aniqlash va yil faslini belgilash.



Nerv tizimlari, tayanch-harakat apparatining destruktiv-distrofik kasalliklari bilan kasallangan bemorlarning reabilitatsiyasi.

Periferik va markaziy nerv tizimlari patologiyalarida (nevrit, nevralgiya, umurtqa pog‘ona churrasi, insult, MNS funksional kasaliklarida) yallig‘lanishga qarshi, degidratatsiyani kuchaytiruchi, shishni qaytaruvchi, bug‘imlar funksional xolatini yaxshilovchi, suriltiruvchi, buyrak usti bezi faoliyatini yaxshilovchi, sedativ ta'sir kursatuvchi fizioterapiya, davolovchi jismoniy tarbiya va reabilitatsiyaning noan'anaviy usullarini qo‘llaniladi; tayanch-harakat apparatining destruktiv-distrofik va yalig‘lanish kasalliklari (poliartritlar, DOA, Bexterev kasalligi), bilan kasallangan bemorlarning kompleks reabilitatsiyasi;

Bemorlarni sanator-kurort davolash bosqichilarida yo‘llanma berish, bunda kurort turini aniqlash va yil faslini belgilash

Ginekologik kasalliklarda, akusherlik va pediatriyada

uchraydigan ba'zi patologik holatlarda reabilitatsiya

Ginekologik yallig‘lanish jarayonlarida surunkali infeksiya o‘chog‘i sanatsiyasi, yallig‘lanish-so‘rilishi, buzilgan funksiyalarni tiklash, og‘riqni qoldirish va asoratlarning oldini olish maqsadida fizioterapevtik omillar va reabilitatsiya usullarini qo‘llash; akusherlikda kuztiladigan ba'zi patologik holatlarda fizik omillarni profilaktik maqsadda qo‘llash; bolalar va o‘spirinlarda kuzatiladigan nafas sistemasi va tayanch-harakat apparati kasalliklarida qo‘llanildigan fizioterapevtik omillar va reabilitatsiya usullarining o‘ziga xosligi.



Xirurgik kasalliklarni reabilitatsiyasi

Travmotologiyada va umumiy xirurgik kasalliklarida kompleks reabilitatsiyasida: yallig‘lanishga qarshi, bakteriotsid, bakteriostatik, so‘riltiruvchi, degidratatsiyani yaxshilovchi, spazmolitik, mikrotsirkulyasiyani va tuqima trofikasini yaxshilovchi, regeneratsiyani kuchaytiruvchi, shishishni qaytaruvchi; travmatologiyada immobilizatsiya va immobilizatsiyadan sungi bosqichlarida kontrakturani oldini oluvchi, bo‘g‘im funksional xolatini yaxshilovchi, asoratini oldini oluvchi fizioterapiya, davolovchi jismoniy tarbiya va reabilitatsiyaning noan'anaviy usullari qo‘llanishi.

O‘z vaqtida bemorlarni sanator-kurort davolash bosqichilarida yo‘llanma berish, bunda kurort turini aniqlash va yil faslini belgilash

Amaliy mashg‘ulotlarni tashqil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar



  1. Bemorlar tashxisiga va kasalligini davriga asosolanib reabilitatsiya etapini aniklash;

  2. Bemorga individual reabilitatsiya dasturni tuzish;

  3. Individual reabilitatsiya dasturida patogenetik ta'sir etadigan fizioterapevtik muolajalarni to‘g‘ri tanlash va kompleks ravishda tuzish;

  4. Reabilitatsiya etaplarida davolovchi jimoniy tarbiyani vositalarini va shakllarini tanlash va to‘g‘ri tavsiya kilish;

  5. Davolash hujjatlarini rasmiylashtirish;

  6. Rasmiylashtirilgan davolovchi usullarni samaradorligini aniqlash;

  7. Bemorga sanatoriy turini tanlash va sanatoriy sharotida reabilitatsiya tadbirlarni aniqlash;

  8. Sog‘lomlashtirish maqsadida fizioprofilaktik muolajalarni qo‘llash

va jismoniy tarbiya usullarni tavsiya kilishni o‘rganadilar.

Amaliy mashg‘ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:

  1. Yurak-qon tomir va nafas tizimi kasalliklarida reabilitatsiya usullari.

  2. Ichki a'zolarni , siydik chiqarish yo‘llari va buyrak kasalliklari bilan kasallangan bemorlarning reabilitatsiyasi.

  3. Nerv sistemsi, tayanch-harakat apparatining destruktiv-distrofik kasalliklari bilan kasallangan bemorlarning reabilitatsiyasi.

  4. Endokrin va modda almashinuv kasalliklarda reabilitatsiya usullari

  5. Ginekologik kasalliklarda, akusherlik va pediatriyada uchraydigan ba'zi patologik holatlarda reabilitatsiya.

  6. Jarrohlik va travmatologik bemorlarni rabilitatsiyasi

Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma'ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy masalalar yechish orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.

Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni

Talaba mustaqil ishini tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:



  • darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;

  • tarqatma materiallar bo‘yicha ma'ruzalar qismini o‘zlashtirish;

  • avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;

  • maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  • Yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish;

  • talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;

  • faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;

  • masofaviy (distansion) ta'lim.

Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:

  1. Yurak kon-tomir tizimidagi operatsiyalaridan keyingi reabilitatsiyasi.

  2. Bolalar serebral paralichlarida reabilitatsiya usullari.

  3. Miofassial va umurtka-pogona ogrik sindromlarida kompleks reabilitatsiya usullari

  4. Amiotrofik yon. sklerozida reabilitatsiyani kullanishi

  5. Onkologik kasalliklarida reabilitatsiyasi

  6. Suyak sinishlarida va osteoporoz kasalligida tibbiy reabilitatsiya usullari

  7. Turli kasalliklar reabilitatsiyasida mexnat bilan davolash usulini roli va axamiyati

Dasturning informatsion-uslubiy ta'minoti

Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta'limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan.

- barcha mavzular bo‘yicha ma'ruza mashg‘ulotlarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron didaktik texnologiyalarni;

- fanning umumiy va xususiy bo‘limlariga tegishli mavzularida o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda aqliy hujum, qora quti, o‘rgimchak ini, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutiladi.



Darsliklar, qo‘llanmalarning ro‘yxati

Asosiy adabiyotlar

Asosiy

  1. Umumiy amaliyot shifokori uchun kullanma F.G.Nazirov, A.G.Gadaev taxr. M.:GEOTAR-Media, 2007.

  2. Obshaya vrachebnaya praktika Pod red.F.G.Nazirova, A.G.Gadaeva. M.: GEOTAR-Media, 2009.

  3. Spravochnik vracha obshey praktiki. Dj.Myorta. M.:Praktika, 1998.

  4. Sbornik prakticheskix navikov dlya vrachey obshey praktiki. Gadaev A. i dr. T., 2010.

  5. Geriatriya v deyatelnosti vracha obshey praktiki Nasreddinova N.N. T:Shark, 2004

  6. Vnutrennie bolezni, tom 1 Muxin N.A. M.: GEOTAR- Media,2009

  7. Vnutrennie bolezni, tom 2 Muxin N.A. M.:GEOTAR- Media, 2009

  8. Terapevticheskiy spravochnik Vashingtonskogo Pod red. M.Vudli M.: Praktika, 2000.

  9. InternalMedicinePearls Clay B. Marsh 1993

  10. HandbookofAmbulatoryMedicine ed. Philip D. Zieve 1995

  11. TextbookofInternalMedicine Editor-in-Chief William N. Kelley 1997

Kataloq: uum2
uum2 -> Tibbiyot malaka oshirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi
uum2 -> Travmatologiya-ortopediyaning rivojlanish tarixi. Suyak sinishlarini diagnostika va davolash usulari
uum2 -> Mavzu qovoq, ko'z yosh a’zolari va shillik parda kasalliklari. Mashg'ulotning davomiyligi
uum2 -> Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash va tibbiy profilaktika fakulteti teri-tanosil kasalliklari kafedrasi
uum2 -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va X d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
uum2 -> O’zbekiston respublikasi o’rta maxsu va oliy ta’lim vazirligi
uum2 -> Биринчи тошкент давлат тиббиёт институти
uum2 -> O'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə