Tasdiqlayman



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə27/31
tarix21.10.2017
ölçüsü1,75 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31

Jismoniy reabilitatsiya – jismoniy imkoniyat va aqliy qobiliyatini tiklash yoki kompensatsiyalash, organizmning funksional holatini oshirish va yaxshilash, jismoniy tarbiya vositalari va usullari, sport elementlari, sport bo‘yicha tayyorgarligi, massaj, fizioterapiya va tabiat omillari yordamida odam organizmining jismoniy qobiliyatini, ruhiy emotsional mustaxkamligini va moslashuvchi zahiralariniyaxshilash bo‘yicha tadbirlar tizimidir.

Ruhiy reabilitatsiyada asosiy e'tibor bemor ruhiy holatining korreksiyasiga, shuningdek uning davolanishga, shifokor tavsiyalariga, reabilitatsiya tadbirlarini bajarishga to‘g‘ri yondoshishni shakllantirishga qaratilgan. Bu yo‘nalishda bemorlarga kasallik natijasida o‘zgargan hayotiy faoliyatga ruhiy moslashish uchun zaruriy sharoitni yaratish kerak.

Kasbiy (mehnat) reabilitatsiyada mehnatga tiklash (joylashtirish), kasbiy o‘qitish va qayta o‘qitish, bemorlarning mehnatga qobiliyatini aniqlash savollari xal qilinadi yoki ko‘riladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiyada asosiy e'tibor shikastlangan bemorga iqtisodiy mustaqillik va ijtimoiy mukammallikni qaytarishga qaratiladi. Bu vazifalar faqat tibbiy muassasalar tomonidangina emas, balki ijtimoiy ta'minot organlari tomonidan ham hal etilishi zarur.

Fizioterapiya - tabiatning bir tarmog‘i bo‘lib, tabiiy va odam hosil qiladigan fizik omillarining fiziologik va davolash ta'sirlarini o‘rgatadi, ularning kasallikni oldini olish va davolash uchun yangi usullarni, shuningdek davolab-tiklash usullarini ham ishlab chiqaradi, shu bilan bir qatorda ularni hayotga tadbiq etadi.

Shifobaxsh jismoniy tarbiya – bu jismoniy tarbiya vositalarini kasallikni davolash, oldini olish va bemorlarni reabilitatsiyasi maqsadida qo‘llashdir.

Galvanizatsiya − davolash maqsadida doimiy tokning past kuchlanishli (80 voltgacha) va kichik kuchli tok (50 milliampergacha) qo‘llaniladi.

Elektroforez − organizmga doimiy tok va u bilan birga organizmga kiruvchi dori moddasining uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorining birgalikda yoki bir vaqtdagi ta'siri tushuniladi.

Diadinamoterapiya − 2 xil yarimsinusoidal shakldagi impuls toklari qo‘llaniladi, ya'ni chastotasi 50 Gs (bir taktli uzluksiz) va 100 Gs (ikki taktli uzluksiz). Bu toklar Bernar tomonidan davolash amaliyotida qo‘llash uchun taklif qilingan, shuning uchun Bernar toklari ham deb ataladi.

Sinusoidal modullangan toklar − tovushli chastotasiga ega bo‘lgan (5000 Gs) modullangan sinusoidal toklar bilan ta'sir ko‘rsatiladi, u teri orqali yaxshi o‘tadi va chuqur joylashgan to‘qimalarga ta'sir ko‘rsatadi. Bu xilda tok kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta'sir etganligi uchun uning 10-150 Gs atrofidagi past chastotali, ya'ni mushaklar biotoklarining chastotasiga yaqin keladigan chastotali modulyatsiyasidan keng foydalaniladi.

Elektrouyqu − organizmga past chastotali to‘g‘ri burchakli impuls toklari bilan ta'sir etiladi.

UYuCh-terapiya − davolash maqsadida ultra yuqori chastotali o‘zgaruvchan elektr maydonidan foydalaniladi. Ultra yuqori chastotali elektr maydoni uzluksiz va impulsli rejimda qo‘llaniladi. Impulsli rejimda elektr maydonining kuchli impuls seriyalari va ular o‘rtasidagi pauza almashinib turadi.

Mikrotolqin terapiya − davolash maqsadida o‘ta yuqori chastotali elektromagnit tebranishlari qo‘llaniladi. Tebranishlarning to‘lqin uzunligi 1 metrdan 1 mmgacha, tebranish chastotasi 300 dan 30000 mGs gacha. Bunda uzunligi 1 mm – 1 sm keladigan to‘lqinlar (santimetrli - SMT) va 10 sm – 1 m keladigan to‘lqinlar (ditsimetrli - DMT) dan foydalaniladi.

Magnitoterapiya − organizmga past chastotali o‘zgaruvchan magnit maydoni va doimiy magnit maydoni ta'siriga asoslangan fizioterapevtik usul magnitoterapiya deb ataladi.

Franklinizatsiya − bu yuqori kuchlanishli (50-60 kV gacha) doimiy elektr maydoni bilan davolashdir. Hosil bo‘lgan maydonda, elektr zaryadlarining joyini o‘zgartirishi hisobiga, havodagi gazli molekulalarning parchalanishi hosil bo‘ladi.

Darsonvalizatsiya − yuqori kuchlanishli (20 kV gacha), kichik kuchli (0,015 – 0,02 mA) va yuqori chastotali (110 kGs) impuls toklar bilan davolash usulidir. Bu tok turini birinchi marta fransuz olimi D.Arsonval taklif qilgan.

Induktotermiya − bu yuqori chastotali magnit maydoni bilan davolashdir. Indukto – to‘plash, termo – issiqlik,ya'ni issiqlikni to‘plash ma'nosini bildiradi.

Ultratovushterapiya - davolash amaliyotida boshqa fizioterapevtik muolajalar bilan bir qatorda ultratovush bilan davolash ham keng qo‘llaniladi. Ultratovushlar fizik muhitda mexanik tebranishlar hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Fizioterapiya amaliyotida ultratovushlar 800-900 kG chastotasi ko‘rinishida qo‘llaniladi. Tibbiy davolash amaliyotida esa 800-3000 kG ravishda qo‘llanilishi mumkin. Davolash jarayonida ultra tovushlarning organizm ichiga kirishi ularning chastotalariga bog‘liqdir.

Ultrafonoforez - ultratovush tarqalib ketmasligi uchun muolajani har doim yog‘li muhitda o‘tkazilishi shart. Bu usul yordamida organizmga dori moddalari ( maz, gel) kirgiziladi.

Yorug‘lik bilan davolash − tibbiyot amaliyotida kasalliklarni davolash va oldini olish maqsadida infraqizil, qizil (ko‘rinuvchi) va ultrabinafsha nurlari keng qo‘llaniladi. Yorug‘lik oqimida ularning to‘lqin uzunligi har xildir, ya'ni infraqizil nurlarniki 400 mkm – 760 nm, ko‘rinuvchi nurlarniki 760 nm – 400 nmgacha, ultrabinafsha nurlarniki 400 nm – 180 nmgacha.

Lazeroterapiya – bu monoxromatik (optik spektrda bir to‘lqin uzunligi bo‘lgan diapazon bo‘ladi), kogerent (nurlanish elektromagnit tembranish chastotali bilan mos tushadi) infra qizil nurlar.

Gidroterapiya – chuchuk suvning maxsus usullar yordamida davolash, kasallikning oldini olish va tibbiy reabilitatsiya maqsadida qo‘llanilishiga suv bilan davolash deyiladi. Suvning maxsus usullar yordamida davolash, kasallikning oldini olish va tibbiy reabilitatsiya maqsadida qo‘llanilishiga suv bilan davolash deyiladi.

Gidroaeroionoterapiya - bu o‘zida musbat yoki manfiy elektr zaryadlarini tutuvchi kombinirlangan xavo molekulalari xamda suv molekulalarini (gidroaeroionlar) davo maqsadida qo‘llash usulidir.Xavoning ionizatsiyalashuvi quyosh radiatsiyasi kosmik nurlar, elektr zaryadlar, yerdagi radioaktiv vositalar, xavo massalarining faol xarakatlari natijasida, xamda daryo, dengiz va okeanlarning qirg‘oqlaridagi suv buglanishlari ta'siri ostida yuzaga keladi.

Aeroterapiya bu o‘zida musbat yoki manfiy elektr zaryadlarini tutuvchi atmosfera xavosining zarrachalarini (aeroionlar) davo maqsadida qo‘llash usulidir.

Aerozolterapiya – dori moddalarini ingalyasiya usuli yordamida organizmga yuborishdir.

Baroterapiya − baroterapiya usuli yordamida barometrik bosimning 1 atmosferadan past bo‘lgan manfiy bosimi va 1 atmosferagacha bo‘lgan bosimlar bilan davolash jarayonida qo‘llaniladi. Baroterapiya mahalliy va umumiy usullarda o‘tkaziladi.

Balneoterapiya mineral suvning maxsus usullar yordamida davolash, kasallikning oldini olish va tibbiy reabilitatsiya maqsadida qo‘llanilishiga suv bilan davolash deyiladi.

Talassoterapiya dengiz suvning maxsus usullar yordamida davolash, kasallikning oldini olish va tibbiy reabilitatsiya maqsadida qo‘llanilishiga suv bilan davolash deyiladi.

Psammoterapiya – har xil usullar yordamida qum bilan davolash.

Peloidoterapiya − davolash maqsadida il, torfli, sapropelli, sopkali balchiqlardan foydalaniladi

Speleoterapiya – tabiiy g‘orlarda davolanish.

Galoterapiya – sun'iy hosil qilingan g‘orlarda davolanish.

Sun'iy fizik omillari – fizioterapevtik apparatlar yordamida fizik omillarni hosil qilish.

Tabiiy fizik omillari – tabiat omillari: suv, havo, quyosh nuri, iqlim, qum, loy, balchiq va boshqalar.

Massaj – bu kasallikni davolash va oldini olish usulidir. U bilan tana yuzasiga yoki ba'zi organlarga maxsus usullar bilan ta'sir tiladi. massaj asosan qo‘l bilan qilinadi, lekin maxsus asboblar yordamida apparat bilan ham o‘tkaziladi.

Mexanoterapiya –bunda tibbiy asboblar, apparatlar va trenajerlardan foydalaniladi. Tibbiy asboblar – og‘izni va lablarni kengaytiruvchi, apparatlar – ortopedik moslamalar, yordamchi moslamalar va Jom apparati, trenajerlar – veloergometr, velotrenajer, yuguruvchi yo‘lka, “eshkak eshish”, kuch talab qiluvchi trenajerlar, “chigiritka” trenajeri va h.z.

Mexnatterapiya – bemorning emotsional ruhiy holatlariga oid savollarni xal qilish uchun qo‘llaniladi. Mehnat bilan davolash shifoxona va uy sharoitlarida olib boriladi. Shifoxonada,ayniqsa asab kasalliklari, travmatologiya, revmatologiya va boshqa bo‘limlarda muhim ahamiyatga ega. Asab kasalliklari bo‘limida bemorlarning o‘ziga-o‘zi xizmatini tiklash, travmatologiyada – mehnat stendlaridan foydalanib, bemorni hayot faoliyatida zarur mehnat-larga o‘rgatish. Uy sharoitida meva va sabzavotlarni tozalash, hamirli ovqat qilish, tuqish, bichish mashqlari, bog‘ va polizlarda me'yorli ishlash.

Ertalabki gigienik gimnastika – 15 – 20 minut davomida bajariladi, qo‘llashdan maqsad organizmning umumiy tonusini ko‘tarish, tetiklashtirish. Shakl yakka, kichik guruh, guruh holida o‘tkaziladi.

Davolovchi gimnastika – shifoxonada o‘tkziladigan shakllarning asosiysi bo‘lib hisoblanadi. Muolaja 3 qismdan iboratdir (kirish qismi, asosiy qismi, tugallanish qismi). Davolovchi gimnastika muolajasini amalga oshirish uchun har bir sistema kasalligiga, har bir kasallikka alohida gimnastik mashqlar kompleksi tuziladi va yakka, kichik guruh, guruh holida o‘tkaziladi.

Terrenkur – har xil ko‘tarilib tushish burchagiga, masofa uzunligiga ega bo‘lgan maxsus tayyorlangan yo‘lka. Bu shakl asosan sanatoriya-kurortlarda, dispan-serlarda qo‘llaniladi. Yurak-qon tomir kasalliklarida, nafas organlari, oshqozon-ichak yo‘li, tayanch-harakat apparati kasalliklari va modda almashinuvi buzilishi bor bemorlarga tavsiya etiladi.

O’yinli dars – shifoxonadan tashqarida o‘yin vositalaridan foydalangan holda o‘yinli darslar amalga oshiriladi. Bu bilan bemorlar organizmini o‘sib boruvchi jismoniy yuklamalarga moslashtirib boriladi.

Yaqin turizm asosan sanatoriya-kurortlarda, tog‘li sharoitda qo‘llanilib, bemorlarga kuniga ko‘p emas, kam emas o‘rta hisobda 15 kmgacha yurish tavsiya etiladi.

Amaliy sport mashqlari – bu mashqlar yordamida yuklamalarga moslashtirish, oshirib borish, qon va limfa aylanishlari, modda almashinuvining yaxshilanishi amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi : yurish, yugurish, o‘tirgan va turgan holatlarda eshkak eshish, suzish, chang‘i va konki uchish, velosiped haydash.

Sanatoriy − bu kurortdagi davolash-profilaktik muassasa bo‘lib,bunda tabiat omillaridan, dietoterapiyadan, fiziodavolash, shjt va shu kabi belgilangan tartiblardan keng foydalaniladi.

Kurort − tabiiy davolash omillariga, mineral manbalariga, shifobaxsh balchiq qatlamlariga, maqbul iqlimga, shuningdek bemorlarning davolanishi va dam olishi uchun mo‘ljallangan balneotexnik, gidrotexnik inshootlariga, sanatoriyalariga ega bo‘lgan joydir.

REFERAT MAVZULARI

1.Yurak qon-tomir tizimidagi operatsiyalaridan keyingi reabilitatsiyasi.

Reabilitatsiya bosqichlari, jismoniy reabilitatsiyasida maxsus mashqlarni qo‘llash, ta'sir mexanizmlari.



2.Nafas tizimi bilan kasallangan bemorlarni O‘zbekistondagi sanator davosi.

Nafas kasaliklarining reabilitatsiyasida sanatorkurortga saralash. Tog‘li kurortlar. Speleoterapiya.



3.Oshqozon ichak trakti kasalliklarini balneologik davolash.

Mineral suvlar tarkibi, mineral suvlarni qo‘llanilish usullari, sanotor kurort davolashdagi o‘rni.



4.Umurtqa pog‘ona kasalliklarida kompleks reabilitatsiya usullari.

Umurtqa pog‘onasi kasalliklarida umurtqa pog‘onasini cho‘zish (traksion terapiyasi). Yoga-asana (maxsus dastlabki holatda davolash).



5.Turli kasalliklar reabilitatsiyasida mehnat bilan davolash usulining ahamiyati.

Mehnat bilan davolash turlari. Yurak-qontomir, tayanch-harakat, semizlik va boshqa kasalliklarda mehnat bilan davolashni qo‘llash.



6.Qandli diabet asoratlarini kompleks reabilitatsiyasi.

Diabetik angiopatiya va polineyropatiyada fizioterapevtik omillarni va ShJT vositalarini qo‘llash.



7.Teri kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni O‘zbeksitondagi sanator davosi.

Teri kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni sanator-kurort davolash bosqichlariga yo‘llanma berish, bunda kurort turini aniqlash va yil faslini belgilash. Iqlimli va balneologik sanatoriylar.



8.Gepatit kasalligida reabilitasiya.

Reabilitatsiya etaplari, jismoniy reabilitatsiyasida maxsus mashqlar va fizioterapevtik omillarini qo‘llash, bemorlarni sanator-kurort davolash bosqichlariga yo‘llanma berish.



9.Onkologik kasalliklarining reabilitatsiyasi.

Onkologik kasalliklarida reabilitatsiyaning o‘ziga xosligi. Ruhiy va jismoniy reabilitatsiyasi.



2.Suyak sinishlarida va osteoporoz kasalligida tibbiy reabilitatsiya usullari.

Reabilitatsiya etaplari, jismoniy reabilitatsiyasida maxsus mashqlar va fizioterapevtik omillarini qo‘llash, ta'sir mexanizmlari.



10.Operatsiyalardan keyingi reabilitatsiya bosqichlari.

Reabilitatsiya etaplari, jismoniy reabilitatsiyasida maxsus mashqlar va fizioterapevtik omillarini qo‘llash, ta'sir mexanizmlari, bemorlarni sanator-kurort davolash bosqichlariga yo‘llanma berish.



11.Bolalar serebral paralichlarida reabilitatsiya usullari.

Reabilitatsiya etaplari, jismoniy reabilitatsiyasida maxsus mashqlar va fizioterapevtik omillarini qo‘llash, ta'sir mexanizmlari.



12.Bepushtlik bilan kasallangan bemorlarni O‘zbekistondagi sanator davosi.

Sanator-kurort davolash bosqichlariga yo‘llanma berish, kurort turini aniqlash va yil faslini belgilash.



ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Asosiy:

  1. Bogolyubov V.M. «Meditsinskaya reabilitatsiya » Moskva, 2006,3 toma.

  2. Babadjanov S.N. «Spravochnik fizioterapevta», Tashkent, 1999g.

  3. yepifanov V.A. «Lechebnaya fizkultura i sportivnaya meditsina» M., 2000.

  4. Popov V.I. Chogovadze V.G. «Fizicheskaya reabilitatsiya» Rostov naDonu 2001.

  5. yepifanov V.A. “Lechebnaya fizicheskaya kultura” M. 2003.

  6. Dubrovskiy V.A. “Lechebnaya fizkultura” M., 2004.

  7. Leksionnыe materialы i uchebno-metodicheskie razrabotki.

  8. Rixsieva O.A. «Massaj», T. 1996.

  9. yevdokimova T.A. Milyukova I.V. Noveyshiy spravochnik“Lechebnaya fizkultura,” M. 2004.

  10. «Meditsinskie osnovы fizicheskogo vospitaniya i formirovaniya zdorovya i garmonichnogo razvitiya detey i podrostkov» prof. Nazirov F.G. prof. Axmedova D.M. prof. Suyumov F.A. dots. Vasilev V.D, prof. Shayxova G.I. Tashkent 2003.

  11. Edvard T. Xouli, B. Don-Frenks « Rukovodstvo instruktoraozdorovitelnogo fitnessa» Kiev 2004.

  12. Bet Shou “Yoga fit Trening dlya zdorovya”, M. 2005.

  13. Milyukova I.V. yevdokimova T.A. “ Gimnastika dlya detey”, M. 2004.

  14. .A. Bokov S. Sergeev “ Yoga dlya detey” M. 2004.

  15. Sosin I.N., Kariev M.X. «Fizioterapiya v xirurgii, travmatologii i neyroxirurgii», Tashkent, 1994g.

  16. Popov S.N. “Fizicheskaya reabilitatsiya” Rostov na Donu, 1999g.

  17. yepifanov ye.A. “Lechebnaya fizkultura” M. 1999g.

  18. Bogolyubov V.M., Ponomarenko G.N. “Obщaya fizioterapiya” M. 1999g.

  19. Dmitrev A.ye., Marichenko A.L. “LFK pri operatsiyax na organax piщevareniya” 1990g.

  20. Korxim M.A., Rabinovich I.M. “LFK v domashnix usloviyax” 1990g

  21. Simulyanova V.A., Solova E.V. “Uchebnoe posobie po lechebnoy fizkulture v terapii”.

Qo‘shimcha:

  1. Ulaщik V.S. “Domashnyaya fizioterapiya” Minsk 1993g.

  2. Bogolyubov V.M. “Spravochnik po sanatorno-kurortnomu otboru” M. 1992g

  3. Vыgodner ye.B. «Fizicheskie faktorы v gastroenterologii» M., 1987g.

  4. Dobrovolskiy V.K. «Lechebnaya fizicheskaya kultura v xirurgii», L., 1970g.

  5. Kokosov A.N., Strelsova E.V. «Lechebnaya fizicheskaya kultura v reabilitatsii bolnыx zabolevaniyami legkix i serdsa», L, 1981g.

  6. Krasilnikova R.G. “Metodы fizioterapii v meditsinskoy praktike” M. 1997g.

  7. Levinson A.Ya. “Elektromeditsinskaya apparatura” M. 1987g

  8. Lobzin Yu.V., Zaxarov V.I. «Reabilitatsiya i dispanserizatsiya infeksionnыx bolnыx», Sankt-Peterburg, 1994 g.

  9. Muratov N.N. «Kurortы federatsii profsoyuzov Uzbekistana», T., 2005 g.

  10. Nikolaeva L.F., Aronov D.M. «Reabilitatsiya bolnыx ishemicheskoy boleznyu serdsa», M., 1988g.

  11. Nikolova L., Boykieva Sv. «Spetsialnaya fizioterapiya», Sofiya, 1974 g.

  12. Ponamarenko T.N. “Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po obщey fizioterapii” M. 2000g.

  13. Rudenko T.L. “Fizioterapiya”, Rostov na donu, 2000g.

  14. Rogacheva ye.I., Lavrova M.S. «Lechebnaya fizkultura i massaj pri detskix serebralnыx paralichax», L., 1977g.

  15. Rыxsiev O.A. i dr. “Massaj”, T., 1996g

  16. Strelkova N.I. «Fizicheskie metodы lecheniya v nevrologii», M., 1983g.

  17. Strugatskiy V.M. «Fizicheskie faktorы v akusherstve i ginekologii», M.,1981g.

  18. Siluyanova V.A., Kavtorova N.ye. «Uchebnoe posobie po lechebnoy fizkulture v akusherstve i ginekologii», M., 1977g.

  19. Umarova X.T., Karachevseva T.V. «Fizioterapiya v pediatrii», Tashkent, 1993g.

  20. Soy R.D. “Spravochnik po refleksoterapii” T. 1994g.

  21. Soy R.D. “Refleksoterapiya” T. 1995g.

  22. Sыganov A.I., Martыnyuk L.A. «Spravochnik po fizioterapii uxa, gorla i nosa», Kiev, 1981 g.

  23. Yuldashev K.Yu. “Nemedikamentoznыe metodы lecheniya” prakticheskoe posobie dlya vrachey, T., 1999g.

  24. Yasnogorodskiy V.G. “Spravochnik po fizioterapii” M., 1981g.

  25. Teylor S.B., Miller N.H. “Basic physiologic principils relatied to Group exirsise programs” Filadelphiya 1990

  26. Tehaxton L. “Phithiological and psythological effects of short term exirsise eddiction on habitual runners.” 1992 96.

Internet saytlari:

http://www.doktor.ru

http://www. medinfo.org

http://www.restart-med.ru

http://www.mirmed.ru

http://micropolarization.narod.ru

http://skolioz.mccinet.ru

http://www.sportpsy.cz

http://www. aapmr.org

http://www.alhealth.com

http://www.docguide.com

http://www.healthweb.com

http://www.acsm.org

http://www.apta.org

http://www.sportsmed.org.

http://www.jphysiol.org

http://www.physsportmed.com

http://www.sportsmedicine.com



O‘QUV MATERIALLARI (MA'RUZALAR MATNLARI)
1 MA'RUZA MAVZUSI:
Reabilitalogiya fani haqida tushuncha. Reabilitologiya aspektlari. Bemorlar reabilitatsiya qilish prinsiplari va bosqichlari.

(davolash va tibbiy-pedagogika fakultetlarining 6 kurs talabalari uchun)



Ma'ruzachi: dotsent Adilov Sh.Q.

katta o‘qituvchi Badalova G.N.

O‘QITISh TEXNOLOGIYASI

Talabalar soni -

Vaqt – 90 daqiqa

O‘quv darsining shakli

Ma'ruza


Ma'ruza rejasi

1.Reabilitatsiya turlari va vazifalari.

2.Fizioterapevtik usullarning afzalliklari va vositalari.

3.Fizik omillarning ta'sir mexanizmi va muolajalarni qabul qilishda qo‘llaniladigan tavsiyanomalar,ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

4.Kasallikni davolash, oldini olish va tiklash jarayonlarida davolovchi jismoniy tarbiyaning tutgan o‘rni.

5.Shifokor-fizioterapevtning zamonaviy de-ontologik fazilatlari.


Ma'ruza maqsadi: Talabalarni kasalliklarni davolashda, oldini olishda, ularning sog‘ligini qayta tiklashda reabilitatsiyaning, fizioterapiya va davolovchi jismoniy tarbiya usullarining o‘ziga xos xususiyatlari, shifokor – fizioterapevtning zamonaviy deontologik fazilatlari bilan tanishtirish.

O‘qituvchi vazifalari:

1.Talabalarda bemorlarga bo‘lgan javobgarlikni tar-biyalash.

2.Reabilitatsiya turlari ha-qida tushuncha berish.

3.Fizioterapevtik usullar-ning afzalliklari va vosi-talari haqida tushuncha berish.

4.Fizik omillarning orga-nizmga ta'siri va muolaja-larni qabul qilishga tav-siyanomalar haqida tushuncha berish.

5.Davolash va tiklash jarayo-nida DJTning tutgan o‘rni.

6.Fizioterapevtning zamo-naviy deontologik fazilatlari haqida tushuncha berish.


O‘qish jarayoning natijalari:

Ma'ruzani eshitgach talabalar quyidagilarga javob bera olishadi:

  1. 1.Reabilitatsiya haqida tushinchani bilish.

  2. 2.Fizik omillar, ularning ta'siri, qo‘llanilish usullari, qo‘llanilishiga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar haqida tushunchani bilish.

  3. 3.Bemorlarni davolashda va fnuksiyalarni tiklashda DJTning qo‘llanilish tartibini bilish.

  4. 4.Shifokorning deontologik fazilatlarni bilish.

O‘qitish usullari va texnikasi

Ma'ruza – vizual, texnika: blits-opros, savollar «ha-yo‘q»

O‘qitish vositalari

Lazerli proektor, ma'ruza materiallari, ma'lumot manbalari bilan ta'minlash

O‘qitish shakllari

Jamoa

O‘qitish sharti

Auditoriya

MA'RUZANING TEXNOLOGIK KARTASI


Bosqichlar, vaqti – 90 daq.

Faoliyat

O‘qituvchi

Talabalar

1 bosqich

Kirish (5 daq.)



1.Mavzu nomi, maqsadi, ma'ruza natijalari va rejasini e'lon qiladi.

1. Eshitadilar

2 bosqich

Bilimni jamlashtirish

(15 daqiqa)


2.1.Talabalar bilimini jamlash maksadida savollar beradi:

1.Reabilitatsiya deganda nimani tushunasiz?

2.Qanday fizik omillarini bilasiz?

3.DJTning davolashda tutgan o‘rni qanday?

Blits so‘rov o‘tkazadi.

2.2.Ma'ruza maqsadi bilan tanishtiradi.



2.1.Savollarga javob beradilar.
2.2.Ma'ruza maq-sadini o‘rganadi.


3 bosqich

Ma'lumot berish

(60 daqiqa)


3.1. Ma'ruza materiallarini rejadagi savollar asosida ketma-ketlik bilan tushuntiradi va aniq savollar beradi:

Rejadagi 1 savol: Reabilitatsiya turlari va vazifalari haqida tushuncha bering.

Rejadagi 2 savol: Fizik omillarning ta'siri, qo‘llanilishi, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalari.

Rejadagi 3 savol: DJTning qo‘llanilishini o‘rganishdan maqsad nima ekanligini ayting.

Rejadagi 4 savol: Shifokorning deon-tologik fazilatlari nimadan iborat.

Mavzuning asosiy qismlariga e'tiborni qaratadi va yozishni tavsiya qiladi.



3.1.Berilgan ma'-lumotlarni muxo-kama qiladi, aniqlik kiritadi,savol beradi.
Asosiy ma'lumotni yozadi

4 bosqich

Yakuniy


(10 daqiqa)

4.1.Savol beradi:

1.Kasalliklarni davolash, oldini olish va organizmning tiklanishida reabilitatsiya tadbirlari qanday ahamiyat kasb etadi?

4.2.Mustaqil ish uchun vazifalar beradi: impulsli tokning afzalligi


4.1.Savollarga javob beradi
4.2. Eshitadi, yozib oladi

Inson uzoq davrlardan beri turli kasalliklar va salbiy holatlar bilan kurashishda tabiat kuchlari va turli omillaridan foydalanib kelgan.

Hozirgi vaqtda bemorlarni qisqa muddatda tez va sifatli davolashga, shu bilan birga kasallikning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun davolash kompleksiga katta e'tibor qaratilmoqda, ya'ni davolash kompleksida faqat dori-darmonlarni qo‘llashga tayanib qolmasdan, balki dorisiz davolash usullarini qo‘llashga katta e'tibor berilmoqda. Bu amalga oshirishda fizioterapevtik muolajalarning va davolovchi jismoniy tarbiyaning roli kattadir. Bunga erishish uchun organizmga ta'sir etadigan fizik omillar va jismoniy mashqlar xarakterini, ta'sir mexanizmini, fiziologik ta'sirini, fizioterapevtik muolajalarning qo‘llash usullarini va dozirovkalarini, davolovchi jismoniy tarbiyaning vosita va shakllarini, harakat tartibotlarini bilish shart. Kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olish afzalligini esda tutgan holda kasalliklarni oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot etishga imkon darajasida keng yondoshish zarurdir.

Reabilitologiya – bu kasalliklar, jarohatlar yoki jismoniy, kimyoviy va maishiy omillar ta'sirida o‘zgargan salomatlik va funksional holatlarni, hamda mehnatga qobiliyatini tiklashdir.

Reabilitatsiya maqsadi – bemor va nogironlarni maishiy va mehnat faoliyatiga, jamiyatga erta va effektivli qaytarish; insonning shaxsiy xususiyatlarini tiklash.

Reabilitologiya lotincha so‘z bo‘lib, quyidagi ma'noni beradi : “habitis” – qobiliyat, “rehabitis” – qobiliyatni tiklash.

Reabilitatsiyani quyidagi turlarga yoki yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin :


  • Tibbiy

  • Jismoniy

  • Ruhiy

  • Kasbiy

  • Ijtimoiy-iqtisodiy

Reabilitatsiyaning asosiy yo‘nalishi bo‘lib tibbiy va jismoniy turlari hisoblanadi. Bunda asosiy e'tibor har xil vositalarni kompleks holda qo‘llab bemorning salomatligini tiklashga qaratiladi, ya'ni bu organizmning buzilgan fiziologik fnuksiyalarini maksimal tiklash, agar buning imkoniyati bo‘lmasa kompensator imkoniyatlarni va o‘rninifunksiyasini moslashtirishni rivojlantirishdir.

Ruhiy reabilitatsiyada asosiy e'tibor bemor ruhiy holatining korreksiyasiga, shuningdek uning davolanishga, shifokor tavsiyalariga, reabilitatsiya tadbirlarini bajarishga to‘g‘ri yondoshishni shakllantirishga qaratilgan. Bu yo‘nalishda bemorlarga kasallik natijasida o‘zgargan hayotiy faoliyatga ruhiy moslashish uchun zaruriy sharoitni yaratish kerak.

Kasbiy(mehnat) reabilitatsiyada mehnatga tiklash (joylashtirish), kasbiy o‘qitish va qayta o‘qitish, bemorlarning mehnatga qobiliyatini aniqlash savollari hal qilinadi yoki ko‘riladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiyada asosiy e'tibor shikastlangan bemorga iqtisodiy mustaqillik va ijtimoiy mukammallikni qaytarishga qaratiladi. Bu vazifalar faqat tibbiy muassasalar tomonidangina emas, balki ijtimoiy ta'minot organlari tomonidan ham hal etilishi zarur.

Tibbiy reabilitatsiyaning asosiy vazifasi organizm turli sistemalarining va tayanch-harakat apparatining funksional imkoniyatlarini mukammal tiklash, hamda kundalik hayot va mehnat sharoitlariga kompensator moslashishni rivojlantirish bo‘lib hisoblanadi.

Xususiy vazifalari:



Kataloq: uum2
uum2 -> Tibbiyot malaka oshirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi
uum2 -> Travmatologiya-ortopediyaning rivojlanish tarixi. Suyak sinishlarini diagnostika va davolash usulari
uum2 -> Mavzu qovoq, ko'z yosh a’zolari va shillik parda kasalliklari. Mashg'ulotning davomiyligi
uum2 -> Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash va tibbiy profilaktika fakulteti teri-tanosil kasalliklari kafedrasi
uum2 -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va X d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
uum2 -> O’zbekiston respublikasi o’rta maxsu va oliy ta’lim vazirligi
uum2 -> Биринчи тошкент давлат тиббиёт институти
uum2 -> O'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə