Tasdiqlayman


-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta'lim sohasidagi vakolatlari



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə31/31
tarix21.10.2017
ölçüsü1,75 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31

27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta'lim sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

ta'lim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta'minlaydilar;

ta'lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar, (respublika tasarrufida bo‘lgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini ro‘yxatga oladilar;

o‘z hududlaridagi ta'lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorlarini va imtiyozlarni belgilaydilar;

ta'lim sifati va darajasiga, shuningdek pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo‘lgan davlat talablariga rioya etilishini ta'minlaydilar;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.

28-modda. Ta'lim muassasasini boshqarish

Ta'lim muassasasini uning rahbari boshqaradi. Ta'lim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin.



29-modda. Ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari bilan nodavlat ta'lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar

Ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari nodavlat ta'lim muassasalarida ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi. Nodavlat ta'lim muassasalari ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, akkreditatsiya qilgan organlar ularning faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq to‘xtatib qo‘yishga haqli. Nodavlat ta'lim muassasalariga qabul davlat o‘quv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.



V. YAKUNLOVChI XULOSALAR

30-modda. Ota-onalar yoki qonuniy vakillarning vazifalari

31-modda. Ta'limni moliyalash

32-modda. Ta'limni rivojlantirish fondlari

33-modda. Xalqaro hamkorlik

34-modda. Ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik



30-modda. Ota-onalar yoki qonuniy vakillarning vazifalari

Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi olishlari uchun javobgardirlar.



31-modda. Ta'limni moliyalash

Davlat ta'lim muassasalarini moliyalash respublika va mahalliy byudjetlar mablag‘lari, shuningdek byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.



32-modda. Ta'limni rivojlantirish fondlari

Ta'limni rivojlantirish fondlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilishi mumkin.



33-modda. Xalqaro hamkorlik

Ta'lim muassasalari ta'lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etadilar, chet davlatlarning tegishli o‘quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o‘rnatish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan qo‘shma o‘quv yurtlari tashkil etish huquqiga ega.



34-modda. Ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
BAHOLASH MEZONLARI

Joriy nazorat



O‘zlash-tirish %


Baho

Talabaning bilim darajasi

1

96-100


A'lo


«5»

Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini to‘liq bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘liq to‘g‘i javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda faol qatnashadi. Mavzu bo‘yicha vaziyatli masalalarni yechadi, test savollariga to‘liq va to‘g‘ri javob beradi. Erkin tasavvurga ega bo‘lib, kerak bo‘lganda o‘qituvchi bilan o‘z fikrini almasha oladi. TMI 10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar, slaydlar, banerlar, videofilmlar majmuasi tayyorlangan.

2

91-95

Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini to‘liq bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘liq to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda faol qatnashadi, mustaqil mushohada yuritadi. Mavzu mohiyatini tushuntira oladi, erkin tasavvurga ega bo‘ladi, o‘qituvchi bilan bemalol fikr almasha oladi. TMI 10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar, slaydlar, banerlar majmuasi.

3.

86-90

Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini yetarli darajada bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda qatnashadi. Mavzu bo‘yicha amaliy ish natijalari bo‘yicha mustaqil tekshirish bayonnomasini to‘ldiradi. TMI 10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar, slaydlar majmuasi.

4


81-85

Yaxshi

«4»


Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini yetarli darajada bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda qatnashadi. TMI 8-10 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan, chiroyli rasmiylashtirilgan, 15-20 ta bir turdagi animatsiyali referatlar. Barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.

5

76-80

Javoblar to‘g‘ri, ammo to‘liq emas, o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bo‘yicha kamchilikni to‘ldiradi, mavzuni muhokama qilishda yetarlicha faol. Auditoriyadagi topshiriklarni bajariщda katnashadi. TMI 5-8 tamanbaliinternetvaoxirgiyillaradabiyotlarima'lumotlaridanfoyda-lanibyozilgan, chiroylirasmiylashtirilgan, 10-15 tabirturdagianimatsiyalireferatlar. Barcha ma'lumot-larni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.

6.

71-75


Mavzuni muhokama qilishda yetarlicha faol, ammo xatoliklarga yo‘l qo‘yadi, Auditoriya ishlarini bajarishda qatnashadi, kerakli yozishlarni amalga oshiradi. TMI 3-5 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan, chiroyli rasmiylashtirilgan, 5-10 ta bir turdagi animatsiyali referatlar. Barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.

7.

66-70


Qoniqarli

«3»


Javoblar 50% ga to‘g‘ri, ammo berilgan savolning mohiyatini tushunadi; topshiriqlarni bajara oladi, biroq unda 2-3 xatoliklarga yo‘l qo‘yadi.

8.


61-65



Javoblar 50% ga to‘g‘ri, savol mohiyatini hamma vaqt ham to‘g‘ri tushunmaydi, topshiriqlarni o‘qituvchi yordamida bajaradi va shunda ham 2-3 ta xatoga yo‘l qo‘yadi. 2-3 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib qoniqarli yozilgan referat-lar. Referat chiroyli rasmiylash-tirilgan, biroq xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzu yarim chala ochib berilgan. Mavzuning yarim mazmunini ochgan 5-10 ta bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar ma'lumotlarning yarimiini o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

9.

55-60


Javoblar 40% ga to‘g‘ri, javob berishda yanglishib ketadi, savol mohiyatini hamma vaqt to‘g‘ri tushunmaydi, topshiriqlarni boshqa talaba yoki o‘qituvchi yordamida bajaradi. 2-3 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumot-laridan foydalanib qoniqarli yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylash-tirilmagan, xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzuni ochib berilmagan. Mavzuning yarim mazmunini ochgan 5-10 ta bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylash-tirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar ma'lumotlarning yarimiini o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

10


54-30


Qoniqarsiz

«2»


40% gacha to‘g‘ri javob bera oladi, javoblar aniq emas, topshiriqlarni bajara olmaydi. Uy vazifasi bajarilmagan. Referat yomon rasmiylash-tirilgan, xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzuning mazmunini ochib bermagan. 1-2 ta internet va adabiyotlar ma'lumotlaridan foydala-nilgan. Mavzuning yarimidan kam qismini ochgan 10 dan kam bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar kam ma'lumotlarni o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiy-lashtirilgan.

11

30-20


Amaliy mashg‘ulotga qatnashadi, formada, daftari bor. Uyga berilgan vazifa bajarilmagan.Talaba mustaqil ish vazifalarini bajarmagan.

TMI tekshirish mezonlari



O‘zlash-tirish %

Baholash

Talabaning bilim darajasi

1.

86 - 100

A'lo «5»

10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar. Mavzusi to‘liq va har tomonlama ochib ko‘rsatilgan referatlar, matni mantiqiy ketma-ketlikda yozilgan, referatni tayyorlashda talaba eruditligini, bilimlarining chuqurliligini va savodxon ekanligini namoyish etdi. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan. Mavzuni to‘liq ochib beruvchi 30 dan ortiq animatsiyali, zamonaviy ma'lumotlardan foydalangan, aniq va chiroyli slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar yuqori saviyada tayyorlangan, materiallar mantiqan to‘g‘ri yozilgan, sifatli, aniq va chiroyli rasmiylashtirilgan, barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi.

2.

71 - 85

Yaxshi

«4»


3-5 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan, xatosiz, mantiqan to‘g‘ri yozilgan, mavzu to‘liq ochib berilgan. Mavzuni ochib beruvchi 15-20 ta bir turdagi animatsiyali, zamonaviy ma'lumotlardan foydalangan, bir ko‘rinishda rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar yuqori saviyada tayyorlangan, barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.

3.

55 - 70

Qoniqarli «3»

2-3 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib qoniqarli yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan, biroq xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzu yarim chala ochib berilgan. Mavzuning yarim mazmunini ochgan 10-15 ta bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar ma'lumotlarning yarimiini o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

4.

0 - 54

Qoniqar-siz «2»

Referat yomon rasmiylashtirilgan, xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzuning mazmunini yarimidan kam qismini ochib bergan. 1-2 ta internet va adabiyotlar ma'lumotlaridan foydalanilgan. Mavzuning yarimidan kam qismini ochgan 10 dan kam bir xil turdagi animatsiyali, monton rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar kam ma'lumotlarni o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

Yakuniy nazorat



O‘zlash-tirish %

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

96-100


A'lo «5»

O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga to‘g‘ri, aniq, ketma-ketlikka rioya qilgan holda javoblar berilgan.

2.

91-95


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ket javob berishda to‘g‘irlangan hollari kuzatildi.

3.

86-90


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ketlikka rioya qilinmagan.

4.

81-85


Yaxshi «4»

O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ketlikda 1 ta ahamiyatsiz xato bor.

5.

76-80


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ketlikda 1-2 ta xato bor.

6.

71-75


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor(30%). Javoblar ketma-ketligida bir necha to‘g‘irlangan hollari kuzatildi.

7.

66-70


Qoniqarli «3»

O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor(40%). Javoblar ketma-ketligi buzilgan.

8.

61-65


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor, 45% javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik buzilgan.

9.

55-60


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor, 55% javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik ko‘p hollarda buzilgan.

10

54 -30

Qoni-qarsiz «2»



O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor, 55%dan ko‘p javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik ko‘p hollarda buzilgan.

11

30 va undan kam

O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik ko‘p hollarda buzilgan.

Kataloq: uum2
uum2 -> Tibbiyot malaka oshirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi
uum2 -> Travmatologiya-ortopediyaning rivojlanish tarixi. Suyak sinishlarini diagnostika va davolash usulari
uum2 -> Mavzu qovoq, ko'z yosh a’zolari va shillik parda kasalliklari. Mashg'ulotning davomiyligi
uum2 -> Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash va tibbiy profilaktika fakulteti teri-tanosil kasalliklari kafedrasi
uum2 -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va X d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
uum2 -> O’zbekiston respublikasi o’rta maxsu va oliy ta’lim vazirligi
uum2 -> Биринчи тошкент давлат тиббиёт институти
uum2 -> O'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə