Tasdiqlayman



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə7/31
tarix21.10.2017
ölçüsü1,75 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31

1.Smorodinsev usuli bo‘yicha polivalentlik grippaga qarshi zardob aerozol yoki ingalyasiya yo‘li bilan yuboriladi (A va V tipdagi grippga qarshi tayyor qarama-qarshi tanachalar yuboriladi (passiv immunlash)) gripp boshlanayotganda jamoa bo‘lib ishlanadigan korxonalarda orasi bir haftalik tanaffus bilan 3 marta 2 mldan zardob ingalyasiya qilinadi.

2.Gripp vaksinasi aerozolni ingalyasiya qilish (faol immunlash). Ampuladagi 3 dozali quruq vaksinani 1,5 ml distillangan suvda eritiladi. Rezina balonini 2 marta qatiq qisib, burunga vaksina yuboriladi, iloji boricha nafas olayotganda yuborish lozim. Quruq vaksinani burunga puflash mumkin.

3.1% ekmolin eritmasini ingalyasiya qilish : har bir burun teshigiga 0,5 mldan har 2-4 kunda gripp ko‘paygan paytda yuboriladi.

4.Asosiy sxema bo‘yicha UBN navbatma-navbat takrorlanadi.

5.118-qo‘llanma bo‘yicha nafas olish yo‘llari va yuzni aeroionizatsiya qilish kun ora 20 daqiqadan o‘tkaziladi.

6.Kun ora salqin suvda yuvinish mumkin.

7.Odam yo‘g‘ida yashash, ishlash xonalarini, maktab, bog‘cha-yasli, tibbiy shifoxonalarning havosini UBN bilan nurlantirish.
Nafas olish organlari kasalliklarining oldini olishdafizioprofilaktika uslublari

Zotiljam va o‘tkir bronxitning oldini olish uchun organizmni chiniqtirish va tashqi muhitga chidamliligini oshirish kerak. Shu maqsadda quyidagilar tavsiya etiladi :

1.Dush qabul qilish (yomg‘irsimon, sirkulyar dush 35-25 gradus 3-5 daqiqa, kun ora).

2.Yuqori nafas yo‘llari va yuzni kun ora bir xil vaqtda 20 daqiqa aeroionizatsiya qilish.

3.Kun ora ertalab 30-20 gradus haroratli suv bilan sochiqni xo‘llab, artinish. Kun ora sxema bo‘yicha ertalab quyosh vannasini qabul qilish.

4.Havo vannalari, gimnastika, sport bilan shug‘ullanish, daryo va ko‘llarda suzish.



Yurak-qon tomir sistemasi kasalliklarining oldini olishda fizioprofilaktika usullarining qo‘llanilishi

Yurak-qon tomir sistemasi kompensator mexanizmini mustaxkamlash, markaziy nerv sistemasi faoliyatini yaxshilash, qon tomirlar tonusi o‘zgaruvchanligiga organizmning mustaxkamliligini oshirish (qon bosimi past yoki baland bo‘lishi, koronar yetishmovchilik va boshqalar) maqsadida quyidagi muolajalar tavsiya etiladi :

1.Yomg‘irsimon dush qabul qilish 35 – 25 gradus S, 5 daqiqa, kun ora.

2.35 – 20 gradus S suv bilan xo‘llangan sochiqda oldin qisman, keyinchalik umumiy artinish,3-5 daqiqa, kun ora.

3.Daryo, dengiz va ko‘llarda havo harorati 20 gradus S dan pastbo‘lmagan vaqtda kuniga 1-2 marta 5 – 15 daqiqa cho‘milish.

4.Kun ora 20 daqiqadan yuz va yuqori nafas yo‘llariga aeroionizatsiya olish.

5.Vermel bo‘yicha umumiy elektroforez brom bilan qabul qilish, kuraklar oralig‘iga kun ora 20 daqiqadan aktiv elektrod qo‘yish.

6.Havo vannalari, gimnastika



Nafas yo‘llari kasalliklarida ingalyasiya muolajasini qo‘llanilish tartibi.

Igalayasionterapiya maxsus apparatlar - ingalyatorlar yordamida o‘tkaziladi.Ular dori moddalarini kerakli o‘lchamda disperslab (maydalab) havoga gaz ko‘rinishida purkab, bemorga nafas bilan birga olish uchun uzatib beradi. Purkash asosan mexanik yo‘l bilan pulverizator tipidagi forsunkalar yordamida amalga oshiriladi. Eng mustahkam va yuqori disperslangan aerozollarni ultratovush purkagichi orqali olish mumkin. Aerozol zarrachalari elektr zaryadlangan bo‘lishi mumkin. Elektr bilan zaryadlangan aerozollar (elektroaerozollar) yuqori mustahkamligi va faol farmokodinamik ta'siri bilan ajralib turadi. Bu ayniqsa manfiy zaryadli aeroionlar uchun xosdir.Tibbiy sanoat ingalyasion aerozolterapiya uchun turli xil apparatlarni ishlab chiqarmoqda. Individual qo‘llash uchun portativ IP-2 apparatining elektr isituvchi moslamasti bo‘lib, uy sharoitida ham foydalanish mumkin. Bu apparat bilan dori moddalari nafas yo‘llariga purkaladi. Yuqori nafas yo‘llarining, traxeyaning, yirik va o‘rtacha bronxlarning kasalliklarida bu apparatlar keng qo‘llaniladi. Shuningdek, portativ ingalyatorlar qatoriga AI-1 (aerozolli ingalyatorlar), PAI-1, PAI-2, Aerozol P-1 apparatlari kiradi.Individual qo‘llash uchun IKP-M tipidagi, xaltaga solib yuriladigan ingalyatorlar hamda suyuq dori moddalarini purkash uchun Kameton, dori kukunlarini mexanik, purkash uchun Spixoler tipidagi ingalyatorlar qo‘llaniladi.Statsionar apparatlardan biri - universal Aerozol U-1 aerozol – ingalyatorii bo‘lib, uni fizioterapiya bo‘limining ingalyasiya xonasida erkin yurgizib qo‘llash mumkin. Bu apparat yordamida birdaniga 3ta odamga muolaja o‘tkaziladi.Aerozol zarrachalarining o‘lchami 5-7 mk.Aerozol – K1 statsionar apparat bo‘lib, bunda birdaniga 6ta bemorga igalyasiya muolajasi o‘tkaziladi. Uni fizioterapiya bo‘limining ingalyatorlarida qo‘llash mumkin. Statsionar apparatlar va moslamalarda dori molddasini purkash havo yoki kislorod oqimida bajariladi, purkalayotgan zarrachalar diametri taxminan 1-8 mkm. UI-2 apparati ham statsionar apparatlar qatoriga kirib, birdaniga ikkita bemorni davolash uchun mo‘ljallangan.



Ingalyasiya o‘tkazish tartibi. Davo muassasalarida individual va guruh bo‘lib ingalyasiya o‘tkazish uchun maxsus xona – ingalyatorlar ajratilgan bo‘lishi, ingalyatorlarning individual niqoblari va uchliklari sterillangan bo‘lishi kerak. Hamshira ingalyatoriya xonasining tozaligini nazorat qilib, vaqti – vaqti bilan shamollatib, dezinfeksiya qilib turishi lozim. Ingalyasiya uchun bug‘li, iliq namli, namli, moyli, kukunli aerozollar qo‘llaniladi. Ularning davo ta'siri qo‘llaniladigan dori moddalarining farmokologik tarkibiga bog‘liq. Ingalyasiya uchun qo‘llaniladigan dori moddalari sifatida balg‘am ajratuvchi, desensibilizatsiyalovchi, bronxlarning o‘tkazuvchanligini tiklovchi, tomirlarni kengaytirib, qonga shimiluvchi preparatlarni ishlatish mumkin. Ingalyasiya usuli bilan organizmga har xil o‘simlik moylari (shaftoli, bodom, oblepixa), mineral suvlarni kiritish mumkin. Ingalyasiya uchun ko‘pincha quyidagi dori aralashmalari qo‘llaniladi.

Balg‘am yaxshi ajralishi uchun aralashma (bitta ingalyasiya uchun 25-100 ml aralashma sarflanadi) natriy gidrokarbonat 2g, distillangan suv 100ml.

Kaliy yod 0,25g, natriy yod 0,25g, natriy gidrokarbonat 1g, distillangan suv 100ml. Mineral suv(borjom, yessentuki va boshqalar).

Moyli aralashma. (bitta ingalyasiya uchun 0,5- 1,0 ml aralashma sarflanadi )

- mentol 0,5 g, shaftoli moyi 20 ml;

- mentol 0,5 g, evkalipt moyi 20 ml;

- oblepixa moyi, na'matak va boshqa moylar.

Bronxolitik ta'sir ko‘rsatuvchi aralashma (bitta ingalyasiya uchun)

0,5% — 2 ml euspiran (izadrin) eritmasi, 4 ml distillangan suv;

1% — 2ml navokain eritmasi, 3% — 1 ml efedrin eritmasi;

5% — 1 mg askorbin kislota eritmasi, 5 ml distillangan suv;

2% — 2 ml eufillin eritmasi, 4 ml distillangan suv.

Antibiotiklar:

1 000 000 TB penitsillin, 0,5 % — 100 ml novokain eritmasi (1 ta ingalyasiya uchun 25 ml);

0,5 g oletetrin, 2 g askorbin kislotasi, 100 ml distillangan suv (1 ta ingalyasiya uchun 25 - 50 ml).

Bundan tashqari, ingalyasiya uchun shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha shifobaxsh o‘tlarning damlamalari, piyoz va sarimsoqpiyoz sharbati, turli ferment moddalar va boshqa dori moddalari ham keng qo‘llaniladi



Aeroionoterapiya – bu o‘zida musbat yoki manfiy elektr zaryadlarini tutuvchi atmosfera xavosining zarrachalarini (aeroionlar) davo maqsadida qo‘llash usulidir. Gidroaeroionoterapiya - bu uzida musbat yoki manfiy elektr zaryadlarini tutuvchi kambinirlangan xavo molekulalari xamda suv molekulalarini (gidroaeroionlar) davo maksadida kullash usulidir.Xavoning ionizatsiyalashuvi quyosh radiatsiyasi kosmik nurlar, elektr zaryadlar, yerdagi radioaktiv vositalar, xavo massalarining faol xarakatlari natijasida, xamda daryo, dengiz va okeanlarning qirg‘oqlaridagi suv buglanishlari ta'siri ostida yuzaga keladi.

Aeroionlarning ikkita belgisi alohida ahamiyatli



  1. Aeroionning zaryadi

- musbat

- manfiy


2) Aeroionning xarakatchanligi

- yengil, xarakatchanligi 1-2 sm/sek

- ogir, xarakachchanligi 0,0003 – 0,001 sm/sek.

1 sm3 atmosfera xavosida o‘rtacha miqdorda 600 – 800 ionlar bo‘ladi. Xavoning ionizatsiyalashganligi darajasi unipolyarlik koeffitsentida baxolanadi. Unipolyarlik koeffitsenti odatda, tabiat yonbag‘rlarida yukorirokdir. Davolash maksadida kup xollarda manfiy zaryadlangan xamda unipolyarlik koeffitsenti 0,1-0,2 ga teng bulgan aeroionlardan foydalaniladi. Xozirgi kunda zamonaviylashgan fizioterapevtik apparatlari yordamida atmosfera xavosidagiga nisbatan yukorirok konsentratsiyadagi ionlarni qabul qilish imkoniyati mavjuddir.fiziologik ta'siri.Aeroionlarning teri retseptorlari xamda nafas yo‘llariga ta'sirining asosida neyro – reflektor mexanizm yotadi. Aeroionning organizmga organizmga ta'sirida yetakchi o‘rinni uning elektr zaryadi belgisi egallaydi. Zaryad to‘qimalarga nafas olish vaqtida nafas olish a'zolari – bronx - o‘pka apparati yordamida qabul qilinadi. Teriga esa tananing ochiq turgan soxalari bo‘ylab ta'sir ko‘rsatadi.



Ilova- 1.

«Aylana stol» o‘yinni o‘tkazish metodi:

Ish uchun zarur:

  1. Savollar va vaziyatli masalalar to‘plami alohida qog‘ozlarda.

  2. Guruhdagi talabalar soni bo‘yicha jerebevka uchun raqamlar

  3. Toza qog‘ozlar, ruchkalar.

Ish yo‘li:

1.Hamma talabalar kur'a bo‘yicha 3 guruhga bo‘linadi.

2.Har bitta guruh alohida stolga o‘tiradi va toza qog‘oz bilan ruchkani tayyorlaydi.

3.Qog‘ozda sana, guruhning raqami, fakultet, talabalarning F.I. ko‘rsatiladi (o‘yinning nomi).

4.Har bitta guruhning ishtirokchisi konvertdan savol oladi.

5.Talabalar o‘z vazifasini qog‘ozga yozadi.

6.Bu qog‘oz aylana bo‘yicha beriladi.

7.Har bitta talaba o‘zini javobini yozib qog‘ozni boshqasiga beradi.

8.Har bitta talabaning javobiga 3 daqiqa beriladi.

9.Vaqt tugagach qog‘oz o‘qituvchiga topshiriladi.

10.Hamma ishtirokchilar natijalarni muhokama qilib eng to‘g‘risini tanlab, unga maksimall ball qo‘yishadi.

11.Muhokamaga 15 daqiqa beriladi.

12.Talabalar javoblari uchun ballni mashg‘ulotni nazariy qismining reytingiga asoslanib olishadi.

13.Talabaning olgan balli mashg‘ulot uchun bahoda hisobga olinadi.

14.Talabalarning ishi o‘qituvchida qoladi.

15.Javoblarning analizi o‘tkaziladi.


Nazorat savollari:

1.DJT terapevtik ta'siri asosida nima yotadi ?

2.Mushaklar ichidagi yurak” deganda nimani tushinasiz

3.Reabilitatsiya maqsadi.

4.Reabilitatsiyani turlari yoki yo‘nalishlari nechta

5.YuQT kasalliklarida nafas mashqlari kanday turlarga bulinadi?

6.Jismoniy mashqlarni YuQT ta'siri asosida moslashish mexanizmlari rivojlanishida, qanday yutuqlar bo‘ladi ?

1. DJT terapevtik ta'siri asosida nima yotadi ?

DJT terpevtik ta'siri asosida dozalangan shug‘ulanish yotadi, aniq meyorlangan mashqlar a'zolar va tizimlargaMNS boshqaruv va koordinatsiyalovchi ta'sirini kuchaytiradi, ya'ni reflekslarni mustaxkamlanishi va rivojiga olibkeladi, tizimlarni tashqi ta'sirootlarga moslashishi o‘zagaradi.



2. “Mushaklar ichidagi yurak” deganda nimani tushinasiz?

Tananing ayrim mushak tolalarini doimiy qisqarishidan xosil bo‘lgan tebranishlar qon tomir devorlariga uzatiladi, pereferik qon aylanish aktivlashadi. Jismoniy yuklamalarga chidamlik ortishida qon aylanishni fiziologik ximoya mexanizmlari shakilanadi :

-antioksidant tizim quvati ortishi,lipid almashinuvi ahamyatli.

-yurak qon-tomir tizimini zaralovchi omilarga qarshiligi ortadi.

-miokardni kislorodga bo‘lgan extiyojini kamaytiradi.

3.Reabilitatsiya maqsadi.

- bemor va nogironlarni maishiy va mehnat faoliyatiga, jamiyatga erta va effektivli qaytarish; insonning shaxsiy xususiyatlarini tiklash.

-Reabilitologiya lotincha so‘z bo‘lib, quyidagi ma'noni beradi : “habitis” – qobiliyat, “rehabitis” – qobiliyatni tiklash.

-Bemor adekvat psixologik reaksiyasini shakilantirish.

-Bemor o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish darajasida faolika erishish,bir etajyuqoriga ko‘tarilish va 2-3km masofani uch urinishda bemorga yomon ta'sirisiz bosib o‘tish.

4.Reabilitatsiyani turlari yoki yo‘nalishlari nechta


  • Tibbiy

  • Jismoniy

  • Ruhiy

  • Kasbiy

-Ijtimoiy-iqtisodiy

.5.MI sanator etapida vazifalari sanang?

-bemor ish qobiliyatini tiklash

-bemor psixologik readaptatsiya

-bemor mustaqil yashashga tayorlash



6.Jismoniy mashqlarni YuQT ta'siri asosida moslashish mexanizmlari rivojlanishida, qanday yutuqlar bo‘ladi ?

1.Shug‘ullangan organizm mushak ishlarini uzoq vaqt davomida va intensiv qiladi.

2.Shug‘illangan organizm tinch vaqtda va o‘rta jismoniy yuklamalarda ekonomik ishlaydi.

3.Shug‘illangan organizmni tashqi zararli ta'sirotlarga rezistentligi ortadi


Nazariy qismni baholash mezoni.

Maksimal ball

25-24

23-21 ball

20-19 ball

18-16 ball

15-13 ball

A'lo

yaxshi

urta

konikarsiz

yomon

100%-86%

85%-73%

70-56%

53%-46%

43% va undan kam


4.Analitik qism

4.1.Klaster, organayzeri

Ilova-2

Grafikli organayzerlar(tashkil etuvchi)-fikriy jarayonlarni ko‘rgazmali taqdim etish vositasi.(klaster-tutam,bog‘lam).axborot xaritasini tuzish yo‘li barchatuzilmaning markazlashtirish aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g‘oyalarni yig‘ish.

Klasterni tuzish qoidasi.

1.Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing.

2. G‘oyalari sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.

3. Xatni to‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e'tibor bermang.

4. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelmaguncha qog‘ozga rasm chizib turing.

Pedagog tushintiradi.

1.Klaster tuzish qoidasi bilan tanishtiradi

2.Yozuv taxtasi yoki katta kog‘oz varag‘ini o‘rtasiga mavzu nomi yoki savol yozadi

Talaba bajaradi.

1.Birikma bo‘yicha asosiy so‘z bilan uning yonida mavzu bilan bog‘liq so‘z va takliflar kichik doirachalar yo‘ldoshlarni yozib qo‘shadilar.

2.Ularni asosiy so‘z bilan chiziqlar yordamida birlashtiradilar.

3.Bu yo‘ldoshlarda kichik yo‘ldoshlar bo‘lishi mumkin.

4.Yozuvni ajiratilgan vaqt davomida yoki g‘oylar tugaguncha davom etrishlari mumkin.

Klaster tuzishga savollar to‘plami.

1.Yurak qon tomir kasalliklarida reobilitologik chora tadibir tuzing.

2.Nafas sistemasi kasalliklari reobilitologik chora tadbirlar tuzing.
Кластер” органайзер чизмаси.


Бранхиал астма касаллигида реабилитологик чора тадбир


медикаметоз даволаш чора тадибирларни эрта бошлашлик ташқи нафас фунқциясини яхшилаш




Шифохона масканларида жисмоний реабилитация

(ушлаб туриш даври)






Тиббий реабилитация

(даволаш босқич)





Иқлимли даво, ўрмон, денгиз иқлими

Тиббий жисмоний реабилитация Поликлиника-амбулатор шароитида(тиклаш босқичи)



ОЗДОРОВИ-ТЕЛЬНЫЙ БЕГ




ДЖТ восита ва шакллари



Патогенетик физио омиллар

Физио омиллар, ГАИ,балчиқ билан даволаш контраст душлар


Иккиламчи асоратлар келтириб чиқармаслик касбий иш фаолиятига қайтариш



ДМВ буйрак усти безига ,УТТ кукрак сохасига, электрофорез, магнитотерапия

аэрозолтерапия



Физио омиллар (ингаляция,массаж, УФО)

ТЕРРЕНКУР



ДГ, сайр, гелиотерапия,

аэротерапия

нафас машқлари



Жисмоний машқлар, нафас машқлари, ДГ, ЭГГ

ФИЗКУЛЬТУРНО- МАССОВЫЕ МЕРОПРИЯТИЯ



ДЖТ воситалари, нафас машқлари, ДГ



Xar bir gurux boshqa guruxlarni baxolaydi. Xar bir talab bo‘yicha tulik bajarilsa -15 ball

Gurux№

Tushunarli va aniq javob (5)

Ko‘rgazmalilik(5)

Reglamentgamal qilish(2,5)

Gurux faolligi

(2,5)


Jami ball-15

1.
















2.

















Analitik qisim baxolash mezoni:(organayzer):

Maksimal ball 15-14

13-12 ball

11-10 ball

9-8 ball

7-6 ball

100%-86%

85%-73%

70-56%

53%-46%

43% va undan kam

Ilova-3__4.2Vaziyatli_masallar__Vaziyatli_masala№1'>Ilova-3

4.2Vaziyatli masallar

Vaziyatli masala№1

Bemor A. 44 yosh tashxisi: Bronxial astma. Bosqich-III. Remissiya davri. Shikoyati: yo‘tal, vaqti bilan bo‘g‘ilish xurujlariga , tez charchab qolishga.

Tana harorati 36,6 oS. Puls 90/min, ritmik. AQB 120/90 mm.sim. ust. Nur muolajasi bering.

J: Solyuks lampasi.



Vaziyatli masala№2

Bemor D. 60 yosh. Diagnozi “O‘tkir miokard infarkti”. Shikoyatlari: to‘sh ortida kuchli og‘riq, havo yetishmaslikka, muzdek ter bosishiga.

Savol: 1. ShJT buyuriladimi, buyurilsa qachon va qaysi vositalar?

Javob. ShJT buyurilmaydi.



Vaziyatli masala№3

Bemor terapiya bo‘limida gipertongiya kasalligi bilan davolanmoqda. U qon bosimining ko‘tarilishiga (150/80 mm simob ustuni), yuragining tez urishiga, bosh og‘rig‘iga, holsizlanishga shikoyat qilmoqda.

Savol: Bemorga qaysi maxsus mashqlar tavsiya etiladi? Bemorga qanday jismoniy mashqlarni berish mumkin emas.?

Javob: bemorga maxsus mashq sifatida periferik qon tomirlarni kengaytirish maqsadida qo‘l oyoqlarning distal qismlari uchun mashqlar tavsiya etiladi. Bemorlarga og‘ir yuklamali, statik (mushaklarni kuchlantiruvchi), keskin bajariladigan va anaerob mashqlar (nafasni ushlab turish) tavsiya etilmaydi.



Vaziyatli masala№4

Bemor o‘ng tomonlama o‘tkir bronxopnevmoniya tashxisi bilan shifoxonaga 5 kun avval tushgan. Hozirgi kunda xolati qoniqarli, tana harorati – 37,3oS, EChT – 20 mm/soat, leykotsitoz – 9000.

Savol: Qaysi maxsus jismoniy mashqlar qo‘llaniladi? Qo‘llanilayotgan jismoniy mashqlarning masaradorligini qaysi funksional sinamalar bilan baholash mumkin?

Javob : bemorga DJT yarim tushak tartibotida o‘tkazilib, maxsus mashqlar sifatida nafas funksiyasini, o‘pka ventilyasiyasini yaxshilovchi nafas mashqlari qo‘llaniladi (statik, maxsus nafas mashqlari). Qo‘llanilayotgan jismoniy mashqlarning samaradorligini baholash uchun spirometriya ( spirografiya), Shtange, Genchi funksional sinamalari qo‘llaniladi.



Ilova-3

4.3 Testlar

1.Qonni kislorod bilan to‘yintiradigan usul qaysi?

A.* franklinizatsiya

B. darsanvalizatsiya

C. magnitoterapiya

D. lazeroterapiya

2. Xafaqon kasalligida qanday uslubni qo‘llash mumkin emas

A. * SVCh

B. UVCh

C. magniy bilan davolash



D. lazer nurlari bilan davolash

3. Aerozol bilan davolash qo‘llanilmaydi

A. * o‘pka emfizemasi

B. bronxit

C. zotiljam

D. o‘tkir virusli respirator infeksiya

4. Zotiljam xastaligida qaysi uslub samarali xisoblanadi

A. * induktotermiya

B. franklinizatsiya

C. Darsanval usuli

D. magnit bilan davolash

5. Bronxial astmada maxsus fiziodavolash

A. *Buyrak usti bezlariga DMV

B. o‘pka soxasini lazer balan davolash

C. peloidoterapiya

D. yoka soxali galvanizatsiyasi

6.Yurak ishemik kasalligida DJTning vazifasini ko‘rsating


  1. *jismoniy ish kobiliyatini ushlash va oshirish

  2. transaminaza mikdorini pasaytirish

  3. veloergometriya

  4. arterial bosimni pasaytirish

7.Stenokardiyada shifobaxsh gimnastika tavsiya etishga qarshi ko‘rsatmani ko‘rsating

  1. *nostabil va o‘sib boruvchi stenokardiya

  2. taxikardiya

  3. gipertonik kasalligi

  4. zuriqish stenokardiyasi

8.Yurak ishemik kasaligi bilan bemorlarni tiklash uchun qo‘llaniladigan DJTning vosita va shaklini ayting.

A. Jismoniy mashq

V.*shifobaxsh massaj

S.terrenkur

D.yakin turizm

9.Gipertoniya kasalligida ko‘llaniladigan maxsus mashqlarga taalluqli turini ko‘rsating



  1. *mayda mushak guruxlari uchun izotonik mashqlar

  2. mayda mushak guruxlariga izometrik mashqlar

  3. passiv mashqlar

  4. nafas mashqlari

10. Nafas organlari kasalligida shifobaxsh gimnastikani tavsiya etishga maxalliy qarshi ko‘rsatmani ayting

A*.upkadan qon ketish

B.yiringli balgam

C.bronxial astma

D.yutal astmoid komponenti bilan.

Ilova-3

4.4 Fizik faktorlar bo‘yicha retseptlar to‘plami

1.Darsonval

. Bo‘yin yoka soxasi dorsanvalizatsiyasi PP 4-6 t3-5 min N10-15 xar kuni

2.Elektroforez

SHerbak bo‘yicha yoqa sohasiga NaBr elektroforez. Tok kuchi 10-15 mA. Eksp. 20-25 daqiqa kun ora . Kursga 10 muolaja

3.UVCh

Gaymor bo‘shlig‘ sohasiga kondensator plastinkali elektrod, 3-4 sm. oraligida joylashgan, oligotermik dozasida 40Vt, davomiyligi 5-7 minut, xar kuni 6-8 muolaja.


Kataloq: uum2
uum2 -> Tibbiyot malaka oshirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi
uum2 -> Travmatologiya-ortopediyaning rivojlanish tarixi. Suyak sinishlarini diagnostika va davolash usulari
uum2 -> Mavzu qovoq, ko'z yosh a’zolari va shillik parda kasalliklari. Mashg'ulotning davomiyligi
uum2 -> Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash va tibbiy profilaktika fakulteti teri-tanosil kasalliklari kafedrasi
uum2 -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va X d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
uum2 -> O’zbekiston respublikasi o’rta maxsu va oliy ta’lim vazirligi
uum2 -> Биринчи тошкент давлат тиббиёт институти
uum2 -> O'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə