Tasviriy san'at o'qitish metodikasi xonasini tashkil etish jihoslari reja



Yüklə 31,12 Kb.
tarix31.12.2021
ölçüsü31,12 Kb.
#113349
tasviriy san


TASVIRIY SAN'AT O'QITISH METODIKASI XONASINI TASHKIL ETISH JIHOSLARI


REJA:



1.Tasviriy san`atni o`qitishda maxsus xonani bo`lishligining zaruriyati.

2. Tasviriy san`at xonasida saqlanadigan jiHozlar va o`quv qurollari.

3. Tasviriy san`at xonasida olib boriladigan ishlar mazmuni.

4. O`qituvchilarning tasviriy san`at xonasida olib boradigan ishlaridagi kamchiliklar.

5. Tasviriy san`at xonasiga bo`lgan talablar.

6. Tasviriy san`at xonasi uchun ko`rgazmali qurollar to`plash.

7. Tasviriy san`at xonasining badiiy bezagi.

8. Tasviriy san`at xonasining ish rejasi.

Hozirda tasviriy san`at darslarini davlat ta`lim standartlari talablari darajasida o`tkazish uchun uning moddiy texnikaviy asoslarini yaratish zarur. CHunki, tasviriy san`at darslarida texnika vositalari, ko`rgazmali va metodik materiallar shunchalik ko`p ishlatiladiki, ularni maxsus xonalarsiz to`plab bo`lmaydi.

Tasviriy san`atdan olib boriladigan ishlarning Hajmi va turlari Ham xilma-xildir. Maxsus xonaning zaruriyati quyidagilar bilan izoHlanadi:

- tasviriy san`at va chizmachilik darslarini yuksak metodik saviyada olib borish:

- tasviriy va amaliy san`atdan to`garak ishlarini o`tkazish;

- tasviriy va amaliy san`atdan sinfdan tashqari ishlarni (uchrashuv, tanlov, ko`rgazma, suHbat, munozara, kecha v.b.) tashkil etish;

- o`quvchilarning darsdan tashqari mustaqil ishlarini o`tkazish;

- jamoa bo`lib televidenie orqali beriladigan maxsus ko`rsatuvlarni tomosha va munozara qilish v.b.

Ayniqsa, san`at asarlarini perspektiva, rangshunoslik, yorug`soya qonunlarini, rassomlarning Hayoti va ijodini o`rganishda tasviriy san`at xonasining aHamiyati beqiyosdir. Tasviriy san`atdan ko`rgazmali qurollar Hisoblangan gipsli geometrik shakllar, gipsli rozetkalar, uy-ro`zg`or buyumlari (lagan, choynak, piyola, guldon, kapkir, bidon, qumg`on, patnis, sabzi taxta v.b.) musiqa asboblari (rubob, dutor, nay, childirma, surnay, skripka, v.b.) meva va sabzavotlar (olma, nok, beHi, qovun, tarvuz, qovoq, sabzi, piyoz, baqlajon, uzum, anor, v.b.)ning modellari, qush va Hayvonlarning (quyon, chumchuq, qaldirg`och, kabutar, qarg`a, bulbul, sa`va, to`ti, tipratikon, laylak, turna v.b.) tulumlarini saqlash va ulardan foydalanish uchun maxsus xona talab etiladi. 55-rasm.

Tasviriy san`atdan o`zbek va chet el rassomlari, xalq amaliy san`ati va me`morchilik asarlarining reproduksiyalari, rangshunoslik, yorug`-soya va perspektiva qonunlariga oid chizish va bo`yash usullarini ko`rsatuvchi jadvallar borki, ulardan unumli foydalanish ko`p jiHatdan maxsus xonaga bog`liqdir.

Ma`lumki, tasviriy san`at mashg`ulotlarini dastur talablari darajasida o`tkazish, rasm chizish uchun molbert yoki moslamali parta, natura qo`yish uchun taglik, naturani sun`iy ravishda yorug`lantiruvchi asboblar kerak bo`ladi. Tasviriy san`at xonasi bo`lmagan taqdirda bu ko`rsatilgan ko`rgazma va texnika vositalarini (mavzuga taaluqli bo`lganlarini albatta) o`quvchi sinfdan-sinfga ko`tarib yurishiga to`g`ri keladi. Bu ishlar esa ma`lum qiyinchiliklar bilan bog`liq bo`lganligi sababli ularni amalga oshirib bo`lmaydi. Natijada, mashg`ulotlarning ko`pchiligi ko`rgazmaliliksiz o`tiladi va u dastur talablariga javob bermaydi. Hozirda, boshqa fanlar qatori tasviriy san`at darslarini texnika vositalarisiz tasavvur etib bo`lmaydi. CHunki, san`atshunoslik asoslari kursini o`tishda ko`plab slayda, diopozitiv, diafilm, kinofilmlar namoyish etish kerak. Maktablarni yoppasiga kompyuterlashtirish amalga oshirilayotgan bir davrda maxsus xonaning bo`lishi yanada oydinlashadi. Mana shuning uchun Ham Hozirda tasviriy san`at predmetining o`qitilishini talablar darajasiga ko`tarish uchun Har bir maktabda bu fandan maxsus xona bo`lish shart.

Hali ko`pchilik maktablarimizda maxsus xonalar tashkil etilmagan, tashkil etilganlari esa zamon talablari asosida jiHozlanmagan.

O`qituvchilar maxsus xonani tashkil etishda ota-onalar, faollar, jamoatchilik, Hayriya tashkilotlar yordamiga tayanmaydilar, meHnat o`qituvchisi bilan Hamkorlikni ravo ko`rmaydilar.

Ma`lumki, maxsus xonalarda tasviriy san`at darslari, to`garak mashg`ulotlari asosiy o`rinni egallaydi. SHunga qaramasdan, ba`zi bir o`qituvchilar mashg`ulot jarayonini takomillashtirishda, uning samaradorligini oshirishda xonaning katta imkoniyatlaridan yaxshi foydalana olmaydilar. Masalan, o`quvchilar darsga kirganlarida qo`yiladigan natura, texnika vositalari orqali ko`rsatiladigan ko`rgazmalar, reproduksiyalar tayyor Holda keltirib qo`yilmaydi, sinfni qorong`ilashtiruvchi shtorlar, texnika vositalari avtomatik ravishda emas, qo`l bilan boshqariladi.

Ba`zi bir o`qituvchilar, ta`lim va tarbiyadagi imkoniyatlaridan samarali foydalanishda san`atga oid kitoblar, broshyura, albom, diafilm, diapozitiv, san`at asarlari reproduksiyalarining roli kattaligini tushunib etmaydilar yoki tushunib etsalar qam unga etarlicha e`tibor bermaydilar. Tajribali o`qituvchilar esa ko`rgazmali qurollar uchun shkaf va stol ostlarida aloHida-aloHida o`rinlar ajratadilar va ulardan maqsadga muvofiq foydalanadilar. Ko`rgazmalar xonada shunday joylashtiriladiki, o`qituvchi ishlatish vaqti kelganda Har qanday sharoitda xoHlagan ko`rgazmasini Hech qiynalmasdan bir zumdayoq topa oladi. YAna shuni Ham qayd qilish lozimki, bu ko`rgazmali qurollarning doimo toza va bejirim bo`lishiga Harakat qiladilar. Ishdan chiqqan yoki shikastlangan ko`rgazmalar bolalar yordamida yaroqli Holga keltirib qo`yiladi.

SHuningdek, o`quvchilar tasviriy san`at mashg`ulotlarining qiziqarli va sermazmun bo`lishi uchun xonaning maxsus shkaflarida guash, akvarel bo`yoqlar, flomaster, pastel, ugol, sangina sous, rangli tushlar, plastilin, rangli qog`ozlar, gazlama parchalari, sabzavot va meva urug`lari, Haykaltaroshlik uchun maxsus loy, tabiiy materiallarni saqlaydilar. Ko`rgazmali qurollarni yig`ishda (reproduksiyalar, otkritkalar, turmushda qo`llaniladigan buyumlar, uy-ro`zg`or buyumlari, musiqa asboblari, v.b. ) bolalar kuchidan unumli foydalanadilar.

Xona jiHozlari, ko`rgazmali qurollarni yig`ishda turli-tuman, tadbirlarni o`tkazishda bolalarning kuchidan etarlicha foydalana olmaslik olib borilayotgan ishlarning to`laqonli va sermazmun bo`lishiga imkon bermaydi. SHu narsa aniqki, bola qilgan meHnatining samarasidan zavqlansagina uning qadriga etadi. SHuning uchun Ham xonadagi Hamma ishlarga bolalarni jalb qilish va ularning sevimli joyiga aylanishiga erishish lozim.

Bizda texnika vositalarining etarli miqdorda ishlab chiqarilmaganligi, qolaversa, ulardan foydalanishga oid o`zbek tilida aniq bir metodik qo`llanma va tavsiyalarning yo`qligi, ta`lim jarayoniga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.

Tasviriy san`at xonasida to`garak ishlari mashg`ulotlarini oddiy stol yoki partada olib borish mumkin emas. SHunga qaramasdan, ko`pchilik tasviriy san`at xonalarida bunday jiHozlar yo`q.

Tasviriy san`at darslari molbert, planshet va tagliklar, yorug`lantiruvchi asboblar, safit, shkaf va boshqa shu kabi o`quv jiHozlari bo`lishini talab etadi. 56-rasm.

Xonada ish joyini shunday tashkil etish kerakki, darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil ravishda rasm ishlash maqsadida xonaga kirgan Har bir o`quvchi, u erda o`zi uchun tegishli sharoitni His etsin.

Yuqorida ta`kidlab aytganimizdek, tasviriy san`at xonasida darsdan tashqari ishlar katta o`rinni egallaydi. Bular tanlov va ko`rgazmalar, ma`ruza va suHbatlar, san`at Haftaliklari va kechalar, uchrashuv va olimpiadalar o`tkazish, devoriy gazetalar chiqarish, albomlar tayyorlash, markalar yig`ish va boshqalardir. Bu ishlar xonada muntazam ravishda o`tkazilib turgan taqdirdagina samarali natijalarni kutish mumkin, xonani maktabda estetik tarbiya markaziga aylantirsa bo`ladi.

SHunday ekan, tasviriy san`at xonalariga qanday talablar qo`yiladi, uning faoliyati qanday tashkil etiladi, degan savol tug`iladi. Xonani tashkil etish uchun avvalo, kengroq va oftob nuri tushmaydigan xona tanlanadi. YUqorida qayd qilganimizdek, tasviriy san`at xonasini talablar darajasida jiHozlash uchun kerak bo`ladigan o`quv qurollari va jiHozlar etarli bo`lishiga erishish zarur. Masalan, texnika vositalari, natura uchun taglik, rasm chizish uchun maxsus molbert, loy va bo`yoqlar bilan ishlangan ishlarni quritish uchun etajerkalar, naturani yorug`lantiruvchi asboblar, suvni tez-tez tozalab turish uchun chelaklar shular jumlasidandir. Maxsus xona uchun joy tanlash yoki ajratish Haqida gap borganda, natura va metodik fond uchun uning yonida kichik bir xona bo`lishiga e`tibor bermoq lozim. SHuningdek, xonada suv krani bo`lishi Ham shart, chunki bolalar bo`yoq bilan ishlash darslarida ifloslangan suvni tez-tez tozalab turishlari kerak bo`ladi.

Xonaning jiHozlari Haqida gap borganda shuni Ham qayd qilish lozimki, derazalarga albatta oq pardalar tutilishi va ular derazaning butun yuzasini egallashi lozim. Pardalar sinf derazalaridan to`g`ri tushadigan quyosh yorug`ligini to`sadi. Bu esa chizish uchun qo`yilgan naturada yorug`soyani ish davomida kechgacha bir xil saqlanishiga imkon beradi.

Xonada texnika vositalarining bor-yo`qligidan qat`iy nazar, katta to`q rangdagi pardalarning (shtor) bo`lishi Ham shart. U naturaga qarab rasm chizish mashg`ulotlarida juda zarur bo`ladi. CHunki, darsda naturaga yorug`lik faqat birgina manbadan tushishi talab etiladi. Yorug`lik ikki va undan ortiq manbadan tushgan taqdirda soyalar soni Ham shuncha bo`ladi. Natijada birinchi manba yorug`ligiga qarashli soyani ikkinchi manba yorug`ligi yo`qotib, yorug`lantirib yuboradi va soyalar butunlay ko`rinmay qoladi.

Naturaning o`ziga qarab rasm ishlashda iloji boricha uni tabiiy kunduzgi yorug`likda ishlash lozim. Kechki payt chizish lozim bo`lib qolgan taqdirda natura lyuminetsentli lampalar orqali yorug`lantiriladi. Oddiy lampochkalar orqali yorug`lantirilganda u natura ranglariga ta`sir ko`rsatib, ularni o`zgartirib yuboradi, ya`ni naturaning Haqiqiy rangi buziladi.

Naturaning o`ziga qarab rasm chizish mashg`ulotlarida sinfni normal yorug`lantirish imkoni bo`lmagan taqdirda (ayniqsa Havo bulutli paytlar yoki kechqurun) naturani yorug`lantirish maqsadida maxsus yorug`lantiruvchi asboblardan foydalaniladi. U safit deb yuritiladi. Naturani to`g`ri yorug`lantirish orqali undagi yorug`, soya, yarimsoya, refleks, blik kabilar bolalarda aniq va ravshan ko`rinadi. Bunday yorug`lantiruvchi asboblar lampochka, yorug`lik qaytaruvchi va oyoqlardan tashkil topgan bo`lib, ularning oyog`ini yog`ochdan, shuningdek, metalldan oson tayyorlash mumkin. Bunday asboblarni usta yoki o`qituvchilarning o`zlari tayyorlaganlarida, uning lampochka o`rnatiladigan qismining rasmda ko`rsatilganidek vertikal va gorizontal bo`yicha bemalol Harakat qiladigan bo`lishiga e`tibor berish lozim.

Narsaning o`ziga qarab rasm chizish darslari uchun tagliklar kerak bo`ladi. Odatda ularning bir necha xillari ishlatiladi. Ko`p tarqalgan turlari bu oyoqli va devorga osiladiganlari Hisoblanadi. U ikki gorizontal va vertikal Holatdagi planshetlardan iborat bo`lib, ular o`zaro oshiq-moshiq bilan maHkamlanadilar.

Bunday tagliklar, asosan doska oldiga natura qo`yish uchun mo`ljallanadi. Bunday tagliklarning gorizontal qismi naturani qo`yish, vertikal qismi esa fonga mo`ljallangan drapirovkalarga xizmat qiladi.

Ma`lumki, naturani bir erga qo`yish etarli emas. Natura o`quvchining ufq chizig`idan pastga o`rnatilishi sababli Hammaga bir xil ko`rinmaydi. SHuning uchun natura partalar orasiga Ham qo`yiladi. Bunday sharoitda oyoqli tagliklarni ishlatish lozim bo`ladi. Oyoqli tagliklar polga qo`yish uchun mo`ljallab yasaladi. YAsalish jiHatdan juda sodda bo`lgan oyoqli taglik oddiy taburetkaning oyog`ini 20-25 sm.ga uzaytirish va fon uchun vertikal planshetni uning ustki tomoniga maHkamlash orqali Hosil qilinadi. Bunday tagliklardan faqat partalararo natura qo`yishda foydalaniladi. Darslar maxsus xonada o`tkazilmaydigan maktablarda bunday tagliklardan foydalanib bo`lmaydi. Ikkala turdagi tagliklarni Ham yog`ochdan, shuningdek, metalldan maktab ustaxonalarida osonlik bilan yasash mumkin.

Quyidagi jiHozlarni tasviriy san`at xonasida bo`lishi maqsadga muvofiq deb Hisoblanadi.

1.Maxsus sinf doskasi (oddiy, magnitli v.b.) 2. Ko`rgazmali qurollar uchun shkaflar. 3.O`qituvchi va o`quvchilar uchun maxsus mebellar.


4.Bolalar ishlangan rasm va Haykallarni quritish uchun stelajlar.


5.Loydan ishlangan Haykallarni pishirish uchun mufel pechi.
6.Dioproektor, filmoskop, epidiaskop, televizor, video, magnitafon, kompyuter, fotoapparat v.b. 7.Diapozitiv, epipproeksiya, diafilmlarni namoyish etish uchun ekran. 8. Texnika vositalarini o`rnatish uchun taglik. 9.Sinf xonasini qorong`ilatish uchun kerak bo`ladigan pardalar. 10.Naturani yorug`lantiruvchi safitlar. 11. Haykal ishlash uchun tagiga linoleum qoplangan planshetlar. 12. Toza suv uchun chelak. 13. Mo`yqalamni bo`yoqdan tozalash uchun ishlatiladigan chelak. 14. Har bir o`quvchi uchun suv idish. 15. Oq va rangli bo`rlar. 16. Haykaltaroshlik ishlari uchun katta Hajmli idishda loy.

Xona uchun natura fondi va san`at asarlari reproduksiyalarini to`plashga o`quvchilarni, molbert natura uchun tagliklar, yorug`lantiruvchi asboblar, shkaf va stend tayyorlashga, texnika vositalarini sotib olishga esa Hayriya tashkilotlar va ota-onalarni jalb qilish yaxshi natijalar beradi. Natura fondida turmushda qo`llaniladigan asbob va uskunalar katta o`rinni egallaydi. Ular lagan, tovoq, qoshiq, choynak, piyola, kosa, kapkir, sabzi taxta, cho`mich, kastryul, guldon, tarelka, patnis, musiqa asboblaridan-doira, childirma, rubob, dutor, g`ijjak, tor, skripka, nay, sport buyumlaridan - futbol to`pi, tennis raketkasi, ko`tariladigan toshlar-gantel, shaxmat doskasi v.b. shular jumlasidandir.

Turmushga yaroqsiz (singan yoki chekkasi uchgan) buyumlardan natura sifatida foydalanish mumkin. Bu buyumlar bolalar yordamida natura fondi uchun yig`iladi. Ular ishlatilmay yotganligi sababli iflos va ko`rimsiz bo`ladi. Natura uchun ularni bunday Holda qo`yish yaramaydi. Iflos buyumlarni tozalattirish va ishga yaroqli ko`rinishga keltirib qo`yish lozim.

Tasviriy san`at asarlarining reproduksiyalari va otkritkalari Haqida Ham ana shunday fikrlarni bildirish mumkin.

Ma`lumki, ko`plab jurnallarda tasviriy san`atga oid rangli reproduksiyalar beriladi. Ularni yig`ishga o`quvchilar kuchidan dars va darsdan tashqari vaqtlarda foydalanish mumkin. San`at asarlari reproduksiyalari va otkritkalarini yig`ishga o`qituvchi jiddiy va maqsadga muvofiq Holda yondoshgandagina yaxshi natijalar olishi mumkin. Bunday namunalarni ma`lum mavzu asosida yig`dirish va ularni albomga yopishtirish, unga baHo qo`yish, olib borilayotgan (surat tagiga uning muallifi nomini yozib qo`yiladi) tadbirning samarali bo`lishiga olib keladi.

Tasviriy san`at xonasini maqsadga muvofiq tashkil etishda uning badiiy bezagi aloHida aHamiyat kasb etadi. Xonaning badiiy bezagi deganda avvalo, xona jiHozlarini joy-joyiga qo`yish, buyumlarni, xona devorlarini tegishli ranglarga bo`yash Ham nazarda tutiladi. SHuningdek, xonaning badiiy bezagi uning to`g`ri yorug`lantirilishi bilan Ham bog`liqdir. Badiiy jiHatdan to`g`ri bezalgan xona o`quvchilarning ruHiyatiga ta`sir etib, ularda iliq kayfiyat Hosil qiladi, tez toliqtirmaydi, tasviriy faoliyatlarga samarali ta`sir ko`rsatadi. Ba`zi o`qituvchilar tasviriy san`at xonasini jiHozlashda unga ortiqcha e`tibor berib yuboradilar. Hattoki, o`quvchilarning chizmachilikdan chizmalarini, bolalar rasmlarining ko`rgazmalarini, turli ko`rgazmali qurollarni, san`at asarlari reproduksiyalarini devorlarga osib qo`yishadi. Geometrik va gipsli shakllar, qush tulumlari va meva sabzavotlarning mulyajlarini ochiq saqlashadi, turli lozung va chaqiriqlar Ham bo`ladi. Xonaning yuqori qismini buyuk rassomlarning portretlari bilan to`lg`azib tashlash Hollari Ham tez-tez uchrab turadi. Hattoki shunday Hollar Ham bo`ladiki, xona devorlarida bo`sh joy qolmaydi. Bu yo`sinda bezatishning zarari shundaki, xonada turli-tuman qurollar, ko`rgazmali materiallarning ko`pligi, ularning ranglari xonaga kirgan o`quvchi ruHiyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Natijada, o`quvchi o`zini sinfda siqilib qolayotgandek His qiladi va xonadan tezroq chiqib ketishga Harakat qiladi.

Ba`zan, xonalar uning jiHozi va badiiy bezagi yillab o`zgarmay turaveradi. Natijada, ular o`quvchilarni me`dasiga tegadi va ularni mutlaqo qiziqtirmay qo`yadi. Natijada bu erdan bolalar yangi ma`lumot va yangi taassurotlar ololmaydilar.

Xonaning devorlarini tinch, sokin ranglar bilan bo`yash maqsadga muvofiqdir. CHunki, keskin va yorqin ranglar bolalarni tez toliqtiradi. SHuningdek, xonadagi eshik, deraza, pol, shift, doska kabilarning ranglarini Ham xonaning umumiy rang gammasiga bo`ysundirish lozim. Ular bir-birlaridan och-to`qligi bilan, rang tusi, to`yimliligi bilan keskin farq qilmagani ma`qul. Xona devorlarida turli-tuman, umuman, rang-barang ko`rgazmalarning bo`lishi dars jarayonida ba`zi bolalarning e`tiborini o`ziga tortadi. Natijada, bola chalg`iydi, unga o`qituvchining nutqi e`tibordan qoladi. Bular Hammasi xonada olib boriladigan ta`lim-tarbiyaviy ishlarga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

SHuning uchun Ham tasviriy san`at xonasida ortiqcha narsalarning bo`lmasligi, sinfda mashHur rassomlardan birontasining portreti, texnika vositalari (u Ham usti yopiq Holda), tuvakli gullarni sinf burchagining bo`lishligi etarlidir. Ko`rgazmali qurollar esa maxsus shkaflarda (o`quvchilarni ko`zi tushmaydigan joyda) saqlanishi lozim. Turli xil ko`rgazma, fotostend va e`lonlar, diplom va yorliqlarni maktab yo`lagiga (tasviriy san`at xonasiga yaqin joyga) o`rnatish maqsadga muvofiqdir.

Maktabda tasviriy san`at xonasi ko`rgazmali qurollar, texnika vositalari va boshqa jiHozlar saqlanadigan, ta`lim-tarbiya ishlari olib boriladigan madaniyat o`chog`idir.

YUqorida qayd qilib o`tganimizdek, xonaning tashkiliy, o`quv-metodik, tarbiyaviy ishlari shunchalik ko`p va turli-tumanki, ularni faqat reja asosida olib borgandagina yaxshi natijalarga erishish mumkin. Rejada tadbirning mazmuni, o`tkaziladigan vaqti, unga javobgar shaxslar, tadbirning o`tkazilishi, ish tartibi uchun joylar ajratilgan bo`ladi. O`qituvchida bunday rejaning tayyorlanmaganligi tasviriy san`atdan xonada olib boriladigan ishlarining chala-chulpa, pala-partish, tartibsiz bo`lishiga olib keladi. Hattoki, ba`zi muHim ishlar o`qituvchining e`tiboridan butunlay tushib qolishi Ham mumkin. SHuningdek, rejaning bo`lmasligi tadbirlarning epizodik xarakterda bo`lishiga olib keladi. CHunki, uni o`tkazishga ajratilgan vaqt niHoyatda chegaralangan bo`ladi va natijada ish sifati pasayadi, ular bolalarda yaxshi taassurot qoldirmaydi. Quyida tasviriy san`at xonasida olib boriladigan ish rejaning namunasi berilgan.

Jahon pedagogikasining ulug‘ ustozi Yan Amos Komenskiy

(1592—1670) o‘quvchilarga beriladigan bilim-malakalar ularning

butun hayoti davomida zarur bo‘ladigan narsalaming hammasini

dunyoviy maktablarda o‘qitishning didaktik asosini yaratib beradi1.

Bu g‘oya takomillashib, bugungi yangi pedagogik texnologiya

konsepsiyasining yaratilishiga olib kelgan holda hozirgi zamon

ta’lim-tarbiya tizimini yaratib, uning zamonga mos o‘qitish yo‘llarini ishlab chiqishga asos bo‘ladi.

Y.A. Komenskiy o‘zining ta’lim-tarbiya didaktikasida o‘qitishning asosiy shakli — texnologiyasi sinf-dars sistemasini tavsiya

etadi. Bu bugungi kunda «Kabinet sistemasi»ning yaratilishiga asos

bo‘ladi.

Haqiqatan ham «Kabinet sistemasi» tasviriy san’atni o£qitish

texnologiyasidan tortib, uning didaktik va metodik asosidan

foydalanishning eng muhim va samarali vositasi bo‘lib qolmoqda.

Maktabda tasviriy san’at fani kabinetini tashkil etish uchun

mutaxassis tasviriy san’at o‘qituvchisi bo'lishi kerak. Kabinet Davlat

standard va o‘quv dasturi talablariga javob berishi kafolatlanishi

zarur. Bu talablar mazmuniga dastur mavzulari b o ‘y ich a didaktik

materiallar, texnika vositalari, ko‘rgazma qurollar kiradiki, bular

ham o‘qituvchining dars jarayonidagi ta’lim texnologiyasidan

foydalanishiga imkon beradi. Bu o‘z o‘rnida tasviriy san’at ta’limida

kabinet sistemasi va undagi san’at ta’limida zarur boladigan didaktik

materiallar, ko‘rgazma qurollar, natura fondi, texnik vositalar kabi

о‘quv-didaktik vositalar kerakligini ko‘rsatib beradi.

Uzoq yillar davomida olib borilgan maxsus kuzatuv va tajribalardan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, maktabda ko‘rgazmasiz o'qitish

mumkin bo‘lmagan yagona o‘quv predmeti — bu tasviriy san’at

fanidir. Kabinetsiz o‘qitish ham mumkin emasligi to‘la isbotlangan.

Chunki tasviriy san’at kabineti:

• tasviriy san’at o‘quv fanining o‘qitilishi sistemali, muntazam

bo‘lishini ta’minlaydi;

• fanga, uning dars-mashg‘ulotlariga bo‘lgan o‘quvchilar qiziqishi beqiyos oshishini kafolatlaydi;

• har bir dars-mashg'ulotni pedagogik texnologiya, didaktika

va metodika jarayonlarining talablar darajasida boiishiga shart-sharoit

yaratadi;

• dars, o‘qitish va ma’lumot berish texnologiyalarini maqsadga

muvofiq amalga oshirib, oldindan belgilangan natijalarga erishishni

kafolatlaydi;

• dars va ta’lim texnologiyalaridagi o‘quv-tarbiya vositalaridan

o‘qituvchining samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratadi va

oshiradi;

• o‘qituvchining darsdagi umumiy pedagogik faoliyatini sistemaga solib turadi va darsdagi pedagogik texnologiyaning takomillashib borishini ta’minlaydi;

• yangi pedagogik texnologiyaning eng muhim didaktik jarayoni

bo‘lmish — motivatsiyadan unumli foydalanishga to‘la imkoniyat

yaratadi;

• darsdan tashqarr olib boriladigan ta’limiy va tarbiyaviy ishlarni

tashkil etish, o‘tkazish va ular samaradorligini oshirishda asosiy

omil bo‘lib xizmat qiladi;

• tasviriy san’at o‘qituvchisi predmetlararo va fanlararo bog‘lanishini didaktik va metod jihatdan tartibga soladi hamda bu sistemada

ishlashga to‘la shart-sharoit yaratadi;

• tasviriy san’at o‘qituvchisiga ijodiy muhit beradi va uning

g'oyaviy, siyosiy, ilmiy takomillashuviga yetarli imkoniyat yaratadi;

• maktabda g‘oyaviy, siyosiy, estetik va ma’naviy tarbiyaning

rivojlanishiga, maktabning jihozlanishi va bezatilishiga, zamon

talabida ko‘rinishiga va boshqa badiiy-estetik talablarda rivojlanishiga

eng muhim vosita va markaz bo‘lib xizmat qiladi.

Maktabda tasviriy san’at kabinetini tashkil etish xona tanlashdan

boshlanadi. Xona yorug‘, keng bo‘lishi bilan birga, quruq, namligi

kam bo‘lishi lozim. U ikki xonadan iborat bo‘ladi.

Xonaga rasm chizish stollari yoki maxsus molbertlar qo‘yiladi.

Unga maxsus yozuv doskasi qo‘yiladi, xona neon lampalari bilan

jihozlanadi.

Xonaning orqa tomoniga maxsus, oynali shkaflar qo'yiladi yoki

maxsus stellajli shkaflar qilinadi. Xonaga natura quyish uchun

maxsus 2—3 ta taglik (podstavka) tayyorlanadi.

Kabinet tasviriy san’atning amaliy ishlari uchun gipsli slepkalar,

mulyaj, chuchelo, ro‘zg‘or, mehnat, o‘quv qurollaridan iborat

bo‘lgan va boshqa didaktik materiallar, naturadagi yorug‘ soyalarni

aniqlashtirish uchun yoritgich — safedlar va natura foni uchun

turli rangdagi gazmol materiallar bilan ta’minlanadi. Yana akvarel

bo‘yog‘i bilan ishlash uchun suv keltirishga chelaklar va o‘quvchilaming soniga ko‘ra, stakan yoki shisha idishlar olinadi.

Xona o‘tadigan dars mashg‘ulotlari uchun kompyuter va ekranli

texnika vositalari bilan ta’minlanadi.

Xona texnika vositalari bilan ishlash uchun maxsus elektromontaj qilinadi.

Tasviriy san’atning dastur materiallari bo‘yicha tematik stendlar

bilan jihozlanadi va bezatiladi.

Xonaga jahonning va 0 ‘zbekistonning atoqli rassomlari portretlari, ularning dastur materiallariga kiritilgan san’at asarlaridan

namunalar qo‘yiladi.

Stendlarda «Narsani o‘ziga qarab rasm chizish», «Tematik

kompozitsiyalar ishlash», «Badiiy-amaliy san’at» va «Haykaltaroshlik» ishlariga oid mavzuli amaliy ishlardan namunalar va

didaktiк- ко ‘ rgazma materiallar beriladi.

Kabinet ish faoliyatini yaxshi yo‘lga qo‘yish uchun ish rejasi

tuzilib, navbatchilik daftarlari yuritiladi.

Kabinetning muntazam ishlashi, undagi o‘quv-didaktik va ko‘rgazma materiallarini yaxshi saqlash va unumli foydalanish uchun

har bir o‘quv yilining boshlanishida kabinetning ish yurituvchilari

tarkibi tuziladi. Tarkib tasviriy san’atni yaxshi o‘zlashtiruvchi,

to‘garaklarda faol qatnashuvchi yuqori sinf faol o‘quvchilaridan

tashkil topadi. Kabinet o‘z ish rejasiga ega bo‘lib, uning muntazam,

sidqidildan bajarilishini o‘qituvchi nazorat qilib, tartibga solib

boradi. Shuningdek, kabinetning natura fondini saqlash va uni

ko‘paytirib borish uchun o‘qituvchi muntazam holda faoliyat



ko'rsatadi.
Yüklə 31,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin