Tavsifnomalar uchun umumiy zaruriy qismlari: · Tavsifnoma berilayotgan shaxs haqidagi asosiy ma’lumotlar: Ismi,otasining ismi va familiyasi lavozimi; tug`ilgan yili; millati; ma’lumoti



Yüklə 239,5 Kb.
səhifə1/4
tarix27.11.2023
ölçüsü239,5 Kb.
#136662
  1   2   3   4
portal.guldu.uz-TAVSIFNOMA

  • Tavsifnoma Tavsifnoma muayyan shaxsning o`qish, mehnat jarayonidagi, yashash joyidagi ijtimoiy-jamoatchilik faoliyati, erishgan muvafaqqiyatlari, o`ziga xos xislatlari, fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjatdir. Bu hujjat korxona, tashkilot, muassasa, o`quv yurti rahbariyati tomonidan o`z xodimi, talabasi, o`quvchisi o`qishga yoki ishga kirayotganda, chet elga o`qishga, ishga, tajriba almashishga yoki sayohatga ketayotganda, yangi lavozim, ish yoki mansabga tayinlanayotganda, erishgan muvaffaqiyatlari uchun rag`batlantirilayotganda berilishi mumkin. Hujjatda tavsiflanayotgan shaxsning o`qish, ish, jamoatchilik faoliyati, ishchanligi, ijodkorligi, axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, oilaviy ahvoli o`z ifodasini topadi. Tavsifnoma uchinchi shaxs nomidan bayon etiladi. Bu hujjatning "Tavsifnoma", "Ishlab chiqarish tavsifnomasi", "Xizmat tavsifnomasi" kabi turlari ish qog`ozlari yuritishda qo`llaniladi. Tavsifnoma matnini unda bayon etilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, shartli ravishda uch qismga bo`lish mumkin. Dastlabki qismda shaxsning hayoti yoki ish faoliyati haqida ma’lumotlar keltirilsa, keyingi qismda uning shaxsiy tavsifi, lavozimiga munosabati, mahorati, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, ijodkorligi, jamoatchiligi, tashkilotchilik qobiliyati, xulq-atvori, oilaviy ahvoli, taqdirlanishlari haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. So`nggi qismda esa bayon etilganlardan xulosa qilinib, tavsifnomaning berilishidan ko`zda tutilgan maqsad yoritiladi.

  • Tavsifnomalar uchun umumiy zaruriy qismlari: · Tavsifnoma berilayotgan shaxs haqidagi asosiy ma’lumotlar: - Ismi,otasining ismi va familiyasi - lavozimi; - tug`ilgan yili; - millati; - ma’lumoti;
  • - ilmiy darajasi va unvoni - Hujjat nomi - tavsifnoma. - Matn (o`quvchi, talaba yoki xodimning o`qish, ish faoliyati, muhim sanalari, alohida yutuqlari, ishchanligi, ijodkorligi, tashabbuskorligi, jonkuyarligi, g`amxo`rligi, jamoatchiligi, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, axloqiy fazilatlari, rag`batlantirilganliklari, oilaviy ahvoli va boshqalar). · Tavsifnoma yuborilayotgan joy nomi. · Tasdiqlovchi rahbarlarning lavozimlari, imzolari, familiyalari. · Tavsifnoma yozilgan sana va muhr.

Yüklə 239,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin