Tayanch tushunchalar



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə1/6
tarix31.08.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#128803
  1   2   3   4   5   6
2-mavzuг

2-mavzu. Pedagogik voqelikni diagnostik tadqiq qilish tamoyillari va darajalari Reja: 1. Pedagogik voqelikni diagnostik tadqiq qilish tamoyillari. 2. Pedagogik diagnostika darajalari va bosqichlari. 3. Pedagogik faoliyatni tashxislash. 4. Pedagogik faoliyatni tashxislashning metodik jihatlari.


Tayanch tushunchalar:
tamoyil, daraja, bosqich, pedagogik diagnostika tamoyillari, pedagogik diagnostika darajalari, pedagogik diagnostika bosqichlari, pedagogik faoliyat, pedagogik faoliyatni tashxislash.
Ma’lumki, u qanday tur yoki shaklda bo‘lishidan qat’i nazar faoliyatning samarali kechishida uning muayyan tamoyillarga muvofiq amalga oshirilishi ahamiyatli sanaladi. Shu sababli malaka oshirish kurslarida pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini tashxislash va baholashga qaratilgan faoliyatni tashkil etishda ham ustuvor tamoiyllarni belgilashga e’tibor qaratildi.
“Tamoyil” (lot. “oqhmbhohtl” – boshlang‘ich) tushunchasi nazariy jihatdan muayyan ta’limot, nazariya, fan yoki qarashlarning asosiy, boshlang‘ich holati degan ma’noni anglatadi.
Berilgan ta’rifga tayangan holda “pedagogik diagnostika tamoyillari” tushunchasining mazmunini izohlash mumkin.
Pedagogik diagnostika tamoyillari – pedagogik diagnostikaning mazmuni, maqsadi, ijtimoiy-didaktik, tarbiyaviy ahamiyati, qonuniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari, uni qo‘llash shartlarining mohiyatini yorituvchi yetakchi, asosiy g‘oyalar.
1.Maqsadning aniqligi. Tashxislash jarayonida maqsadning aniqligi o‘quvchilar duch kelayotgan qiyinchiliklarni aniqlash, muayyan sifatlarga egalik darajasini belgilash hamda kutilgan natijalarni bashoratlash imkoniyatini ta’minlaydi.
2.Tashxis jarayonining yaxlit o‘rganilishi. Obyekt yoki subyektni tashxislashga qaratilgan jarayonning yaxlit tashkil etilishi o‘qituvchi ega bo‘lgan ma’lumotlarni har tomonlama tahlil qilish, tashxis va baholashda barcha omillar, tarkibiy qismlarni, ularning o‘zaro aloqadorligini inobatga olinishini ta’minlaydi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin