Tayyorlagan bir soatlik dars ishlanmasi



Yüklə 65,42 Kb.
tarix07.07.2018
ölçüsü65,42 Kb.
#55990

гербсф~1.bmp


SAMARQAND VILOYAT URGUT TUMAN XALQ TA'LIMI BO'LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA’MINLASH VA TASHKIL ETISH BO’LIMI
3-UMUM TA’LIM MAKTABI

BOSHLANG`ICH SINF O’QITUVCHISI

Eshanqulova Dilafruz

3-SINFDA ONA TILI FANIDAN

TAYYORLAGAN BIR SOATLIK

DARS ISHLANMASI

MAVZU:

(386-388-mashqlar)



DARSNING TAQSIMOTI VA TEXNOLOGIK XARITASI

DARSNING MAVZUSI: Takrorlash (386-388-mashqlar)



1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

O`tgan mavzuni so`rash

5 daqiqa

3

O`tilgan mavzularni mustahkamlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzu bayoni

20 daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

6

Dars yakuni. Baholash va uyga vazifa berish

5 daqiqa




Ish bosqichlari va mazmuni

Faoliyat mazmuni

O`qituvchining

O`quvchining

Faoliyat jarayoni

Dars turi: noan’anaviy – kichik guruhlarda ishlash, yangi bilim beruvchi dars.

Dars metodi: ko`rsatmalilik, suhbat, savol-javob, didaktik o`yinlar, „Baliq skeleti“, aralash

Dars jihozi: plakatlar, testlar, tarqatma didaktik materiallar, rasmlar, jadvallar, meva- sabzavotlar.





Dars maqsadlari:

Ta’limiy: O`quvchilarning so`z tarkibi,gap nutq, gap, so`z, his-hayajon gaplar, so`z turkumlari haqida yangi bilimlar berish

Tarbiyaviy: Vatanni sevishga, uni asrab-avaylashga, buyuk ajdodlarimizdan faxrlanishga, yo`naltirish

Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini boyitish. Husnixat bilan xatosiz yozish malakalarini rivojlantirish



I. Bosqich.

Tashkiliy qism.

Salomlashish, o‘quvchiularni darsga jalb qilish. Navbatchi bilan savol-javob o‘tkazish. Dars qoidasini eslatish. M’anaviyat daqiqasi o‘tkazish.


Tinglashadi. Savollarga javob berishadi



II. Bosqich.

O`tgan mavzuni so`rash va mustahkamlash



O`quvchilarni uchta guruhga bo`lib olish. O`tilgan mavzu yuzasidan savol javob qilish. Ko`rgazmali qurollar “Baliq skeleti”orqali o`tilgan mavzuni so`rab, uyga vazifani tekshirish.

1. Ko`rgazmali qurollar orqali o`tilgan mavzusini so`rab mustahkamalash.

2. Interfaol usullardan foydalanish.


Amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Yozib oladilar.

Tinglashadi. Savollarga javob berishadi, yozib oladilar.



III. Bosqich.

Yangi mavzu bayoni



O`quvchilarning o`tilganlar haqidagi bilimlarini boyitish. Darslik bilan ishlash. 386-387- mashqlarni bajarish orqali o`tgan mavzular haqida o`quvchilarga yangi ma’lumotlar berish.

Tinglashadi. Savollarga javob berishadi, yozib oladilar.

IV. Bosqich.

Yangi mavzuni mustahkamlash



Rasmlar asosida so`zlar, gaplar, matnlar tuzdirish. Matnga sarlavha qo`yish.


Tinglashadi. Savollarga javob berishadi, yozib oladilar.

V.Uyga vazifa berish

uyga vazifa beradi

yozib oladilar.

VI. Bosqich.

Dars yakuni.



O`quvchilar bilimlarini baholash, rag`batlantirish va uyga vazifa berish

Tinglashadi.


Darsning borishi:

1-bosqich.

Tashkiliy qism .

  1. Salomlashish.

-assalomu alaylum!

-Vaaleykum assalom!

2. Navbatchi bilan suhbat.

O`qituvchi: Bugun kim navbatchi?

Navbatchi: Bugun sinfda men navbatchiman. Darsga hamma o`quvchi qatnashayapdi. Hozir diyorimizda oltin kuz fasli. Bugun havo iliq.

Dars qoidasi bilan tanishtirish.

1. Vaqtdan unumli foydalanish.

2. O`ng qo`l qoidasi.

3. O`zaro hurmat

4. Intizom.

5. Faol ishtirok etish.

M’anaviyat daqiqasi.

O`qituvchi: Bolajonlar,

-Esonmisiz ,omonmisiz

Bugun darsga tayyormisiz?

O`quvchilar xor bo‘lib:

Rahmat ustoz omonmiz

Bugun darsga tayyormiz.

O`qituvchi: Vatan nima?

O`quvchi: Vatan bu biz tug`ilib o`sgan uyimiz, mahallamiz, shahrimiz, tumanimiz ona diyorimiz.

O`qituvchi: Siz qaysi Respublikada yashaysiz?

O`quvchi: O`zbekiston Respublikasida yashaymiz.

O`qituvchi: O`zbekiston Respublikasi qachon mustaqillik erishdi ?

O`quvchi: -1991 yil 31-avgustda. Har yili 1-sentabrda mustaqilligimizni nishonlaymiz.

O`qituvchi:-Bu yil mustaqilligimizga necha yil to`ldi ?

O`quvchi: -21 yil.

O`qituvchi:- O`zbekiston Respublikasining poytaxti qaysi shahar ?

O`quvchi:-Toshkent shahri.

O`qituvchi:-O`zbekistonda qancha millat yashaydi?



O`quvchi:-130 dan ortiq millat yashaydi.

O`qituvchi:-O`zbekistonda nechta viloyat bor ?

O`quvchi: -12 ta.Toshkent, Namangan , Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg`ona, Xorazm, Sirdaryo , Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax , Navoiy.



O`qituvchi:-Biz qaysi viloyatda yashaymiz ?

O`quvchi:-Samarqand viloyatida.



O`qituvchi:-O`zbekistonda kimlar yashaydi ?

O`quvchi:-Ko`proq o`zbeklar yashaydi. Shuning uchun O`zbekiston deyiladi.

2-bosqich.

O`tgan mavzuni so`rash va mustahkamlash

O`qituvchi:

-Shirin aziz bolajonlar

Bog`dagi gul lolajonlar.

Yaxshi yotib turdingizmi

Uyda siz dars qildingizmi?

O`quvchilar:

-Yozda yaxshi dam oldik

Dars ham qildik, bajardik.

Guruhlarga bo`lish

1-guruh “Oy”

2-guruh “Quyosh”
3-guruh “Yulduz”

-Oyni kimga o`xshatamiz?

-Otamizga.

-Quyoshni kimga o`xshatamiz?

-Onamizga

-Yulduzlar kimlar?

-Yulduzlar bizlar.

So`z turkumlari, gap, so`z haqida savol-javob qilinadi.

She’rdagi so‘zlarga so‘roq bering.

KUZ


Havo mayin, osmon tip-tiniq,

Ochilibdi gullar rang-barang.

Ariqlarning tubi ko`rinar,

Daraxtlarning bargi quyoshrang.



Qanday? Mayin, quyoshrang.

Nima qildi? Ochilbdi.

Nima? Ariqlar, barg.
Uyga berilgan 385-mashq tekshiriladi. Daftarlar almashriladi.

385-mashq.

Berilgan gaplarga mos so`zlar qo`shb, gapni qayta tuzing va yozing.

1.Tanlov boshlandi

2. O`quvchilar keldilar

1-topshiriq. “Bingo o`yini”



Buyruq gap


Bugungi ishni ertaga qo‘yma.


So‘roq gap


Nargiza daftaring qani?


His-hajon gap


Oh, asal juda mazali ekan!


Darak gap


Mevalar g‘arq pishdi.

Har bir guruh a’zosiga “Bingo” varaqlari beriladi. O`qituvchi so`zlarni aytadi. Qaysi guruh a’zosi birinchi bo`lib so`zni qaysi turkumga kirishini aytsa o`sha o`quvchiga so`z beriladi. O`yin shu tariqa davom ettiriladi. Kimning varaqasi birinchi bo`lib to`ldirilsa „Bingo“ so`zini aytadi va g`olib bo`ladi.

Darsllik bilan ishlash



3-bosqich.

Yangi mavzu bayoni

386-mashq musobaqa tarzida guruhlarga beriladi.

386-mashq

Qavs ichidagi so`roqlarga mos so`zlar qo`yib o`qing.



Yozda

Yozda (nima?) yerni qizdiradi.(Nima?) juda isiydi. Bog`larda (qanday?) mevalar pishadi. (Qanday?) shamol esadi. Har tomondan (qanday?) hidlar keladi.

Foydalanish uchun so`zlar: shirin, havo, mayin, quyosh, yoqimli

Ko`chiring. Qo`ygan so`zlaringiz qaysi so`z turkumiga kiradi? Ular gapda qaysi bo`lak vazifasida kelyapti?

Aqliy hujum” metodi o`tkaziladi.

1-guruh

1. So`roq gapga misol keltiring.

2. O`zbek alifbosida harflar nechta?

3. Darak gapga misol keltiring

4. So`zlar qanday ma`nolarni bildiradi ?

2-guruh

5. Qaysi tovushlar bo`g`in hosil qiladi?



6. Qanday so`zlarni bosh harf bilan yozamiz?

7. Nima uchun unli harf deyiladi.?

3-guruh

8.Nimani yozamiz , ko`ramiz, o`qiymiz?



9. Nima qildi ? so`rog`iga javob bo`lgan so`zlarga misol keltiring.

10. Shirin, baland , odobli so`zlariga so`roq bering.

11. Nomini bildirgan so`zlar tagiga qanday chiziq chizamiz?

Dam olish daqiqasi.

Shamol g`uv –g`uv esadi,

Daraxtlar silkinadi.

Shamol sekin pasaydi,

Daraxtlar qad ko`tardi.

O‘quvchilr she’rni jismoniy harkatlar bilan bajaradilar.


Guruh o`quvchilari quyidagi jadvalni to‘ldiradilar.

Shaxs narsa nomini bildirgan so`zlar

Shaxs narsa belgisini bildirgan so`zlar

Shaxs narsa harakatini

bildirgan so`zlar


maktab

yashil

boshlayapti

ishchi

keng

yozdi

soat

kichik

o`qiyapti

gulzor

chiroyli

chizadi

xirmon

katta

ishlaydi

Kuz haqida ikkita-uchta gap tuzib yozing. Unda his-hayajonni bildirgan gaplar ham qatnashgan bo‘lsin.



Kuzgi mevalar.

Har bir guruh rasm asosida gaplar tuzadilar. Tuzilgan gaplar izohlanadi.

Baliq skeleti metodi o`tkaziladi


4-bosqich.

Yangi mavzuni mustahkamlash

387-mashq musobaqa tarzida beriladi.

Qavs ichidagi so`roqlarga mos so`zlarni topib, gaplarni to`ldiring. Bosh va ikkinchi darajali bo`laklarni aniqlang.

(Qanday?) yoz boshlandi. (Qayerda?) o`qishlar tugadi. Ular (qayerdan?) (nimalar?) to`playdilar. To`plagan kolleksiyalarini (qachon?) (qayerda?) keltiradilar.

Klaster“ metodi

1-guruh. Kim? so`rog`iga javob bo`ladigan so`zlarga misollar topadi.
2-guruh Nima? so`rog`iga javob bo`ladigan so`zlarga misollar topadi.
3-guruh Qayer? so`rog`iga javob bo`ladigan so`zlarga misollar topadi
5-bosqich.

Uyga vazifa berish

Uy ishi

388-mashq.

Yozgi ta’tilni qanday o`tkazishingiz to`g`risida kichik matn tuzing.



6-bosqich.

Darsning yakuni.

Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag`batlantirish. Guruhlar ballarini hisoblash. O`quvchilar ballarini e’lon qilish.

O‘qituvchi:

Mana bolajonlarim,

Darsimiz bo`ldi tamom.

Ammo mening sabog`im,

Etadi hali davom.

Sizga hali juda ko`p

Bilim tuhfa etaman.

Sizlarni dono qilgach



Maqsadimga yetaman.




Yüklə 65,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə