Tekis kondensatoming sig'imi quyidagi tenglama orqali ifodalanadi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə1/2
tarix07.10.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#129787
  1   2

2.3.2. Sig‘im datchiklari Sig'im datchiklari va ularning qo'llanish sohalari. Sig'im datchiklarida xilma-xil kirish kattaliklami (chiziqli va burchak harakatlami, mexanik kuchlanish, satx va kabilar) sig'im o'zgarilishiga aylantiriladi. Amalda sig'im datchiklari kondensatorlardan yasaladi. O'lchaydigan kattaliklariga qarab sig'im datchiklari (2.16-rasm) yuzasi o'zgaruvchan, oraliq masofasi o'zgaruvchan va dielektrik singdiruvchanligi o'zgaruvchan turlariga bo'linadi.

Tekis kondensatoming sig'imi quyidagi tenglama orqali ifodalanadi

Bu yerda F/m— vakuumning dielektrik singdiruvchanligi; e - kondensatoming plastinalararo muhitining dielektrik singdiruvchanligi; S - plastinalaming yuzasi; 8 - plastinalararo masofa. Oraliq masofasi o'zgaruvchan datchiklar 0,1...0,01 mkm aniqliqda chiziqli harakatlami, yuzasi o'zgaruvchan datchiklar chiziqli va burchak harakatlami nazoratida va dielektrik singdiruvchanligi o'zgaruvchan namlik, sath, kimyoviy tarkib kabi kattaliklami o'lchashda qo'llaniladi. O'lchash aniqligini va sezgirligini oshirish maqsadida sig'im datchiklari ko'priksimon sxemalarga ulanadi. Yuqorida ko'rib chiqilgan prinsip asosida sig'im manometrlari ishlaydi. O'lchash aniqligini va sezgirligini oshirish maqsadida sig'im datchiklari ko'priksimon sxemalarga ulanadi. Yuqorida ko'rib chiqilgan prinsip asosida sig'im manometrlari ishlaydi. O'lchanayotgan bosim asbobga quvur 1 orqali uzatilib, membrana 2 orqali qabul qilinadi. Membrana o'z navbatida plastina 3 bilan kondensatomi hosil qiladi. Kondensator sxemaga klemma 4 lar yordamida ulanadi. Bosim ta’sirida membrana egilib plastinkaga yaqinlashadi va kondensatoming sig'imini o'zgartiradi. Shunday qilib, kondensator sig'imi o'lchanayotgan bosimga proporsionaldir.

Sig’im manometrining sxemasi
Sig'im datchiklarining afzalliklari: soddaligi, ixchamligi, arzonligi va kichik inersionligi. Kamchiliklari: chiqish signalining quwati pastligi, o'lchov natijalari atrof-muhit ko'rsatkichlariga bog'liqligi, ulaydigan simlar va qurilma metall qismlaming sig'imlari turlicha ta’sir qilib, detallaming o'zaro joylashishiga bog'liq. Kontaktsiz sig'im datchiklari. Sig'im datchigi, noelektrik kattaliklami elektr sig'im qiymatga o'zgartiruvchi o'lchash o'zgartkichi (suyuqlik sathi, mexanik kuch, bosim, namlik va h.k.). Sig'im datchigining konstruktiv tuzilishi, tekis parallel yoki silindrik elektr kondensatorlardan iborat. Kontaktsiz sig'im o'chirgichlaming ishlash prinsipi: sig'im datchiklari kondensator plastinalari aktiv yuzasi chiqarilgan ko'rinishdagi sezgir elementdan iborat. Sig'im sensorlarini ishlash prinsipi kondensatomi geometrik ko'rinishini o'zgarishiga (plastinkalar orasidagi masofani o'zgarishi), yoki plastinkalar orasiga turli materiallami joylashtirib sig'imni o'zgartirishga (elektro'tkazuvchan va dielektrik) asoslangan bolib, bu holda sig'im kattaligi o'zgaruvchan elektr signaliga o'zgartiriladi. Faol yuzaga turli materiallardan tuzilgan obyekt yaqinlashsa, kondensator sig'imi, generator ko'rsatkichlari o'zgarishiga va komtnutasion elementni qayta o'chib yonishiga olib keladi.
Sig’im datchigi
Kontaktsiz sig'im datchigi quyidagi prinsip bo'yicha ishlaydi: 1. Generator obyekt bilan elektr maydon bog'likligini ta’minlaydi. 1. Demodulyator generatomi yuqori chastota tebranish amplitudasi o'zgarishini doimiy kichlanish o'zgarishiga aylantiradi. 2. Trigger signalni qayta qo'shish va gisterezis ko'rsatkichni ta’minlab beradi. 3. Kuchaytirgich chiqish signalini kerakli ko'rsatkichgacha oshirib beradi. 4. Svetodiod indikatori o'chirgichni holatini ko'rsatadi, ishchi holatini ta’minlaydi. 5. Kompaud qattiq jism bo'laklaridan himoyalash vazifasini bajaradi. 6. Korpus o'chirgichni montajini ta’minlaydi, mexanik ta’sirlardan himoyalaydi. Latun yoki poliamiddan yasalgan, metiz mahsuloti bilan komplektlanadi. Kontaktsiz sig'im datchigini faol yuzasi, yoyilgan kondensator plastinalari ko'rinishida tasvirlash mumkin bo'lgan, ikkita metall elektroddan tuzilgan. Elektrodlar yuqori chastotali generaqtomi qayta bog'lanish zanjiriga ulangan, agar obyekt aktiv yuza yonida bo'lmasa, generasiya qilmaydi. Kontaktsiz sig'im datchigi aktiv yuzaga yaqinlashsa, obyekt elektr maydonga tushadi va qayta bog'lanish sig'imini o'zgartiradi. Obyekt yaqinlashgan sari generator tebranish amplitudasi oshishini hosil qiladi. Chiqish signalini hosil qiluvchi, qayta ishlash sxemasi yordamida amplituda baholanadi. Kontaktsiz sig'im datchiklari elektro'tkazuvchi obyektdan ishlasa, dielektriklardan ham ishlaydi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin