Tekshirdi: Sheraliyev Abbos Bajardi: Nursaxatov Axror Reja



Yüklə 195,17 Kb.
səhifə1/3
tarix24.05.2023
ölçüsü195,17 Kb.
#127503
  1   2   3
Auditorlik dalillari


Auditorlik dalillari
Tekshirdi: Sheraliyev Abbos
Bajardi: Nursaxatov Axror

Reja:


Shu o'rinda «dalil» atamasining mohiyatini yoritishni lozim topdik. Dalil — oldindan bildirilgan biror taxminning to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini ko'rsatuvchi vosita. Auditda «Oldindan bildirilgan biror taxmin» moliyaviy hisobotlar BHMS ga mos tuzilgan degan farazdir. Dalillaming asosiy manbayi mijozning buxgalteriya tizimi hisoblanadi. Ammo bu tizim auditor uchun yetarli miqdordagi va sifatli dalillami bermaydi va auditor ham bu dalillar bilan cheklanib qolmasligi lozim. Auditor zaruriy dalillami aktivlarga nisbatan shaxsan o'tkazgan kuzatuvlari orqah va tashqi manbalardan olishi zarur.
Audit tekshiruvi davomida auditor qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan dalillar turli ko'rinishda bo'lishi mumkin. Misol uchun, aktivlarni shaxsan tekshirish, operatsiyalaming haqiqatdan ham sodir bo'lganini uchinchi tarafhing tasdiqlashi, auditoming mijoz bilan o'zaro telefon orqah muloqoti natijasida olingan ma’lumotlar va boshqalar. Audit dalillari faqatgina yetarli miqdorda emas, balki yetarlicha sifatli, ishonchli bo'lishi darkor. Dalil sifatli bo'lishi uchun esa u o‘z kuchini yo'qotmagan va tekshirilayotgan obyektga aloqador bo'lishi lozim.
To'planishi lozim bo'lgan audit dalillarining miqdorini auditorning o'zi professional mulohazasiga asoslangan holda belgilaydi. Audit dalilarining sifatiga esa bir qator omillar ta’sir etishi mumkin. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
  • - dalillar mijoz korxonadan tashqari manbalardan olinganda ularning ishonclililigi yanada ortadi;
  • - mijozning ichki nazorat tizimi korxonada tayyorlangan buxgalteriya ma’lumotlari sifatiga ta’sir etadi;
  • - auditor tomonidan dalillar bevosita olinganda bu dalillar bilvosita olinganga qaragandagi ishonchliligi yuqori bo'ladi.

Audit dalillarining yetarliligi, ularga asoslanib auditor moliyaviy hisobotlarga nisbatan biror fikr hosil qilishi uchun yetarli miqdorda bo'lishini nazarda tutadi. Dalillaniing yetarliligini belgilash auditordan professional mulohazani talab etadi. Shu o'rinda quyidagi omillar audit dalillarining yetarliligini belgilashda ahamiyat kasb etishi mumkin:
- audit dalillarining miqdori ularning sifati bilan teskari bog'lanishda bo'ladi. Ya’ni, dalillar qanchalik sifatli bo'lsa, ularni shuncha kamroq miqdorda to'plash mumkin; - dalillarning miqdori muhimlikka ham bog'liq. Ya’ni tekshirilayotgan obyekt qanchalik muhim bo'lsa, to‘planishi lozim bo'lgan audit dalillari ham shunchalik ko'proq bo'lishi lozim. Muhim bo'lmagan obyektlarga nisbatan kam miqdordagi dalillar to'planishi yoki umuman to'planmasligi ham mumkin.
Audit tekshiruvini o'tkazayotganda auditor audit riskini kamaytirish uchun turli xildagi audit dalillarini to'playdi.Audit riski uch elementdan taskil topgan, ya’ni doimiy risk, nazorat riski va aniqlanmaslik riski. Bu risklaming har biri uchun auditor to'plashi lozim bo'lgan dalillar turlichadir. Ammo, shuni ta’kidlash lozimki, auditor dalillarni avvalo aniqlanmaslik riskini kamaytirish uchun to'playdi. Chunki, aniqlanmaslik riski bevosita audit dalillariga bog'liq.
Aniqlaiunaslik riskini cheklashga qaratilgan audit dalillari quyidagilarga bo'linadi:
1. Inventarizatsiya.
2. Hujjatlar. - mijoz korxonadan tashqarida tayyorlangan va bevosita auditorga taqdim etilgan hujjatlar; - mijoz korxonadan tashqarida tayyorlangan ammo auditorga mijoz orqali yetib kelgan hujjatlar; - mijoz korxona tomonidan tayyorlab auditoiga taqdim etilgan hujjatlar.
3. Buxgalteriya ma’lumotlari.
4. Tahliliy protseduralar.
5. Hisob-kitoblar.
6. Mutaxassislar tomonidan taqim etilgan dalillar.
7. Og'zaki dalillar.
Inventarizatsiya o'tkazish korxona mohyaviy hisobotlarida keltirilgan aktivlaming haqiqatdan ham mavjudligini tasdiqlovchi eng asosiy isbotdir. Moliyaviy hisobotlarda keltirilgan pul mablag'lari summasining haqiqatdan ham mavjudligini tekshirishning eng ishonchli yo'li ulami sanashdir, tovar va tayyor mahsulot zaxirasi va asosiy vositalaiga nisbatan ham shu turdagi tekshiruvni o'tkazish mumkin.

Yüklə 195,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin