Termiz davlat universiiteti



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix31.12.2021
ölçüsü0,67 Mb.
#112670
  1   2
boshlangich talimda tasviriy sanat va uni oqitish metodikasi
1. O`zbekistonda bozor munosabatlarining shakllai, uning yo`


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 

VAZIRLIGI 

 

TERMIZ DAVLAT UNIVERSIITETI 



 

PEDAGOGIKA FAKUL’TETI 

 

BOSHLANG’ICH TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI 



 

 

 



5111700 – Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishi 

III-kurs uchun 

 

«BOSHLANG’ICH TA’LIMDA TASVIRIY SAN’AT VA UNI 



O’QITISH METODIKASI» 

fanidan 


 

MA’RUZALAR MATNI 



 

 

 

Tuzuvchi: o’qituvchi SHABBAZOVA D.R. 

 

 

 



 

 

Termiz-2014 



 


1-mavzu: TASVIRIY SAN’AT O’QITISH METODIKASI FANI, UNING MAQSAD VA 

VAZIFALARI 

Reja: 

1. Kurs dasturining mohiyati, mazmuni.  



2. Tasviriy san’at o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari.  

3. O’qitish metodlari (nutqiy, namoyish etish, amaliy ish).  

4. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at fanining o’rni va maqsadi. 

Tayanch so’z va iboralar: 

Tasviriy  san’at,  metod,  metodika,  umumiy  metodika,  xususiy  metodika, 

amaliy metodika, o’qitish metodlari, namoyish etish, amaliy ish, umumiy o’rta ta’lim 

maktablari, boshlang’ich sinflar 

 

Pedagogika  fanidan  shu  narsa  ma’lumki,  «metodika»  so’zi  (uslub  ifodasi)  -  ifoda 



etishdan olingan bo’lib, o’rgatiladigan o’quv materialani o’quvchilarga o’rgatish, o’qitish, va 

o’zlashtirishning  nazariy  va  amaliy  asosi  -  faoliyati  yoki  usulidir.  Ya’ni  «uslub»  deganda 

tasviriy  san’atda  rasmi  chiziladigan  ob’ektni,  naturani  yoki  tahlil  etiladigan  san’at  asarini 

o’quvchilarga tushuntirish yoki uning nazariy va amaliy asoslarini tahlil etib berishni yoki 

o’rganishni  yo’l-yo’riqlarini,  uslublarini  tushuniladi.  Tasviriy  san’atni  o’qitish  uslubiyoti 

kursi  bo’lajak  pedagoglarga  maktabda  tasviriy  san’atni  o’qitish  va  o’rgatishni  eng  oson, 

qisqa va ilmiy asosda bo’lishi uslubini o’rgatuvchi fandir.  

SHular asosida shuni aytish mumkinki, bu kurs va uning maqsadi - vazifasi bo’lajak 

tasviriy  san’at  o’qituvchisiga  maktab  tasviriy  san’atini  maqsadi,  vazifasi,  mazmunini 

tushuntirib  berish,  uni  maktab  o’quvchisiga  o’rgatish,  o’qitish  va  tushuntirishni  eng 

samarali yo’llarini ko’rsatib berishdan iborat bo’ladi.  

Kurs  bo’lajak  pedagoglarga  o’quvchilar  bilan  ishlashni  ilmiy  asoslarni,  nazariy  va 

amaliy  faoliyatini  ko’rsatib  beradi.  Kursning  asosiy  maqsadi  hozirgi  zamon  tasviriy 

san’atining qonun-koidalari asosida uni maktab faoliyatida foydalanish va maktab tasviriy 

san’atini o’quvchilarga o’rgatishning eng zamonaviy, eng samarali, sinalgan uslublari bilan 

qurollantirish va maktab tasviriy san’ati bo’yicha tarbiyaviy va ta’limiy faoliyatini amalga 

oshirishni  pedagogika  va  psixologiyaning  eng  so’nggi  yutuqlari  asosida  olib  borishga 

tayyorlashdan iboratdir. SHu maqsaddan kelib chiqqan holda kurs bo’lajak pedagoglarga:  

1.  Maktab  tasviriy  san’at  o’quv  predmetining  maqsadi,  vazifasi  va  mazmunini  va 

amaliy jihatlarini tushuntirib berish

2. Maktab tasviriy san’atini dasturi va uning mazmuni bilan qurollantirish;  

3. Maktab o’quvchisi bilan ishlashning pedagogik mahorati bilan tanishtirish; 

4.  Maktabda  o’quvchilar  bilan  tarbiyaviy  va  ta’limiy  ishlarni  amalga  oshirishga 

tayyorlash; 

5.  Tasviriy  san’atdan  dars  berishga  tayyorlash,  dars  berishdagi  uslub  va  didaktik 

printsiplari bilan qurollantirish;  

6.  Maktabda  dars  berishni  tarixiy  taraqqiyotini  yaxshi  bilgan  holda,  hozirgi  zamon 

dars  berishni  eng  samarali  uslub  va  didaktik  jarayonini  o’zlashtirish  va  ularni  o’z 

pedagoglik faoliyatida qo’llash, uni takomillashtirib borishga o’rgatish; 

7.  Bo’lajak  rassom-pedagogni  ijodkorlik  ruhida  faoliyat  ko’rsatishga  o’rgatish  

kabilarni    o’z    oldiga   bosh    vazifa    qilib  qo’yadi.  SHunga  ko’ra  kurs  mazmuniga: Tasviriy 

san’atni  o’qitish  metodikasi  tarixini,  uni  dastur  va  darsliklarini,  tasviriy  san’atni  o’qitish 

jarayonida  didaktik  printsiplardan  va  predmentlararo  bog’lanishdan  foydalanish,  dars  va 

darsdan  tashqari  tarbiyaviy  ishlarni  amalga  oshirish,  o’quvchilarni  fanga  qiziqtirish, 

darslarda  o’quvchilarga  grafik  bilim  berishning  eng  oson,  qisqa  asosli  yo’nalishlarining 

ilmiy asoslarini o’rgatish kabilar kiradi.  

Ma’lumki, o’qitish uslubiyoti davr tanlamaydi, balki davr dars uslublarini tanlaydi.  



XVII asrda atoqli CHex pedagogi Ya.O.Komenskiy maktab sistemasini ishlab chiqqan 

holda,  unda  foydalaniladigan  o’qitishning  qator  uslublari  va  didaktik  printsiplarini  jahon 

xalqlariga va ularning maktablari uchun tavsiya etgan edi.

1

 



O’zbekiston  mustaqillikka  erishishi  munosabati  bilan  milliy  maktablarimiz 

shakllandi.  Bu  maktablar  jahon  pedagogikasi  erishgan  eng  yuksak  -  samarali  ish 

tajribalaridan  o’zining o’qitish uslublarini  tanlagan  holda  o’zining  o’quv-metodik ishlarini 

amalga oshirmoqda.  

Milliy maktablarimizdagi tasviriy san’at o’quv predmeti mustaqillik yillarida yanada 

ahamiyatli bo’lib, uni o’qitilishini takomillashtirish tadbirlari belgilanmoqda. SHunga ko’ra 

milliy maktablarimizda o’qitishning asosiy 3 ta uslubidan foydalanilmoqda.  

I. - O’quv materialini og’zaki bayon etish uslubi.  

II. - Amaliy ishlar uslubi. 

III. - O’qitishning ko’rgazmalilik uslubi.  

Ma’lumki,  milliy  maktablarimizda  tasviriy  san’atni  o’qitish  ham  umumiy  ta’lim 

fanlari  qatori  yuqoridagi  o’qituv  uslublaridan  foydalanib  kelinmoqda.  Bu  uslublar  yaxshi 

samara bermoqda.  

SHunga  ko’ra  bugungi  kunda  tasviriy  san’atni  o’qitish  uslubiyoti  maktab  tasviriy 

san’ati  dasturi  asosida  uning  maqsadi  va  vazifasini,  mazmunini  sistemali  holda  o’rganib, 

ularni  o’qitishning  eng  samarali  uslub  va  didaktik  printsiplarini  tanlab,  umumlashtirib, 

bo’lajak  rassom-pedagoglarga  yetkazib  beriladi.  SHuningdek,  tasviriy  san’atni  o’kitish 

uslubiyoti  kursi  o’zining  uslub  va  printsiplarini  bugungi  kunda  dars  berayotgan  tasviriy 

san’at  o’qituvchilariga  qator  uslubiy  maqolalar,  adabiyotlar  asosida  yetkazib  bermoqda. 

Tasviriy  san’atni  o’kitish  uslubiyoti  bilan  O’zbekiston  Pedagogika  Fanlari  Ilmiy  Tadqiqot 

Instituti, Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika instituti Namangan va Buxoro davlat 

universitetlarining rassom-pedagog olimlari shug’ullanib kelmoqdalar.  

Maktab  tasviriy  san’atni  o’qitish  uslubiyoti  jahon  pedagogikasi  va  psixologiyasi 

to’plagan  tajribalarini  o’zining  ilmiy  asosi  qilib  olgan  xolda,  ularni  yig’ib,  takomillashtirib 

kelayotgan  ish  tajribalaridan  unumli  foydalanib  kelmoqda.  SHu  asosda  o’quvchilarga 

tasviriy  san’at  bo’yicha  bilim-malaka  berishda  o’quvchining  yoshi,  bilimi,  iste’dodi, 

qiziqishini  hisobga  olgan  holda  o’quv  jarayonini  amalga  oshirib  kelmoqda.  CHunki,  jahon 

pedagogikasining  atoqli  namoyondalari  Ya.O.Kamenskiy,  G.Pestalotstsi,  K.D.Ushinskiy  va 

N.Rostovtsev, V.Kuzin. Ye.SHoroxov. R.Hasanov kabi pedagog-olimlarning ilmiy tadqiqotlari 

asosida  maktab  tasviriy  san’ati  o’quv  predmetini  o’qitish,  unga  qo’yiladigan  talablar 

sistemali amalga oshirib kelinmoqda. 

O’qitish  metodikasi  deganda  ta’lim  va  tarbiyaning  maqsadga  muvofiq  amalga 

oshirishning  eng  samarali  yo’l  va  uslublar  yig’indisi  tushuniladi.    Mashg’ulotni  metodik 

jihatdan  to’g’ri  tashkil  etish  esa  o’qituvchining  o’z  oldiga  qo’ygan  maqsadiga  ham bog’liq. 

SHu  bilan  birga  qisqa  va  oddiy    yo’llar  bilan,  oddiydan-murakkabga  borish  printsipida 

ma’lum  ketma-ketlikda  erishish  nazarda  tutiladi.  Boshqacharoq  qilib  aytganda,  o’qitish 

metodikasi  to’g’ri  tanlanganda  o’quvchilar  ko’zda  tutilgan  o’quv  materialini  puxta 

o’zlashtiradilar va ularda o’zlashtirish darajasi bir qadar  yuqori bo’ladi. 

Metodika  so’zining  o’zi  ikki  xil  bo’ladi:  ular  umumiy  va  xususiy  metodika 

hisoblanadi. 

Umumiy  metodika    maktabda  olib  boriladigan  barcha  ta’lim-tarbiya  ishlariga, 

xususiy metodika esa u yoki bu o’quv predmetiga nisbatan qo’llaniladi. Metodika, ko’pincha 

pedagogika, psixologiya va san’atshunoslik, estetika sohasidagi nazariy xulosalarga tayanib 

ish ko’radi. 

Pedagogik nazariyada uch xil metod bo’lib, asosan 

nutqiy, namoyish etish va amaliy 

ishdan iboratdir. Bu metodlar o’z o’rnida mayda metodlarga ham  bo’linadi. Masalan, nutqiy 

                                           

1

 Ya.O.Komenskiy. Buyuk didaktika. O’qituvchi. T. 1975 y. 




metod  hikoya  qilish,  tushuntirish,  suhbat,  kitob  bilan  ishlash  v.b.  shu  kabi  metodlardan 

tashkil topadi. 

Ko’rgazmali metod esa kuzatish, namoyish etish kabilardan, amaliy ish esa mashq, 

rasm ishlash, ijodiy ish, o’yin kabi metodlarga bo’linadi. 

O’qituvchilar faoliyatida 

“uslub” degan so’z ham ishlatiladi. “O’qitish uslubi” deb biz 

o’qitish metodlarining ayrim qirralarini tushunamiz. “O’qitish uslublaridan” o’qitish metodi 

tashkil topadi. 

Masalan, 

“namoyish  etish”  metodi  asosida  o’qituvchi  mashg’ulot  o’tkazganda,  u 

ekranga san’at asarining tasvirini texnika vositasi orqali tushiradi. Bu jarayonda o’qituvchi 

suratdagi biron shaklni yirik qilib ko’rsatishi usul hisoblanadi. SHu o’rinda ekrandagi surat 

tasviri  yuzasidan  savol-javob  o’tkazilganda  ham  bu  yuqoridagi  usulning  davomi 

hisoblanadi. 

O’qituvchi  o’qitish  metodlariga  asoslanib  ish  yuritganda  u  rangshunoslik, 

perspektiva,  yorug’soya,  kompozitsiya  qonunlari  va  ularning  xususiyatlaridan  kelib 

chiqadi.  SHuni  qisobga  olish  lozimki,  tasviriy  san’atning  u  yoki  bu  turining  nazariy 

asoslarini  o’rgatganda  yoki  tasviriy  san’atning  u  yoki  bu  faoliyat  turini  o’qitganda 

o’qituvchi bir xil metodlardan foydalanishi mumkin emas. 

O’qitish  metodikasining  tarixi  juda  uzoqlarga  ya’ni  kishilar  qachon  bir-birlariga 

rasm  chizishni  o’rgata  boshlagan  paytlariga  borib  taqaladi.  U  kishilik  jamiyatining 

taraqqiyoti  davrida  takomillashib  borgan,  davr  o’tishi  bilan  o’qituvchilar,  olimlar  uning 

yangidan-yangi qirralarini ochganlar va u mutaxassislar orasida tarqalgan. 

SHuni ham qayd qilish lozimki, shakllangan har bir metod shaklan bir xil bo’lsa-da, 

uni  bir  o’qituvchi,    ikkinchi  o’qituvchidan    o’rganib,  shundayligicha    qo’llayvermaydi.  Uni 

har bir o’qituvchi o’z maktabidagi moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar, bolalarning bilim va 

malakalarining saviyasi, dars mavzusining o’ziga xos xususiyatlari va boshqa shu kabilarni 

hisobga  olishi  lozim.  SHunga  ko’ra  boshqa  o’qituvchi  qo’llayotgan  va  yaxshi  samara 

berayotgan bir metod boshqa o’qituvchi faoliyatida yaxshi natija bermasligi ham mumkin. 

SHuning uchun qo’llashga mo’ljallangan har bir metod pedagogik faoliyat davomida  

tajriba-sinovdan o’tkazilishi maqsadga  muvofiqdir. Sinov bir marta  emas, bir necha marta 

o’tkazilishi  lozim  bo’ladi.  CHunki  bir  sinfga  mo’ljallangan  bir  metodika  boshqa  vaqtda 

yuqorida  qayd  qilinganidek,  sharoitga  qarab  boshqa  sinfda  boshqacha  natija  berishi 

mumkin. Tanlangan va qo’llanib kelinayotgan har bir metod shaklan o’zgarmay qolsa ham, 

mazmunan  o’zgarishi  ham  mumkin.  O’qituvchining  to’xtovsiz  izlanishlari,  tajribalari 

asosida uning yangidan-yangi qirralari ochilaveradi. 

Mutaxassislar  orasida  tasviriy  san’atni  o’qitish  metodlariga  turlicha  qarashlar 

mavjud. Bir guruh mutaxassislar o’qitish  metodlari yagona tizim, yagona talablarga javob 

berishi  lozim  deb  hisoblaydilar.  Ularning  fikrlariga  qaraganda,  har  bir  metod  jamiyat 

taraqqiyoti  davomida  shakllanib  bo’lgan,  uni  o’zgartirmasdan  shundayligicha  qo’llash 

lozim.  Boshqa  guruh  mutaxassislarining  fikrlariga  qaraganda  o’qitish  metodining  asosini 

har  bir  o’qituvchining  shaxsiy  ish  tajribasi  tashkil  etishi  kerak.  Bizningcha,  masalaga 

bunday yondoshish to’g’ri emas. Ta’lim-tarbiya sohasida o’qitish metodlari qotib qolmaydi, 

u doimo taraqqiy etadi. Bunda o’qituvchining tajribasi albatta, katta rol o’ynaydi. SHunday 

ekan, pedagogik amaliyotda sinfdagi shart-sharoitlarni hisobga olib, shakllangan metodika 

asosida ham, o’qituvchining shaxsiy tajribasi asosidan ham foydalanaverish lozim. 

O’qituvchi  o’qitish  metodikasini  ish  jarayonida  o’z-o’zidan  egallayvermaydi.  U  ish 

jarayonida  izlanishi,  sinov  ishlarini  o’tkazish,  ko’p  adabiyotlar  o’qishi,  ilg’or  tajribalarni 

o’rganish hamda ulardan tegishli xulosalar chiqarishi asosida paydo bo’ladi. SHuningdek, u 

jamiyat  taraqqiyoti  davrida  shakllangan  o’qitish  metodlarini  tanqidiy  nuqtai  nazardan 

tahlil  etishi  va  uni  zamon  ruhiga  moslashtirgan  holda  qayta  ishlashi  asosida  namoyon 

bo’ladi. 




XVII-XIX  asrlarda  umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarida    tasviriy  san’atni  o’qitish 

metodlarini  takomillashtirishda  chet  el  pedagoglaridan  Jon  Lokk,  Jan  Jak  Russo,  Iogani 

Genrix  Pestalotstsi,  Peter  SHmidt,  A.Sapojnikov,  G.Gippius,  N.Kramskoylar  katta  qissa 

qo’shgan  bo’lsalar,  XX  asrda  rus  pedagog-olimlaridan  Ye.S.Kondaxchan,  G.V.Labunskaya, 

N.N.Rostovtsev,  V.S.Kuzin,  Ye.E.Rojkovalar  O’zbekistonda  darslik  metodikasini  oyoqqa 

turg’azishda  rassom-pedagoglardan  M.Nabiev,  B.Oripov,  Q.Qosimov,  B.  Azimovalarning 

xizmatlari katta bo’ldi. 

 

 



 

2-mavzu: TASVIRIY SAN’ATNI O’QITILISHINI TARIXIY – TARAQQIYOTI 

Reja: 

1. CHet ellarda tasviriy san’atni o’qitilishi uslubiyotining tarixiy - taraqqiyoti. 



2.  Tasviriy  san’at  o’qitish  metodikasini  rivojlantirishda  Uyg’onish  davri 

rassomlarining xizmatlari. 

3. XVIII-XIX asrlarda Rossiyada tasviriy san’at fanining o’rni. 

Tayanch so’z va iboralar: 

Tasviriy san’at, Mirs, Yunon, Qadimgi Rim, tasviriy san’at o’qitish metodikasi, 

Uyg’onish  davri,  CH.CHennini,  Alьberti,  Leonarlo  da  Vinchi,  A.Dyurer,  G’arbiy 

Yevropa,  ROssiya,  I.D.Preysler,  A.G.Sapojnikov,  G.A.Gipius,

 

P.P.CHistyakov, 



D.N.Kardovskiylarning pedagogik qarashlari. 

 

Ma’lumki,  rasm  chizish  jahon  xalqlarining  barchasida  juda  qadimdan  shakllanib,  u 



san’at va madaniyatning eng mukammal va doimiy mashg’uloti bo’lib keladi. SHuningdek, 

rasm  chizish  butun  bashariyat  xalqlarining  doimiy  aloqa  vositasi,  insoniyatning 

shakllanishi va ma’naviy o’sishining ham bosh omili bo’lib kelgan.  

SHu boisdan xam juda qadimdan bu mashg’ulotni rivojlantirish va takomillashtirish 

barcha  xalqlarda  sistemali  amalga  oshirib  kelingan.  Bizgacha  yetib  kelgan  eng  qadimgi 

qoyatosh  rasmlari  odamlar  rasm  chizish  bilan  ibtidoiy  jamoa  davrining 

paleolit  yoki 

qadimgi  tosh  asridanoq  shug’ullana  boshlaganligidan  dalolat  beradi.  Bunday  rasmlar 

Frantsiya, Ispaniya, Old Osiyo, O’rta Osiyodan ko’plab topilgan, ularga 5-10 ming yillarcha 

bo’lgan.  

Ma’lumki, eramizdan avvalgi 3-minginchi yillarda odamlar mis, qalay, qo’rg’oshin va 

ruxni  eritib,  undan  bronza  olishgan.  Bronzadan  yasalgan  narsalar  juda  chiroyli  qilib 

bezatilgan.  Bu  davrda  ishlangan  buyumlardagi  rasmlar  odamlar  rasm  chizish  bilan  jiddiy 

shug’ullanliklarini ko’rsatib beradi.  

Tarix shohidki, kishilar jamiyati taraqkiyoti SHarq mamlakatlarida, jumladan Misrda 

ancha tez va oldinrok boshlangan.  

Qadimgi  Misrda  grafika  va  rasmkashlik  san’atning bir turi  sifatida  shakllanib,  juda 

erta  taraqqiyot  yo’liga  chiqib  oldi.  Qadimgi  Misrda  rasm  chizish  va  grafik  ishlar  bilan 

shug’ullanish ancha erta san’at kasbi sifatida o’rganiladi va o’rgatila boshlanadi.  

Qadimgi  Misrda  tasviriy  san’at,  adabiyot  va  me’morchilik  g’oyat  kuchli  motivlarda 

taraqqiy etdi. Bu yerda rasm chizishni, grafik ishlarni bajarishni va bino qurishni avvallari 

xususiy  kasb  sifatida  o’z  bolalariga,  qarindosh-urug’lariga  o’rgatar  edilar.  Keyinchalik 

kichik-kichik maktablar tashkil etila boshlandi.  

Haqiqiy  rasmkashlik  maktablari  eng  avval  Misrda,  so’ngra  Hindistonda  va  Xitoyda 

tashkil etildi.  

Bu maktablarda asosan: yer o’lchash, yo’l, kanal va binolar rejasini tuzish, chizmalar 

chizish, buyumlarga badiiy bezaklar ishlash o’rgatilar edi.  



Qadimgi Misrda belgi-yozuvlar (ierogliflar)ni yaratilishi tasviriy san’atni, ya’ni rasm 

chizishni  yanada  tez  rivojlanishiga  imkon  beradi  (eramizdan  avvalgi  IV-III    ming  yillik) 

chunki, bu belgi-yozuvlarda har bir xarf bir buyumni aytmoqchi yoki uni nomini yozmoqchi 

bo’lsa, uning har biriga bir donadan rasm ishlanishi kerak edi.  

SHunga  ko’ra  Qadimgi  Misr  maktablarida  rasm  chizish  har  bir  kishini  doimiy 

mashg’uloti bo’lib qolgan. Maktablarda ham eng ko’p mashg’ulot rasm chizish bo’lardi.  

Qadimgi Yunonistonda rasm maktablari juda erta tashkil topdi. Yunon maktablarida 

asosiy e’tibor tabiatni chiroyli qilib tasvirlashga qaratilar edi. Rasm chizishda simmetriya, 

matematik hisobot, nisbatlar nazariyasi asosiy e’tiborda bo’lardi.  

Eramizgacha  bo’lgan  Yunonistonda  SIKION,  EFESS,  FIVAN  kabi  rasm  maktablari 

shuhrat  qozongan,  bo’lib,  ularni  har  biri  o’ziga  xos  yo’nalishda  va  uslublarda  faoliyat 

ko’rsatar  edi.  Ulardan  ayrimlari  naturalizm  metodida  ishlasa,  boshqalari  badiiylik,  ya’ni 

rasmni iloji boricha chiroyli qilib ishlash metodida faoliyat ko’rsatar edi. Bu maktablarda 

Pamfil, Melantiy, Pavziy, Appelass kabi mashhur rassomlar yetishib chiqdilar. Keyinchalik 

bu  rassomlar  ham  o’z  maktablarini  tashkil  etdilar.  Qadimgi  Yunon  tasviriy  san’at 

maktablarida o’qish ancha qiyin edi. CHunki, bu maktabda o’qish uchun yuqori darajadagi 

iste’dod  bo’lish  bilan  birga,  ancha  miqdorda  pul  ham  to’lanar  edi.  Pamfil  tomonidan 

ochilgan Sikion maktabiga kirib o’qish uchun juda katta va kuchli iste’dod bilan birga 26 kg 

196 gramm oltin to’lanar edi. Bu yerda o’qish 12 yil davom etar edi.  

Qadimgi  Yunonlarning  Buyuk  allomasi  bo’lmish  Arastu,  -  «Rasm  fani  bo’yicha 

umumta’lim fanlarini 1-etapida turadi va barcha fanlarni o’rganishda asosiy vosita bo’ladi» 

- deb ko’rsatgan edi.

1

 

Qadimgi  Rimda  tasviriy  san’atga  e’tibor  juda  yuksak  darajaga  ko’tariladi.  Qadimgi 



Rimda  rasm  chizish  bilan  barcha  oristakratiya  oilalari  muntazam  shug’ullanar  edilar. 

Yuqori  tabaqa  kishilarining  ham  asosiy  mashg’uloti  rasm  chizish  bo’lib  qoladi.  CHunki, 

rasm  chizishni  bilmaydigan  shaxs  va  oila  madaniyatsiz,  o’quvsiz,  e’tiqodsiz  hisoblanib, 

ularni  kamsitilar  edi.  Hatto  rasm  chizishni  bilmaydigan,  uni  o’rgana  olmaydigan  shaxslar 

«qandaydir psixologik kamchilikka ega» - degan meditsina xulosasi ham berilar edi.  

SHu  boisdan  TSezar  zamonida  rasm  chizishni  bilmaydigan  shaxslarni  yetuk 

darajada  «rivojlanmagan»,  degan  xulosa  bilan  mas’uliyatli  davlat  ishlariga  olinmas  edi. 

Hatto  yuqori  tabaqa  oilalari  uchun  rasm  chizish  bilmaydigan  shaxslarni  kelinlikka  yoki 

kuyovlikka olinmaydigan ham bo’linadi. SHu boisdan barcha aristokratiya oilalari va ularni 

ug’il-qizlari eng avvalo rasm chizishga o’rgatilar edi. TSezarni o’zi ham yetuk rangtasvirchi 

rassom,  Aktavin  Avgust  esa  me’mor-rassom  bo’lganligi  xam  bejiz  emas  edi.  Haqiqatdan 

ham  rasm  chizishni  bilmaydigan  odam  shakllarni,  ranglarni  ajratish,  nisbatlarni  to’la 

farqlay  olmaydigan  bo’ladilar.  SHu  boisdan  Rim  zadagonlari  va  davlat  arboblari  rasm 

chizish  bilan  jiddiy  shug’ullanar  edilar.  Umuman  eramizdan  avvalgi  II-I  asrlarda 

Yunoniston  va  Rimda  tasviriy  san’atga  e’tibor  g’oyat  yuksak  bo’lgan.  SHu  boisdan  ham 

qadimgi dunyo tarixida,  - «Avgust Rimni toshda olib, marmarda topshirdi»,  - degan ibora 

ham haqiqatdir.  

Tarix  shohidkim,  eramizning  XV-XVI  asrlarda  Italiyada  «uyg’onish  davri» 

hukmronlik  qiladi.  XV  asrga  kelib  Italiyada  taraqqiyotning  hamma  sohalari  bo’yicha 

rivojlanish tezlashib ketadi. Bu davrda fan, san’at, madaniyat va ishlab chiqarishda g’oyat 

kuchli ko’tarilish sodir bo’ladi. San’at va adabiyotda realistik oqimlar vujudga keldi. Kitob 

bosish,  yangi-yangi  ijod  ahli  shakllandi.  XV-XVI  asrdagi  Italiya  bu  o’rinda  birinchi  bo’lib, 

o’zining barcha sohalari bilan oldinda boradi. San’at va madaniyat beqiyos rivoj topdi. Bu 

davrni Italiyalik san’atshunos rassom Jorj Vazarining, - «italiyada san’at uzoq vaqtdan so’ng 

yana uyg’ondi» - iborasi bilan san’at tarixida «uyg’onish davri» kategoriyasi vujudga keldi. 

Bu davrda Italiyada Leonarda Do Vinchi, Rafael, Mikelanjello kabi san’atni titan ijodkorlari 

                                           

1

 Qaralsin. N.Rostovtsev. O’rta maktabda tasviriy san’atini o’qitish metodikasi  Mos. 1980 y. «Metodika tarixi». 




yetishib chiqdi. Ularning har biri o’zlarini o’ziga xos san’at maktablarini yaratdilar. Ularni 

ko’pchiligi  rasm  chizishni  turli  sohalari  bo’yicha  nazariy  asoslarini  ham  yaratdilar. 

Leonarda  Do  Vinchi  «plastik  anatomiyani»,  «havoning  chiziqli  perespektivasini»,  Alberti 

«Perespektivani»  nazariy  jihatdan  asoslab  beradilar.  Ammo  butun  san’at  tarixi  bo’yicha 

rasm  chizish  uslubiyati  bo’yicha  barcha  nazariyotchilar  cheklanib  keldilar.  Rasmni 

maktabda o’qitish bo’yicha biron bir uslubiy xulosa bera olmadilar.  

Tasviriy  san’atni  maktabda  o’qitilishi  bo’yicha  faqat  XVI-XVII  asrlarda  bir  qator 

pedagog olimlar shug’ullana boshladilar.  

Buyuk  CHex  pedagogi  Ya.O.Komenskiydan  (1592-1670)  boshlab,  Jon  Lokk  (1632-

1404),  Russo  (1712-1778),  Didro  (1713-1784),  Pestalotstsi  (1746-1827)  K.D.Ushinskiy 

kabi pedagoglar maktabda tasviriy san’atni o’qitish bo’yicha o’zlarini dastlabki qarashlarini 

berdilar.  Ular  rasm  o’quv  predmetini  maktab  umumta’lim  fanlari  qatoriga  kiritib,  bolani 

garmonik  tarbiyasidagi  roliga  katta  baho  berdilar.  Pestalotsiyning  shogirdi  Petr  SHmit  I 

bo’lib,  «Rasm  mexanik  mashqdan  iborat»,  -  degan  nazariyaga  zarba  beradi.  U,  -  «Rasm 

o’quvchi  tafakkurini  va  tasavvurini  o’stiruvchi  asosiy  omil  yoki  u  aql  gimnastikasidir»,- 

degan  ilmiy  xulosani  beradi.

1

  Yana  u  rasmni  o’kitishda  ko’chirish  metodini  tanqid  qiladi. 



1835 yilda Parijda aka-uka Dyupyular (Aleksandr va Ferdenantlar) bepul rasm maktabini 

tashkil etdilar.  

1715 yildan Rossiyada rasm fanini Dengizchilar Akademiyasida, 1721 yildan Karpov 

maktabida,  1732  yildan  Kadetlar  harbiy  maktabida,  1764  yildan  Samolьniy  qizlar 

institutida  o’qitila  boshlandi.  1735  yili  rasmni  o’qitish  bo’yicha  birinchi  Preslerning 

metodik  qo’llanmasi,  1834  yil  Sapojnikovning  umumiy  ta’lim  maktablari  uchun  «Rasm 

kursi» o’quv qo’llanmalari nashr etiladi.  

1825  yilda  Moskvalik  boyar  S.Strogonov  tashabbusi  bilan  rasm  o’qituvchisi 

tayyorlaydigan bilim yurti ochildi.  

1870  yili  Rus  Badiiy  Akademiyasi  qoshida  rasm  o’qituvchisi  tayyorlaydigan  kurs 

tashkil etiladi.  

XX  asr  boshlarida  Peterburg,  Moskva,  Qozon,  Odessa,  Penzada  rasm  o’qituvchisi 

tayyorlaydigan  bilim  yurtlari  ochiladi.  Rus  Badiiy  Akademiyasi  qoshida  rasmni  o’qitish 

metodikasi  bo’yicha  maxsus  komissiya  ish  boshlaydi.  Bu  komisiya  sostavida  N.Ge, 

I.Kramskoy, P.CHistyakov kabi yetuk rassomlar ish olib   boradilar.   Sovetlar  davrida  1921  

yildan    I-rasm    o’quv    predmeti  sifatida  o’rta  umumta’lim  maktablari  o’quv  rejasiga 

kiritiladi.  O’rta  maktablar uchun  1921  yildan  dasturlar  yaratila  boshlaydi.  1936  yillardan 

dasturlar  yangilanib  kelindi.  Maktabda  rasm  fanining  o’qitilishi  bo’yicha  Kardovskiy, 

Yuoon,  Rojkova,  Pomicheva,  Rostovtsev,  SHoroxov,  Kuzin  kabi  rassom-pedagoglar 

shug’ullanib keldilar. 

XX asr boshlaridan AQSH, Italiya, Germaniyada ham o’rta umumta’lim maktablarida 

rasm  fanini  o’qitilishi  yo’lga  qo’yiladi.  Ular  uchun  o’quv-metodik  qo’llanmalar,  darsliklar, 

dasturlar  yaratildi  va  ularni  takomillashtirib  kelindi.  50-60  yillarda  jahonning  juda  ko’p 

mamlakatlarda  rasmni  o’qitilishi  bo’yicha  ko’plab  amaliy  ishlar  qilindi.  Tasviriy  san’atni 

o’qitilishi bo’yicha 1955 yilda Lunda (SHvetsiya), 1958 yilda Bazella (SHvetsiya) 1960 yilda 

Maniles  (Pilipin),  1966  yilda  (CHexoslovakiya),  1972  yilda  Germaniyada,  1982  yilda 

CHexoslovakiya kabi mamlakatlarda xalqaro simpoziumlar o’tkazilib kelindi. 

XX asrning ikkinchi yarmida o’qitish metodikasiga doir qator ilmiy-tadqiqot ishlari 

olib  borildi.  Natijada,  rasm  chizish  bo’yicha  1963-70  yillarda        I-VI  sinflar  uchun  sinov 

darsliklari tayyorlanib, nashr etildi. 

Bu darsliklar V.V.Kolokolьnikov (1 va 2-sinflar), S.A.Fyodorov, M.N.Semyonova (3 va 

4-sinflar),  Ye.E.Rojkova,  Ye.L.Xersonskaya  (5-sinf),  L.L.Makaed  (6-sinf)lar  muallifligida 

tayyorlandi. 

                                           

1


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə