Texmnika xavfsiligi bilan tanishuv



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə1/9
tarix06.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#116667
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
xisobot



Texmnika xavfsiligi bilan tanishuv

1. Ushbu qoidalar aholi punktlarida joylashgan gaz ta’minoti tizimida, sanoat korxonalarining, qishloq xo‘jaligi korxonalarining va kommunal-maishiy soha tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) gaz quvurlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablarini belgilaydi.


2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
avariya — inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalarning buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalarning chiqishi;
blokirovkalovchi qurilma — tashqi ta’sir natijasida xavfsizlik talablari buzilgan holatlarda yoki texnologik rejim buzilgan vaqtlarda gazni yoki texnologik qurilmani ishga tushirish imkonini bermaydigan uskuna;
gazdan xavfli ishlar — gazlangan muhitda yoki gaz chiqish ehtimoli mavjud gaz quvurlarida, sig‘imlarda va agregatlarda bajariladigan va buning oqibatida insonlar zaharlanishi, gaz alangalanishi va portlash sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlar;
gaz — yoqilg‘i sifatida foydalanish uchun konlardan qazib olinadigan tabiiy gaz, neft gazi, gaz va neftni qayta ishlovchi sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan gazlar;
gaz quvurlari — muhiti gaz bo‘lgan quvur o‘tkazgichlar;
gazni tartibga solish punkti (GTP) va gazni tartibga solish qurilmasi (GTQ) — gaz taqsimlash tarmoqlaridagi gaz bosimini pasaytirish va uni belgilangan darajada saqlab turish uchun mo‘ljallangan texnologik qurilma;
gaz xizmati — tashkilotlarda gazdan xavfsiz foydalanishni ta’minlash uchun gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlari egalari tomonidan tashkil etilgan tarkibiy bo‘linma;
gaz xo‘jaligi — tashkilot hududidagi gazlashtirilgan yordamchi ishlab chiqarish va ma’muriy-maishiy binolarning gaz jihozlari, gaz quvurlari, suyultirilgan uglevodorod gazi qurilmalari, gaz quvurlaridagi inshootlar, elektr kimyoviy yemirilishdan himoyalash vositalari, GTP va GTQlar;

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin