Texnikada órgatishdaki metodika xususiyatlari docx



Yüklə 410,35 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix15.04.2023
ölçüsü410,35 Kb.
#125312
ATOYEV MADAMINJON Texnikada órgatishdaki metodika xususiyatlari



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TURON ZARMED UNIVERSITETI
SIRTQI TA’LIM
“SPORT FAOLIYATI” FAKULTETI
4-3 SFFS-22 GURUHI TALABASI
ATOYEV MADAMINJONNING
“Tanlangan sport turi nazaryasi va
uslubyot Va Futbol”
FANIDAN TAYYORLAGAN
Tayyorladi:
Tekshirdi:
BUXORO – 2023


алоқа
ии
2
3
Тактик
масала
ни
фикран
ҳал
этиш
Тактик масалани
ҳаракатлар орқали ҳал
этиш
6
Ҳаракат акцептори
5
Х о т и р а
Taktik vaziyatini fikran tasavvur etib hal qilish
fazasi
Sportchi musobaqalashish fazasi vaziyatini idrok etish va baholash (taxlil
qilish) dasturini belgilab oladi.
Sport musobaqari nihoyatda tez o’tishini hisobga olib (M: kurash, boks
yoki sport o’yinlari) (yakkama-yakka olishuvlar), bir qarorga kelish uchun
vaqtning qisqaligi bunday qarorni zudlik bilan qabul qilishni taqozo etadi.
Bunday qaror ko’rinishi ko’p darajada eng yaxshi ko’rinish bo’lishi va u ro’y
beradigan vazifalarni, shuningdek sportchi imkoniyatlarini hisobga olishi kerak.
Bunda har kimning o’z kuchiga to’g’ri baho berish mahorati (o’zining texnik,
jismoniy irodaviy tayyorgarlik darajasini bilishi) katta ahamiyatga egadir. U
yoki bu muayyan vaziyat tez va optimal bir qarorga kelish uchun yaxshi negiz
yaratadi.
Taktik vazifani harakatlar orqali hal etish
Taktik vazifa harakatlar orqali hal qilingan taqdirdagina, ya’ni uning
uchinchi fazasi boshlangandan keyingina amalda qanday taktik harakatlar qilish
kerakligi ayon bo’ladi. Harakatlar natijasida taktik harakatlarning uch fazasining
hammasida erishilgan samaradorlik to’planib, jamlangan bo’ladi.
Taktik harakatlar fazalarining o’zaro bir-biriga ko’rsa-tadigan ta’siri.
тескари 4
4
Натижа
1
3
Sportchi musobaqalashish vaziyatini idrok etish va tahlil qilish (1) orqali
taktik vazifani belgilab oladi. Bu vazifani u dastlab fikran (2), keyin esa
harakatlar (3) orqali hal qilishi kerak. Bunda xotira (6) asosiy rol o’ynaydi.
Мусобақала
шиш
фаолиятини
идрок этиш
ва тахлил
қилиш


1. Sportning siklik bo’lmagan turlari. Muallif V.S.Keller (1986)
A − raqibsiz mashg’ulot uslubi – texnik – taktik xarakat asoslarini egallash,
ularni ongli ravishda tahlil qilishga o’rgatish uchun qo’llaniladi.
Vositalar – asosiy holatlar va qoidalar, harakatlar, taqlidli (imitatsiyali)
mashqlar. Masalan boks, soya bilan jang.
B – shartli raqib bilan kurashib tayyorgarlik qilish uslubi – unda quyidagi
yordamchi snaryadlar va moslamalardan foydalaniladi: nishonlar, manekenlar,
trenajer qurilmalari, dasturli qurilmasi bo’lgan raqib modeli va boshqa shunga
o’xshashlar.
Vositalar – yakka tartibda mashq qilinadigan, shuningdek, seriyali
mashqlarni o’z ichiga olgan musobaqalashuv mashqlari.
Masalan, otishni imitatsiya (taqlid) qilish nishonga qarab nayza otishni
mashq qilish, rapira bilan mashq qilish, maneken bilan kurash tushish va boshqa
shunga o’xshashlar.
V – sherik bilan mashq qilish uslubi – bu taktik harakatlarni egallash uchun
asosiy uslubdir. Bunda sherik sportchiga faol yordam ko’rsatadigan kishi
bo’ladi.
Vositalar – taktikani takomillashtirishga qaratilgan juft-juft bo’lib va guruh-
guruh bo’lib bajariladigan mashqlar.
Misol – futbol, voleybol, qo’l to’pi va boshqalar.
G – raqib bilan kurashib mashq qilish uslubi – taktik harakatlarni detallarga
ajratib chiniqtirish, taktik jihatdan takomillashtirish, sportchi individual
xususiyatlaridan keng foydalanish, raqib tomonidan vujudga keltiriladigan turli
xil vaziyatlarda taktik harakatlardan foydalanish imkoniyatini ishga solish uchun
qo’llaniladi.
Vositalar – musobaqalashish mashqlari.
Masalan, ikki tomon qatnashadigan o’yinlar.
Sportning siklik turlari. P.Matveyev (1977) yil.
A – distansiyada sharoitni yengillashtiruvchi imkoniyatlar yaratish –
musobaqada oldindan borib ilg’orlik qilish, harakat tezligi to’g’risida
muvofiqlashtiruvchi axborotlar berish.
B – sharoitni qiyinlashtiradigan to’siqlarni vujudga keltirish, masofani
qiyinchiliklardan o’tib zabt etish, oson bo’lmagan sharoitlarda (yomg’ir, shamol,
jazirama issiq va boshqa shunga o’xshashlar) bajarish.
V – taktik sxemaga rioya qilish, makon-vaqt va dinamik jihatdan
mashqning bir-biridan jiddiy ravishda farq qiladigan ko’rinishlari bo’lgan
paytlarda yoki, ko’pincha, kutilmagan taktik o’zgarib qolgan (tikka qarab
harakat qilish, tog’dan pastga qarab tushish, tezlikning o’zgarishi va boshqa
shunga o’xshash) sharoitlarda ham taktik sxemani saqlashga harakat qilish.


Vaqtning yoki makon, axborotning tanqisligi, yetishmas-ligi. Haqiqiy
niyatni niqoblash (yashirish) harakatlarning boshlanish payti noaniqligi va
boshqalar.
Bunday qiyinchiliklar raqib tomonidan vujudga keltiriladi. Bularning bari
vujudga kelgan vaziyatni to’g’ri baholashga, biror optimal to’g’ri qarorga
kelishga halaqit beradi, asab – mushak apparati faoliyatiga talabni oshiradi.
b) siklik (chidamlilik uchun mo’ljallangan) sport turlari difensiyadan
masofani bosib o’tish, ish vaqtida o’z quvvatini ta’minlab turish nuqtai
nazaridan olganda bunday siklik sport turlari hammadan ko’ra maqsadga
muvofiq deb hisoblanadi. Suzish, o’rta va uzoq masoflarga yugurish ham ana
shunday samarali sport turlari hisoblanadi. Bunday mashqlarda eng muhim – bu
masofani bosib o’tish grafigiga rioya etish, ayniqsa rekord ko’rsatkichlarga
erishishdir.
v) velosport (bu yerda sportchining bir qancha maxoratlarini ko’rib o’tish
lozim), bunday maxoratlar majmuaviy tarzda u amalga oshiradigan texnik
harakatlar samaradorligini belgilab beradi.
− erkin manevr qilish va o’zi uchun qulay bo’lgan o’rinni egallab olish
maxorati.
− syur-plyas deb ataladigan xolatni samarali bajara olish, raqib harakatlarini
nazorat qilib turish.
g) Raqib hujumiga qarshi tezlik bilan javob harakatlarini bajarish, marra
chizig’iga yetganda tashlanish harakatini samarali bajarish (800 m va undan
ortiq masofaga yugurish, trekda, katta – shosseda gurux bulib velosiped poygasi
o’tkazish).
Musobaqani bunday tarzda o’tkazishda, aerodinamika nuqtai nazaridan,
ayniqsa trassa va boshqa shunga o’xshashlar nuqtai nazardan eng qulay bo’lgan
joyni tanlab olishga intilish sportchilarda doimiy ravishda taktik muvozanatni
saqlashni va tabiiyki, tezlikni o’zgartirib turishni taqozo etadi.
Katta yo’l, shosseda ketayotgan velosipedchi uchun, masalan, maromdagi
tezlik bilan trassani tekis bosib o’tish, tepaliklarga kelganda ish quvvatini
oshirish, qiyaliklarda kuchni tejash bir-biridan jiddiy farq qilishi guruh bo’lib
shosseda, katta yo’lda poyga o’tkazish vaqtida taktik kurashning naqadar
murakkabligini ta’kidlaydi.
Jahonning eng kuchli suzuvchilari, M: 200 m masofani batterflay usuli
bilan suzib o’tishda distansion uchastkadagi tezlikni keskin pasaytirib beradilar
va shunga yarasha distansiya o’rtasidagi ish quvvati ham kamayadi. Bunda ular
go’yo distansiyani xayolan ikki uchastkaga bo’lib ularning har biri uchun to’la
kuch sarflagan xolda, ikki uchastka orasida go’yo dam olgandek harakat
qiladilar.
Sportchilarning jismoniy tayyorgarligidagi o’ziga xos xarakterlar ratsional
taktik musobaqalashuv faoliyatini tanlash vaqtida hal qiluvchi ahamiyat kasb


Maxsus texnik tayyorgarlik – bu musobaqalashish mashqlari vaqtida
sportchiga muvaffaqiyatlarni ta’minlab beradigan ko’nikma va malakalarni
shakllantirish hamda takomillashtirib berishdan iboratdir.
Umumiy texnik tayyorgarlik − bu texnik ko’nikmalarni shakllantirish omili
hisoblangan ko’nikma va malakalar fondining jamlanib borishidir. Harakatlarni
egallashda dastlab uni bajara olish ko’nikmasi paydo bo’ladi. Sungra amallarni
takomillashtirib borishga qarab, harakat ko’nikmasi asta-sekin malakaga
aylanadi.
SHundan keyin sportchida turli xil sharoitlarda amalga oshiriladigan
harakat amallari chog’ida hosil qilingan malakalardan foydalanish mahorati – 2-
chi bor egallangan mahorat deb ataladigan xususiyat ishlab chiqiladi.
Ikkinchi bor egallangan mahorat sportchining mahorat darajasini ko’rsatdi,
chunki bu xususiyat sportchiga u yoki bu malakani turli shakllarda qo’llash,
taktik qarorga kelish chegaralarini kengaytirib borish imkoniyatini beradi.
Harakat amallarini shakllantirish strukturasi
Malaka − bu mashqlarni avtomatlashtirilgan tarzda bemalol bajara
olishidir.
Ko’nikma − bu harakatni ongli ravishda, ya’ni ongni chuqur nazorati
asosida bajarilishidir.
Bilimlar – bu bajariladigan mashqlar jarayonida amalga oshiriladigan
harakatlar to’g’risida fikriy tasavvur hosil qilishdir.
Bilimlar – bu harakatni amalda bajarish to’g’risida axborot (ko’rsatib
berish, hikoya qilish) asosida shakllantiriladi, hamda bundan oldingi faoliyat
jarayonida to’plab borilgan mavjud harakat negizida vujudga keltiriladi.
Ko’nikma – harakat amallarini bajarish ko’nikmasi olingan bilimlar va
boshqa bir qator harakatlar, intilishlar (berilgan harakat vazifasini ongli ravishda
ijro etib, ruyobga chiqarish) asosida shakllantiradi.
Malaka – harakat amallarini ko’p marta takrorlash natijasida hosil qilinadi.
Bu harakatni optimal ko’rinishiga muvofiq ravishda harakat strukturasini
o’zini ham takomillashtirilishida uni optik nazoratsiz avtomatlashtirilgan
tartibda bajarilishiga olib keladi. Harakatlarni ishonchli bajarish − bu malaka
uchun xos bo’lgan xususiyatdir. Harakat amallarining bundan keyinggi
takomillashuvi uning sport musobaqalarining turli ko’rinishlarida va vazifalarida
ko’llanishi, yuqorida ham ta’kidlab o’tilganidek, undan samarali foydalanish
chegaralarini kengaytiradi. Xarakat amallarini bu yul bilan egallab olingan
darajasi harakat malakasi shakllanishining ikkinchi bosqichini ifoda etadi va u
ikkinchi bor egallangan ko’nikma deb ataladi. Texnik tayyorgarlik jarayonining
tuzilmasi tamoyili jihatlaridan olinganda harakat amallarini o’rganish
jarayonidan farq qilmaydi.


ko’rsatish.
SHug’ullanuvchilarda harakat to’g’risida umumiy tasavvur hosil qilib
bo’linganidan keyin harakat amallari texnikasini bevosita o’rganishga
kirishiladi. Eng avvalo o’rganish chog’ida mashqni qismlarga bo’lib o’rganish
yoki umumiy tarzda o’rganish uslubi yetakchi bo’lishi aniqlab olinadi.
Mashqlarni qismlarga bo’lib o’rganish:
− agar harakat amallari ko’p fazoga ega bo’lib, ular bir-biriga bog’lanib
ketgan bo’lsa, mashq qismlarga bo’lib o’rganiladi.
Masalan, shitga tayanib sakrash, sport snaryadida bajariladigan gimnastika,
(murakkab) mashqlari, disk uloqtirish va boshqalar.
Mashqni yaxlit holda o’rganish:
− agarda harakat amallari unchalik murakkab bo’lmasa va o’quvchilar
harakat qilmasdan uni mustaqil ravishda bajara olsalar, bunday mashqlar 1
butun, yaxlit holda bajariladi. Ko’p hollarda mashqni qismlarga bo’lib o’rganish
usuli yetakchi uslub hisoblanadi. Bu amaliy mashg’ulotlarda tez-tez uchrab
turadi.
O’qitishning mazkur bosqichida qo’llaniladigan uslublar
I − Ko’rsatib ta’sir o’tkazish uslubi - bu harakatlarni tabiiy shaklda hamda
moslashtirilgan usulda ko’rsatib berish yetakchilik qiladigan uslubdir. CHunki
dastlabki uqitish bosqichida harakatli amallarni detallarga bo’lib o’rganish
zaruriyati bo’lmaydi. SHuning uchun ham aftidan o’quv jarayonida dasturlar,
jadvallar, sxemalar va boshqa ko’rgazmali qurollardan foydalanishga ehtiyoj
bo’lmaydi.
II. Qo’shimcha pedagogik ta’sir ko’rsatish uslubi
Ko’rinib turadigan mo’ljallar − bu fazoda bajariladigan harakatlarni egallab
olish uchun (masalan, snaryadni uloqtirish harakati, gimnastkada (ko’tarishida
oyoq yo’nalishini va boshqa yo’nalishlar belgilab ko’rsatib qo’yiladigan)
mo’ljallardir. Barcha hollarda ham sportchi o’z ko’zi bilan ko’rib mo’ljal olish
imkoniyatiga ega bo’lishi uchun harakat yo’nalishini ko’rsatib turadigan
oriyentrlar o’rnatib qo’yiladi.
Tovush signallari. Harakatning vaqt jihatdan belgilangan paytini egallab
olish uchun (chapak chalib, tovush signali berib) shunday tovushlar qo’llaniladi
yoki mashq bajarayotgan vaqtda eng ko’p kuch-g’ayrat talab qilinadigan paytni
aytib turish uchun (masalan, yugurib kelib sakrash, burilish, qo’zg’alish va
boshqa shunga o’xshash harakatlarni bajarish zarur bo’lgan paytini aytib turish)
uchun tovush signali qo’llaniladi.
Ko’rgazmali harakat usullari. Bu usullar harakat texnikasining to’g’ri


majburiyatlarini belgilab beruvchi ifodalar va qoidalar yig’indisi.
Iroda – bu o’z oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan
ichki kuch g’ayratni ishga solish hamda maqsadga yetkazadigan faoliyati turini
bajara olish qobiliyatidir.
Tarbiya tamoyilining yo’nalishiga muvofiq, bilim maktablarimizdagi uzoq
negiziga yuksak darajada ahloqiylikka asoslangan talablar ruhidagi yetuklikni va
xulq-atvorini shakllantirishni tashkil etadi. SHu asosda sport faoliyatini
faollashtirish muammosi ham, sport etik (axloq tarbiyasi ham, sport xarakterini
tarbiyalash va boshqa shu singari) tarbiyaviy muammolar ham xal etiladi.
«Sport etikasi» - odamlarning sport faoliyati sohasidagi o’zaro
munosabatlarini muvofiqlashtirib turadigan odob-ahloq shakllari yig’indisini ana
shunday yaratish rusum bo’lgan.
Sport etikasining normalari osonlik bilan idrok etiladi, chunki ular
umuman olganda har bir kishining sport sohasidagi ham insonga munosib
talablarni o’zida aks ettiradi (masalan: musobaqalarning belgilangan shartlariga
rioya kilish, o’z raqibidan ustun kelish uchun man etilgan usullarni qo’llamaslik,
qo’polikka yo’l qo’ymaslik va shunga o’xshash odob qoidalari talab qilinadi).
Sport murabbiylari va sportchilari jamiyat hamda jamoalar tomonidan ular
zimmasiga yuklatilgan vazifalar bilan mahkam bog’liqdir. Masalan, maktab,
shahar, respublikaning sport sharafini himoya qilish.
Musobaqalar qaydnomasida, tanlangan sport turining qoidalariga qat’iyan
rioya qilish belgilangan.
Belgilangan me’yorlardan chekinishning sabablari ularni bilmaslikda, nima
ahloqiy va nima axloqsizlik ekanligini tushunib yetmaslikda bo’lmay, balki
ahloqiy odob-qoidalariga rioya etish kerakligi to’g’risidagi e’tiqodning mavjud
ekanligidandir. YAkkama-yakka sport olishuvlari jarayonida iroda sifatlarini
rivojlantirish darajasi katta ahamiyat kasb etadi. Bir xil taktik faoliyat
yo’nalishida jismoniy va texnik jihatdan keng tayyorgarlik ko’rgan sportchilar
ichida kimning irodaviy tayyorgarligi yuqori bo’lsa, odatda o’sha g’olib chiqadi,
ya’ni kurashda kimning to’g’ri qarorlar qabul qilish va ularni muvaffaqiyat bilan
amalga oshirish salohiyati bo’lsa, o’sha sportchi yutadi. Ko’pincha sportchi
shunday vaziyatlarga tushib qoladiki, bunday vaqtlarda undan bir muayyan odob
yo’lini tanlab olish talab qilinadi.
Masalan, - qattiq charchagan sharoitda kurashni davom ettirish yoki uni o’z
jamoasidagi o’rtog’iga berish.
- To’pni tepish yoki uni o’z jamoasidagi o’rtog’iga uzatish.
- O’z raqibini qiyin ahvolda qoldirib ketish yoki unga yordam ko’rsatish
(velosportda) jarohatlanish va boshqa shunga o’xshashlar.
- Hakamning xatosini, bu xatto sening qoidangda bo’lmagan taqdirda ham,
tuzatish.
Tabiiyki, bunday qarorlarni qabul qilish uchun sportchiga irodaviy kuch-
g’ayrat zarur bo’ladi. Ayniqsa, qarorlar sport sharoitida qabul qilinadigan bo’lsa,


Ma’naviy irodaviy talablarni tarbiyalash uslublari:
- ishontirish;
-majbur etish;
- qiyinchiliklarni asta-sekin oshirib borish;
-musobaqalashish.
Ruhiy imkoniyatlar tuzilmasi va ularni takomillashtirib borish.
Ruhiy tayyorgarlik tuzilmasi quyidagi tarkibdan iborat bo’ladi:
- reaksiya xususiyatlarini takomillashtirish, to’g’ri bashorat qilishga
o’rgatish, kuzatish va diqqatni o’rgatish.
- muskul faoliyatini ruhiy jihatdan muvofiqlashtirib borishni
takomillashtirish;
- start oldidagi holatni boshqara bilish;
- sport sohasida takomillashishga bo’lgan barqaror qiziqishni shakllantirib
borish.

Yüklə 410,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin