Tijorat yozishmalari



Yüklə 389,86 Kb.
tarix31.01.2023
ölçüsü389,86 Kb.
#122802
10.TIJORAT YOZISHMALARI

TIJORAT YOZISHMALARI


Reja:

  1. Diplomatik hujjatlar turlari

  2. Xizmat xatlari

  3. Tijorat xatlari

Bunday yozishmalar tashkilotlarning bitim (shartnoma)lar tuzish va ularni bajarish bilan bog`liq bo’lgan tashqi iqtisodiy rasmiy faoliyatining turli tomonlarini ifodalab, o`z yo`nalishi, o`zining huquqiy va iqtisodiy ahamiyatiga ega.
Xalqaro aloqalarda qabul qilingan tijorat xatlarining hozirgi shakli, uning yozilish odobi bundan 150 yil muqaddam Angliyada yuzaga kelgan. Uzbekistan mustaqillikka erishgach, tashqi iqtisodiy aloqalar yo’lga qo’yilishi bilan, uz- uzidan xalkdro ish yuritishda udum bo’lgan hujjatlar, jumladan, tijorat yozishmalari ham yo’lga kuyildi.
Xizmat xatlarining asosiy turlari — iltimos xat, minnatdorchilik xati, axborot xat, kafolat xati, ilova xat, inkor xati, taklif xat kabilar tijorat sohasida ham keng qo’llanadi. Tijorat yozishmalarida shartmomasimon hujjatlar - so`rovnoma, oferta (taklif xat), buyurtma xat, akqept (shartnomaga rozilik xati), shuningdek, bank hujjatlari — schyot, faktura ham o`ziga xos ko’rinishda keng ishlatiladi.
Tijorat xatlarining yozilish uslubi, ran ko’rilishi, suz birikmalari kuproq diplomatik xujjatlarga yaqin turadi. Ular mujmal, noaniq fikrdan xoli bo’lishi, izchil va tugal takliflarni yoritishi, eng muxdmi, iliq iltifotli, sami- miy ruvda bayon etilishi lozim.
Tijorat xati diplomatik xatlarga yaqin lisoniy qoliplarga, so’z birikmalariga ega. Chunonchi, xatning murojaat qismida quyidagi e’zoz-xurmat so’zlari ishlatiladi: «Janob...», «Mister...», «Muxtaram», «Xonim...», «Qadrli», «Aziz...» va boshhalar.
Xatning xulosa qismi xam iltifotli suz va iboralar bi­lan yakunlanadi: «Sizga chuqur hurmat bilan», «Kamoli ehtirom ila», «Eng ezgu tilaklar ila» va h.k.
Tijorat xatlarining asosiy matnida quyidagi birikmalar ko’p qo’llanadi: «....bayon etilgan»;«.... (sana) yozilgan xatingizni olib mamnun bo’ldik»; «Bizning taklifimiz haqida Siz nima deysiz»; «Siz bitim loyihasiga rozimisiz»; «.... bo’yicha Sizning iltimosingizni qo’llab-quvvatlaymiz»; «Ushbu maktub orqali Sizga minnatdorchilik izxhor etmoqchiman»; «Buyurtmangizni ko’rib chiqishga tayyormiz va Sizlar bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz»;«.... kabi masalalar bo’yicha Sizlar bilan o’zaro foydali iqisodiy aloqa o’rnatmoqchi edik»; «Bu bizning istakka ham muvofiq keladi»; «Sizlarning dastgohlaringizni olishdan manfaatdormiz, buyurtma berishni mo’ljallayapmiz» va h.k.
Tijorat-xatlari vazifasiga ko’ra asosan 2 turga bo’linadi: so’rov — so’rovga javob; oferta (taklif) — taklifga javob. Amaliyotda tijorat xatlarining da’vo (reklamaqiya) —da’voga javob shakli ham uchrab turadi.Tijoriy xatlarning aynan shu turlari tomonlar o’rtasidagi hujjat almashtirish jarayonini belgilaydi.
So’rov(xati) - tijorat xujjati bo’lib, xaridorning sotuvchiga, chetdan mol oluvchi (importchi)ning chetga mol chiqaruvchi (eksportchi)ga tovar (xizmat va boshkdlar) haqida muxtasar ma’lumot berishni so’rab yoki tovar etkazib berishini taklif etib murojaat qilishini o’zida aks ettiradi.
Qoidaga ko’ra, so’rovda tovar (xizmat)ning nomi, shuningdek mol oluvchining tovarni olish shartlari, ya’ni tovarning miqdori va sifati, andozasi, turi (markasi), bahosi, etkazib berish muddati va to’lov shartlari ko’rsatiladi. Surovning bu turi shartnoma hujjatlari guruhiga kiradi va undan bitimni tayyorlash va amalga oshirish jarayonida foydalaniladi.
Agar sotuvchi xaridorning talabini birdaniga qondirishi, ya’ni unga tovar etkazib berish imkoniyatiga ega bo’lsa, xaridorga taklif (oferta)yo’llaydi.
Oferta (taklif) sotuvchi yoki eksport qiluvchining ma’lum shartlari ko’rsatilgan bitim (oldi-sotdi) tuzishga roziligini ifodalovchi hujjatdir.
Ofertalar xaridorga, chetdam tovar oluvchiga uning suroviga javob sifatida junatiladi yoki sotuvchi tashabbusi bi­lan xaridorga taqdim qilinishi mumkin.
Ofertada, odatda, tavsiya qilinayotgan tovar nomi, mikdori va tovar sifati, baxrsi, etkazib berish muddati, to’lov shartlari, uram turi va tovar xususiyati bilan botik boshka shartlar ko’rsatiladi.

Ofertaga javob qaytarishda xaridor taklifning barcha shartlariga rozi bo’lsa, sotuvchining taklifini tasdiqlaydi va bitim tuzilgan hisoblanadi. Buyurtma berish yoki shartnoma tuzish taklifning qabul qilinishi hisoblanadi.
Agar xaridor taklif shartlariga rozi bo’lmasa yoki tak­lif etilayotgan tovarni sotib olishga qiziqmasa, uni qabul qilishdan bosh tortadi.
Xaridor taklifning biror sharti (masalan: mikdori, to­var sifati, narxi, etkazib berish muddati va boshkalar)ga rozi bo’lmasa, bu hakda sotuvchiga xabar beradi va bitimning barcha shartlari bo’yicha to’liq kelishib olguncha, ular urtasida yozishma (muzokara) davom etadi.

Yüklə 389,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin