Toshkent davlat pedagogika universiteti «pedagogik konfliktologiya»



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/39
tarix02.01.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#113661
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Toshkent davlat pedagogika universiteti «pedagogik konfliktologi
pedagogik konfliktologiya


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI  

 

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 

 

 

 

 

 



 

 

 



«PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYA» 

 FANI O’QUV QO’LLANMA 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

TOSHKENT  - 2010 

 



1 mavzu. 

Pedagogik konfliktologiyaning fan sifatida rivojlanishi 

Reja: 

1.  Pedagogik konfliktologiya fanining maqsad va vazifalari. 

2.  Pedagogik konfliktologiya fanining rivojlanish bosqichlari. 

3.  Pedagogik konfliktologiya fanining boshqa fanlar bilan integratsiyasi. 

Pedagogik jarayon o’ziga hos murakkab ijtimoiy tuzilma bo’lib, shahslararo 

aloqalarning  doimiy  jarayonidan  iboratdir.  Albatta,  bu  jarayonda  ikki  sub’ekt 

o’rtasidagi  munosabatlarni  ijobiy  shakl  doirasidan  chetga    chiqish  holatlari  ham 

kuzatiladi. 

Pedagogik  jarayonda  shahslararo  munosabatlarning  keskinlashuvi  natijasi 

sifatida konfliktlarning  юzaga kelishi kuzatiladi. 

 Konflikt  o’zi  nima?  Bu  fan  o’rganuvchi  ob’ektlar  nimalardan  iborat? 

Konfliktlarni  kelib  chiqishini,  sabab  va  oqibatlarini  o’rganuvchi  fan 

“Konfliktologiya”  bo’lib,  u  lotincha  “conflictus”  –  to’qnashuv  demakdir.  Fan 

nuqtai-nazaridan ilk marotaba konfliktni ilmiy o’rganish davlat hokimiyati, jamiyat 

a’zolari  hamda  alohida  ijtimoiy  guruhlar  orasidagi  ziddiyatlarni  o’rganishdan 

boshlangan.  Keyinchalik  ilmiy  qiziqishlarni  ortib  borishi  bilan  ijtimoiy,  siyosiy, 

milliy,  guruhlararo  va  shahslararo  konfliktlar  fan  ob’ektiga  aylana  boshladi. 

Konfliktologiya  XX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  fan  sifatida  shakllana 

boshlagandan  so’ng,  jamiyatda  konfliktning  tutgan  o’rni  o’rganish  jamiyat 

hayotida  juda  muhimligi  sababli,  etnik  va  guruhlararo  konfliktli  munosabatlarni 

o’rganish,  sistematik  asosda  ularni  tahlil  qilish  va  o’zaro  to’ғri  echimga  kelish 

zaruriy ehtiyojlardan biriga aylandi. 

Pedagogik  konfliktologiya  fanining  maqsadi  -  konfliktlar,  hususan 

pedagogik konfliktlarning    kelib  chiqish  sabalari,  ularni bartaraf  etish  yo’llari   va 

pedagogik  jarayondaga  konfliktlarning  oldini  olish  yo’llarini  o’rganish, 

tamoyillarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishdan ibort. 

Pedagogik konfliktologiya fani mustaqil fan sifatida o’rganilishiga qaramay 

uning  rivojlanishi  qator  pedagogik  turkum  fanlar,  hususan,  pedagogika,  ijtimoiy 

pedagogika,  pedagogika  tarihi,  qiyosiy  pedagogika,  shuningdek,  anatomiya  va 

fiziologiya,  psihologiya,  sotsiologiya,  falsafa,  tarih,  huquq  va  boshqa  ijtimoiy 

fanlar bilan yaqin aloqadorlikda o’rganiladi.   

 

 



 

 


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə