Toshkent moliya instituti



Yüklə 95,51 Kb.
səhifə1/2
tarix31.12.2021
ölçüsü95,51 Kb.
#113584
  1   2
SM-50 pul va banklar Qutlimuratov Akbar
SM-50 Sug`urta ishi fanidan taqdimot Qutlimuratov Akbar Sug`urta ishi fanidan taqdimot

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

SIRTQI BO’LIM

Menejment yo`nalishi

SM-50 guruh talabasi Qutlimuratov Akbarning Pul va banklar fanidan tayyorlagan

M U S T A Q I L I SH I

Bajardi: Qutlimuratov Akbar

Fan: Pul va banklar

Kurs: 3


Guruh: SM-50

Mavzu: AQSH dollari



Toshkent – 2021

Reja:

Bundan 243 yil oldin, 1778-yilning aprelida dunyo valyutasiga aylangan AQSH dollarini anglatuvchi $ belgisi oʻylab topilgan.

Uning kelib chiqishi boʻyicha oʻnlab taxminlar mavjud. Ular orasida kamroq ommalashgan, biroq eng haqiqatga yaqin boʻlgani asli irland millatiga mansub yangi orleanlik biznesmen Oliver Pollok tomonidan birinchi marta pesoni ifodalash uchun ishlatgan $ belgisi hisoblanadi. Oʻsha davrda ispan pul birligi hisoblangan pesoning koʻplik shakli qisqartmasi (ispancha pesos) «Ps» yoki «P» shaklida pul birligini ifodalashda qoʻllanib kelingan. Keyinroq katta «P» harfi ustiga kichik «s» harfi bostirib yozilgan. Oliver Pollok esa 1778-yil 1-aprel kuni kongressmen Robert Morrisga yozgan xatida bir miqdorni avval «Ps» belgisi bilan, keyin esa zamonaviy $ bilan yozdi. Bu birinchi marta ushbu belgi yozilgan xujjat sifatida tarixda qoldi. Keyinchalik rasmiy hujjatlarda Morris uni qoʻllay boshladi

Dollar (ing. dollar, nem. "Taler" soʻzidan) — 1) Amerika Qoʻshma Shtatlari pul birligi. 1786-yildan muomalaga (kumush D.) kiritilgan. 1 D. = 100 sent. Xalqaro ifodasi USD. AQSH D. xalqaro hisob-kitoblarda keng qoʻllaniladi. Muomalada 100, 50, 20, 10, 5 va 1 D.li qogʻoz pullar; 1 va 0,5, 0,25 0,1 D.li tangalar va 5, 2, 1 sentli tangalar ishlatiladi. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 694 soʻm 83 tiyin (2002-yil 5 fev.). 2) Avstraliya pul birligi. 1966-yil fevralda Avstraliya funti oʻrniga muomalaga kiritilgan. 1 D.= 100 sent. Xalqaro ifodasi AUD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH D.= 1,97 Avstraliya D.; 3) Kanada pul birligi. 1 D.= 100 sent. Xalqaro ifodasi KYD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH D. = 1,53 Kanada D. Shuningdek, Bagama, Barbados Orollari, Beliz, Bermuda Orollari, Bruney, Gayana, Zimbabve, Kayman Orollari, Liberiya, Namibiya, Singapur, Solomon Orollari, Trinidad va Tobago, Fiji, Yamayka, Yangi Zelandiya pul birliklari ham D. deb ataladi.


Yüklə 95,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə