Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va X d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani



Yüklə 84,51 Kb.
tarix23.10.2017
ölçüsü84,51 Kb.
#11879

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy malumotli hamshira fanlari kafedrasi

Ichki kasalliklar propedevtikasi fani

Tasdiqlayman ”

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

o’quv ishlari bo’yicha prorektor

professor O.R. Teshayev__________________

____”_________________2010 yil



Yagona metodik tizimga asosan tuzilgan amaliy mashg’ulot

uslubiy ishlanmasi III kurs talabalariga mo’ljallangan



15 Mavzu: O’pkalar auskultasiyasi: kasalliklardagi nafas shovqinlari (quruq va nam xirillash, krepitasiya va plevra titrashi shovqini)

T.T.A. M.U.X. tomonidan tavsiya etilgan

____”_____________2010 yil





2010-2011 o’quv yili

15 Mavzu: O’pkalar auskultasiyasi: kasalliklardagi nafas shovqinlari (quruq va nam xirillash, krepitasiya va plevra titrashi shovqini)

1. Mashg’ulot o’tkazish joyi: auditoriya,palatalar, pulmonologiya bo’limi.

2. Mashg’ulotning davomiyligi - 2 soat.

3. Maqsadi va vazifalari.

Qo’shimcha nafas tovushlarning xosil bo’lish mexanizmini kurib chiqish.

- Talabalarni auskultasiya qilishning umumiy konunlari va texnikasiga urgatish.

- Talabalarga o’pkalarni auskultasiya qilishda qadamma-qadam kursatish.

- Talabalarga qo’shimcha nafas tovushlarini eshitishni urgatish.

- Xirillash (quruq va nam), krepitasiya va plevra titrashidan xosil bo’ladigan tovushlarni ajratishni o’rgatish.

Topshiriqlar:

Amaliy mashg’ulotlardan so’ng talabalar bilishi kerak:

- Asosiy va qo’shimcha nafas tovushlarni ajratishni

- Xirillash (quruqva nam), krepitasiya va plevra titrashidan xosil bo’ladigan tovushlarni ajratishni

- Tartibli ravishda auskultasiya natijalarini baxolash va tashxis qo’yishni bilish

4. Motivasiya.

Nam xirillashlar o’pkadagi patologik xolatning xarakteriga karab jarangli (konsonirlangan) va jarangsiz (konsorinlanmagan) bo’lishi mumkin.



5. Fanlararo bogliqlik.

Vertikal integracia

Gorizontal integracia

Kuyidagi fanlar bilan intеgratsiya kilish:

Vеrtikal buyicha

Normal anatomiya

Normal fiziologiya

Gorizontal buyicha

Patologik fiziologiya

Bronx-upka sistеmasi kuyidagi organlardan tashkil topgan: traxеya, bronx va upka. VII buyin umurtkalari chеgarasida xikildok traxеyaga utadi. Upka juft organ bulib, kukrak kafasida joylashgan. Kеsik konus shakliga ega. Ung upka chav upkaga nisbatan kеngrok, lеkin biroz kaltarok. Upkaga upka va bronx artеriyalari, asosiy bronx va nеrv kirish joyi, upka va bronxlar vеnalari va limfa tomirlari chikish joyi, upka darvozasi dеyiladi. Upka darvozasini xosil kiluvchi barcha xosilalar upka ildizini tashkil etadi. Upka kuyidagi bulaklardan tashkil topgan: ung - uchta , chap - ikkita. Xar bir asosiy bronx upka darvozasidan kirgandan sung bulak vеnalariga bulinadi. Ung bronx uchta bulak bronxiga, chap upka ikkita bulak bronxiga bulinadi. Bulak bronxlari sеgmеnt bronxlariga bulinadi, xar bir sеgmеnt bronxi dixotomik bulinadi. Bu sistеma bronxial daraxtni tashkil etadi. Bronxiolalarni kеyingi bulinishi alvеolyar daraxtni tashkil etadi. Alvеolyar yullar alvеolyar kopchalar bilan tugaydi. Shunday kilib upka parеnximasi xavo utkazuvchi shoxlanuvchi trubkalar va shoxlanuvchi kon tomirlar, limfa tomirlari va nеrvlardan tashkil topgan.

Normal fiziologiya.

Nafas dеganda tukimalarga kislorod olib borish, mеtabolizm protsеssida uni ishlatish va organizmdan uglеrod oksidini olib chikuvchi kiyin biologik protsеss tushuniladi. Nafas protsеssida uchta asosiy etaplarni ajratish mumkin. Tashki nafas; Kon еrdamida gazlar transporti

ichki (tukima nafas). Tashki nafas bu organizm va uni urab turuvchi atmosfеra xavosi

urtasida gazlar almashinuvidir. Tashki nafasda ikkita etap ajratiladi: a)alvеolyar va atmosfеra xavosi urtasida gaz almashinuvi; b)alvеolyar xavo va upka kapillyarlari urtasida gaz almashinuvi.

Gaz transporti kon еrdamida amalga oshiriladi. Gazlarni tashki muxitdan tukimalargacha va tukimalardan tashki muxitgacha xarakati partsial bosim xisobiga amalga oshiriladi.Kislorod ikki xil kurinishda transport kilinadi:gеmoglobin bilan kimеviy boglanishda (oksigеmoglobin) va oddiy fizik erish xolida. Uglеrod oksidi gеmoglobin bilan birikkan xolda transport kilinadi (karbgеmoglobin). Ichki nafas tukimalarni kislorod ishlatib uglеrod oksidi chikarishidan iborat. Nafas olish aktiv amalga oshiriladi. Nafas olish kеtidan nafas chikarish amalga oshiriladi. U passiv bulib kuyidagi faktorlar xisobiga amalga oshadi: kukrak kafasini ogirligi, upka elastikligi, kovurga togaylari elastikligi va korin bushligi organlari bosimi xisobiga.

.

Patologik fiziologiya.



Tashki nafasni gaz almashinuvi asosini uchta bir biriga uzviy boglik bulgan protsеsslar tashkil etadi:

-vеntilyatsiya- alvеolalarda xavoni ritmik almashishi, shuning xisobiga alvеolyar xavo bir xilligi ushlanadi;

-pеrfuziya- alvеolyar kapillyarlarda tuxtamas kon aylanishi,

-diffuziya -kislorod va uglеrod oksidini alvеolyar-kapillyar mеmbranaorkali utishi.

Upkani gaz transport funktsiyasini tipik buzilishlariga kuyidagilar

kiradi:


- alvеolyar vеntilyatsiya buzilishi (gipo- va gipеrvеntilyatsiya);

- upka pеrfuziyasi buzilishi;

- vеntilyatsionn-pеrfuzion munosabatlarni buzilishi;

- diffuz protsеsslar buzilishi;

- aralash formadagi buzilishlar.

6. Darsning mazmuni.

6.1 Nazariy qism

Tasnifi:


Qo’shimcha nafas tovushlariga xirillash, krepitasiya va plevra titrashidan xosil bo’ladigan tovushlar kiradi.

1. xirillashlar

2. quruq xirillashlar

3. baland (diskantli yoki xushtakli) xirillashlar

4. past (basli yoki vizillovchi) xirillishlar

5. nam xirillashlar

6. mayda pufakchali xirillishlar

7. yirik pufakchali xirillishlar

8. o’rtacha pufakchali xirillishlar

9. jarangli (konsonirlangan) xirillashlar

10. jarangsiz (konsonirlanmagan) xirillashlar

11. krepitasiya.

12. plevra titrashidan xosil bo’ladigan tovush

Nam va quruqxirillashlarning xosil bo’lish mexanizmlari

xirillashlar qo’shimcha nafas tovushlari bo’lib, odatda traxeya, bronxlar yoki O’pka bo’shliqlarida paydo bo’lgan patologik jaraenlar tufayli kelib chiqadi.

xirillashlarning nam va quruqturlarini farqlashadi. quruqxirillashlar turli xil kelib chiqishga ega bo’lishi mumkin. Ularning kelib chiqishida asosiy sabab bronx bo’shligining torayishi xisoblanadi. Umumiy

(bronxial astma paytida), tekis tarkalmagan (bronxitlar paytida) yoki uchokli (tuberkulyozda) turlari bor. U bronxial astma qo’zg’algan paytda bronx sillik muskullarining spazmi tufayli kelib chiqishi mumkin.

Bronx shillik pardasining yalliglangan paytda shishishi bronx bo’shligida shillikning yigilib kolishiga sabab bo’lishi mumkin.

Bronxoektatik kasalliklar, pnevmoskleroz, fibroz uchokli tuberkulyoz paytida bronx devorlari va o’pka to’qimasida xosil bo’ladigan fibroz biriktiruvchi to’qima ularning arxitektonikasining o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Quruq xirillashning paydo bo’lishi nafas olib va nafas chiqarganda balg’amning yirik va O’rta bronxlarga kuchishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Nixoyat, balg’amning ip shaklida yipishqoqligi tufayli kelib chiqishi mumkin. Bunday iplar ba'zan bronxning karama-karshi devorlariga epishib kolishi mumkin va havoning xarakati bilan tortiladi hamda tor kabi titrashni xosil kiladi. quruqxirillashlar nafas olish paytida ham, nafas chiqargan paytda ham eshitilishi mumkin. Balandligi, tembrning kattalligiga karab ular turli xil bo’ladi va bu bronxlardagi yalliglanish jarayonining kanchalik tarkalganligi va bo’shligining kanchalik berkilganligiga bog’liq. Tovushning ba'zi bir umumiy xususiyatlarining (balandligi va tembrning qattiqligi)yigindisiga karab quruqxirillashlar baland (diskant yoki xushtakli) va past (basli yoki vizillovchi) turlarga bulinadi. Mayda bronxlarning keskin torayishi tufayli baland, diskant xirillashlar kelib chiqadi.

O’rta va yirik bronxlar torayganda yoki ularning bo’shligida balg’am yigilganda asosan past, basli yoki vizillovchi xirillashlar eshitiladi.Quruqxirillashlarning tarkalganligi va balandligi bronxial daraxt zararlanishining darajasi, zararlangan O’rta va yirik bronxlarning joylashishiga bog’liq. Bronxning tarkalgan yalliglanishi yoki bronxial astma paytida kuzatiladigan bronxospazm baland va past xirillashlarning paydo bo’lishi bilan kechadi. Bronxial astma paytida bunday xirillashlar nafas olganda uzoqrok masofadan ham eshitiladi. Agar quruqxirillashlar bronx bo’shligida balg’amning tuplanishi tufayli kelib chikkan bulsa, chukur nafas olganda yoki yo’tal ganda balg’amning bronxlar bo’shligida kuchishi kuchayishi yoki kamayishi yoki umuman yo’qolishi mumkin.

Nam xirillashlar bronx bo’shligida suyuk sekretning yigilishi va bu sekret orkali havo utganda xosil bo’ladigan turli diametrdagi pufakchalarning xosil bo’lishi tufayli kelib chiqadi. Bunday pufakchalar bronx bo’shligining suyuklik yuk qismiga utib, yerilishi tufayli karsillagan tovush chiqaradi. Bunday tovushlar pufakchali yoki nam xirillashlar deyiladi. Havo nafas yullari buylab dastlab alveolalar tomon, so’ngra tashkariga xarakat kilgani uchun pufakchalar ham nafas olganda, ham nafas chiqarganda paydo bo’lishi mumkin.

Shuning uchun xirillashlar ikkala fazada ham eshitiladi. Nafas olganda bronxlar orkali utaetgan havoning tezligi yuqorirok bo’lgani uchun nafas olganda nam xirillashlar yuqorirok eshitiladi. Bronxning yirikligiga karab mayda, O’rta va yirik pufakchali xirillashlar farqlanadi. Mayda pufakchali xirillashlar mayda bronxlarda xosil bo’ladi.

Ular qisqa, baland va sekin, kupgina tovushlar singari eshitiladi.

Bunday tovushlar krepitasiyaga uxshaydi. Shuning uchun bunday mayda pufakchali xirillashlarni subkrepitisiyali xirillashlar ham deyiladi.

O’rtacha pufakchali xirillashlar o’rtacha bronxlarda paydo bo’ladi. Traxeyada bo’lganda ular shunchalik baland bo’ladiki, xatto uzoq masofadan ham eshitilishi mumkin.

Krepitasiya alveolalar devorida suyuk sekret bo’lganda va alveolalarning yepishib kolishi tufayli kelib chiqishi mumkin. Bunday xolatlar O’pka to’qimasi yalliglangan bemorlarda uchrashi mumkin.

Krepitasiyaning kelib chiqishi O’pka to’qimasining elastiklik xususiyatining pasayishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin.

Yalliglanish paytida krepitasiya uzoqrok vaqt eshitiladi va alveolalar bo’shligida kup mikdorda suyuklik yigilganda yo’qoladi.

Krepitasiyaning asosiy xususiyatlari kuyidagilar:

1. krepitasiya fakat chukur nafas olganda xosil bo’ladi

2. tovushlarning doimiyligi: krepitasiya yo’tal gandan keyin o’zgarmaydi

Plevra pardasi titrashi tovushining xosil bo’lish mexanizmi Plevraning ichki va tashki varaklari normal xolatlarda sillik yuzaga ega bo’lib, doimo namlanib turadi va shuning uchun shovkinsiz ishlaydi.

Turli xil patologik omillar plevra pardasining titrashi tovushining xosil bo’lishini ta'minlaydi. Bunday misollardan biri yuzaning gadir-budir bo’lib kolishi, yalliglanish paytida fibrinning chukishidir.

Shuningdek kup kon yo’qotganda ham paydo bo’lishi mumkin. U kuchi, balandligi, davomiyligi va paydo bo’lish joyiga karab xar xil bo’lishi mumkin. quruqplevritda tovush yumshok, sokin bo’ladi, kuchli kelganda qor xirsillashining ovoziga uxshaydi. Nam plevritda tovush kupol bo’ladi.

Plevradagi yalliglanish uchogining yurakka yepishgan xolda joylashishi natijasida plevrokardial tovush kelib chiqishi mumkin.

Plevra pardasi titrashining tovushi mayda pufakchali xirilllashlardan va krepitasiyadan kuyidagilar bilan farq kiladi:

1. yo’tal dan keyin xirillashlar plevra pardasining titrashidan chiqadigan tovushdan farqli ravishda uzining xarakterini o’zgartiradi yoki vaqtinchalik yo’qoladi

2. stetoskop bilan Ko’krak qafasiga qattiqrok bosganda plevra pardasining titrashidan chiqadigan tovush kuchayadi,xirillash esa o’zgarmaydi

3. Krepitasiya fakat nafas olganda eshitiladi

4. bemor qornini ichiga tortganda plevra pardasining titrashidan chiqadigan tovushni quloq bilan eshitib bo’ladi, xirillash va krepitasiya eshitilmaydi

6. 2. Analitik qism:

Amaliy mashg’ulotni olib borish paytida avval talabaning oldingi mavzu bo’yicha bilimini tekshiriladi. Bu oddiy savol-javob yoki interaktiv usullarda olib boriladi.

Savollarni avval bitta soxaga oidlarini berish kerak. Masalan:

- Odamning qulog’i qanday tovushlarni farqlay olishi mumkin?

- O’ng va chap o’pkada nechta bo’laklar bor?

- O’pkaning funksional birligi nima?

- Qanday asosiy tovushlarni bilasiz?

- Nafas tovushlarining paydo bo’lish mexanizmi Qanday ?

Asosiy bilimlar bazasi yetishmaganda qisqa shaklda asosiy joylarni tushuntirish kerak. Bu uchun osonrok savollar berish kerak.

Masalan:


- Ko’krak qafasining Qanday muljallarini bilasiz?

- Vezikulyar nafasga ta'rif bering.

- Vezikulyar nafas qayerda paydo bo’ladi?

Shu paytda kuchlirok va kuchsizroq talabalarni ajratib olish kerak. Bunda kuchli+kuchsiz talaba va kuchli+kuchsiz talabaga karshi

kurashadi. Bunday metodda konvertga savollar joylashtiriladi. Talaba savolni

tortadi va 1 minut ichida javob yezishi kerak bo’ladi. Savollarga misollar:

- Vezikulyar va bronxial nafas orasidagi farqlarni ayting.

- Vezikulyar nafas kanon susayad?

- Qattiq nafas kanon rivojlanadi?

Keyin hamma eng tugri javobni topadi. Amaliy Mashg’ulotning 1-qismiga ketadigan vaqt taxminan 25 minut.

Mashg’ulotning 2-qismida muammolarni analitik yechish utkaziladi. Bu maksadda talabalarga testlar beriladi hamda nafas tovushlari yezilgan kassetani eshitib kurish taklif etiladi. Masala va testlarni echgandan so’ng talabalarga qilingan ishlarni taxlil qilish va vezikulyar va bronxial nafaslarni farqlash urgatiladi.

6.2.Analitik qism. Mashg’ulotning ikkinchi yarmida mavzuning analitik yoritilishini o’tkazish kerak.Bu maqsadda situatsion masalalar va testlar ishlatilidi

Testlar:
1. quruq xirillashlar paydo bo’lishining asosiy sharoitlaridan biri:

a. plevra bo’shligida suyuklikning bo’lishi

b. alveola devorlarining yepishib kolishi

c. bronx bo’shliqlarida suyuk sekretning tuplanib kolishi

d. bronxlarning torayib kolishi

e. plevra bo’shligida havoning bo’lishi
2. Mayda bronxlarning keskin torayishida kuyidagilar dan Qaysi biri eshitiladi?

a. basli xirillashlar

b. nam xirillashlar

c. bronxovezikulyar nafas

d. bronxial nafas

e. xushtakli quruqxirillashlar


3. Zich O’pka to’qimasi bilan uralgan bronxlarda sekretning bo’lishi tufayli nima eshitiladi?

a . nam jarangli xirillashlar

b. vizillovchi xirillashlar

c. nam jarangsiz xirillashlar

d. tomaetgan tomchi tovushi

e. krepitasiya.


4. Qaysi qo’shimcha nafas tovushlar nafas olishda eshitiladi?

a. quruqxirillashlar

b. plevra pardasining titrash tovushi

c. krepitasiya.

d. nam xirillashlar

s. tomaetgan tomchi tovushi


5. Atrofdagi to’qimalar jalb qilinmagan xolla rivojlangan bronxitlarda kuyidagilardan kay biri eshitiladi?

a. krepitasiya

b. quruqxirillashlar

c. plevra pardasining titrash tovushi

d. jarangli nam xirillashlar

e. jarangsiz nam xirillashlar


6. Qor qirsillashini eslatadigan ovoz qachon paydo bo’ladi?

a. krupoz pnevmoniya

b. gidrotoraks

c. pnevmotoraks

d. quruq plevritda

e. bronxopnevmoniyada


7. Qor qirsillashini eslatadigan tovush - bu:

a. krepitasiya.

b. quruqxirillash

c. jarangsiz nam xirillashlar

d. jarangli nam xirillashlar

e. plevra pardasining titrash tovushi


8. Ko’krak qafasidagi shovullash tovushi tuberkulez paytida paydo bo’ladi.

a. kavernoz tuberkulezda

b. gidrotoraksda

c. gidropnevmotoraksda

d. plevritda

e. krupoz pnevmoniyada


9. Qo’shimcha nafas tovushlarga kiradi:

a. xirillashlar

b. sakkodlangan nafas.

c. krepitasiya.

d. amforik nafas

e. plevra pardasining titrashi tovushi


10. Krepitasiya eshitiladi:

a. krupoz pnevmoniyaning 1 va 3 boskichlarida

b. infiltratli tuberkul yezda

c. krupoz pnevmoniyaning 2 va 3 boskichlarida

d. disseminirlangan tuberkulezda

e. O’pkalar infarqtida


MASALA №1.

Vezikulyar nafas sekinlashgan bemorda mayda pufakchali nam xirillashga uxshash qo’shimcha tovush eshitiladi. Yo’tal paytida tovush o’zgarmaydi. Bu qanday tovush?

a. nam xirillash

b. plevra pardasining titrash tovushi

c. krepitasiya

d. quruqxirillash

e. plevroperikardial tovush
MASALA №2.

Bemorda yo’tal paytida yo’qolmaydigan va stetoskop bilan bosganda kuchayadigan qo’shimcha tovush eshitilyapti. Bu qanday tovush?

a. nam xirillash

b. plevra pardasining titrash tovushi

c. krepitasiya

d. quruqxirillash

e. plevroperikardial tovush
MASALA №3.

Bemorda bronxovezikulyar nafas fonida krepitasiyani eslatuvchi kushimchi nafas eshitilyapti. Tovush yo’tal paytida yo’qoladi. Bu

Qanday tovush?

a. nam xirillash

b. plevra pardasining titrash tovushi

c. krepitasiya

d. quruq xirillash

e. plevroperikardial tovush


MASALA №4.

Bemorda qattiq nafas fonida qor qirsillashiga uxshagan qo’shimcha nafas eshitiladi. Tovush nafas olishning ikkala fazasida ham eshitiladi va sistola hamda diastola paytida ham. Bu Qanday tovush?

a. nam xirillash

b. plevra pardasining titrash tovushi

c. krepitasiya

d. quruqxirillash

e. plevroperikardial tovush
6.3 Amaliy qism.

Amaliy malakalarni egallashga qaratilgan.

Talabalarga bemorlarda nafas tovushlarini eshitib kurish taklif qilinadi, bir-birida bronxofoniya kilib ko’radi, bemorlarda xirillash, krepitasiya va plevra pardasi titrashi tovushi eshitib kuriladi. Bu qismda revmatologiya bulimidagi ukituvchi boshchiligida talabalar bemorlarni kurasiya kiladi. Kurik paytida talabalarning diqqati bemor shikoyatlari, kurik natijalari, O’pka palpasiyalariga qaratiladi,

keyin O’pkani auskultasiya qilishga kirishiladi.

Bemorlarni fizik kurish talabalarning bilimlarini mustaxkamlash uchun amalga oshiriladi. Bemor kurigi haqidagi barcha ma'lumotlar amaliyot daftariga yeziladi.

Keyin guruxda bemor haqida munozara olib boriladi: talabaning muomala kobiliyatlari baxolanadi, uning xarakatlarining tartibli va tug’riligi, bemorga tegishli ma'lumotlarni taxlil qilishning analitik kobiliyatlari muxokama qilinadi.

Amaliy Mashg’ulot natijalarini chiqaraetganda fakatgina ogzaki javobning tulikligiga emas, balki ma'ruza va amaliyot daftarlarning borligi va talabaning bemor kurigida kanchalik faol katnashganligiga ham e'tibor beriladi.

O’rtacha vaqt sarfi taxminan 10 minut.

Amaliy Mashg’ulotlardagi asboblar:

- fonendoskoplar, plakatlar, nafas tovushlari yezilgan kasseta.

- O’pka kasalliklari bilan chalingan bemorlarni namoyish qilish.

7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.

Interaktiv usul:

8. Joriy nazoratni baxolash mezoni



O’zlashtirish (%)va ballarda

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

86-100

A’lo «5»




2.

71-85

Yaxshi «4»




3.

55-70

Qoniqarli «3»




4.

0- 54

Qoniqarsiz «2»






9. Mashg’ulotning xronologik xaritasi




Mashgulot bosqichlari

Mashgulot ko’rinishi

Davomiyligi

1.

O’qituvchining kirish so’zi




5 min

2.

Mavzuning o’rgatilishi

slaydlar va o’yinlar bilan. Talabalar bilimini baxolash



Surov va tushuntirish

25 min

3.

Mavzu yakuni




5 min

4.

O’qituvchi amaliy mashgulotlarni ko’rsatib, usullarini urgatishi. Bu usullarni talabalar o’zlarida,keyin esa bemorlarda o’rganishadi.

Talabalar,valantyorlar, kasallik tarixi, analizlar, UTT, rentgen sur’at

25 min

5.

Amaliy va nazariy ko’nikmalarni o’zlashtirshni baxolash va guruxning baxosini e’lon qilish.

Ogzaki surov,

testlar, vaziyatli

masalalar,

diskussiya.



20 min

6.







10 min

10. Tekshiruv savollari.

1. Auskultasiya nima?

2. Auskultasiya qilish sharoitlari va texnikasi.

3. O’pkalar anatomiyasi.

4. Normal nafas shakllari.

5. O’pkalarni auskultasiya qilishning konunlari.

6. Vezikulyar nafasni eshitishning joylari.

7. Normada bronxial nafasni eshitish joylari.

8. Bronxofoniya usulini kullashning ahamiyati.

9. Vezikulyar va bronxial nafaslarning farqlari.

10. Bronxial nafasning xillari.

11. Vezikulyar nafasning xillari.

12. O’pkalar patologiyasida asosiy nafasning o’zgarishi.

13. O’pkalar auskultasiyasining texnikasi va konunlari.

14. Vezikulyar va bronxial nafaslarning farqlari .

15. Amforik nafasning paydo bo’lish mexanizmi.

16. Sakkodirlangan nafas nima?

17. Qo’shimcha nafas tovushlariga nimalar kiradi?

18. quruqva nam xirillashlar Qanday paydo bo’ladi?

19. Nam jarangli va jarangsiz xirillashlarning paydo bo’lish

mexanizmlari.

20. Krepitasiya nafasning Qaysi fazasida paydo bo’ladi?

21. Plevra pardasi titrashi tovushining krepitasiya va

xirillashlardan farqi?

22. Bronxofoniya nima?

11.Foydalanilgan adabiyotlar:

Asosiy:

1. "Ichki kasalliklar propedevtikasi" Kasimov E.Y., 1996 yil

2.”Ichki kasalliklar propidevtikasi” kitobi.Vasilyenko V.X va Grebeneva A.L..,nashri ostida 1989-y.

3. Ichki kasalliklar propidevtika amaliyot mashg’ulotlari uchun qo’llanma.Dovgyallo.O.G. va b.sh.,1986-y.

4. Shelagurov A.A “Ichki kasalliklar propidevtikasi”.

5. ShishkinA.N “Ichki kasalliklar.O’rganish.Simiotika.Diagnostika”.2000-y.,Sankt-Peterburg.

6. Strutinskiy A.V.,Baranov A.P., “Ichki organlar kasalliklari semiotika asoslari.Atlas”.1997-y.,Moskva.

7.M.V Muxin, V.A.Moiseyev. ”Ichki kasalliklar propidevtikasi”. 2000-2005-y.



Qo’shimcha:

1."Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po propedevtike vnutrennix bolezney" O.G.Dovgyallo, Minsk, 1989.




Yüklə 84,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin