Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti Boshlang`ich



Yüklə 14,54 Kb.
tarix27.10.2022
ölçüsü14,54 Kb.
#118706
Документ Microsoft Office Word (4)


Toshkent viloyati Chirchiq Davlat
Pedagogika Instituti Boshlang`ich
ta`lim fakulteti 20-2 guruh talabasi
Farangiz Abduqahhorovaning
kuzatuv amaliyoti davomida qilgan ishlar

HISOBOTI
Men Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti Boshlang`ich ta`lim fakulteti 20-2 guruh talabasi Farangiz Abduqahhorova 07.02.2022 yildan 14.05.2022 yilgacha bo`lgan vaqt mobaynida kuzatuv amaliyotimni Chirchiq shahridagi 10-IDUM da o`tadim.


Amaliyot raxbarim Saodat Toshtemirova boshchiligida kuzatuv amaliyotimni olib bordim. O`zim ta`lim olgan maktab dargohim sevimli ustozim Azimova Zilola G`ayratovna sinf rahbarligida 3-“B” sinfga biriktirildim. O`qituvchim boshlang`ich ta`limda menga dars berganliklari uchun ularning psixologik xususiyatlarini bilish qiyin bo`lmadi. O`qituvchilar ish yuritadigan kundalik.com sayti bilan tanishib chiqdim, taqvim rejani o`rgandim, mavzular darslikka mos kelishini solishtirib ko`rdim. Dars jarayoniga kirdim, darsni tashkil qiluvchi qismlarini, yangi mavzu bayoniga qanday yondashish kerakligini , dars mavzusini mustaxkamlashga qanaqa metodlardan foydalansa qulay bo`lishini, dam olish daqiqasini bolalar bilan o`tkazish usullari va turlarini ko`rib kuzatib o`rgandim. Darsdan so`ng o`quvchilar bilimini nazorat qilish uchun aylanma daftarlari va nazorat ishi daftarlarini ko`rib chiqdim. O`quvchilar har birining individual kamchliklarini sinchiklab kuzatib , amaliyotim davomida qo`shimcha to`garaklarda ishladim. O`quvchilarga sinfdan tashqari o`qishlari uchun qiziqishidan kelib chiqib o`zim bilan olib kelgan pirls kitobchalarini va hikoyalar kitoblarini berib, kitobga mehr uyg`otishga harakat qildim. Tanaffus vaqtlarida kitobdagi hikoyaning olamiga kirib ketgan o`quvchilarni kuzatdim va buning foydasini sezdim. Amaliyotim davomida o`quvchilar bilan bilimlar baxsini o`tkazdik, ustozim bilan binar darslar tashkil qildik, gullar bayrami kunini tashkillashtirdik, faol o`quvchilarni kitoblar bilar taqdirlab bordik, tabiatshunoslik darslaridan videofilmlar bilan darslar o`tdim.
Rus tili fani o`qituvchisi Saida Artikbayeva va ingliz tili fani o`qituvchisi Djalilova Nilufar, 1-sinf o`qituvchisi Furqat Abdaminov, 2-sinf o`qituvchisi Tursunoy Mirzaraximova , 4-sinf o`qituvchisi Fazilat Xudoyqulovalar darslarini kuzatib bordim, yangi chiqqan darsliklar bilan tanishdim, o`quvchilarni bilim darajasini o`rgandim, yangi o`rgangan metodikalarimni qo`llab ko`rdim.

Toshkent viloyati Chirchiq Davlat


Pedagogika Instituti Boshlang`ich
ta`lim fakulteti 20-2 guruh talabasi
Farangiz Abduqahhorovaga
TAVSIFNOMA
Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti Boshlang`ich ta`lim fakulteti 20-2 guruh talabasi Farangiz Abduqahhorova 07.02.2022 yildan 14.05.2022 yilgacha bo`lgan vaqt mobaynida kuzatuv amaliyotini Chirchiq shahridagi 10-IDUM da o`tadi. Amaliyot davrida o`zining tirishqoqligi, intiluvchanligi, mehnatsevarligi bilan o`quvchilar mehrini qozonishga intildi. U o`ziga berilgan topshiriqlarni sidqidildan bajarishga harakat qildi. O`quvchilar bilan til topisha oldi, psixologiyasini o`rgandi.
Amaliyot davrida amaliyotchi bir nechta ustozlar darsini kuzatdi, jumladan ona tili, o`qish, matematika, tabiatshunoslik fanlarini va bolalarni tilga qiziqishlarini bilish uchun rus tili va ingliz tili fanlarini kuzatdi, bolalar psixologiyasini bilish uchun jismoniy tarbiya fanini ham o`rgandi, metodikalarini o`rgandi, ochiq darslarda qatnashdi, dars tahlillari qildi.
Rus tili fani o`qituvchisi Saida Artikbayeva va ingliz tili fani o`qituvchisi Djalilova Nilufar, 1-sinf o`qituvchisi Furqat Abdaminov, 2-sinf o`qituvchisi Tursunoy Mirzaraximova , 4-sinf o`qituvchisi Fazilat Xudoyqulovalar darslarini kuzatib bordi.
Farangiz Abduqahhorova izlanuvchanligi, yangiliklar yaratishga harakat qilishi bilan birga, ma`naviy-tarbiyaviy bilimlarga qiziquvchanligi bilan jamoa , o`quvchilar oldida o`z o`rniga ega . Kelajakda o`z kasbini mutaxassisi bo`lib yetishishiga ishonaman.
Sinf rahbari Z.G`. Azimova
Maktab direktori Sh. Ergashev
Yüklə 14,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin