Toshkent−2015 Tuzuv ch i-muallifla r: Umida Masharipova, Mashrabxon Umarova, Dilnoza Baynazarova, Manzura Nabiyeva Taqrizchila r


Tarqatmali materiallar bilan ishlash



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə10/17
tarix14.07.2018
ölçüsü1,52 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17

Tarqatmali materiallar bilan ishlash.


№ 1

Oʻqing. Quyidagi soʻzlarning talaffuzi va yozilishidagi farqni ayting.

Bahramand, past-baland, gʻisht, Samarqand, qand.

№2

Oʻqing. Topishmoqning javobini toping va javob soʻzidagi qaysi tovush talaffuzi va yozilishida farqlanishini ayting.

Yozda kiyinadi,

Qishda yechinadi.

(…)

Yesam, tishimga kiradi,

Yemasam, tushumga kiradi.

(…)

№ 3

Quyidagi savollarga javob bering.

1. Nimalar qilsangiz ota-onangiz xursand boʻladilar?

2. Siz doim rost gapirasizmi?

3. Xursand, rost soʻzlarining aytilishi va yozilishida qanday farq bor?

№ 4

Oʻqing. Koʻchiring.Talaffuzda tushib qoladigan undoshli soʻzlarning tagiga chizing

Siz uzoq yili oʻtqazgan koʻchat ulkan daraxtga aylanibdi. Biz uni koʻrib juda xursand boʻldik.

.

№ 5

Koʻchiring. Talaffuzda tushib qoladigan undoshli soʻzlarning tagiga chizing.

Qizaloqlar havasda,

Kim balandda, kim pastda.

Berkinib, moʻralashgan

Qoʻgʻirchogʻim oʻynasin.

Tolib Yoʻldosh

№6

Oʻqing.

Shahar chetida balandlik bor. U yerdan butun shahar kaftdek koʻrinadi. Ikki doʻst oʻsha yerda uchrashadi.

Koʻchiring. Talaffuzda tushib qoladigan undoshli soʻzlarning tagiga chizing.

№ 7
Oʻqing. Talaffuzda tushib qoladigan undoshli soʻzni ayting.

Ey, farzand, ota-onaning koʻnglini ranjitma, ularning qalbini azoblama.

(Qobusnomadan)

Koʻchiring. Nima uchun shunday deyilgan? Oʻylab koʻring.


№ 8

Soʻzlarning oxiriga d, t harflarini mosini qoʻyib koʻchiring.

Ros., kaf., toʻr, payvan., farzan., Toshken., doʻs.



V. Darsga yakun yasash va baholash.

Darsda faol ishtirok etgan oʻquvchilar baholanib dars yakunlanadi.

VI.Uyga vazifa berish. 111-mashq.
Soʻz ichida ketma-ket keladigan

bir xil undoshlar

Mavzuni oʻrganish jarayonida oʻquvchilarga yozuvda koʻp qoʻllanadigan soʻz ichida ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli soʻzlar haqida tushuncha berish, bunday soʻzlarni boʻgʻin koʻchirish uchun toʻgʻri boʻlish koʻnikmasi shakllantiriladi.

Mavzuni aytilishi yozilishiga mos keladigan tilla, izzat, pilla kabi soʻzlar misolida tushuntiriladi: ikki ta ketma-ket kelgan bir xil undosh harflar bilan yozilgan soʻz boʻgʻinga boʻlinganda, ikki undosh harfni ikkiga boʻlib – biri oldingi boʻgʻinda, ikkinchisi keyingi boʻgʻinda oʻqilishi ta’kidlanadi. Mavzuni oʻrganishda o‘quvchilarni bunday soʻzlarni toʻgʻri oʻqishga, yozishga, boʻgʻin koʻchirish uchun toʻgʻri boʻlishga oʻrgatiladi.
50 - DARS

Dars mavzusi: Soʻz ichida ketma-ket keladigan bir xil undoshlar ( 116−117-mashqlar).

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: soʻz ichida ketma-ket kelgan bir xil undoshlar boʻgʻin koʻchirish qoidasi va soʻzlarning imlosini yodda saqlash; ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli soʻzlarni o‘qish va yozish koʻnikmasini shakllantirish.

Tarbiyaviy: o‘zidan kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilishni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi:chiroyli yozuv malakasini rivojlantirish.

Dars turi: yangi bilim, koʻnikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, ta’limiy oʻyin, “Sinkveyn” metodi.

Dars jihozi: darslik, ragʻbatlantirish uchun kartochkalar, ketma-ket kelgan soʻzlarga oid boshqotirma,, mavzuga mos rasmlar, multimediali ilovalar.

Darsning borishi:

      1. Tashkiliy qism.

      2. Uy vazifasini tekshirish.

115-mashq parta oralab koʻrib chiqiladi. Maqollarning mazmuni soʻraladi. Oʻquvchilar diqqati tarqatma kartochkalar asosida maqol tuzishga qaratiladi.

Aralash soʻzlardan maqol hosil qilinadi.


jonni



ilitar

issiq

So`zi


kiyim



ilitar

tanni




Maqolda qaysi soʻzda ketma-ket kelgan undosh harflar borligi aniqlanadi.

Soʻzi issiq jonni ilitar,

Kiyim tanni ilitar.

III. Yangi mavzu bayoni.

Soʻz ichida ketma-ket kelgan bir xil undoshlarni kuzatiladi.

1-usul. Doskaga yozilgan yoki jadval tarqatma tarzida tayyorlangan soʻzlar koʻrsatilib, topshiriq beriladi.

Soʻzlarni oʻqing va soʻz ichidagi bir xil harflarni topib, uch ustun shaklida yozing.

Muqaddas, Abdulla, Muhayyo, Fayzulla, Muqaddam, Sayyora, Abbos, Muzaffar, Nuriddin, Muazzam, Muattar Mukarram, Muhabbat, Qahhor, Qimmatxon, Izzat, Farrux, Jabbor, Sattor.

2-usul. Oʻqituvchi oʻquvchilarga ikkita bir xil undosh harf ketma - ket yoziladigan ismlar aytishni topshiradi. Oʻquvchilar doskaga 4 — 5 ta ism yozadilar.

  • Shu ismlarni yozishda nimani bildingiz? (Soʻz ichida ikkita bir xil undosh harf ketma-ket yoziladi.) Oʻqituvchi shunday soʻzlardan 45 tasini aytib turib yozdiradi. Soʻzlarlar boʻgʻinlab oʻqib tekshiriladi, ketma-ket kelgan bir xil undoshli soʻzlarni talaffuzi kuzatiladi va darslikdagi qoida bilan ishlanadi.

Soʻzlarni aytib turib yozdiriladi va yozganlarini darslikka qarab tekshirtiriladi. (Bunda yozilganlarni tekshirish yoʻli, albatta, yodga tushiriladi.)

Ba’zi soʻzlar ichida ikkita bir xil undosh harf ketma-ket keladi: tabassum, izzat, chaqqon

скругленный прямоугольник 8



IV. Mavzuni mustahkamlash.

Darslik bilan ishlash.

116-mashq. Soʻzlar oʻqitiladi. Ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli soʻzlar aniqlanadi.

Izzat, labbay, pilla, katta, hissa, chaqqon, pashsha, quvvat, sodda, kakku, qimmat, oppoq, arra, tanaffus, achchiq.

So‘zlar koʻchirilib, yozilganlar tekshiriladi.

Tilla” soʻziga sinkveyn tuz.

1.(Nima? )Tilla.

2.(Qanday?) Qimmatbaho, sariq.

3.(Qima qiladi?) Sotib olinadi, sovgʻa qilinadi, taqiladi.

4.Tilla taqinchoq qimmatbaho sovgʻa buyumi hisoblanadi.

5.Oltin.

1-topshiriq.

Daraxtda asalari uyasida 116-mashqdagi soʻzlarning harflari yoziladi. Boʻsh kataklarga oʻquvchi ketma-ket kelgan bir xil undosh harflarning mosini qoʻyishadi.

Asalari uyasini ta’mirlashga yordam bering. Uyadagi soʻzlarni oʻqing. Boʻsh kataklarga ketma-ket kelgan undoshlarning mosini joylang.Ba’zi soʻzlarda ikkita bir xil undosh ketma-ket keladi.

Kataklardagi soʻzlar: i..at, la..ay, pi..a, ka..a, hi..a, cha..on, pa..a, qu..at, so..a, ka..u, qi..at, o..oq, a..a, tana..us, a..iq.

Qoʻyish uchun harflar: zz, bb, ll, tt, ss, qq, shsh, vv, dd, kk, mm, pp, rr, ff, chch.

Berilgan soʻzlar: izzat, labbay, pilla, katta, hissa, chaqqon, pashsha, quvvat, sodda, kakku, qimmat, oppoq, arra, tanaffus, achchiq.

Lugʻat ishi:

izzat – oʻzganing hurmat-e’tibor tuygʻusi, shunday tuygʻuli munosabat

hissa – boʻlak, qism; foydaning bir qismi

quvvat harakat-faoliyatiga olib keluvchi qobiliyat, kuch

117-mashq sharti asosida bajariladi.

    1. Har yili tutamiz pilla:

Pilla emas, asl tilla.

    1. Avval oʻyla, keyin soʻyla.

Boshqotirma.

Quyidagi ketma-ket kelgan undosh harfli boshqotirmani topsangiz, boshi va oxiri bir xil harfli oʻyinchoq turini topgan boʻlasiz.





K

a

k

k

u










r

a

s

s

o

m



















o

p

p

o

q










q

a

t

t

i

q













n

o

v

v

o

t













k

a

t

t

a




1. Oʻrmon qushi ku-kulab sayraydi.

2. Rasm chizadigan inson.

3. Qorning rangi.

4. Yumshoq soʻziga qarama-qarshi ma’noli soʻz.

5. Shirinlik turi.

6. Kichik soʻziga qarama-qarshi ma’noli soʻz.


Magnit doskada toʻrt xil rangdagi tasma boʻlaklari aralash holda, tasma ichida 117-mashqdagi maqollarning soʻzlari beriladi. Oʻquvchilar tasmalarni rangi va soʻzlarining ma’nosiga koʻra tutashtirib, maqollarni hosil qilishlari kerak. Agar soʻzlar ketma-ketligi toʻgʻri joylansa tasma qirqimlari birlashadi, aksi boʻlsa “Oʻylab koʻring” soʻzi eshitiladi va tasma oʻz joyida qoladi. Namuna:

блок-схема: документ 23блок-схема: документ 22блок-схема: документ 21


  1. Har yil tutamiz pilla: pilla emas, asl tilla.

  2. Avval oʻyla, keyin soʻyla.

  3. Yetti oʻlchab, bir kes.

  4. Kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda boʻl.


Oʻquvchilar, tasmalardagi soʻzlardan maqollarni hosil qiling. Topshiriqlar notoʻgʻri bajarilsa “oʻylab koʻring” soʻzi eshitiladi.

118-mashq “Lugʻat diktant” tarzida bajariladi.

Abbos, Zunnun, Mannop, Musallam, Mukarram, Muyassar, Munavvar, Muqaddam, Muhayyo, Muhammad.

Oʻquvchilar yozganlari darslik asosida tekshiradilar.

V. Darsga yakun yasash va baholash.

Darsda faol ishtirok etgan oʻquvchilar baholanib, dars yakunlanadi.

VI.Uyga vazifa berish. 119-mashq.
Shaxs va narsa nomini bildirgan soʻzlar

2-sinfda otning leksik ma’nolari va grammatik belgilari ustida maxsus ishlanadi (kim? yoki nima? soʻrogʻiga javob boʻlishi, shaxs, narsani bildirishi tushuntiriladi). Oʻquvchilar kim? soʻrogʻiga javob boʻladigan soʻzlarni nima? soʻrogʻiga javob boʻladigan otlardan farqlashga oʻrganadilar. Bu bosqichda ular soʻzlarni soʻroq berish bilan farqlashni oʻrganadilar, oʻquvchilarda mavhum grammatik tafakkur oʻsadi, ularda atoqli otlarni bosh harf bilan yozish koʻnikmasi shakllana boradi. “Ot” tushunchasi atamasiz beriladi.

II sinfda otlarning leksik ma’nosi, atoqli va turdosh otlar (atamasiz) haqidagi bilim chuqurlashtiriladi.

“Ot” tushunchasini shakllantirish uchun shu soʻz turkumiga kiradigan otlarni asosiy leksik guruhlarga ajratish, barcha otlarga xos boʻlgan belgilarni, ularning nutqimizdagi oʻrnini koʻrsatish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda mavzuni oʻrganishga bagʻishlangan birinchi darslardayoq shaxs va narsani bildiradigan soʻzlar bir tizimga solinadi, kishilarni, buyum, oʻsimliklar va hayvonlarni, tabiat hodisalarini, voqealarni bildiradigan soʻzlar guruhlarga ajratiladi. Shu soʻzlarning hammasi uchun umumiy boʻlgan belgilar aniqlanadi: bu soʻzlar shaxs, narsalarni bildirib kim? yoki nima? soʻrogʻiga javob boʻladi.

Dasturga oʻquvchilarni sifat va boshqa soʻz turkumlaridan yasalgan mavhum ma’nodagi (yaxshilik, goʻzallik, ishonch, sevinch, oʻkinch, qoʻrqinch, tayanch kabi) otlar bilan tanishtirish talab etilmaydi. Ammo matnda uchrasa va oʻquvchilar qiziqib soʻrasalar, otning bolalar oʻrgangan belgilari asosida (nima? soʻrogʻiga javob boʻlishi, shaxs yoki narsa nomini bildirishi) tushuntiriladi. Otlarning nutqda katta ahamiyatga ega ekanini koʻrsatish uchun oʻqituvchi oʻqish kitobidan matn tanlab, oʻquvchilarga matndagi otlarni topishni, soʻngra matnni shu soʻzlarsiz oʻqishni topshiradi. Oʻquvchilar matndagi otlarni tushirib qoldirib oʻqiganda, matn mazmunini tushunib boʻlmasligini anglaydilar.
58 - DARS

Dars mavzusi: Shaxs va narsa nomini bildirgan soʻzlar (136–140-mashqlar).

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: shaxs va narsani uning nomi boʻlgan soʻzdan farqlash koʻnikmasini shakllantirish; soʻzlarga kim?, nima?soʻroqlarini bera olish; narsa va shaxs nomi boʻlgan soʻz oʻrtasidagi bogʻlanishni aniqlash koʻnikmasini shakllantirish.

Tarbiyaviy: oʻquvchilarda oilaga boʻlgan mehr-muhabbat, ota-onaga hurmatda va izzatda bo‘lish ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: ogʻzaki va yozma nitqni rivojlantirish; mustaqil fikrlashga oʻrgatish.

Dars turi: yangi bilim, koʻnikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, koʻrgazmalilik, analiz-sintez, ta’limiy oʻyin.

Dars jihozi: darslik, ragʻbatlantirish uchun kartochkalar, ketma-ket kelgan soʻzlarga oid boshqotirma,, plakat mavzuga mos rasmlar, multimediali ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

II. Uy vazifasini tekshirish.

Oʻqituvchi uy vazifasi 135 - mashqning bajarilishini “Doʻstim menga pand bermadimi?“ ta’limiy oʻyini orqali tekshiradi. Oʻquvchilar bir-birlarining daftarlarini almashtiradilar. Oʻqituvchi mashq shartiga koʻra savolni oʻqiydi, sinfdagi bir oʻquvchi javobini aytadi.

  • Qaysi qush bahor elchisi?( Qaldirgʻoch – bahor elshisi.)

  • Qaysi hasharot eng kam umr koʻradi? (Kapalak eng kam umr koʻradi.)

Uy vazifasini notoʻgʻri bajargan oʻquvchi doʻstiga pand bergan hisoblanadi.

Oʻtilgan mavzu boʻyicha bilimlarini yodga tushirish uchun savol-javob daqiqasi oʻtkaziladi:

    • Soʻz nima? (Soʻzlar shaxs va narsaning nomini, harakatini, belgisini, sanogʻini bildiradi.)

    • Soʻzlar nimalardan tuziladi? (Soʻzlar boʻgʻinlardan tuziladi.)

O‘quvchilarning javoblari xulosalanib, quyidagi “Soʻzlar guruhini top” ta’limiy oʻyinini o‘tkaziladi. Buning uchun oʻqituvchi koʻrgazma tarzida quyidagi jadvalni doskaga iladi. Tarqatmalarda soʻzlar beriladi. Oʻquvchilar soʻzlarni soʻroqlariga koʻra guruhlarga ajratish topshirig‘i beriladi.

Qoʻyish uchun soʻzlar: kabutar, beshta, muloyim, yugurdi, baland, Sanjar, kuylaydi, toʻrtinchi, shifokor, beshta, oppoq, oʻn ikkita, bormoqchi, qush, nordon.


Shaxs va narsaning nomini bildirgan soʻzlar

Shaxs va narsaning harakatini bildirgan soʻzlar

Shaxs va narsaning belgisini bildirgan

soʻzlar

Shaxs va narsaning tartib va sanogʻni bildirgan soʻzlar

kabutar

yugurdi

muloyim

toʻrtinchi

shifokor

kuylaydi

oppoq

beshta

qush

bormoqchi

nordon

oʻn ikkita



скругленный прямоугольник 231
скругленный прямоугольник 25
III. Yangi mavzu bayoni.

Oʻqituvchi yangi mavzuni darslikdagi 136-mashqdagi rasm asosida tushuntiradi.

Oʻqituvchi “Oila” tasvirlangan rasmni oʻquvchilarga koʻrsatib, quyidagicha suhbat uyushtiradi.

Bolalar rasmdan kim? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzni toping?

(Oʻquvchilar shaxs va narsalar nomini birma-bir aytib chiqadilar.)

Namuna: Kim? ona, opa, uka, singil,...

Nima? Xona, kitob, gul,...

Kim? soʻrogʻiga javob boʻlgan– ona, opa, uka, singil - bu soʻzlarni umumlashtirib shaxs nomi deymiz.

Nima? soʻrogʻiga javob boʻlgan - xona, kitob, gul, gilam - bu soʻzlarni umumlashtirib narsalar nomi ekanligi oʻquvchilarga tushuntiriladi.

Oʻqituvchi “Oila” rasmi asosida oʻquvchilar bilan savol- javob o‘tkazadi.

    • Oila deganda nimani tushunasiz?

(Oʻquvchilar oʻz oilasi haqida soʻzlab beradilar.)

  • Ota-onani nima uchun hurmat qilishimiz kerak?

Ota-ona farzandini oq yuvib, oq taraydi, tarbiyalaydi, voyaga yetkazadi. Shuning uchun ularni hurmat qilishimiz kerak.

  • Farzandning ota - ona oldidagi burchi nimadan iborat?

  • Shaxslarni nomini bildirgan soʻzlarga qanday savol beriladi?

  • Narsaning nomini bildirgan soʻzlarga-chi?

Mashq asosida qoida keltirib chiqariladi.

скругленный прямоугольник 231



Multimediali ilova asosida mashqni bajartirish mumkin.

Ekranda 136-mashqdagi rasm namoyish etiladi.

Rasmga qarang. Unda kimlar va nimalarni koʻryapsiz? Avval kim? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarni, keyin nima? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarni rasmlar ostiga joylashtiring.

Oʻquvchi avval kim? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarni topmasa, nima? soʻrogʻiga javob boʻladigan soʻzlarni rasmlarostiga joylay olmasligi kerak. Shunday qilinsa, topshiriq toʻgʻri bajariladi. Rasm ostida quyidagi soʻzlar boʻladi: ona, opa, kreslo, gilam, singil, guldon, stul, stol, shkaf, uka, kitob, gul, sumka.

IV. Mavzuni mustahkamlash.

137-mashq. Oʻqituvchi she’rni ifodali oʻqib beradi. She’r matni yuzasidan savollar beriladi. Oʻquvchilar javoblari tinglanib xulosalanadi.

  • She’r kim haqida?

  • Bogʻ yashnaydi nima bilan?

  • Dala yashnaydi nima bilan?

  • Uy yashnaydi kim bilan?

  • Nima yashnaydi lola bilan?

  • Yashnaydi deganda nimani tushundingiz?

Bu she’rda shoir bogʻbon mehnat qilib, bogʻni, dehqon esa dalani yashnatishini, bolaning kulgisi, qiliqlari uyni yashnatishi haqida yozgan.

Mashqdan kim?, nima? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarni oʻquvchilar topishadi va shu soʻzlarga soʻroq beradilar.

Oʻquvchilar mashqni koʻchirib yozadi va kim?, nima? soʻroqlariga javob boʻlgan soʻzlar tagiga bir chiziq chizadilar.

Oʻqituvchi mashq bajarilishini “O‘rnini top!” ta’limiy oʻyini orqali amalga oshiradi.

Buning uchun A-4 formatdagi qogʻozga quyidagi soʻzlar yoziladi. Shaxs va narsalar nomini bildirgan ikki ustundagi soʻzlarning mazmunan bogʻliq boʻlganini chiziqcha yordamida tutashtiradilar.

Namuna:

bogʻ

прямая со стрелкой 229


dehqon

dala

bola

uy

lola

togʻ

bogʻbon


Multimediali ilovasi asosida mashqni bajartirish mumkin.

Darslik varagʻi ochilib, bir betida she’r matni ikkinchi betida she’r mazmuniga oid rasm(videolavha) namoyish etiladi. She’r matni ostida kim? va nima? soʻroqlari beriladi. Soʻroqlari yonida yashil va koʻk chiziqlar boʻladi. Oʻquvchi topshiriqni bajarishda ushbu chiziqlardan foydalanadi.


Bogʻ yashnaydi

Bogʻbon bilan.

Dala yashnar

Dehqon bilan.


Uy yashnaydi

Bola bilan.

Togʻ yashnaydi

Lola bilan.

Umarali Qurbonov


Kпрямая соединительная линия 24прямая соединительная линия 228im? ( ) nima? ( )

Bolajonlar, she’r matnidan kim? va nima? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarni aniqlang. Kim? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarning tagiga yashil, nima? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlar tagiga koʻk chiziq chizing.

Topshiriqlar notoʻgʻri bajarilsa “Oʻylab koʻring” soʻzi eshitiladi.


Oʻqituvchi darslikdagi 138-mashqning shartini oʻquvchilarga oʻqitadi.

1-oʻquvchi: Sinf jihozi: ( nima?) parta,..

2-oʻquvchi: Oʻquv quroli: ( nima?) kitob,..

“Kim chaqqon?” ta’limiy oʻyini orqali 138 - mashq mustahkamlanadi. Oʻqituvchi oʻquv qurollari va sinf jihozlarini tarqatma kartochkalarga yozib, stol ustiga aralashtirib qoʻyadi. Oʻquvchilar ikki guruhga boʻlib, magnit doskasidagi “Oʻquv qurollari” va “Sinf jihozlari” deb yozilgan kartochkalar ostiga ikki ustun qilib soʻzlarning mosini tanlab qoʻyadilar. Oʻqituvchi bu ta’limiy oʻyinda ikkita guruhga berilgan soʻzlar soni bir xil boʻlishiga e’tibor berishi kerak.

Namuna: Sinf jihozi: ( nima?) parta, stol, stul, doska, kitob javoni.

Oʻquv quroli: ( nima?) kitob, daftar, qalam,chizgʻich, oʻchirgʻich.

Parta, stol, stul, doska, kitob javoni – bu soʻzlar narsalar nomi boʻlib, ular bir xil soʻroqqa javob boʻladi. Bu soʻzlar oʻquv xonasi jihozlari nomini bildirganligi sababli sinf jihozi deb nomlanadi. Kitob, daftar, qalam,chizgʻich, oʻchirgʻich – bu soʻzlarni umumlashtirib oʻquv qurollari ekanligini oʻquvchilarga tushuntiradi.

139-mashq. Oʻqituvchi doskaga non, don, taxta, paxta rasmlarini yopishtirib qoʻyadi.(Shu narsalarning oʻzini olib kirsa yanada yaxshi boʻladi.)

Oʻqituvchi topishmoqni oʻqiydi, oʻquvchilar javobini topadilar. Shu topishmoqning javobiga mos rasmini koʻrsatib, doskaga nomini yozadi.

Insonlarni boqar u ,(non)

Tovuqlarga yoqar u.(don)
Ish quroli ustaning, (taxta)

Boyligidir oʻlkaning. (paxta)

Oʻqituvchi ushbu boshqotirma orqali suhbat uyushtiradi.

  • Topishmoqning javobini topishda sizga qaysi soʻz yordam berdi?

Oʻqituvchi oʻquvchilarning diqqatini soʻzdagi bitta harfning oʻzgarishi bilan soʻz ma’nosi oʻzgarganligiga qaratadi. Oʻquvchilar mashqni daftarlariga koʻchirib yozadilar.

Sehrli soʻz” ta’limiy oʻyini.

Oʻqituvchi bu ta’limiy oʻyinda oʻquvchilarning diqqatini quyidagi misralarga qaratadi. Oʻquvchilar misraning soʻnggi soʻziga qofiyadosh soʻz topadilar.

Namuna:

Oʻtirdim topib boʻsh joy,

Keltirishdi issiq ... (choy) joy-choy
Toʻsatdan quydi jala,

Ishlarim qoldi ... (chala) jala-chala




Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə