Toshkent−2015 Tuzuv ch i-muallifla r: Umida Masharipova, Mashrabxon Umarova, Dilnoza Baynazarova, Manzura Nabiyeva Taqrizchila r



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə16/17
tarix14.07.2018
ölçüsü1,52 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17



1. Nutq nimalardan tuziladi?

A) boʻgʻinlardan

B) gaplardan

D) soʻzlardan

2. Tipratikan qish uyqusidan _________. Chiziqcha oʻrniga mos soʻzni toping?

A) uxlaydi

B) kuylaydi

D) uygʻondi

3. Nima mehnatni juda sevadi?

A) daraxt

B) yer

D) osmon

4. Mehnat kishini nima qiladi?

A) sevadi

B) oʻstiradi

D) ulugʻlaydi

5. Qaysi gap mazmunan notoʻgʻri tuzilgan?

A) Ayiq oʻrmonda yashaydi.

B) Baliqlar suvda yashaydi.

D) Kapalak eng uzoq umr koʻradigan hasharot.

V. Darsga yakun yasash va baholash.

  1. Bugun darsda nimani oʻrgandingiz?

  2. Nimalarni bilib oldingiz?

  3. Gapda soʻzlarning bogʻlanishini belgilashni bilish nima uchun zarur?

Darsda faol ishtirok etgan oʻquvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. 262-mashq.

Mazmuniga mos soʻzlarni savollar o‘rniga qoʻyib, gaplarni ko‘chiring.

Bahorda (nima1ar?) gullaydi. Qirda (nima1ar?) ochiladi. Egatlarga (nima1ar?) ekildi. Yaylovda (nima1ar?) oʻtlaydi.

Gap nimalar haqida aytilganini, ular haqida nima deyilganini bildirgan soʻzlar tagiga chizing.

120 – DARS
Dars mavzusi: Nutq haqida umumiy tushuncha. Ogʻzaki va yozma nutq (269−272-mashq).

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: nutq kishilar hayotida qanday vazifani bajarishi haqidagi tasavvurni shakllantirish, nutqdan to‘g‘ri foydalanish koʻnikmasini oʻstirish.

Tarbiyaviy: kasbga boʻlgan qiziqishni oshirish, kattalarni hurmat qilishga oʻrgatish.

Rivojlantiruvchi: oʻquvchilarni ogʻzaki va yozma nutqni rivojlantirish, mustaqil fikrlashga oʻrgatish.

Dars turi: yangi bilim, koʻnikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, ta’limiy oʻyin.

Dars jihozi: darslik, ragʻbatlantirish uchun kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediali ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  2. Uy vazifasini tekshirish.

268-mashq tekshiriladi. Maqollarni oʻqib, mazmunini tushuntirish soʻraladi, soʻzlarda h va x harflarining yozilishiga va tovush talaffuziga e’tibor berish soʻraladi.

Mehnat qilsang, koʻksing togʻ,

Hurmat qilsang, diling bogʻ.
Xalqqa xizmat − oliy himmat.


  1. Yangi mavzu bayoni:

Darsning mavzusi va maqsadi bayon etiladi.

  • Oʻqing, bugun qaysi mavzuni oʻrgana boshlaymiz?

  • Qanday soʻroqqa javob beramiz?

(Oʻquvchilar soʻroqni oʻqiydilar.

  • Nutq kishilarga nima uchun kerak?

Nutq kishilarga shaxs va narsa haqida xabar berish yoki soʻrash uchun kerak.

Ekranda 269-mashqdagi rasm beriladi. Rasm ostida savollar ovozli yozuv bilan birga paydo boʻladi.

Rasmni kuzating. Savollarga javob bering.

Bolalar qayerga bordilar?

Quruvchilar nimalar quradilar?

269-mashq oʻquvchilarga tushuntiriladi.

Rasmga qarab hikoya tuzdiriladi, savollarga javob berish kerakligi aytiladi. Oʻquvchialar “Qurilishda” mavzusidagi rasmni koʻradilar. Savollarga javob beradilar:

  • Bolalar qayerga bordilar?

  • Quruvchilar nimalar quradilar?

Qurilish maydonida boʻlgan bolalar, u yerda nimalarni koʻrganliklarini, quruvchilar nimalar qurayotganliklari haqida gapirib beradilar.

Boshqalar qurilish haqida eshitganlari, televizorda yoki filmlarda koʻrganlarini soʻzlab berib, oʻrtoqlari hikoyasini toʻldiradilar, savollarga bergan javoblarini yozadilar.

  • Nutq kishilarga nima uchun kerak?

Nutq kishilarga biror narsa haqida aytish(xabar berish) yoki

soʻrash uchun kerak.

Sizlar “Qurilishda” mavzusida savollarga javob berdingiz. Qurilish haqida koʻrganlaringizni gapirib berdingiz. Bularning barchasi nutq deyiladi.

Gapirib, hikoya qilib berilgan, eshitilgan nutq bu ogʻzaki nutq. Siz savollarga bergan javobingizni yozdingiz. Bu yozma nutq.

Nutq ikki xil: og‘zaki va yozma nutqqa boʻlinadi.

Kishilar gapirganlarida og‘zaki nutqdan, oʻqiganlarida yoki yozganlarida esa yozma nutqdan foydalanadilar.

  • Ayting-chi, siz darsda qachon og‘zaki nutqdan foydalanasiz?




Ekranda gaplar beriladi. Oʻquvchilar ustunda berilgan gaplardan matnni topishlari kerak.

Aziz o‘quvchilar, qaysi ustunda matn berilganini toping. Ustunlar ostidagi boʻsh kataklardan birini belgilab javobini aniqlang.


Shotut bargining shirasi tomoq, ogʻiz va tish kasalliklariga davodir.

Shamoldan chang-toʻzon havoga koʻtarildi.


Shotut respublikamizda koʻplab oʻstiriladi. Aprel oyida gullaydi. Mevasi iyun-iyulda pishadi. Shotutning mevasi va bargi shifobaxsh xususiyatga ega.






+



Mazmunan oʻzaro bogʻlangan ikki yoki bir necha gap matn deyiladi. Matnga sarlavha qoʻyish mumkin.


“Zukko kuzatuvchi” ta’limiy oʻyini ishtirokchilari ikki guruhga boʻlinadi. Doskaga har bir guruh uchun ikkita rasm qoʻyiladi. 5 daqiqa davomida o‘quvchilar rasmni sinchiklab kuzatib, har bir qismini eslab qolishga harakat qiladilar. Soʻngra birinchi guruh rasmni shunday joylashtiradiki uni oʻz guruhi a’zolari koʻrmasligi lozim. Birinchi guruh a’zolaridan oʻzlariga qoʻyilgan rasmni archa qismlarini toʻliq soʻrashadi. Ikkinchi guruhdan ham oʻzlarining rasmi haqida xuddi shunday soʻraladi. Berilgan savollar soni toʻgʻrisida guruhlar avval kelishib oladilar. Qaysi guruh savollarga toʻliq va aniq javob bersa oʻsha guruh g‘olib hisoblanadi. Mashq koʻz orqali idrok etishni, xotira esa nutqni rivojlantiradi.

270-mashqni oʻqing, matn nima toʻgʻrisida ekanligini tushuntiring.

Odamlar juda qadim zamonlardan oʻzaro munosobatlarda soʻzlashishni oʻrgangan. Bu og ‘zaki nutq deyilgan.

Yozuv paydo boʻlgach yozuv paydo boʻlgach, odamlar fikrlarini yozganlar.Bu yozma nutq deyiladi.Matnni koʻchirib yozish aytiladi.

271-mashq bajariladi. Gaplarni oʻqing. Matn nima toʻg‘risida ekanligini tushuntiring.

Kompyuter oʻyinlarini tanlab oʻynash kerak.

Mazmunli, bilim beruvchi oʻyinlarni oʻynash lozim.

Kompyuter yonida uzoq oʻtirish sog‘liq uchun zarar.
скругленный прямоугольник 6
скругленный прямоугольник 7


  1. Mavzuni mustahkamlash.

Tarqatmali materiallar bilan ishlash.


№ 1

  1. Kishilarga qiladigan muomalangizdan qoniqasizmi?

  2. Oʻzingizda qanday fazilatlarni tarbiyalamoqchisiz?




№2

Nimalar qilsangiz ota-onangiz xursand boʻladi? Ularni koʻproq quvontirishga intiling.


№ 3

El-yurtga sadoqat deganda nimani tushunasiz?


№ 4

Oilangizdagi keksa kishilar, yoshi ulugʻ qoʻshnilaringizning qanday yumushlariga yordamlashgansiz?


Matnni tugat” ta ‘limiy oʻyini oʻtkaziladi.

Oʻquvchilarga “Men nima deyishimni top!” birinchi gapni aytib oʻquvchiga toʻp otiladi. Toʻpni tutgan oʻquvchi ikkinchi gapni tugatishi kerak.

Oʻqituvchi doskaga bir nechta soʻz yozib qoʻyadi. O‘quvchilar mustaqil ravishda shu soʻzlar ishtirokida matn tuzadilar. Oʻquvchilar matn tuzar ekanlar, ularning lug‘at boyliklari ortishi bilan birgalikda gaplarni toʻgʻri tuzish, tovushlarni toʻg‘ri talaffuz qilish va mustaqil fikrlash malakasi shakllanadi.
1-variant: Nazokat, koʻylak, tikuvchi, mato.

2-variant: Azamat, oʻrtoq, olma, kasal.

3-variant: Poliz, qovun, dehqon, mazali.

Namuna: Nazokat onasi bilan bozordan mato sotib oldi.

Qoʻshnisi Mohira aya mohir tikuvchi.

Nazokat Mohira ayaga chiroyli koʻylak tiktirdi.
V. Darsga yakun yasash va baholash.

  1. Darsda nimalarni oʻrgandingiz?

  2. Kishilar bir-birlariga nimalar bilan xabar beradilar.

Darsda faol ishtirok etgan oʻquvchilar baholanib, dars yakunlanadi.

VI.Uyga vazifa berish. 272-mashq.

Gapni oʻqing va koʻchiring.Yozganingizni tekshiring.

Nutq kishilarning ahil yashashi va ishlashiga yordam beradi.
127 – DARS
Dars mavzusi: Rasmlarga qarab reja asosida matn tuzish va uni yozish (286−288-mashqlar).

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: matn qurilishi va boʻlimlar orasidagi bogʻlanishni hisobga olgan holda rasmlarga qarab reja asosida matn tuzish; xatboshiga rioya qilgan holda matnni yozish koʻnikmasini oʻstirish.

Tarbiyaviy: kasbga boʻlgan qiziqishni oshirish, insonparvarlik ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: munozara madaniyatini rivojlantirish.

Dars turi: yangi bilim, koʻnikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, ta’limiy oʻyin.

Dars jihozi: darslik, ragʻbatlantirish uchun kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediali ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  2. Uy vazifani tekshirish.

Uyga berilgan vazifa tekshirib baholanadi.

  1. Yangi mavzu bayoni.

Bugun sizlar rasmlarga qarab reja yordamida hikoya tuzish va uni yozishni oʻrganasiz. Buni nima uchun bilish kerak?

286-mashq sharti asosida bajariladi.

Noʻtoʻgʻri jumla” ta’limiy oʻyini oʻtkaziladi. Oʻquvchilarga bu oʻyin rasmlar asosida bajartiriladi. Bir oʻquvchi rasmni tasvirlab berish asosida rasmlarga tegishli boʻlmagan jumlalarni ham ishlatadi. Qolgan oʻquvchilar ziyraklik bilan uni topishlari lozim. Ulardan bu oʻyin davomida ziyraklik, sinchkovlik, kuzatuvchanlik talab qilinadi. Ular rasmni sinchkovlik bilan kuzatib, oʻqituvchining hikoyasini diqqatlik bilan tinglab turadilar. Har bir notoʻg‘ri jumlani topa bilish, ularning oʻziga boʻlgan ishonchini va darsga boʻlgan qiziqishini orttiradi.


скругленный прямоугольник 6

Rasmlarga qarab reja asosida ogʻzaki hikoya tuzish.

Oʻquvchilarga rasmni kuzatish, bolalarga ism qoʻyib, rasmning har bir qismiga gaplar tuzish topshirigʻi beriladi. Oʻquvchilar reja asosida uch boʻlimli hikoya tuzadilar va hikoyaga sarlavha qoʻyadilar.

1. Oʻquvchilar rasmlarni tartibi bilan koʻradilar. Rejani oʻqiydilar va savollarga javob beradilar. Birinchi rasmni kuzating.

  • Bolalar qayerga borishibdi? (Baliq oviga.)

  • Ularning ismlari nima ekan? (Tolib va Murod.)

  • Murod nima qilyapti? Tolib-chi?

(Murod qarmog‘ini tayyorlayapti. Tolib baliq ovlashga kirishdi.)

Ikkinchi rasmga qarang.

  • Qanday voqea roʻy berdi?

(Tolib suvga tushib ketdi. U oʻrtogʻini yordamga chaqirdi.)

Uchinchi rasmni koʻring.

  • Murod nima qildi?

(Murod oʻrtogʻiga yordam berish uchun oʻzini suvga tashladi. U Tolibni suvdan olib chiqdi.)

2. Oʻquvchilar tartib bilan rasmlarni koʻrib va rejani oʻqib qayta hikoya qiladilar.

Tolib va Murod baliq oviga borishdi. Tolib baliq ovlashga kirishdi. Murod qarmog‘ini tayyorlayotgan edi. Tolib sirg‘anib suvga tushib ketdi. U oʻrtogʻini yordamga chaqirdi. Murod oʻzini suvga tashladi. Tolibni suvdan olib chiqdi.

Ana qarang, qanday inoq doʻstlar ekan! Agar sizning oʻrtogʻingizga yordam kerak boʻlib qolsa, siz nima qilar edingiz? (Oʻquvchilar javobi tinglanadi.)

Reja asosida uch boʻlimli hikoya tuzish.

  • Hikoyangizga sarlavha qoʻyish va yozish.

  • Hikoyangizga qanday sarlavha qoʻyish mumkin?

(«Inoq oʻrtoqlar», «Sodiq doʻst», «Baliq ovida»...)
скругленный прямоугольник 7

Matnning har bir qismini toʻgʻri yozish hamda mazmuniy-uslubiy va imloviy xatolarsiz tayyorlash.

  • Hikoyangiz nechta boʻlimdan iborat? Nima uchun? (Hikoya uch boʻlimdan iborat. Chunki hikoya uchta rasm va uch qismdan iborat reja asosida tuzildi.)

Matnni tushuntirib yozdirish. Ayrim oʻquvchilarga alohida yordam berish.

Oʻquvchilar birinchi qatorga sanani, keyingi qatorga sarlavhani qoʻyib, matnni yozadilar.

  1. Mavzuni mustahkamlash.




Ekranda 287-mashqda berilgan rasmlar namoyish etiladi. Reja oʻqilayotganda rasmlar tartibi bilan kattalashib joyiga qaytadi.

Rasmlarni kuzating. Bolalarga ism qoʻying. Reja asosida uch boʻlimli hikoya tuzib, sarlavha qoʻying va yozing.

Reja:

  1. Ikki oʻrtoq baliq oviga borishdi.

  2. Biri sirgʻanib suvga tushib ketdi.

  3. Ikkinchisi uni suvdan olib chiqdi.







  1. Darsga yakun yasash va baholash.

Darsda faol ishtirok etgan oʻquvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish. 288-mashq.

Nutq mavzusini oʻrganishda quyidagi ta’limiy oʻyinlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Nutq mavzusi uchun ta’limiy o ‘yinlar
Xotira mashqi” ta’limiy oʻyini.

O‘quvchilarga xohlagan predmet, inson, voqea-hodisa va hokazolarni suratga oladigan fotoapparat kabi xotiralarga saqlab qolish taklif etiladi. Soʻngra har bir o‘quvchi bir necha lahza diqqat bilan biron predmetni kuzatishi, soʻng esa koʻzini yumub, barcha eslab qolganlarini sanab berishi so‘raladi.

Bu ta’limiy oʻyin oʻquvchilarni xotirasini, diqqatini mustahkamlaydi.

Oʻyin topishmoq” ta’limiy oʻyini.

Oʻqituvchi biron-bir soʻzni topishmoqlar yoki soʻzlar yordamida 3 marta ta’riflaydi. Birinchi ta’rif murakkab, ikkinchi ta’rif yengil, uchunchi ta’rif juda yengil. Birinchi ta’rifdanoq javobni topgan oʻquvchiga 3 ball, ikkinchi ta’rifda toʻgʻri topgan oʻquvchiga 2 ball, uchunchi tarifda javob topgan o‘quvchiga 1 ball beriladi.

1-variant.

1-tarif: U oʻrmonda oʻsadi, har xil turda, yovvoyisi ham boʻladi.

2-tarif: Oʻrmonda yomgʻirdan soʻng chiqadi, pishirib yesa boʻladi.

3-tarif:Yomgʻirdan soʻng chiqadi,

Choʻtir qalpoq kiyadi.

Quyoshni yoqtirmaydi

Shamolni chaqirmaydi.

(Qoʻziqorin)

2-variant.

1-tarif: U har birimizni uyumida oʻsadigan meva turi.

2-tarif: Uni qora, qizil, pushti ranglarda donalari bor.

3-tarif: Kichkina dekcha − ichi toʻla mixcha.

(Anor)
Hunixat daqiqalari uchun tavsiyalar
Hunixat daqiqalarida kichik va bosh harflarning unsurlarini tushuntirgan holda oʻrgatish tavsiya etiladi.

Kichik harflar

  • Kichik “i” harfini yozish uchun 70 daraja qiyalikda osti ilmoqli kichik tayoqcha tushiriladi va ilmoqchaning ustidagi nuqtasi esa soʻz tugagandan soʻng qoʻyiladi.

  • Kichik “u” harfini yozish uchun osti ilmoqli kichik tayoqcha tushiriladi va uni pastki chiziqqa yetkazmay turib oʻngga buriladi va yuqoriga qarab davom ettiriladi. Bu harf unsurlarini ikki marta qoʻshib yozilsa, kichik “u” harfi hosil boʻladi.

  • Kichik “n” ikki unsurdan: kichik toʻgri tayoqcha hamda tagi va usti ilmoqli kichik tayoqchadan iborat boʻlib, qoʻl uzmasdan qoʻshib yoziladi.

  • Kichik “m” harfi uch unsurdan: kichik toʻgʻri tayoqcha, usti ilmoqli kichik tayoqcha va osti ham, usti ham ilmoqli kichik tayoqchadan iborat boʻlib, bir butun shaklda yoziladi.

  • Kichik “t” harfi osti ilmoqli uzun tayoqchadan iborat boʻlib, belbogʻi toʻlqinsimon chiziqcha shaklida qoʻyiladi.

  • Kichik “l” harfi usti halqali va osti ilmoqli uzun tayoqcha unsurlarga ajratilmay bir butun shaklda yoziladi.

  • Kichik “y” harfi ikki unsurdan tuzilgan boʻlib, birinchisi osti ilmoqli kichik tayoqcha, ikkinchisi esa osti halqali uzun tayoqcha shaklidan iborat.

  • Kichik “j” harfi osti halqali uzun tayoqcha shaklidan iborat boʻlib, bir butun shaklda yoziladi, nuqtasi esa soʻz tugagandan soʻng qoʻyiladi.

  • Kichik “h” harfi ikki unsurdan: usti halqali uzun tayoqcha va osti ham usti ham ilmoqli kichik tayoqchadan iborat boʻlib, ular bir butun shaklida yoziladi.

  • Kichik “k” harfi uch unsurdan tuzilgan boʻlib, birinchi unsuri usti halqali uzun tayoqcha, ikkinchi unsuri kichik doira shaklida, uchinchi unsuri esa osti ham, usti ham ilmoqli kichik tayoqcha shaklida yoziladi.

  • Kichik “f” harfi kichik “b” harfiga oʻxshash boʻlib, bir butun shaklda yoziladi, ammo uning ostki unsuri chiziqdan pastga tushadi.

  • Kichik “o” harfi toʻliq oval shaklida boʻlib, harfni ulashda qoʻshimcha unsur ulanadi.

  • Kichik “oʻ” harfi avval toʻliq oval shakli yoziladi. Ustiga kichik koʻndalang toʻlqinsimon chiziqcha soʻz tugagandan soʻng chiziladi.

  • Kichik “a” harfi kichik toʻliq oval va osti ilmoqli kichik tayoqcha shakldan iborat. Bu harfni yozish uchun avval choʻzinchoq doira, soʻng qoʻl harakatini uzmay turib ikkinchi osti ilmoqli kichik tayoqcha unsuri yoziladi. Oʻzidan oldin va keyin kelgan harflar bilan qoʻl harakatini uzmay bogʻlanadi.

  • Kichik “q” harfi ikki unsurdan iborat: toʻliq oval unsur va osti halqali unsur. Kichik “q” harfidagi halqali unsurning halqasi ters tomondaligi bilan farqlanadi.

  • Kichik “g” harfi ikki unsurdan iborat boʻlib, birinchi unsuri toʻliq oval, ikkinchi unsuri osti halqali uzun tayoqchadan iborat.

  • Kichik “gʻ” harfi kichik “g” harfining ustiga soʻz tugagandan soʻng koʻndalang toʻlqinsimon chiziqcha qoʻyish orqali hosil boʻladi.

  • Kichik “p” harfi ikki unsurdan iborat boʻlib, birinchi unsurni uzun tayoqcha, ikkinchi unsuri esa toʻliq oval shaklida yoziladi.

  • Kichik “d” harfi ikki unsurdan iborat: birinchi unsuri kichik toʻliq oval, ikkinchi unsuri esa osti ilmoqli uzun tayoqcha.

  • Kichik “e” harfi unsurlarga ajratilmay, halqali kichik yarim oval bir butun shaklda yoziladi.

  • Kichik “b” harfi usti halqali, osti yarim oval shakl unsurlarga ajratilmay bir butun shaklda yoziladi.

  • Kichik “x” harfi ikki: oʻng va chap yarim oval unsurlardan iborat boʻlib, qoʻl harakatini uzmay yoziladi.

  • Kichik “z” harfini yozish uchun kichik qiya tayoqchaning ustki oʻng va ostki chap tomoniga toʻlqinsimon chiziqcha unsurlarga ajratilmay yoziladi.

  • Kichik “ng” harf birikmasi kichik “n” va kichik “g” harflari birikmasidan iborat boʻlib, qoʻl harakatini uzmasdan qoʻshib yoziladi.

  • Kichik “r” harfi ikki unsurdan: birinchi boshlanish unsuri toʻlqinsimon shaklda, ikkinchi unsuri osti ilmoqli kichik tayoqchadan iborat.

  • Kichik “v” harfi unsurlarga ajratilmay bir butun shaklda yoziladi va oʻzidan oldin hamda keyin kelgan harflar bilan oson bogʻlanadi.

  • Kichik “s” harfi unsurlarga ajratilmay bir butun shaklda yoziladi.

  • Kichik “sh” harf birikmasi kichik “s” va “h” harflarining birikmasidan hosil boʻladi.

  • Kichik “ch” harf birikmasi kichik yarim oval unsurga kichik “h” harfini bogʻlab yozish orqali hosil boʻladi.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə