Toshkent−2015 Tuzuv ch i-muallifla r: Umida Masharipova, Mashrabxon Umarova, Dilnoza Baynazarova, Manzura Nabiyeva Taqrizchila r



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə8/17
tarix14.07.2018
ölçüsü1,52 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17

Yangi mavzu bayoni:

Soʻzni boʻgʻinlarga boʻlib koʻchirish qoidasi bilan tanishtiriladi. Oʻquvchilarga daftarga bitta gap aytib turib yozdiriladi.

Bugun navbatchilar juda yaxshi ishladilar.

Oʻquvchilar ishladilar soʻzini bir qatorga sigʻdira olmaydilar. Soʻzni boʻlib yozish zarurati tugʻiladi. Oʻqituvchi bunday holatda soʻzni boʻgʻinlarga boʻlib koʻchirish kerakligini aytadi. Oʻquvchilar soʻzni boʻgʻinlarga boʻladilar, ulardan oʻzlariga kerakli variantni tanlaydilar: ish-ladilar, ishla-dilar, ishladi-lar.

− Bugungi darsda biz soʻzning bir qatorga sigʻmay qolgan qismini keyingi qatorga boʻgʻinlab toʻgʻri koʻchirishni oʻrganamiz, − deb darsning maqsadi e’lon qilinadi. Oʻquvchilardan soʻraladi:

  • Buni bilish bizga nima uchun kerak?

So‘zni bo‘g‘inga bo‘lib ajratish bilan bo‘g‘inga bo‘lib ko‘chirishni farqini ayting.

  • Yozganda soʻzning bir qatorga sigʻmay qolgan qismi keyingi qatorga qanday koʻchiriladi?

Kesma harflar bilan ishlash.

Oʻquvchilar oʻquvchi, daraxt, voqea, san’at soʻzlarini kesma harflardan tuzadilar. Soʻzlarni avval boʻgʻinlarga boʻlib aytadilar, soʻng boʻgʻin koʻchirish uchun boʻladilar.

Qoidalar ustida ishlash.

    • Ona, odob, a’lo soʻzlari necha boʻgʻinli soʻzlar?

    • Ushbu so‘zlarni boʻgʻin koʻchirish mumkinmi?

    • Nima uchun? Bu savolga javobni darslikdan toping va oʻqing. Oʻquvchilar boʻgʻin koʻchirish qoidasi bilan tanishgach, boʻgʻin koʻchirilmaydigan shu kabi soʻzlarni topib aytish topshirigʻi beriladi. Ona, ota, aziz kabi bir necha soʻzlarni yozdirish maqsadga muvofiq.

Soʻz bir qatordan ikkinchi qatorga boʻgʻinlab koʻchiriladi: da-raxt, ol-cha, va’-da, san’-at.

Soʻz boshida boʻgʻin hosil qilgan bir harfni oldingi qatorda qoldirib boʻlmaydi: o-najon emas, ona-jon, oʻ-quvchi emas, oʻquv-chi kabi koʻchiriladi.

Soʻz oxirida boʻgʻin hosil qilgan bir harfni keyingi qatorga koʻchirib boʻlmaydi: mudo-fa-a emas, mudo-faa, voqe-a emas, vo-qea kabi koʻchiriladi.
Multimediali ilova darslikdagi qoidani koʻrgazmali tushuntirish uchun tayyorlangan.

Darslik bilan ishlash.

83-mashq. Ushbu mashqni “Rasmli diktant” yoki “Lugʻat diktanti” tarzida bajarish mumkin. Mashqdagi qush rasmlari ilinadi va oʻquvchilarga qush nomlarini boʻgʻin koʻchirish uchun chiziqcha bilan ajratib yozish topshirigʻi beriladi: Bul-bul, may-na, toʻr-gʻay, kap-tar, chum-chuq, mu-si-cha, lay-lak, tur-na, qal-dir-gʻoch, qar-gʻa.

83-mashq multimediali ilovadan foydalanib bajariladi.

Ekranda bulbul, mayna, toʻrgʻay, kaptar, chumchuq, musicha, laylak, turna, qaldirgʻoch, qargʻa qushlarining rasmi namoyish etiladi. Oʻquvchilar rasmdagi qushlar nomini topib, rasm ostiga joylaydi.

Rasmlar ostiga soʻzlar joylashtirilgach, soʻzlarni boʻgʻinga ajratadilar.

84-mashqdagi she’r matni ustida ishlanadi. Oʻquvchilarni odobli, tartibli bo‘lishga, ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish haqida suhbatlashiladi. Ajratib koʻrsatilgan soʻzlarni koʻchirish uchun boʻgʻinlarga boʻlib, chiziqcha bilan ajratib yozdiriladi.

84-mashqdagi she’r audiosi eshitilgach, she’r matni mazmuniga mos rasmlar ekranda koʻrsatiladi.

She’r nima haqida yozilganligi so‘ralgach, “Keyingi”si tugmasi paydo boʻladi va asosiy topshiriqqa oʻtiladi.

Ajratib koʻrsatilgan soʻzlarni koʻchirish uchun boʻgʻinlarga boʻlib, chiziqcha bilan ajratiladi. Oʻquvchilar ajratilgan soʻzlarni shu tartibda boʻgʻinlarga ajratsalar toʻgʻri boʻladi, aksi boʻlsa “Oʻylab koʻring” yoki notoʻgʻri javobligini bildiruvchi ovoz eshitiladi.


Lugʻat ishi.

mazmun – ish-harakat, voqea-hodisalarni belgilovchi asos, mohiyat

mamnun – koʻngli toʻlgan, xursand, minnatdor

85-mashq. Rebusni topish. Topilgan soʻzlarni koʻchirish uchun boʻginlarga boʻlib yozish kerakligi tushuntiriladi.

Oʻquvchilar ayiq yonida q harfi turganini koʻradilar va ayiq soʻzidan qayiq soʻzini hosil qiladilar, boʻgʻin koʻchirish uchun boʻlib yozadilar: qa-yiq.

q

a

y

i

q




t

o

v

u

s


Tovuq rasmi ustiga (×) belgisi qoʻyilgani uchun tovuq soʻzi oxiridagi q harfini olib tashlaydilar va tovuq dumidagi s harfini q harfi oʻrniga qoʻyib, soʻz hosil qiladilar, uni boʻgʻin koʻchirish uchun boʻlib yozadilar: to-vus.

  1. Mavzuni mustahkamlash.

Tarqatmali materiallar bilan ishlash.

№ 1

Topishmoqning javobini bir boʻgʻin qoʻshib toping. Soʻzlarni boʻgʻinlarga boʻlib yozing.

Bogʻda bulbul sayraydi,

Sochi mening qoʻlimda.

(Du…)

№2
Maqolni oʻqing. Nima uchun shunday deyiladi? Koʻchiring. Bir va ikki boʻgʻinli soʻzlarning tagiga chizing.

Yomonlardan yiroq boʻl,

Yaxshi bilan inoq boʻl.


№ 3
Oʻqing. Soʻzlardan gap tuzing. Tuzgan gaplaringizdan hikoyacha hosil qiling. Uch boʻgʻinli soʻzlarni yozing.

Bor, toʻtiqushi, Dilnozaning, biladi, gapirishni, toʻtiqush salom beradi, toʻtiqush

Dilnoza, kelsa, maktabdan, bilan, Dilnoza, toʻtiqush, doʻst, qalin.


№ 4
Soʻzlarni koʻchirish uchun boʻgʻinlarga boʻlib, chiziqcha bilan ajratib yozing.

Anhor, qalin, yomgʻir, mayin, chumoli, avlod, jonajon, mehribon.

  1. Darsga yakun yasash va baholash.

Boʻgʻin koʻchirish qoidalarini umumlashtirish. Oʻqituvchi birinchi qoidani tushuntiradi. Oʻquvchilar misollar keltiradilar, keyin ikkinchi qoidani ham misollar bilan tushuntiradi.

  1. Uyga vazifa berish. 86-mashq.



41 – DARS
Dars mavzusi: Harf birikmali soʻzlarni boʻgʻinlarga ajratish (91 - 93-mashqlar)

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: bir tovushni koʻrsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) bilan yoziladigan soʻzlarni boʻgʻin koʻchirish uchun boʻlish koʻnikmasini shakllantirish.

Tarbiyaviy:oʻquvchilarni ilm va hunar oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqlarini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: imloviy savodxonligini oshirish.

Dars turi: yangi bilim, koʻnikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, ta’limiy oʻyin.

Dars jihozi: darslik, ragʻbatlantirish uchun kartochkalar, kesma harflar, mavzuga mos rasmlar, multimediali ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  2. Uy vazifasini tekshirish.

Uyga berilgan vazifa oʻqitiladi.

  • Topishmoqni javobini topishda sizga qaysi soʻzlar yordam berdi?

  • Qaysi soʻzlar boʻgʻinlab koʻchirish uchun boʻlinmaydi? Nima uchun?

Boʻgʻin yuzasidan suhbat oʻtkaziladi:

  • Soʻz nimalardan tuziladi?

  • Qaysi tovushlar boʻgʻin hosil qiladi?

  • Boʻgʻinda nechta tovush boʻlishi mumkin?

  • Soʻzlar bir qatordan ikkinchi qatorga qanday koʻchiriladi?

Oʻquvchilar javobi umumlashtiriladi va baholanadi.




  1. Yangi mavzu bayoni.

Bir tovushni bildiruvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) yoziladigan soʻzlarni boʻgʻin koʻchirish ustida ishlash.

  • Bir tovushni bildiruvchi harflar birikmasi keyingi qatorga qanday koʻchiriladi?

Doskada oʻquvchilar 91-mashqdagi soʻzlarni avval boʻgʻinlarga boʻlib, keyin chiziqcha bilan ajratib ko‘chiradilar.

Ali-sher, xiz-mat-chi, si-ngil, ser-shov-qin, qiz-cha, de-ngiz, Ra-shi-da, Bar-chin.

Oʻquvchilarning yozganlari tahlil qilinadi:

  • Alisher soʻzida nechta unli tovush bor?

  • Soʻzdagi boʻgʻinlar soni qaysi tovush soniga mos boʻladi?

Boʻgʻin koʻchirish uchun nimaga ikki boʻgʻin ajratiladi? Shu tarzda soʻzlar taqqoslanib, harflar birikmasi ishtirok etgan boʻgʻinlar tagiga chizdiriladi.

Qoida ustida ishlash.

Oʻquvchilar «Qaysi tovushlar harflar birikmasi bilan koʻrsatiladi?» savoliga javob beradilar. Darslikdan qoidani oʻqiydilar va bir tovushni koʻrsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) boʻgʻin koʻchirishda birgalikda koʻchirilishini aytadilar.

Bir tovushni koʻrsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) yoziladigan soʻzlarni boʻgʻin koʻchirish ustida ishlashda multimediali ilovadan foydalanish:


Bogʻda bir toʻp sharlar, har bir sharda boʻgʻinlar yozilgan. Oʻquvchilar boʻgʻinlardan soʻzlar tuzganlarida boʻgʻinli sharlar yorilib, bitta soʻz hosil bo‘ladi. Bir soʻzni hosil qiladigan boʻgʻinli sharlarning rangi bir xil boʻladi (vaqtni tejash maqsadida).

Aziz bolajonlar, sharlardagi boʻgʻinlardan soʻzlar hosil qiling.

Oʻquvchilar boʻgʻinlarni topganlarida soʻzning birinchi boʻgʻinidagi sharda keyingi boʻgʻinlar chiziqcha bilan tutashadi.

Ali-sher, xiz-mat-chi, si-ngil, ser-shov-qin, qiz-cha, de-ngiz, Ra-shi-da, Bar-chin.

Oʻquvchilar soʻzlarni daftarlariga koʻchirib, harflar birikmasi ishtirok etgan boʻgʻinlar tagiga chizadilar.

  1. Mavzuni mustahkamlash.

Darslik bilan ishlash.

92-mashq “Saylanma diktant” tarzida bajariladi. Oʻqituvchi mashq matnini oʻqiydi, oʻquvchilar esa matnda harflar birikmasi bilan yozilgan soʻzlarni boʻgʻin koʻchirish uchun boʻlib, chiziqcha bilan ajratib yozadilar.

Dil-shod, Jam-shid, oʻt-qa-zish-di, ta-shi-di, yum-shat-di, bosh-la-di, se-vi-nish-di.

Topshiriq tekshiriladi, yoʻl qoʻyilgan xatolar ustida ishlanadi.

Ushbu mashqni multimediali ilova yordamida bajariladi.

92-mashq matni beriladi. Oʻquvchi matndan harf birikmalari ishtirok etgan soʻzlarni ajratib, boʻgʻin koʻchirish uchun chiziqcha bilan ajratishlari kerak. Soʻzlarni boʻgʻinga ajratish uchun chiziqcha doskani bir burchagida beriladi. Bola harf birikmali soʻzlarni topgach boʻgʻinga ajratadilar.

93-mashqda berilgan maqollar oʻqitiladi. Maqollar mazmuni ustida ishlanadi.

Lugʻat ishi.

uqish kishini biror narsani tushunib, bilib olish xususiyati

qunt biror ishni astoydil berilib, sabr-toqat bilan bajarish ishtiyoqi

rizq yashash vositasi, hayot uchun zarur ozuqa

Maqollardagi boʻgʻin koʻchirib boʻlmaydigan so‘zlarni ayting.

Nega boʻgʻin koʻchirish uchun boʻlinmasligini tushuntiring.

  • Soʻzlar nimalarga boʻlinadi?

  • Qaysi tovushlar boʻgʻin hosil qiladi?

  • Harflar birikmasi bilan yoziladigan soʻzlar bir qatordan ikkinchi qatorga qanday koʻchiriladi?

Ushbu mashqni multimediali ilova yordamida bajarish.


Oʻrnini top ta’limiy oʻyini orqali 93-mashq topshirigʻi bajariladi.

Maqollardagi tushib qolgan soʻzlar oʻrnini topib, maqollarni toʻldirish. Nuqtalar oʻrniga mazmunga mos soʻzlarni qoʻyib, maqollarni oʻqish topshirigʻi beriladi.

  • Berilgan maqollardan boʻgʻin koʻchirish uchun boʻlinmaydigan soʻzlarni ajrating. Nega boʻgʻin koʻchirish uchun boʻlinmasligini tushintiring.

(oʻqish, uqish, unar, odob )

Boʻgʻinlarni yigʻ ta’limiy oʻyini oʻtkaziladi. Bu oʻyinni ikki koʻrinishda oʻtkazish mumkin. 1. Kesma boʻgʻinlarni yigʻib oʻquvchilar soʻz hosil qiladilar. 2. Oʻqituvchi: - Soʻz oʻyladim: u meva nomi, deb sxema koʻrsatadi: —/— , —/—/— Oʻquvchi topgan soʻzini boʻgʻinlab aytadi. Bu o‘yin orqali soʻzlarning bir qatorga sigʻmay qolgan qismi ikkinchi qatorga boʻgʻinlab koʻchiriladi, degan tushuncha mustahkamlanadi. Oʻquvchilarning soʻzni boʻgʻinga boʻlish bilan boʻgʻin koʻchirish uchun boʻgʻinlarga ajratish tushunchalarini farqlay olishlariga erishish zarur.

  1. Darsga yakun yasash va baholash.

  2. Uyga vazifa. 94- mashq.


42 - DARS

Nazorat ishi

Dars mavzusi: Kitobdan rasmli diktant yozish.

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: diktant yozish koʻnikmasini oʻstirish, boʻgʻin koʻchirish qoidalarini mustahkamlash.

Tarbiyaviy:o‘quvchilarni odob-axloq qoidalari

Rivojlantiruvchi:o‘quvchilarning chiroyli yozuv ko‘nikmasini o‘stirish.

Dars turi: yangi bilim, koʻnikma, malakalarni nazorat qiluvchi dars.

Dars metodi: nazorat diktant.

Dars jihozi: darslikdagi rasmga ishlangan koʻrgazma.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  2. Uy vazifasini tekshirish.

94-mashq parta oralab koʻrib chiqiladi. Boʻgʻin koʻchirish qoidalari soʻraladi va javoblari umumlashtiriladi.

95-mashq matni bilan tanishtirish. Doskaga 95-mashq uchun ishlangan koʻrgazma ilinadi. Rasmlar ifodalagan soʻzlarni qoʻyib gaplar oʻqitiladi.

Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar.

2-sinfda bu mavzu yuzasidan keyingi sinflarda oʻstirilishi lozim boʻlgan quyidagi bilim va koʻnikmalarga asos yaratiladi:

  • jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlarni farqlash koʻnikmasi;

  • soʻz oxirida kelgan jufti bor jarangli undoshning jarangsiz jufti eshitiladi, shuning uchun soʻz oxirida kelgan jufti bor undoshning yozilishini bilish;

  • soʻzda unli tovushdan oldin kelgan undosh tovush aniq talaffuz etilishini (jarangsiz jufti bilan almashmasligini bilish); oxirida undoshdan soʻng unli kelgan soʻz tekshiruvchi soʻz boʻlishini bilish;

  • tekshiruvchi va tekshiriladigan soʻzlardagi undosh harflarni taqqoslash koʻnikmasini bilish (kitob-kitobi, maqsad- maqsadi).

Ongli yozuv koʻp jihatdan soʻzni yozishda ishni izchilik bilan bajarishga bogʻliq. Buning uchun oʻquvchilar oldin tekshiruvchi soʻzni, soʻng tekshiriladigan soʻzni yozishlari maqsadga muvofiq

44 - DARS

Dars mavzusi: Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlar (96−99-mashqlar).

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: oʻquvchilarda jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni farqlash koʻnikmasini shakllantirish, soʻzni tovush tarkibi jihatidan tahlil qilish koʻnikmasini oʻstirish.

Tarbiyaviy: mehnat haqidagi maqollarni oʻrganish orqali oʻquvchilarni mehnatsevarlikka oʻrgatish;

Rivojlantiruvchi: nutq tovushlarini farqlash koʻnikmasini rivojlantirish.

Dars turi: yangi bilim, koʻnikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, ta’limiy oʻyin.

Dars jihozi: darslik, ragʻbatlantirish uchun kartochkalar, undosh harflar kesmasi, mavzuga mos rasmlar, multimediali ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  2. Uy vazifasini so‘rash.

  • Nutqimizda ishlatiladigan tovushlar qanday katta ikki guruhga boʻlinadi? (Unli tovushlar va undosh tovushlar.)

  • Undosh tovushni unli tovushdan qanday ajratamiz? (Uch belgisiga koʻra:

  1. unli tovushni talaffuz qilganimizda havo ogʻizdan toʻsiqqa uchramay, erkin oʻtadi, unli tovushni choʻzib aytish mumkin; undosh tovushni talaffuz qilganimizda havo ogʻizda toʻsiqqa uchraydi, undosh tovushni choʻzib aytib boʻlmaydi, choʻzilsa boshqa tovushga aylanadi;

  2. unli tovushni aytganimizda ovoz eshitiladi, undosh tovushni aytganimizda, asosan, ovoz va shovqin eshitiladi;

  3. unli tovushning oʻzi ham boʻgʻin hosil qiladi; undosh tovush unli tovush bilan birgagina boʻgʻin hosil qiladi.

Oʻquvchilar bu savolga javob berishda qiynalsalar, ularga quyidagi kabi yoʻllovchi savollar beriladi:

  • Qanday tovushni aytganimizda havo ogʻizdan toʻsiqqa uchramay erkin oʻtadi? Undosh tovushni aytganimizda-chi?

  • Qaysi tovushni aytganimizda faqat ovoz eshitiladi? Undosh tovushni aytganimizda nima eshitiladi?

  • Qaysi tovush boʻgʻin hosil qiladi? Undosh tovush-chi?

скругленный прямоугольник 6


III. Yangi mavzu bayoni.

Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni kuzatish. 96-mashqdagi gaplar oʻqitiladi. Faqat bir harfi bilan farqlanadigan soʻzlar toptiriladi. Qaysi tovushlar soʻz ma’nosini farqlashga xizmat qilishi, g va k, d va t tovushlarni talaffuz qilishlari soʻraladi.

Oʻzbek tilida jarangli va jarangsiz undosh tovushlar bor.

Jaranglilar: b d g j j v z gʻ l m n r y ng

Jarangsizlar: p t k ch sh f s x ch sh q h

Jarangli undosh tovushlarni aytganda shovqin va ovoz eshitiladi, jarangsiz tovushlarda faqat shovqin eshitiladi.
Mavzuni multimediali ilovasidan foydalanib tushuntirish.

Jarangli va jarangsiz undoshlarni tushuntirish jarayonida inson a’zolari faoliyati animatsiyasi namoyish etiladi.

Biz gapirganimizda tovushlarni talaffuz qilamiz. Bu tovushlarni hosil qilishda qatnashadigan inson a’zolari nutq a’zolari deyiladi. Bularga: oʻpka, tovush paychalari, ogʻiz boʻshligʻi, lab, til va tishlar, burun boʻshligʻi kiradi. Oʻzbek tilida jarangli va jarangsiz undosh tovushlar bor. Jarangli undosh tovushlarni talaffuz qilganda ovoz va shovqin eshitiladi, jarangsiz undosh tovushlarda faqat shovqin eshitiladi. Undosh tovushlarni hosil qilishda oʻpkadan chiqayotgan havo ogʻiz boʻshligʻida turli toʻsiqlarga uchraydi va buning natijasida shovqin hosil boʻladi. Jarangli undoshlar talaffuzida tovush paychalari titraydi, jarangsiz undoshlar talaffuzida esa titramaydi. Buni siz tovush talaffuz qilayotganingizda barmoqlaringizni ustki tomonini tomogʻingizga qoʻyib tekshirishingiz mumkin.

Jarangli undoshlarni talaffuz qiling: b, d, g, v, z, gʻ, j (joʻja ), j (jirafa), l, m, n, r, y, ng.

Jarangsiz undoshlarni talaffuz qiling: p, t, k, f, s, x, ch, sh, q, h.

Tovushlar talaffuz qilinayotganda quyidagilar ekranda namoyon etiladi:

Jпрямая соединительная линия 9прямая соединительная линия 10прямая соединительная линия 12прямая соединительная линия 13прямая соединительная линия 15прямая соединительная линия 16прямая соединительная линия 17прямая соединительная линия 18aranglilar: b, d, g, v, z, gʻ, j, j, l, m, n, r, y, ng

Jarangsizlar: p, t, k, f, s, x, ch, sh, q, h





Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə