Tukli erva (pol-pola) aerva lanata juss. A o’simligining botanik tavsifi va dorivor xususiyatlari 1Esirgapova Dilxumor



Yüklə 18,25 Kb.
səhifə1/4
tarix22.12.2022
ölçüsü18,25 Kb.
#121640
  1   2   3   4
dilxumor tukli erva


TUKLI ERVA (POL-POLA) - AERVA LANATA JUSS.A
O’SIMLIGINING BOTANIK TAVSIFI VA DORIVOR XUSUSIYATLARI
1Esirgapova Dilxumor
2 Mamatkulova Iroda Ergashevna
1 Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali
2-bosqich talabasi
2 Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali o’qituvchisi
Annotatsiya: Bugungi kunda kasalliklarni tabiiy yo’l bilan davolashga bo’lgan ehtiyoj katta. Shu sababli dorivor o’simliklarni ko’paytirish, uning shifobaxsh xususiyatlarini chuqurroq o’rganish va tabiiy dori vositalarini tayyorlash dolzarb muammolardan biri bo’lib kelmoqda.Shunday o’simliklardan biri bo’lgan tukli erva o’simligining botanik tavsifi va dorivor xususiyatlari bilan tanishib chiqamiz.
Kalit so’zlar: Pol-pola, flavonoidlar, rutin, efir moyi, alkaloidlar, morfologiya, diuretik, pektin, saxaroza, aminokislotalar, K vitamini.
Tukli erva (pol-pola) - Aerva lanata juss.A machindoshlar (tojixo’rozdoshlar) – Amagapthaseae oilasiga kiradi.Ko’p yillik begona o’t. Ildiz tarmog’I chuqur emas, oqish, ko’zga yaqqol tashlanmaydigan o’q ildizli, asosiy ildiz o’rnini bosuvchi, nisbatan yirik ikkinchi tartib tarmoqli ildizlari bor. Ildizlarning asosiy qismi tuproqning 3-8 sm li qatlamida joylashgan. Ildiz tarmog’ining shox otish tartibi beshtagacha yetadi. Bosh poyasi yogo’ochlangan bo’lib, bo’yi 94 smgacha, oʻrtacha 70 smni tashkil qiladi. Uning o’sishi iyunning o’rtalarida to’xtaydi va shu davrda 2-3 tub bo’g’inlarda yon novdalar o’sadi. Bir tupidagi ikkinchi tartibli novdalar soni 3 tadan 13 tagacha, uzunligi 2 smdan 53 smgacha yetadi, o’rtacha 23 sm. Yaproqlari nashtarsimon – tuxumsimon yoki tuxumsimon - elipssimon, uzunligi 2-3 sm , kengligi 0,5 -1,5 sm, qisqa bandli, chekkalari butun, uch qismi oʼtkirlangan yoki to’mtoq bo’lib, asosi ponasimon. Yaproqlar dastlab qarama-qarshi, keyin ketma-ket joylashgan. Poyaning quyi qismida yaproqlari yirikroq, yuqorilashgan sari maydalashadi. To’pguli konussimon zich boshoq tarzida bo’lib qalin oqimtir tuk bilan qoplangan.Gullarining kengligi 2 mm, tashqi tomoni sertukligi tufayli kulrang - oqish ichki tomoni esa och yashil. Urug’lari 0.6-0.8 mm, qora, yaltiroq.[1]

Yüklə 18,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin