Tunda ko‘rish texnikasi



Yüklə 17,39 Kb.
səhifə1/4
tarix31.12.2021
ölçüsü17,39 Kb.
#112265
  1   2   3   4
Tunda ko'rish texnikasi...



TUNDA KO‘RISH TEXNIKASI
Inson ko‘zining boshqa sezgi a’zolari kabi imkoniyatlari chegaralangan bo‘lib, belgilangan to‘lqin uzunliklari oralig‘idagi nurlarnigina ko‘ra oladi. Bu chegarani kengaytirishning iloji bormi? Nega hamma nurlarni ko‘rolmaymiz? Infraqizil nurlarni ko‘rsatuvchi texnik vositalar qanday ishlaydi? Ularning vazifasi nimalardan iborat? O‘ylaymizki, bu kabi qator savollarga ushbu maqoladan javob topasiz.

To‘lqinlar ummonidagi tomchi

Atrofimizdagi hamma narsa o‘zidan nur taratadi. Yanada aniqroq qilib aytganda, harorati molekulalar harakati to‘xtaydigan 0°K, ya’ni -273°S ga teng bo‘lmagan hamma narsa o‘zidan elektromagnit to‘lqin chiqaradi. Tarqalayotgan bu nurlarning to‘lqin uzunligi nanometr ulushlaridan yuzlab kilometrgacha bo‘lgan spektr oralig‘ida yotadi.

Deyarli hamma narsa harorati 0°K dan yuqori bo‘ladi. Demak, bir ma’noda biz elektromagnit to‘lqinlar ummonida yashaymiz. Lekin, ko‘zimiz ko‘radigan nurlar bu bepoyon ummondan bir tomchi, xolos.

Nurlarning ko‘rinish yoki ko‘rinmasligi ularning energiyasiga bog‘liq. Yorug‘lik nuri energiyasi quyidagi formula bilan hisoblab topiladi:

Y=h c/λ

H-Plank doimiysi (1,58 1034kalsek), C-yorug‘lik tezligi (310° m/s), λ- yorug‘lik to‘lqin uzunligi.

Demak, to‘lqin uzunligi qancha kichik bo‘lsa, uning energiyasi shuncha katta bo‘ladi.

To‘lqin uzunligi 0,3 mkm.dan qisqa nurlarning energiyasi ko‘zimizdagi oqsil molekulasi va nuklein kislotalarini zararlantiradigan darajada yuqori (ya’ni ko‘z bunga dosh berolmaydi) bo‘lsa, 1,8 mkm.dan katta to‘lqin uzunlikdagi yorug‘lik energiyasi sezgir pigment — rodopsinda fotokimyoviy jarayonni yuzaga keltirishi uchun kamlik qiladi. Inson ko‘zi esa 0,38-0,78 mkm. oralig‘idagi nurlarni ko‘rish imkoniyatiga ega. Bu oraliqqa kirmaydigan nurlarni ko‘rolmaymiz. Ammo infraqizil to‘lqinlarni sezishimiz mumkin.

Inson tanasida sovuqni his qiladigan 150 mingta retseptor bor. Ular, asosan, yuqori lab, burun, dahan, ko‘krak, peshona va barmoq terilarida joylashgan. 16 mingta issiqni his qiluvchi retseptor esa, asosan, burun uchi, qo‘ltiq osti va barmoq uchlarida joylashgan.

Inson ko‘zi qisqa to‘lqin uzunligidagi yuqori energiyali nurlarni ko‘rishga dosh berolmaydi. Ammo katta to‘lqin uzunligidagi nurlarning bizga ko‘rinmasligining boshqacha foydasi bor. Agar infraqizil nurlar bizga ko‘ringanida, biz kunduzi emas, faqat qorong‘uda ko‘rgan bo‘lardik. Ko‘zimizda ma’lum harorat (37°S) borligi uchun, u ham o‘zidan infraqizil nurlar diapazonida yotadigan nur chiqaradi. Ko‘zimizdan chiqayotgan infraqizil nur atrofni yaxshi ko‘rishimiz uchun halaqit berar, ammo qorong‘uda jismlarni aniq ko‘rishga xizmat qilardi. Biz ko‘radigan nurlar ma’lum yorug‘lik intensivligi bilan ham chegaralangan. Masalan, erta tongda atrofning g‘ira-shira ko‘rinishi yoki kuchli projektor shu’lasida ko‘rolmay, ko‘zingizni chirt yumgan paytingizni bir eslab ko‘ring. Ko‘zning to‘r pardasida yorug‘lik to‘lqin uzunligi va intensivligiga ko‘ra turli sezish xususiyatiga ega to‘rt xil retseptorlar mavjud. Ular — uch xildagi 6,5 million kolbacha va 100-124 million tayoqchadan iborat. Ko‘z qorachig‘i diafragmasi ko‘zga tushayotgan yorug‘lik oqimini sfinkter mushaklar orqali boshqaradi. Yorug‘da qorachig‘imiz kichraysa, qorong‘uda kattalashadi. Lekin juda kuchli yorug‘lik intensivligida ham qorachiqni ma’lum darajadan ortiq kichraytirib bo‘lmaydi. Bunday holatlarda qovoqlarimiz yordamga kelib, bizni kuchli yorug‘likning zararidan saqlab qoladi. Ko‘z qorachig‘i diafragmasi va qovoqlarimiz shu darajada tez ishlaydiki, biz o‘z xohishimiz bilan uning harakatini boshqarolmaymiz. Ko‘zimiz juda murakkab va nozik tuzilgani uchun o‘ta sezgir «qo‘riqchilar» bilan himoyalangan.




Yüklə 17,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin