Турк адабиёти тарихи



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə1/25
tarix14.07.2018
ölçüsü0,62 Mb.
#56743
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25


ALIMBEKOV ADXAMBEK

Turk adabiyoti
tarixi
(XIII-XVIII asrlar)

Toshkent – 2005

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi

Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti



ALIMBEKOV ADXAMBEK


Turk adabiyoti
tarixi
(XIII-XVIII asrlar)

Toshkent – 2005



Ushbu o‘quv qo‘llanmasida turk mumtoz adabiyoti tarixida o‘ziga xos o‘rni bo‘lgan ijodkorlar haqida fikr yuritiladi. O‘rta asrlar turk adabiyoti mavzusida ilk marotaba darslik-qo‘llanma yaratilayotgani uchun, muallif qisqacha turk xalq og‘zaki ijodi haqida ham ma’lumot beradi.

Bir kitobda butun turk mumtoz adabiyoti namoyandalari ijodini qamrab olish imkoniyati yo‘qligi tufayli, avtor XIII-XVIII asrlarga alohida umumiy xarakteristika berib, asosan har bir asrda yashagan mashhur shoirlar ijodi xususida fikr yuritadi. Kitobni yozishda turk adabiy manbalari va turk adabiyotshunoslari F. Ko‘prulu, A. Qaboqli, A. Tanpinar, S. Kora Ali o‘g‘lining, rus sharqshunoslari akad. V. Gordlevskiy, A.V. Garbuzova, I.V. Borolina va boshqa olimlarning ilmiy tadqiqotlaridan foydalanilgan. Qo‘llanmada so‘z yuritilgan shoirlar ijodidan namunalarning ayrimlari Mirtemir tarjimasida (A.V.Garbuzova “Turk adabiyoti klassiklari” kitobidan olingan), yangi qo‘shilganlari A. Tilovov tarjimasida berildi. Matbuotdan olingan tarjimalarning mualliflari asar so‘ngida ko‘rsatildi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari “Turk xalq adabiyoti” (Istanbul 1978 y.) va boshqa Turkiyada nashr qilin­gan darsliklaridan olindi.

ALIMBEKOV A. Turk adabiyoti tarixi (XIII–XVIII asrlar). -T.: ToshDShI nashriyoti. 2005. -B.132.






Mas’ul muharrir filologiya fanlari doktori,


professor Q. SODIQOV

© Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, 2005

KIRISH


Tarixi ming yillar bilan o‘lchanadigan Sharq adabiyoti o‘zining boy adabiy merosi bilan jahon adabiyoti tarixida alohida o‘rin tutadi. Sharq badiiy olamida turk adabiyotining o‘ziga xos o‘rni bor. Ming yillardan beri o‘zining yozuv tarixiga ega Sharqda turk adabiyoti nisbatan yoshdir. Turk adabiyoti tarixi hozirgi turklarning ajdodlari bo‘lmish turkiy o‘g‘uz qabilalarining XI-XIII asrlarda Kichik Osiyo yerlarini zabt etilishidan boshlanadi.

Tarixiy manbalardan ma’lumki, o‘g‘uz qabilalari VI-VIII asrlarda Markaziy Osiyoda yashaganlar va muntazam boshqa turkiy qabilalar bilan aralashish protsessida bo‘lgan. VIII asrda O‘rta Osiyoda Sirdaryo bo‘ylariga ko‘chib kelgan o‘g‘uz qabilalari islom dinini qabul qilgach XI asrda saljuqiylar sulolasi boshchiligida Kichik Osiyo yerlariga bostirib kiradilar. Bu paytda Kichik Osiyoda Vizantiya hukmronlik qilardi. Umuman turkiy qabilalar VIII-X asrlardayoq Kichik Osiyo yerlarida paydo bo‘lib, qarluqlar, qipchoqlar Vizantiya imperiyasiga qarshi doimiy urush olib borganlar. Qabilalardan bir qismi bosib olingan yerlarda joylashar va mahalliy aholiga qo‘shilib ketardi ham. XI asrda saljuqiylar sulolasi boshchiligidagi o‘g‘uzlarning Kichik Osiyo territoriyasiga bostirib kirishi nihoyatda kuchaydi. Shunday qilib poytaxti Konstantinopol bo‘lgan Kichik Osiyodagi Vizantiya imperiyasi o‘rnida ikkita turkiy davlat – poytaxti Sivas shahri, Donishmandiylar davlati (1067-1180) poytaxti Konya bo‘lgan Saljuqiylar davlati (1077-1307) paydo bo‘ldi. Kichik Osiyoning sharqiy-janubida va markaziy qismida joylashgan bu ikki davlat XV asrning o‘rtalarida Vizantiya imperiyasining tamoman yemirilishida muhim rol o‘ynadi.

Turk yozma adabiyoti manbai xalq og‘zaki ijodidirkim, uning ildizi o‘g‘uzlar Kichik Osiyoga kelgunlaricha ko‘chmanchi bo‘lib yashagan yerlariga borib taqaladi. Turk adabiyoti boshqa turkiy xalqlar madaniyati bilan o‘zaro chambarchas aloqada paydo bo‘ldi va shakllandi. Turkiy qabilalar azaldan bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lganlar va umumturkiy bo‘lgan madaniy yodgorliklarni – qadimgi turk yozma yodgorliklarini yaratganlar. Qadimgi turk yozma yodgorliklari – O‘rxun-Enasoy (VI-VIII asrlar) yodnomalari bunga misoldir. Turkiy qabilalar o‘rtasida o‘zaro adabiy alo­qalar bo‘lgan. Ayrim obrazlar, syujetlar deyarli barcha turkiy xalqlar og‘zaki ijodida uchraydi. Keyinchalik har bir xalq adabiyoti ma’lum ijtimoiy-tarixiy sharoitda o‘ziga xos rivojlanish yo‘lidan bordi. Mana shu o‘ziga xoslikni, har bir adabiyotning taraqqiyot tendensiyalarini chuqur o‘rganish adabiyotshunoslikning vazifalaridandir. Adabiy merosga bo‘lgan munosabatga qarab turk adabiyotshunoslarini ikki guruhga bo‘lish mumkin.

Birinchi guruh olimlari turk adabiyotining boy adabiy merosga egaligini ta’kidlab, hozirgi zamon turk adabiyoti o‘tmish adabiy an’analariga suyangan holda rivojlanayotganli-gini aytsalar, ikkinchi guruh vakillari o‘tmish turk adabiyoti taqlid adabiyotidir, asosan fors va arab adabiyotiga taqliddan boshqa narsa emas, bu adabiyot davr haqida to‘liq ma’lumot berolmaydi deyishadi va hozirgi adabiyotdagi qusurlarni ham adabiy merosning zaif tomonlarini o‘zlashtirishdan deb biladilar.

Jahon adabiyoti tarixida adabiy merosga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lish juz’iy hol emas. Bir vaqtlar eronliklar, arablar, hindlar ham o‘z adabiy merosiga shunday munosabatda bo‘lganlar.

Hozirgi vaqtda adabiy meros turk adabiyotshunoslari va boshqa turkologlar tomonidan har tomonlama jiddiy o‘rganilmoqda.

Turk adabiyotshunoslari adabiyot tarixini uch yirik davrga bo‘ladilar:


  1. Turklarning islom dinini qabul qilgunigacha bo‘lgan davr. X asrgacha bo‘lgan bu davr adabiy merosi barcha turkiy xalqlarga tegishli deb qarash kerak.

  2. Islom dini qabul qilingandan so‘nggi davr.

  3. Yangi davr, ya’ni g‘arb adabiyoti madaniyati ta’siri sezila boshlagandan keyingi davr.

Bular o‘z navbatida ijtimoiy muhitdan kelib chiqib yana bir qancha nom bilan kichikroq davrlarga ajratiladi.

Islomiyatdan avvalgi adabiyotni ikkiga ajratish mumkin:



  1. Og‘zaki adabiyot

  2. Yozma adabiyot

Islom dini qabul qilingandan so‘nggi turk adabiyoti uch bosqichga bo‘lib o‘rganiladi.

  1. O‘tish davri adabiyoti

  2. Xalq adabiyoti

  3. Mumtoz turk adabiyoti

Yangi, g‘arb adabiyoti va san’ati ta’siri sezila boshlagan uchinchi davrni yaratilgan asarlar ruhidan, umuman zamon talabidan kelib chiqib oltiga bo‘lish mumkin:

  1. Tanzimot davri turk adabiyoti;

  2. “Sarvati - funun” adabiyoti;

  3. “Fejri - Ati” adabiyoti;

  4. Milliy adabiyot;

  5. Milliy mujodala davri adabiyoti;

  6. Jumhuriyat davri turk adabiyoti;

Adabiyotni davrlashtirishni nisbiy tushunish kerak, chunki ikki davr o‘rtasiga “xitoy devori” qo‘yib bo‘lmaydi, albatta.

Turk adabiyotshunoslari turk xalq adabiyotini mazmun mohiyatidan kelib chiqib quyidagicha tasniflaydilar.



  1. Anonim turk xalq adabiyoti

  2. Diniy – tasavvufiy turk adabiyoti

  3. Oshiq tarzi turk adabiyoti

Anonim turk xalq adabiyotining nazmiy shakllari:

  1. Turku

  2. Mani

  3. Ayit (yo‘qlov)

  4. Tekerleme

  5. Bilmeje (topishmoq)

  6. Ninni (alla)

Nasriy shakllar:

  1. Masal (ertak)

  2. Doston

  3. Afsona

  4. Fikra (latifa)

  5. Xalq hikoyasi

  6. Otaso‘zi (maqollar)

  7. An’anaviy xalq tomosha o‘yinlari

Diniy-tasavvufiy turk adabiyotining nazmiy shakllari:

  1. Ilohiy

  2. Nafas

  3. Nutq

  4. Shatxiye

  5. Davriye

  6. Munojaat

  7. Tavhid

  8. Naat

  9. Mavlud

Nasriy shakllari:

  1. Futuvvatnoma

  2. G‘azovotnoma

  3. Manoqibnoma

  4. Battolnoma

Oshiq tarzi turk adabiyotining janrlari:

  1. Koshma

  2. Varshagi

  3. Samoiy

  4. Doston

  5. Go‘zallama

  6. Kochaklama

  7. Tashlama

Turk adabiyotining rivojlanishida fors, arab adabiyotlari-ning ta’siri katta bo‘lgan. Shoirlar fors hamda turk tillarida ijod qilganlar. Turkiyaga fors saroy adabiyoti bilan birga xalq og‘zaki ijodi ham kirib kelgan. “Tazkira” tuzish ham turklarga eron adabiyotidan o‘tgan.

Turk adabiyotini o‘rganish, o‘rta asrlardan boshlanadi deyish mumkin. Tanqidiy qarashlar ham bo‘lgan buningdek antologiyalar turk adabiyoti haqida Yevropada ilmiy adabiyotlar paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. XVIII asrning 70-yillarida Venesiyada e’lon qilingan turk adabiyoti tarixiga oid kitob va “Turkiyadagi har xil fanlar ahvoli” deb nomlangan Abbat Toderining ilmiy ishi, XIX asr boshlarida e’lon qilingan Avstraliyalik sharqshunos Hammer Prugshtalning to‘rt tomlik “Istoriya osmanskogo izyashnoy slovesnosti” (“Usmonli so‘z san’ati tarixi”) kitoblari shular jumlasidandir.

Hozirgi kunda jahon sharqshunoslari tomonidan turk adabiyoti tarixi izchil o‘rganilmoqda.


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin