O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI
OQQO`RG`ON TUMANI 5-UMUMIY O`RTA TA’LIM MAKTABI BOSHLANG`ICH SINF
O`QITUVCHISI ABDULLA XOLBO`TAYEVNING ONA TILIDAN BOSHLANG`ICH SINFLAR
UCHUN ISHLAGAN
Yozma nutq
nomli
FAN TO`GARAGI
OQQO`RG`ON - 2021
“Yozma nutq” to`garagi 34 soat(3-4-5-sinflarga ham bo`ladi)
№
Mashg`ulotlar nomi
sana
sana
1
Qisqa gaplar
2
Gaplarga
kimga?nimaga? so`roqlarini kiritish
3
Ega va kesimdangina iborat gaplarni
kengaytirish
4
Qisqartirilgan hikoyachani kengaytirish
5
Bir gapni turli mazmunlar bilan boyitish
6
Boshlangan gapni oxiriga yetkazish
7
Qisqa
gapni yoyish
8
So`roqlar o`rniga so`z qo`yish
9
Berilgan so`zlardan gap tuzish
10
So`zlar zanjiridan kichik hikoya yasash
11
Rasm asosida hikoya yozish
12
Chunki so`zini gapda to`g`ri qo`llash
13
So`roq gaplarni davom ettirish
14
O`z oilasi haqida namunada ko`rsatilganidek
bayon yozish
15
Uyushiq bo`laklarni yozish tartibi
16
Nima uchun?Nima sababli? so`roqlari
bilan
gaplarni kengaytirish
17
Gapni
yakuniga yetkazish
18
Gaplarga ega va kesim qo`yish
19
So`zlarga ta’rif berish
20
Vatan haqida insho yozishga ilk qadam tashlash
21
Berilgan so`zlardan antiqa gap tuzish
22
Monitor orqali gap tuzish
23
Savolga to`liq javob berishni o`rganish
24
Bayon yozish namunasi
25
Bayonga reja tuzishni o`rganish
26
Biron so`zning ma’nosiga zid so`zni qo`llash
27
Ko`rgan narsani so`z bilan tasvirlash
28
Bir so`zning ma’nodosh sherigini qo`llash
29
Bayon yozishni mashq qilish
30
Insho yozishga tayyorgarlik
31
Insho namunasi
32
Telefonda SMS usulida xat yozish
33
Insho uchun reja tuzishni mashq qilish
34
Umumiy takrorlash
1.Qisqa gaplar
1-mashq. Berilgan gaplarga qachon? yoki qayerda? so`roqlarini
bering va gapni to`ldiring.
Namuna: Quyosh botdi. (qachon?)
Quyosh hozir botdi.
Yomg`ir yog`adi.
Ustoz keldi.
Futbol o`ynamoqchimiz.
Paypog`imni yuvaymi?
Toshbaqa yetib keldi.
2-mashq.Berilgan gaplardagi xohlagan so`zingizni ma’nodosh
sherigiga almashtiring.
Namuna: Asilbek kasal bo`lib qoldi.
Asilbek betob bo`lib qoldi.
Kema suvga cho`kib ketdi.
Muzlatkichda ajoyib muzqaymoqlar bor.
Dunyoda turli xalqlar yashaydi.
O`g`ri bir zumda g`oyib bo`ldi.
Qalpoqni bozordan oldim.
3-mashq.Qanday? so`rog`ini berilgan gaplarga to`g`ri qo`shib
gapni kengaytiring.
Namuna : Inson yolg`on so`ylamasin. (qanday?)
Yaxshi inson yolg`on so`ylamasin.
Lochin osmonda paydo bo`ldi.
Kitob o`quvchining jon-u dili.
Multfilmni ko`rib maza qildik.
Bolalik ortga qaytmas ekan.
Mushuk hech kimga yoqmadi.