Usta Olim Komilov



Yüklə 358,39 Kb.
tarix31.12.2021
ölçüsü358,39 Kb.
#112761

Usta Olim Komilov (1875, Margʻilon — 1953.3.4, Toshkent) — sozanda (doyra, nogʻora, chang), milliy kuy, usul va raqslar bilimdoni, pedagog, oʻzbek sahnaviy raqs sanʼatining asoschilaridan. Mehnat Qahramoni (1932), Oʻzbekiston xalq artisti (1937). Margʻilonda Masaid otadan doira chalishni oʻrgangan. Dastlab Margilon yallachilari, sozandalarga joʻrnavozlik qilib, toʻy, sayil, keyinchalik choyxonalarda xizmat qilgan. Oʻzbek davlat konsertetnografik truppasi (1929 yildan Oʻzbek davlat musiqali teatri, 1939 yildan Oʻzbek davlat opera va balet teatri)da doirachi; raqs studiyasida dare bergan (1926-43).

U.O. oʻzbek rake sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan. U toʻplagan va oʻzi yaratgan oʻzbek raqsi usullari raqqosalar uchun asosiy qoʻllanma boʻlib qoldi. U.O. Tamaraxonim va M. Turgʻunboyeva kabi raqqosalar ustozidir. Tamaraxonim bilan ijodiy hamkorlikda qad. oʻzbek raqslarini sahnalashtirgan, ularning ayrimlarini raqqosalar ansambli ijrosiga moslashtirgan ("Zang", "Gul oʻyin", "Sadr", "Daromadi gul oʻyin" va h. k.), yangi "Pilla", M. Turgʻunboyeva bilan "Paxta", oʻzi "Tantana" raqslarini yaratgan. "Farhod va Shirin" (Xurshid pyesasi; V. Uspenskiy, G. Mushel musiqasi), "Gulsara" (Komil Yashin, M. Muhamedov; R. Glier) spektakllariga raqslar sahnalashtirgan, "Paxta" (N. Roslavets, 1933), "Shohida" (F. Tal, 1939) baletlarini sahnalashtirishda qatnashgan.

U.O. ijrosidagi xalq doyra usullarining kupi Il. Akbarov ("Doyra usullari", T., 1952), V. Uspenskiy, Ye. Romanovskayalar tomonidan yozib olingan. U.O.ning ijro uslubi zarblar jilvadorligi qamda tembr vositalarining xilmaxilligi bilan ajralib turadi. T. Inogʻomov, K. Azimov, A. Toʻychiyev va boshqa doirachilarga ustozlik qilgan.

Moskvada oʻtkazilgan milliy teatrlar olimpiadasi (1930), oʻzbek sanʼati dekadasi (1937) qatnashchisi (dekadada ijro etilgan "Sayil va kolxoz toʻyi" inssenirovkasining yaratuvchilaridan). U.O. doiraning boy ifoda imkoniyatlarini chet mamlakatlarda ham namoyish qilgan. Tamaraxonim va boshqa bilan birinchi xalqaro raqs festivalida gʻoliblikka erishgan (London,1935) va uning kaftlaridan olingan gips nusxa Angliya muzeyida saklanadi. Fargʻonadagi 1musiqa maktabi, Toshkent va Margʻilondagi koʻchalardan biriga U.O. nomi berilgan.[1]



Doira (childirmachirmandadoyradaffdapp) — oʻzbek, tojik, uygʻur va boshqa sharq xalqlarining cholgʻu asbobi. Doira zarb bilan urib chalinadi. Gardishi oʻrik, yongʻoq yogʻochidan yasaladi. Gardishi ustidan tashqari tomondan teri bilan qoplanadi. Gardishning ich tomoniga tamburinnikiga oʻxshash xalqachalar osiladi.

  • 1Tarixi

  • 2Tuzilishi

  • 3Chalish usuli

  • 4Havolalar

Tarixi[tahrir]


Doira qadimiy musiqa cholgʻularidan hisoblanadi. Markaziy Osiyo (Niso shahri, eramizdan avvalgi 2-asr)da topilgan terrakota yodgorliklarida doirachi ayollar tasvirlangan. Doira va unga yaqin urma musiqa cholgʻulari tojik, arman, ozar, uygʻurlarda dapdappdaffdef deb nomlanadi.

20-asrda oʻzbek doira ijrochilik anʼanalarini Usta Olim Komilov, T. Inogʻomov, D. Sottixoʻjayev, Rahim Isoxoʻjayev, F. Azimov, Qahramon Dadayev, O. Kamolxoʻjayev, aka-uka Islomovlar, M. Oripov, R. Otaboyev, T. Sayfiddinov, R. Samadov va boshqalar mukammallashtirgan.


Tuzilishi[tahrir]


Doiraning asosiy qismi (gardishi) tok zangi, soʻnggi yillarda zarang, akatsiya, loʻlilarda tol daraxtlaridan ishlanadi. Gardishning tashqi tomoniga buzoq, toy yoki echkining oshlangan terisi qoplanadi. Ichki tomoniga esa tamburinnikiga oʻxshash maʼdandan ishlangan halqachalar osiladi. Doiraning halqasiz turlari ham mavjud.

Gardish diametri 400—510 mm ni tashkil etadi. Doirada tovush ikki qoʻl barmoqlari yordamida hosil qilinadi. Undan yakka ijroda hamda turli xil milliy cholgʻu ansambllarida joʻrnavoz cholgʻu sifatida foydalaniladi.


Chalish usuli[tahrir]


Doirani chalishda qoʻllaniladigan ritm birliklari (naqralar) haqida qadimiy manbalarda yozilgan. Doira usuli odatda ikki xil zarbdan iborat. Biri — bak (baka, bako, bakka, bakko). Bak doira gardishiga yaqin joyga urilganda chiqadigan tovushdir. Ikkinchi zarb — bum. Bumni chalish uchun barmoqlarni choʻzib doiraning oʻrtaroq qismiga uriladi.
Yüklə 358,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin