Va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti



Yüklə 236,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix22.05.2023
ölçüsü236,53 Kb.
#127389
  1   2
Qq0PZyjPpTOVCK7df5cHzXR0r77FYlIQmrhl5aLm



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH 
VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari  
 
 
“O‘zbek tilining o‘qitish moduli”
 
 
o‘quv kursining
 
“Darsni faollashtiruvchi vositalar” mavzusidan ma’ruza matni 
Ma’ruzachi: Boyatov Oybek Maxmudjon o‘g‘li 
Toshkent- 2022


2-Mavzu: Darsni faollashtiruvchi vositalar 
Reja: 
1. Darsda o‘quchilar faolligini oshirish usullari 
2. Metod va metodika
3. Kompotensiyaviy metodlar 
Hozirgi paytda pedagogika fanida pedagogik texnologiyalar, ta’lim 
texnologiyasi, o‘qitish texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinmoqda. Bugungi 
kungacha pedagogik adabiyotlarda, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy 
hujjatlarda “yangi pedagogik texnologiya”, “ilg‘or pedagogik texnologiya”, 
“zamonaviy ta’lim texnologiyasi”ga oid tushunchalari hali ham bir qolipga 
tushirilmagan, entsiklapediyalarda izohlanganicha yo‘q, uning mazmunini yagona 
talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi 
ko‘pgina ta’riflari mavjud.
Bugungi kunda darsni faollashtiruvchi vositalar bir qancha.
Darsni faollashtiruvchi vositalar quyidagilardir:
1. Ijobiy muhit – har bir pedagog sinfda ijobiy muhitni shakllantira olishi lozim.
2. Fikrlarni tinglash – har bir fikrni tinglash zarur. U fikrlar yangi ilmiy 
g‘oyalarni kashf etishi mumkin.
3. Noto‘g‘ri gapirsa ham imkon yaratish – o‘zbek tili fanining bugungi vazifasi 
ham o‘quvchini o‘zbekcha gapirishga undash. Agar siz o‘quvchini gapirishdan 
to‘xtatsangiz, shu bilan gapirmay qo‘yadi.
4. Turli metodlardan foydalanishdan cho‘chimaslik – dars davomida turli xil 
metod va usullardan keng foydalanish, bu darsni yanada qiziqarli o‘tishi uchun asos 
bo‘ldi.


Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi 
ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, 
o‘qituvchi faoliyati yangilanadi, o‘quvchi va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga 
chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, isonparvarlik tuyg‘ulari tizimi shakllantiriladi. 
Dars jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishdan maqsad, avvalo, 
dars sifatini oshirish va samarali bo‘lishini ta’minlash va o‘quvchilarda nutqiy 
rivojlanish kompetensiyasini shakllantirishdir. 
O‘zbek tili kompetensiyalarini ikki guruhga bo‘lib o‘qitiloishi va u 
kompotensiyalar orqali o‘quvchilar bilimini rivojlantirish va baholash mumkin.
Nutqiy kompotensiyalar o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi.
1. O‘qib tushunish 
2. Tinglab tushunish 
3. Gapirish
4. Yozish 
Lingvistik kompotensiyalar – fanga oid nazariy bilimlarni o‘quvchilarga 
yetkazish. Bu kompotensiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
1. Grammatik – tilshunoslikka oid nazariyalar, qoidalar 
2. Leksik – tilimizdagi so‘z boyliklari, lug‘at va uning turlari, lug‘atdan unumli 
foydalanish, so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari, ularning 
mazmuni kabilar.
O‘tgan yillarimizga nazar tashlab, ularni sarhisob qilsak, mustaqilligimiz 
sharofatini yanada chuqurroq anglaymiz. Biz ta’limda butunlay yangilanish, yangi 
jarayonga tom ma’noda o‘tish va unga moslashish davrini boshimizdan 
kechirmoqdamiz. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 
bizga eski usullardan voz kechib ta’limning har bir qirrasigacha qayta qurish imkonini 


bergan bo‘lsa, “2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy 
dasturi” esa qo‘lga kiritilgan imkoniyatlarni: takomillashgan davlat ta’lim standartlari, 
o‘quv dasturlari, davlat talablari, yangi o‘quv darsliklarini har tomonlama zamon 
talablariga mos jihozlangan maktablarda, zamonaviy o‘quv xonalarida amaliyotga 
joriy etish imkoniyatlarini keng ochib berdi. 
Yangilangan ta’limda o‘quvchining yuragidagi cho‘g‘ni alanga oldirish, uni har 
tomonlama rivojlantirib, bilimdan-bilimga yetaklab olib chiqish uchun zamonaviy 
darslar zarurdir. 
Dars jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishdan maqsad, avvalo, 
dars sifatini oshirish va samarali bo‘lishini ta’minlash va o‘quvchilarda nutqiy 
rivojlanish kompetensiyasini shakllantirishdir. 
Darsni faollashtiruvchi pedagogik texnologiyalar turlari: 
1. 
Muammoli o‘qitish. 
2. 
Rivojlantiruvchi ta’lim. 
3. 
Dasturlashtirilgan ta’lim. 
4. 
Mujassamlashtirilgan ta’lim. 
5. 
Faol o‘qitish. 
6. 
O‘yin texnologiyalari. 
Shuningdek, hozirda pedagogik texnologiyalarning boshqa yo‘nalishlari ham 
mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari empirik, kognitiv, evristik, kreaktiv, inversion, 

Yüklə 236,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin