Varaxsha. Bajardi: Meliqulova Zarina



Yüklə 0,58 Mb.
tarix14.04.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125290
varaxsha

Varaxsha.

Bajardi: Meliqulova Zarina

Varaxsha — qadimiy shahar harobasi. Buxorodan 40 km shimoliy-gʻarbda, Dashti Urganji koʻlining qadimiy Rajfandun vohasida joylashgan. Varaxsha maydoni 9 ga va balandligi 10—20 metrli ulkan tepa shaklida saqlangan.

  • Varaxsha — qadimiy shahar harobasi. Buxorodan 40 km shimoliy-gʻarbda, Dashti Urganji koʻlining qadimiy Rajfandun vohasida joylashgan. Varaxsha maydoni 9 ga va balandligi 10—20 metrli ulkan tepa shaklida saqlangan.

Varaxsha va uning atrofida V. A. Shishkin (1937-39, 1947-54) keng koʻlamda arxeologik tadqiqotlar olib borgan; A. Muhammadjonov (1975—77), O. V. Obelchenko (1977—79), G. V. Shishkina (1987—90) ham Varaxshaning ayrim qismlarida qazishmalar olib borishgan. Arxeologik qazishmalardan maʼlum boʻlishicha, Varaxsha mil. av. 2-asrda bir-biriga tutashgan bir nechta istehkomli qishloqlar tarzida qad koʻtargan.
Varaxsha harobalarining shimoliy gʻarbida qadimiy qoʻrgʻonlardan birining tashqi devori hamda yarim doira shakldagi ichki sahni 4,5×5 metrli burji kavlab oʻrganilgan. Devorning qalinligi 1,8—1,9 m va hajmi 37×41×10 sm boʻlib xom gʻishtdan qurilgan. Devor va burjlarida ichki tomoni 38—40 sm, tashqarisi 75—80 sm, kengligi 20—22 sm boʻlgan paykonsimon nishon tuynuklari ochilgan.
Mil. av. 2—1-asrlarda va mil. 1—2 asrlarda Varaxsha va uning atrofida madaniy hayot gullagan. 3—4-asrlarda Varaxsha tanazzulga uchragan. 5-asrda Varaxsha yana tiklanib Buxoroning qadimiy hukmdorlari — buxorxudotlarnint qarorgohiga aylangan. Shu davrda Varaxsha mustahkam devor bilan oʻralgan, uning janubiy qismida ark qurilgan. 8—10-asrlarda ayniqsa obod boʻlgan. Varaxsha va uning atroflari 12 kanal bilan sugʻorilib, Rajfandun vohasidagi eng yirik va markaziy qalʼalardan biriga aylangan.
Buxoro va Xorazm oraligʻidagi karvon yoʻli Varaxsha orqali oʻtgan[1]. Har oʻn besh kunda Varaxshada bir kunlik, yil oxirida 20 kunlik bozor sayli (navroʻzi kasho varzon, yaʼni dehqonlar yangi yili) oʻtkazilgan[2]Buxorxudotlar qarorgohi qilinishi bilan Varaxsha yirik shaharga aylangan. 11—12-asrlarda uning hududi eniga 6 km dan ziyod boʻlgan. 12-asrda Varaxsha vohasidagi hayot toʻsatdan nomaʼlum sabablarga koʻra toʻxtab qolgan.

Meʼmorligi va sanʼati

  • 1949—54 yillarda Varaxsha tarixi va meʼmorligi oʻrganildi. Kvadrat shakldagi yirik xom gʻishtlardan qoʻshminora tarzida oʻrab chiqilgan balandligi 15 m boʻlgan tagkursilarning biriga podsho saroyi va ikkinchisiga soqchixonali darvozaxona bino qilingan. Arkning sharqiy qismida tomi ravoqsimon gumbaz tarzida yopilgan uzun yoʻlaksimon (navkarxona va darvozaxona) xonalar mavjud boʻlgan.

Arkning markazida janub tomoni mudofaa devoriga yondoshgan Varaxsha hukmdorining saroyi joylashgan. U Sharqiy (11,5×17 m) va Gʻarbiy (6,6×7,25 m) mehmonxona hamda Qizil xona (zal) (8,5×12 m) lardan iborat boʻlgan. Saroy gʻarb tomonidan 3 ravoqli ganchkori ustunlar oʻrnatilgan hashamatli peshayvon bilan oʻralgan. Ayvon ravoqlarining ustunlari va toqilariganchkori qabartma tasvirlar hamda turli xil girixlar bilan bezatilgan.
  • Saroyning Kizil xona va Sharqiy mehmonxonalari toʻla kavlab ochilgan. Xona devorlari mayda somonli loy suvoq ustidan yupqa ganch suvoq qilinib, devoriy rasmlar qizil, sariq, kulrang, qora, zangori, pushti va jigarrang boʻyoqlar bilan bezatilgan. Ularda turli xil manzaralarfil mingan shahzoda va chokarlarning old va ortdan chovut solgan qoplonlar bilan olishuvi; qayrilib nishongakamondan oʻq uzayotgan ot ustidagi chavandoz, qanotli tuya shaklidagi oltin taxtda oʻtirgan hukmdor tasvirlangan. 

Sharqiy mehmonxona devorida tiz choʻkib, qoʻlida qadah tutgan malikabelida shamshir, bir qoʻlida qisqich ushlagan podshoh, oʻrtada vazasimom otashgoxda yonib turgan muqaddas olov-azarxurro, otashgoxdan oʻngda beliga xanjar taqilgan shahzodaning tiz choʻkib ibodat qilayotgan tasviri yoki sovut va dubulgʻa kiygan, qoʻllarida nayza, qalqon ushlagan suvoriylarning jang qilayotgan, shuningdek butazortoʻqay ichidagi ov manzarasi kabi tasvirlar ayniqsa diqqatga sazovordir.

  • Sharqiy mehmonxona devorida tiz choʻkib, qoʻlida qadah tutgan malika, belida shamshir, bir qoʻlida qisqich ushlagan podshoh, oʻrtada vazasimom otashgoxda yonib turgan muqaddas olov-azarxurro, otashgoxdan oʻngda beliga xanjar taqilgan shahzodaning tiz choʻkib ibodat qilayotgan tasviri yoki sovut va dubulgʻa kiygan, qoʻllarida nayza, qalqon ushlagan suvoriylarning jang qilayotgan, shuningdek butazortoʻqay ichidagi ov manzarasi kabi tasvirlar ayniqsa diqqatga sazovordir.
  • Arxeologik topilmalardan aniqlanishicha, janubiy xonalarning ikkinchi qavatidagi xona ganchkori naqshlar bilan bezatilgan ekan. Koʻplab topilgan qabartma ganchkori naqshlar orasida hovuzda suzib yurgan baliqlaryelkasidan oʻq yegan arhar, yelib borayotgan jayranbedanalarayol boshli baxt qushi — Humo, hamlaga tayyorlanayotgan ajdarho, taqimiga sadoq bogʻlagan suvoriy hamda koʻpdan-koʻp ayollarning bosh qismlari bilan bir qatorda turli xil islimiy va girih parchalari uchraydi.

E’tiboringiz uchun Rahmat.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin