Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə1/22
tarix03.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#123752
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
PQ-3857 16.07.2018




[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]

[TSZ:

1.Moliya / Xorijdan mablag‘ jalb qilish]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
1. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
moliyaviy bitimlar, qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimlar, loyiha bitimlari, subsidiar bitimlar, huquq va talablarni o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlar, xat-bitimlar va boshqa bitimlarni (keyingi o‘rinlarda loyihalar bo‘yicha bitimlar deb yuritiladi) imzolagan vazirliklar va idoralar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan ushbu qarorda belgilangan tartibda loyiha bo‘yicha bitimlarga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar va tuzatishlarni imzolash vakolatiga ega;
kuchga kirishi uchun yuridik xulosalar berilishi shart bo‘lgan loyihalar yuzasidan imzolangan bitimlar, shuningdek, davlat kafolatlari bo‘yicha yuridik xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga bitimlar va kafolatlar kiritilgandan keyin bir hafta muddatda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda XMI/XHMT deb yuritiladi) uchun maqbul shaklda Adliya vazirligi tomonidan beriladi;
XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida yer uchastkalari olib qo‘yilganda, uylar, boshqa imoratlar, inshootlar buzilganda yoki daraxtlar kesilganda tovon to‘lash, agar bu loyihalar bo‘yicha bitimlarda nazarda tutilgan bo‘lsa, XMI/XHMT talablariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar va transport vositalari bojxona to‘lovlari (bojxona yig‘imlari bundan mustasno), qo‘shilgan qiymat solig‘i, davlat maqsadli jamg‘armalariga yig‘imlar to‘lashdan, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lmagan yuridik shaxslar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lmagan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan 2021-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatga ozod etiladi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PF-5717-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2019-y., 06/19/5717/3132-son)
XMI tomonidan pulli konsultativ xizmatlar ko‘rsatilgan xollarda, ushbu moliya institutlari mazkur xizmatlarni yagona yetkazib beruvchilar hisoblanadi va ular bilan maxsus axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuziladi.
3. Belgilansinki:
XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijlik mutaxassislarga kirish vizalarini rasmiylashtirish loyihalar tashabbuskorlari yoki ijro etuvchi agentliklar talabnomalariga binoan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmagan holda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijlik mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berish, vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning muddatini uzaytirish loyihalar tashabbuskorlari yoki ijro etuvchi agentliklar talabnomalariga binoan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan davlat boji undirilmagan holda amalga oshiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
4. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi loyihasini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish va samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarini bekor qilish bo‘yicha ishchi komissiya (B. Mavlonov) quyidagilarni nazarda tutsin:
a) XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish davrida va kafolat muddatida:
XMI/XHMT mablag‘lari hisobiga xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar va transport vositalarini bojxona to‘lovlari (bojxona yig‘imlari bundan mustasno), qo‘shilgan qiymat solig‘i, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalariga yig‘imlar to‘lashdan;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lmagan yuridik shaxslarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lmagan jismoniy shaxslarni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lashdan ozod etishni;
b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan imtiyozlarni XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari, loyihalar tashabbuskorlari yoki ijro etuvchi agentliklarning o‘z mablag‘lari hisobiga xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar va transport vositalariga tatbiq etishni.
Imtiyozlar berish natijasida bo‘shab qoladigan mablag‘lar summasi O‘zbekiston Respublikasining XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishga qo‘shgan hissasi ekanligi belgilansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin