XODIMLAR BILAN ISHLASH BO’YICHA MAXSUS YO’RIQNOMA KIRISH
Ushbu yo’riqnomadan barcha savdo do’konlarida xodimlar bilan ishlash yo’nalishini rivojlantirish uchun foydalaniladi. Xodimlar bilan ishlash yo’nalishi asosan quyidagilardan iborat;
yangi xodim ishga olish bo’yicha
yangi xodimlarni ishga olish jarayonida, ular tomonidan taqdim qilinishi shart bo’lgan hujjatlarni qabul qilish
ularning hujjatlari bo’yicha ma’lumotlar ba’zasini shakklantirish va savdo do’konlarida doimiy ravishda saqlash
ularni ish boshlagan (3 kunlik sinov davrining) 1-kunidan boshlab xodim sifatida 1C va Tass dasturlarida o’z vaqtida kiritilishi va oylik ro’yxat (табель) dasturida o’z vaqtida bo’lishini ta’minlash
tashkilot va yangi xodimlar o’rtasida o’z vaqtida rasmiy ish faoliyati bo’yicha shartnoma tuzish
ishdan bo’shatilgan xodim bo’yicha
ishdan ketgan xodim bilan xodim va tashkilot o’rtasida tuzilgan (GPX) fuqorolik shartnomasi yoki mehnat shartnomasini o’z vaqtida tugatish
ularni ishdan ketish sabablarini aniqlash va HR bo’limga xodim ishdan ketish arizasi bilan birgalikda ogohlantirish
lavozim almashtirish bo’yicha
bir lavozimdan keyingi lavozimga o’tish bo’yicha arizalar har oyning oxirgi kuni HR bo’limiga taqdim qilinishi kerak.
ularning oylik maoshi to’g’ri chiqishini ta’minlash
ular bilan qayta shartnoma tuzish bo’yicha hujjatlashtirish amaliyotini o’z vaqtida bajarish
ASOSIY BO’LIM
Yangi xodim ishga olish jarayonida hech qanday hujjatlar qabul qilmay turib xodimni sinov muddatiga ishga chiqarish qat’iyan ta’qiqlanadi. Yangi xodim sinov muddatiga chiqishidan oldin uning hujjatlari to’liq shaklda to’planishi va HR bo’limiga taqdim qilinishi shart.
Yangi xodim ishga olish vaqtida, undan quyidagi hujjatlar talab qilinadi.
Passport yoki ID karta
INN (soliq boshqarmasidan olinadi)
INPS (yagona darchadan olinadi va Xaql bankida passportga ulatib kelinadi)
Quyidagi hujjatlar savdo do’koni rahbari tomonidan yangi ishga kirayotgan xodimga to’ldirish uchun beriladi:
Anketa
**xodim barcha hujjatlarni olib kelganidan so’ng, hujjatlari skanerlanib elektron jpeg yoki pdf formatiga o’tkiziladi. Yangi xodimning elektron shaklda to’plangan hujjatlari do’kon rahbari (menejer) yoki do’kon rahbari yordamchisi (supervayzer) tomonidan HR bo’limi menejeri dilnoza.tojiboyeva@daymart.uz Dilnoza Tojiboyevaga elektron pochta orqali yuboriladi.
Dilnoza Tojiboyeva qabul qilgan hujjatlarni yetarliligini va xatosiz jo’natilganiniga ishonch hosil qilgandan so’ng, u xodimga 1C dasturida ishga qabul qilish bo’yicha buyruq chiqaradi.
Buyruq chiqarilgandan so’ng, Dilnoza Tojiboyeva Telegramda DAYMART HR guruhida ishga olingan xodimlar bo’yicha kunlik e’lon beradi.
Muddat: Hujjat qabul qilingan kuning o’zida (1 kun)