Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir
tumani hokimining
Qarori
2013-yilda haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani hokimining 2014-yil 26-avgustdagi 1905q-sonli “2014-yilda haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish va moliyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan qaror qilaman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish va moliyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 5-bandiga muvofiq 2013-yilda ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolar uchun haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish 1-ilovaga
muvofiq korxona, tashkilot va fermer xo‘jaliklariga yuklatilsin.
2. Qo‘shko‘pir tuman Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (A. Bobojonov)ga 2-ilovada keltirilgan korxona, tashkilot va fermer xo‘jaliklari bilan
tegishli shartnomalar tuzib, haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish vazifasi topshirilsin.
3. Tegishli korxona, tashkilot va fermer xo‘jaliklari rahbarlari:
tashkil etiladigan haq to‘lanadigan jamoat ishlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolar uchun ularning maxsus dastlabki kasb tayyorgarligini
talab qilmaydigan, mehnat faoliyatining vaqtincha turlariga muvofiq bo‘lishini;
tuman Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqarolarni har oy davomida kamida ikki hafta muddatda haq to‘lanadigan jamoat ishlari bilan ta’minlanishi;
tuman Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqaro bilan ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasi tuzsin va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini ta’minlasin;
Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqaro bilan ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasi tuzishda, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatga haq to‘lash
xarajatlari, Qo‘shko‘pir tuman hokimligiga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bo‘yicha 50 foizi ish beruvchilar mablag‘lari va 50 foizi mahalliy budjet va ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari
hisobiga;
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bo‘yicha 75 foizi ish beruvchilar mablag‘lari va 25 foizi ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilsin.
4. Tuman Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (A. Bobojonov) bir hafta muddatda mazkur qarorni 2-ilovada ko‘rsatilgan korxona, tashkilot va fermer xo‘jaliklari rahbarlari e’tiboriga yetkazsin va qarorning bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishini ta’minlasin.
5. Tuman hokimining 2013-yil 19-yanvardagi 308-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Qaror rasmiy nashrda e’lon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari O. Artiqov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim v. b. A.
SULTANOV
Qo‘shko‘pir sh.,
2013-yil 24-aprel,
894q-son
Tuman hokimining 2013-yil 24-apreldagi 894q-sonli qaroriga
1-ILOVA
2013-yil fevral — dekabr oylarida Qo‘shko‘pir
tumanidagi korxona, tashkilot va muassasalarda ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarni haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish