Xorazm viloyatining makroiqtisodiy ko'rsatkichlari



Yüklə 230,95 Kb.
tarix25.11.2022
ölçüsü230,95 Kb.
#119924
Surxandaryo viloyati. Xalikov J.

Surxandaryo viloyatining makroiqtisodiy ko'rsatkichlari

Surxondaryo viloyatida Demografik holat (2020- yil yanvar- dekabr oylari dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra) Doimiy aholi soni. Surxondaryo viloyati doimiy aholisi soni 2021-yil 1- yanvar holatiga 2681,0 ming kishini tashkil etib, 2019-yilning yanvardekabr oylarida 51,8 ming kishiga yoki 1,9 % ga o‘sgan. Jumladan, shahar aholisi soni 971,4 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 36,2 %), qishloq aholisi soni 1709,6 ming kishini (63,8 %) tashkil etdi.

Demografik holat Tumanlar kesimida doimiy aholi sonining o‘tgan yilning shu davriga nisbatan taqqoslanishi (2020-2021-yillar 1-yanvar holatiga, ming kishi dastlabki ma‘lumot)

Tumanlar kesimida doimiy aholi sonining taqsimlanishi (2021-yil 1-yanvar holatiga)

Surxandaryo viloyati bo`yicha jamlama ma`lumot Viloyatda qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni 276 399 gektarni tashkil etadi. Umumiy ekin maydoni – 237 471 gektar. Surxondaryo viloyatida jami 29 ta agroklaster faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 8 tasi paxta-to‘qimachilik (ishlab chiqarish hajmi 24 677 tonna), 8 tasi g‘allachilik (ishlab chiqarish hajmi – 171 500 tonna) va 13 tasi meva-sabzavotchilik (ishlab chiqarish hajmi – 92 688 tonna). Ularga 169 217 gektar yer biriktirilgan, shundan 11 340 gektari klasterga biriktirilgan bo‘lsa, klasterga kiradigan 4 961 ta fermer xo‘jaligi 157 877 gektar maydonga egalik qiladi. 3 ta agrologistika markazlari faoliyat yuritadi. Viloyatda 5 698 ta fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 1 859 tasi paxta-g‘allachilik, 136 tasi g‘allachilik, 964 tasi bog‘dorchilik, 780 tasi bog‘dorchilik-uzumchilik, 465 tasi uzumchilik, 98 tasi bog‘dorchilik va polizchilik, 86 tasi bog‘dorchilik-g‘allachilik, 983 tasi chorvachilik31 tasi ipakchilik, 35 tasi parrandachilik, 189 tasi baliqchilik21 tasi asalarichilik, 51 tasi boshqa yo‘nalishlarga ixtisoslashgan. Viloyatda 404,1 gektar maydon 122 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan issiqxonalar uchun ajratilgan bo‘lib, ularning 45 gektarlik 5 tasi gidroponika usulidagi, 359,1 gektarlik 117 tasi esa plyonka usulidagi issiqxonalardir.


Yüklə 230,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin