Xotira va qadrlash



Yüklə 44,16 Kb.
tarix09.10.2022
ölçüsü44,16 Kb.
#118181
9-may-ssenariy-1




9-“ Xotira va qadrlash” kuniga bag`ishlab katta guruhda o’tkazilgan bayram tadbir ssenariysi

Assalomu alaykum aziz mehmonlar, hurmatli murabbiylar! Bugun biz hayotimiz tinchligi uchun jon fido qilgan bobolarimiz va askarlarimizni xotirlash uchun yig`ildik. Xotira mangu, qadrlash barhayot. 1999- yilda birinchi Prezidentimaz I. Karimov tashabbusi bilan 9-may Xotira va qadrlash kuni deb e`lon qilindi. Mustaqillik maydonida Xotira xiyoboni barpo etildi.


Ozod O`zbekiston bosh egib bu kun
Shahid farzandlarin nomini yo`qlar
Qay biri bedarak, qay biri beun,
Uzoq sarhadlarda jimgina uxlar.
She`r.
Bunyod: Manguga tinmishdir qalb tug`yonlari
Endi xotirangiz yo`ldoshdir bizga
Qalbimning fidoyi, mard o`g`lonlari
Allohning y insonlar rahmati yog`ilsin sizga.
Boshlovchi: Shunday insonlar bo`ladiki, ularni hamma, butun xalq eslaydi, xotirlaydi. Chunki bu insonlar hayotimiz tinch, osmonimiz musaffo bo`lishi uchun o`z aziz jonlarini fido qilganlar.
Vatani, xalqi uchun xizmat qilganlar. Ularning xotirasini yuksak hurmat va ehtirom bilan yod etish, bizning insoniylik burchimiz.
Mardonbek:
Mening bobom urushda
Dushman bilan jang qilgan
Berlingacha quvalab
Yov holini tang qilgan.
Gulmira:
Bobom urushga kirganda
Dushmanlar qaltiragan
Uning mag`rur ko`ksida
Ordenlar yaltiragan
Bolalar “Chegarachi” qo`shig`ini kuylaydilar.
Boshlovchi:
Bolajonlar urush shunday yomonki, u odamlar boshiga g`am-kulfat olib keladi. Begunoh odamlar o`ladi, bolalar yetim qoladi, ochlik boshlanadi. Bu juda- juda yomon.
Umarbek:
Men tinchlik qo`shig`in kuylayman.
Men tinchlik haqida o`ylayman
Bobomlar urushda bo`lganlar
Ko`p og`ir kunlarni ko`rganlar.
Nozima:
Yovuzlar sira o`q uzmasin,
Bizlarning o`yinni buzmasin
Bobomlar urushda bo`lganlar
Ko`p og`ir kunlarni ko`rganlar.

Bolajonlar ijrosida qo`shiq:…


Boshlovchi:
Biz Vatani xalqi uchun qurbon bo`lganlarning yorqin xotirasi oldida hamisha bosh egamiz.
Bolalar:
Biz Vatani, xalqi uchun qurbon bo`lganlarning yorqin xotirasi oldida hamisha bosh egamiz.(Birgalikda takrorlaymiz)
Boshlovchi: Shahid bo`lgan bahodirlar- abadiy navqiron.
Bolalar:Shahid bo`lgan bahodirlar abadiy navqiron.
Bolalar: ( Birgalikda takrorlatmiz)
Hamma: O`zbekning tarixi o`chmaydi aslo
Tarixsiz kelajak bo`lmaydi aslo.
Bolalar ijrosida qo`shiq:…
Boshlovchi:
Xotira o`tganlarni yod etish
Qadrlash esa –tiriklarni hurmatlash, ularni mehr va e`tibor ko`rsatishdir.
Jonibek:
Dil ravshan tortib
Chaqnar edi ko`z
Hammaga yoqar
Tinchlik degan so`z.
Qo`shiq: “Tinchlik bo`lsin”

Boshlovchi: Bolajonlar sizlar o`tganlarni xotirlash va yonimizdagi aziz insonlarni qadrlash kerakligini yurakdan his etayotganingizdan nihoyatda xursand bo`ldik.


Farishtalar fayzi yog`ar yuzlaringdan


Arimasin quvonch endi, O`zbekmomo
Yursang oftob ergashadi izlaringdan
Oftob bo`lib nur soch endi, O`zbekmomo
To`kilmasin sochingdagi bitta tolang
Omon bo`l sen, omon bo`lsin dashtu dalang
Cho`pon bolang, dehqon bolang, sulton bolang
Kel duoga qo`l och endi O`zbekmomo.
Jasmina:
Vatanim quyosh
Boshimni silar
U menga ko`z-qosh
Iqbolim tilar.
Dilnura:
Quvnab erkin shod
Bo`laman katta
Baxt bor umrbod
Tinch mamlakatda Boshlovchi: Aziz o`tganlarning pok rurini xotirlab, yonimizda siz u biz uchun jon kuydirayotgan yaqinlarimizni qadrlab, hurmat ehtirom ko`rsatib, tinchlik- omonlikda yashash hammamizga nasib etsin.
Yüklə 44,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin