Xususiyatlari



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/20
tarix18.06.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#117047
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
ozbek tilida modal sozlar va ularning uslubiy xususiyatlari




O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‗RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG‗BEK NOMIDAGI 
O‗ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 
O‗ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI 
FAYZULLAEVA IQLIMA ULUG‘BEKOVNA 
O‘ZBEK TILIDA MODAL SO‘ZLAR VA ULARNING USLUBIY 
XUSUSIYATLARI 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 
Ilmiy rahbar : 
Dots. A.Rafiev
Toshkent – 2014 



MUNDARIJA 
KIRISH…………………………………………………………………………………………………..3 
BIRINCHI BOB. TILSHUNOSLIKDA MODAL SO‘ZLAR VA ULARNING
O‘RGANILISHI………………………………………………………………………………………8 
1.1. Modal so‘zlarning o‘ziga xos tabiati va o‘rganilishi………………….8 
1.2. Modal so‘zlar – funksional-semantik shakllangan so‘z - gaplarning
bir turi sifatida………………………………………………………………………………….17 
Bob bo‘yicha xulosa………………………………………………………………………….24 
IKKINCHI BOB. O‘ZBEK TILIDA MODAL SO‘ZLARNING
SEMANTIK TASNIFI VA USLUBIY XUSUSIYATLARI………………….25 
2.1.O‘zbek tilida modal so‘zlarning semantik tasnifiga doir
qarashlar……………………………………………………………………………………………25 
2.2. Tasniflarda namoyon bo‘luvchi modal so‘zlarning
xususida……………………………………………………………………………………………..34 
Bob bo‘yicha xulosa…………………………………………………………………………42 
UCHINCHI BOB. IJOBIY VA SALBIY MUNOSABAT BILDIRUVCHI 
MODALLAR VA ULARNING TUZILISHIGA KO‘RA TURLARI…….44 
3.1. O‘zbek tilida ijobiy va salbiy munosabat bildiruvchi modal
so‘zlar tarkibi……………………………………………………………………………………..44 
3.2. Ijobiy va salbiy munosabat bildiruvchi modal so‘zlarning
uslubiy imkoniyatlari ………………………………………………………………………50 
Bob bo‘yicha xulosa………………………………………………………………………….56 
UMUMIY XULOSA………………………………………………………………………………58 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………………………….61 



Kirish
Til millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir. Shuning uchun
ona tilini sevish, puxta o‗rganish, uni billurdek musaffo saqlash,
kamol toptirish milliy tilimiz, ona xalqimiz, jonajon vatanimizga
bo‗lgan beqiyos muhabbatimiz ramzidir.
Til avlodlarni avlodlarga, asrlarni asrlarga bog‗laydi, chunki biz
tasavvur qila olmaydigan o‗tmish ajdodlarimiz ruhi shu ona tilimizga
singdirilgan. Dunyoga yangi kelgan chaqaloq ham ona tilida alla
eshitib orom oladi, har erta tongda televideniye, radio to‗lqinlaridan
taraladigan davlat madhiyasini ona tilimizda eshitib, undan faxrlanamiz. 
Dastavval, shuni aytish kerakki, o‗zbek tilini XV asrdayoq davlat tili
darajasiga ko‗tarish, uni ravnaq toptirish uchun buyuk bobokalonimiz
hazrati Mir Alisher Navoiy bobomiz ko‗p kuch sarf qilganlar. U
o‗zining ― Xamsa‖, ―Xazoyin ul- maoniy‖, ― Muhokamat ul- lug‗atayn‖ kabi
qator o‗lmas asarlarini shu tilda yaratdi. Sulton Husayn homiylik qilib,
Alisher Navoiyning bu sohadagi ishlarini qo‗llab- quvvatlagan hamda
maxsus farmon bilan o‗zbek tiliga davlat tili maqomini bergan edi. 
O‗tgan besh asrdan ko‗proq davrda o‗zbek tilining ahamiyati
kamaygani yo‗q. Ammo yetmish yillik mustabid tuzumining siyosati
sababli o‗zbek tilining ish ko‗rish doirasi chegaralanib qoldi va
ahamiyati pasayib ketgan edi. Xalqimiz doim mustaqil bo‗lish, erkin
yashash yo‗lida kurashib keldi va Cho‗lpon, Fitrat, A.Qodiriy,
A.Avloniy, G‗.G‗ulom, Oybek, H. Olimjon, A. Qahhor kabi siymolar
adabiy tilimizning ravnaqi yo‗lida tinmay ijod qildilar. Bu kurashlar
samarasiz ketmadi. 1989-yil 21-oktabrda O‗zbekiston Oliy Kengashining
XI sessiyasida O‗zbekiston Respublikasining ― Davlat tili haqida ― gi
Qonuni qabul qilindi. Bu qonun mustaqillikka erishish arafasida turgan 
davlatimiz hayotida unutilmas voqea bo‗lib tarixga kirdi. 1990-yil 19-



fevralda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 101- sonli
qarori bilan ushbu qonunni amalga oshirish bo‗yicha davlat dasturi
tasdiqlandi. Shu boisdan davlat dasturida ―Davlat tili haqida‖gi
Qonun qabul etilgan kun ―Ona tili kuni‖ deb e‘lon qilindi.(1-qism,
7-modda). Qonun 30 moddadan iborat bo‗lib, avval o‗zbek tilining qadr- 
qimmatini, hududini, o‗rnini tiklaydi. 
Xalqimizning orzu- istaklari, maqsadlari ifoda qilingan bu qonun
O‗zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‗ng qayta ko‗rib
chiqildi. 
1995-yil 21- dekabrda O‗zbekiston Respublikasining ―Davlat tili
haqida‖gi Qonunning yangi tahriri ishlab chiqildi va amalda qo‗llash
uchun joriy etildi. Yangi tahrirdagi Qonun 24- bobdan iborat bo‗lib,
unga mustaqillik ruhi bilan sug‗orilgan bir qancha o‗zgarishlar
kiritildi. 
― Davlat tili haqida‖gi Qonunni amalga oshirish sohasida o‗tgan
o‗n yildan ortiq davrda katta ishlar qilindi. Til faqat insonga va
insoniyatga xos tabiat tomonidan ato qilingan buyuk ehsondir. Ana
shu buyuk ehson kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasi
bo‗lib, jamiyat uchun xizmat qiladi. 
Til faqat jamiyatda, odamlar jamoasi orasidagina mavjud, chunki
til orqali insonlar o‗z fikrlarini bildiradilar, fikr almashadilar,
gaplashadilar. Til doimiy to‗xtovsiz ravishda o‗zgarib turuvchi, taraqqiy
etib boruvchi hodisadir. Tilning taqdiri jamiyat taqdiri bilan
chambarchas bog‗liqdir. Jamiyat yo‗q ekan, til ham bo‗lmaydi va
aksincha til bo‗lmasa jamiyatda rivojlanish ham yo‗q. Insoniyat
uchun fikr almashish doimiy va hayotiy zaruratdir. Til jamiyatning
asrlar davomidagi butun tarixi jarayonida shu jamiyatda yashovchi
minglarcha avlodlar tomonidan yaratilgan bo‗lib, jamiyat va uning



a‘zolari uchun baravar xizmat qiladi. Tilning adabiyot, san‘at,
umuman, madaniyat kabi ijtimoiy hodisalardan farqi shundaki, ular
ma‘lum bir sinfning manfaatini ko‗zlaydi, uning mafkurasini targ‘ib
qiladi, til esa jamiyatdagi barcha kishilar uchun bir xil xizmat
qiladi. 
Har bir tilning fonetik tuzilishi, lug‗at tarkibi va grammatik
qurilishi ma‘lum qonun-qoidalar asosida bir- biri bilan bog‗lanib,
ularning har qaysisi alohida tizimni tashkil etadi. Jumladan
tilshunosligimizda uzoq yillar davomida alohida olingan so‗z turkumi
sifatida o‗rganilib kelingan modal so‗zlar bu tizimning asosiy halqalaridan
biri hisoblanadi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida modal so‗zlar, ularning
tilshunoslikdagi tadqiqi, badiiy matndagi uslubiy ma‘no qirralari imkon
qadar tahlilga tortilgan. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin