Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va davlat to`zumi.
Ingliz mustamlakachiligining o`rnatilishi va uning oqibatlari.
Hindislon xalqining milliy-ozodlik kurashi, Sinohiylar qo`zg`oloni.
XIX asr oxirida Hindiston
5. Hindiston Milli Kongressi partiyasining to`zilishi. Tilak va uning inqilobiy faoliyali 6. XX asr boshlarida Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.
Hindistonning ijtimoty-iqtisodiy ahvoli va davlat to`zumi
XVIII-asr o`rtalarida shimoliy va markaziy Hindiston hududlari Boburiylar yoki «Buyuk mo`g`ul!ar» (Ycvropaliklar noto`g`ri ravishda Boburning kelib chiqishi mo`gullardan deb u asos solgan davlatni «Buyuk mo`g`ullar» davlati deb nomlaganlar) davlati tarkibiga birlashtirilgan bo`lib, bu davlatda Hindislon aholisining 2/3 qismi yashar edi. Shuningdek Boburiylar davlati janubida musulmon sulolalarining hukumronligida bo`lgan Bidjopur va Golkonda sultonliklari bilan shimoliy-sharq va sharqdan Nepal kinyazliklari, Tibet va Assam bilan chegaradosh edi.
Boburiylar davlatida yashovchi bengallar, maratxlar, gujaratlar, panjobilarda asta-sekin bo`lsa ham o`nik-madaniy jamoaalar shakillanayotgan edi. Biroq hindlardagi kastachitik tizimi va mamtakat xolisligini 1/10 qismini musulmonlardan iborat ckanligi umumdavlat miqiyosida aholining diniy va siyosiy hamjihatligiga tusqinlik qilmoqda edi.
Boburiylar davlati harbiy-feodal davlat bo`lib, uning hukumdori «podshoh» deb yurililgan. Mamlakatning soliq, ma`muriy, harbiy va sud hokimiyati podshoh qo`lida jamlangan. Podshoh xazina ishlari buyicha-devon, harbiyboshliq qilishi va oliy sudga` rahbarlik qiluvchi-qoziga tayangan holda davlatni boshqargan. Sud ishlari islom shariati asosida yuritilgan.
Podshoh Avrangzeb (1658-1707) hukumronligi davrida davlat 19-ta viloyat-sublarga bo`linib, ularni podsho tomonidan tayinlanadigan noyiblar-subadorlar boshkargan. Har bir viloyatlardagi ma`muriy, harbiy va sud hokimiyati subadorlarga tegishli bo`lgan. Ular ixtiyoridagi ma`lum mikdorda harbiy qushin bo`lib, bu qo`shin yordamida subadorlar viloyal aholisini podshohga tobcylikda saqlagan. Viloyat devonlariga yer solig`i va boshqa to`lovlarni yigishda yordam bergan. mazkur viloyatlarda sud yukmlarining ijrosini ta`minlagan, okruglarning (viloyat okruglariga, okruglar esa volostlarga bo`lingan) boshqaruvchilari bo`lgan-laksillar, volosllarning boshqaruvchilari bo`fgan-parkanalari tayinlangan va ularni na/orat qilgan. Deyarli barcha oliy lavozimlar musulmonlar qo`lida bo`lib, ularni ijtimoiy va etnik kelib chiqishi turli xil bo`lgan. Hukmdorlar. harbiy boshliqlar va bir qism oddiy harbiy askarlar turkiylardan, qo`shin askarlarining ko`pchiligi afgonlardan iborat bo`lib. ma`muriyatda shia mazhabiga e`tiqod etuvchi eroniylar va ruhoniySar orasida esa arablar ko`pchilikni tashqii qilgan.
Podshoh mamlakatdagi barcha yerlarning oliy feodal mulkdori bo`lgan. Shu sababli ishlov beriladigan hamma yerlardan davlat foydasiga soliq va majburiyatlar yig`ilgan. Yerlarning kata qismi jag`ir, zamindor, in`om va vakf kabi feodal yer mulklaridan iborat bo`lgan. Jag`irlarning egalari-jagirdorlar deb atalgan, ular feodallarning hukumron qatlamini lashkil qilganlar. Bular harbiy boshliqlar bo`lib, davlat oldidagi xizmatlari uchun unvon va mansabining katta va kichikligiga qarab ma`lum bir hududdagi yer soliqlarini o`zlashtirish xuquqiga ega bo`lganlar. Avrangzeb hukmronligi vaqtida mamlakatda jag`irdorlarni soni 4 ming kishiga etgan. Jag`irdorlar daromadining bir qismini harbiy unvonga mos ravishda ma`lum maqsadda o`langan qo`shinni ta`minlashga sarflangan. Jagirdorlik naslidan nasliga myeros o`tgan. Jagirdorlarning aksariyat qismi musurmonlardan iborat bo`lgan jagirdorlardan farqli ravishda zamindorlar yollanma harbiy harajatlarni ta`minlash majburiyatidan xoli bo`lganlar. Ular ma`lum bir hududdagi dehqonlardan podsho xazinasiga yer soliqilarini yigish bilan shugullanib yigilgan soliqning 10%ni xizmat uchun o`zlashtirganlar. Zamindorlar o`zlariga tegishli yer mulkni myeros qoldirish huquqiga ega bo`lganlar. Ba`zan zamindorlarga yer soligidan ozod etilgan yer mulklari ham bycrilgan. /amindorlar asosan hind feodal asilzodalaridan iborat bo`lgan.
Xizmatlari uchun yoki iltifoti ramzi sifatida ayrim kishilarga in`om qilingan yer in`om mulklari deb atalgan. Ko`pincha podsholar musulmon ruhoniylarga ana shunday yer-mulklarini in`om etganlar, bu feodal mulklardan olinadigan yer solig`i to`liq ravishda in`omdor ixtiyorida qoldirilgan in`om yerlari ham nasldan-naslga myeros o`lgan.
Vakf yerlari bu musulmon dini masalalariga tegishli yer mulklari bo`lib ulardan olinadigan daromad machil va madrasa va bokazolar ta`minotiga ishlalilgan.
Hindistonning so`ngi o`rta asr va mustamlaka davriga agrar tizimning ijtimoiy iqtisodiy asosini qishloq jamoaasi tashkil qilar edi. Yerga jamoaa bo`lib egalik qilish jamoaa ichida dehqonchilik bilan hunarmandchilik uygunlashivi jamoa doirasida mehnatni o`zaro taksimlashini dehqonchilik va hunarmandchilik kabi ishlab chiqarshi sohalarini bir biridan mustaqilfigi va ularni tovar almashuvidagi o`zaro munosabati, asosan, natural soliqlarni olishi turli ko`rinishlagi kasta jamoalarini mavjudligi, jamoa nazorati ostidagi xizmat kursatish va hunarmandchilik tizimini biqiqligi bu hind qishlog`i jamoasini asosiy belgilari edi.
Hind qishloq jamoalarining ijtimoiy tarkibi bir xil emas edi. Ularning har birida turli huquq va rnajburiyatlarga ega bo`lgan eng kamida 3 xil toifadagi aholii mavjud bo`lgan ularning orqasida oila toifani jamoa yycrlari va boshqa mulklarga egalik qilgan oilalar guruhi tashkil qilgan. Teng huquqli jamoachi oilalarni har biri me`ros uchun ishlov beriladigan yer uchuastkalariga ega bo`lgan jamoaga solingan davlatning yer va boshqa feodal soliqlari jamoachi dehqonlar tomonidan umumiy kafillik asosida to`langan jamoa panchaya,-deb .nomlangan. Qishloq kengashi boshqargan panchayatga jamoaning yer solig`ini tulovchi deyqonlar kirgan va unga ishlovchi ok saqoli «patel» rahbarlik qilgan
Jamoaa ma`muriyatining boshqa bir vakillik va boshliq mirzasi-«patvapi» edi. U jamoa yerlari Bilan bog`lik bo`lgan hisob kilob ishlarini yuritgan. Oqsoqol (patel) va mirzo (kotib) (patvariy) mansablari avloddan avlodga meros o`tgan.
Hind qishloq jamoaasining tarkibiy qismlaridan birini jamoaachi hunarmandlar va xizmatkorlar tashkil etgan. Ular temirchi, duradgor, etikdo`z, cho`pon va x.k kabi kasbiy kastalarga kirganlar ular xizmatlar evaziga belgilangan miqdorida hositning bir qismiga. ba`zan esa hatto yer mulklariga ega bo`lganlar unda yer uchastkasiga egalik qilish va hunarmandchilikning mazkur turi bilan shug`ullanish huquqi ham meros o`tgan.
Qishloq jamoasi davrasida jamoa yerlarini vaqtincha merosiy ijaraga olib mehnat qiluvchi ijtimoiy qatlam ham mavjud edi. Mazkur qatlam vakillarining eng quyi kastalarga tegishli ckanligi jamoada ularning yarim qul holatini ta`minlagan. Jamoaalar yetishtirayotgan hosilning teng yarimi yer solig`i sifatida davlat xazinasiga to`lanlar. Bundan tashqari jamoa davlal foydasiga turli xil mehnat majburiyatlarini ham o`tagan.