O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI
Biologiya ta’lim yo’nalishi 1-kurs, 19.58-guruh talabasi JO`RAYEV ZUHRIDDIN NAJMIDIN O`G`LINING
«YALPIZNAMOLAR QABILASI»
mavzusidagi
Kurs ishi
Kurs ishi rahbari: botanika kafedrasi katta o`qituvchisi M.X.Akbarova
Farg’ona – 2020
1
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………3
BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI…………………………………………….6
II BOB. O`ZBEKISTONDA TARQALGAN YALPIZNAMOLAR QABILASIGA MANSUB YALPIZDOSHLAR –LAMIACEAE L. OILASI
O‘SIMLIKLARINING SISTEMATIK TARKIBI
2.1. Lamiaceae oilasining umumiy tavsifi ……………………………………….11
BOB. LAMIACEAE OILASI SHIFOBAXSH VA DORIVOR TURLARNING BIOEKOLOGIK XOSSALARI
3.1. Lamiaceae oilasi o‘simliklari tarkibi…………………………………………34
3.2. Lamiaceae oilasi shifobaxsh va dorivor o`simliklar konspekti va tahlili…….39
XULOSALAR……………………………………………………………………47
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..49
2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston florasi ko`plab foydali, dorivor, efir moyli va manzarali o`simlik turlariga boyligi bilan boshqa floralardan ajralib turadi. Aksariyat o`simlik turlari meditsinada, kulinariyada, ko`kalamzorlashtirish va shu boshqa sohalarda keng ishlatiladi. Biroq, O`zbekiston florasidagi foydali ahamiyatga ega o`simlik turlari, turkumlari va oilalari hali to`la to`kis o`rganilgan emas. Kishilarning kundalik hayotida yoki ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida mahalliy bioxilma-xillikdagi ko`plab o`simlik turlari hali o`z o`rnini topgani yo`q. Yana bir faktni aytish mumkinki, dunyo florasidagi 300 000 dan ortiq o`simlik turlaridan faqatgina 2500 ga yaqin o`simlik turlari odamlarning kundalik turmush tarzida u yoki bu darajada ishlatiladi, xalos.
O`zbekiston xududida 4300 ga yaqin o`simlik turlari tabiiy sharoitda yovvoyi holda uchraydi. Ulardan 120 ga yaqin turlar rasmiy ravishda farmakologiya ro`yhatidan o`tgan turlar hisoblanadi. Olimlarning ma‘lumotlariga ko`ra, O`zbekiston florasidagi 2000 ga yaqin o`simlik turlari halq tabobatida turli darajada ishlatiladi, xalos. Qolgan o`simlik turlarining foydalilik xususiyatlari yoki ularni kundalik turmushda ishlatilishi borasidagi ma‘lumotlar yetarli darajada emas.
Bunday holat mahalliy biologik xilma-xillik ob‘ektlarini yanada ko`proq o`rganish lozimligini belgilaydi. Flora tarkibini, ayniqsa mavjud oilalarning sistematik va floristik nuqtai nazardan o`rganish va uning keng ko`lamli tahlilini amalga oshirish bu botanika fanining dolzarb mavzulardan biri bo`lib qolmoqda. Ayniqsa, aholi o`ta zich joylashgan va kishilarning kundalik turmush tarzi atrof muhitga ta‘sir ko`rsatishi bilan qattiq bog`liq bo`lgan xududlarda bunday tadqiqotlarning nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyati yanada yuqori bo`lib bormoqda.
Yalpiznamolar qabilasini o`rganar ekanmiz, bu qabila sistematik jihatdan xilma-xil ekanligiga guvoh bo’lamiz. Bu qabilaning O’zbekiston o’simliklar qoplamida o’ziga xos o’rni mavjud. Qabila vakillarining turlari yildan-yilga
3
kamayib bormoqda. Kamayib borishiga asosiy sabab biotik, abiotik va antropogen omillar ta`siri natijasidadir.
Dostları ilə paylaş: |