Yoshlar ittifoqi Forish tuman Kengashi “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi R. Ergashevga



Yüklə 1,65 Mb.
tarix22.05.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#127394
sentabr xisobot tayyor


Yoshlar ittifoqi Forish tuman Kengashi
Kamalak” bolalar tashkiloti raisi R.Ergashevga
47-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich tashkilot yetakchisi Joniqulov Maxmud tomonidan sentabr oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
Hisoboti
4-sentabr kuni maktab binosi xovlisida ,,Birinchi qo’ng’iroq ‘’ va ,,Bilimlar kuni ‘’ bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman XTB vakili Zafar Otabekov , E.Kamolov MFY xodimi Dilshod Safarovlar ishtirok etishdi. O’zbekiston Respublikasi davlad madhiyasi yangragach maktab direktori Nasiba Turusheva o’quvchilarni yangi o’quv yili bilan tabriklab tadbirni ochib berdi. O’quvchilar tomonidan vatanni ulug’lovchi kuy va qo’shiqlar ijro etildi.Shundan so’ng maktab BT yetakchisi Maxmud Joniqulov va xususiy tadbirkor Laylo Ilhomovalar barcha yig’ilganlarni mustaqillik bayrami bilan tabriklab o’quvchilarga yangi o’quv yilida ulkan zafarlar tiladi. Yozgi ta’til davomida Prezidentimizning 5 tashabbusi ijrosini taminlash maqsadida tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtiroki uchun bir gurux o’quvchilarni faxriy yorliq va estalik sovg’alar bilan taqdirlashdi. Maktabga ilk qadam qo’ygan jajji bolajonlar intiqib kutgan birinchi qo’ng’iroq chalingach maktabning barcha o’quvchilari o’quv xonalariga kirishdi. Ularga maktab direktori N.Turushova, O`IBDO` H.Raxmatullayev, Mixin QFY raisi X.Qurbonov va boshqalar tomonidan tomonidan 12 turdagi o’quv qurollari jamlangan prezidant sovg`asi tapshirildi.Yangi o’quv yilidagi dastlabki o’quv mashg’ulotlari “Mustaqillik” darslari bilan boshlandi.


2019-yil 6-sentabr kuni Prezidentimizning 5 tashabbusini to’rtinchi tashabbusuni ijrosini taminlash maqsadida maktab BT yetakchisi va sardorlari bilan birgalikda maktab kutbxonachisi Mahbuba Hafizovaga o’quvchilarni bilim saviyasini oshirish va ularni dunyoqarashini kengaytirish maqsadida 12 nomdagi badiiy adabiyotlar va metodik qollanmalar taqdim etildi. Badiiy adabiyotlarni maktab kutbxonachisi o’quvchilar ishtirokida qabul qilib oldi. O’quvchilar bu adabiyotlarni qiziqish bilan o’rganib chiqishdi va badiiy adabiyotga bo’lgan qiziqishi yanada ortdi.

2019-yil 20-sentabr kuni 9-10-11-sinf o’quvchilari ishtirokida Prezidentimizning 2019-yil 4-sentabrdagi PQ 4436-sonli qarori ,,Diniy muhitni sog’lomlashtirish va ijtimoiy –ma’naviy muhutini barqarorligini yanada mustahkamlash’’ mavzusi yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tdi



2019-yil 21-sentabr kuni o’g’il bolalar o’rtasida esa tinchlik kuni munosabati va prezidentimizning 5 tashabbusining ikkinchi tashabbusini qo’llab quvvatlagan xolda fudbol o’yinlari bo’lib o’tdi. Unda 5-6-7 sinflar o`rtasida bolib o`tadi va musobaqada 7-sinf o`quvchilari g`oliblikni qo`lga kiritdi.

2019-yil 30-sentabr kuni o’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Mening birinchi ustozim”, “Uztozingni unutma”, “Ustozlar bog‘i” , “Mening O‘qituvchim” nomli tadbir o’tkazildi. Tadbirni G.Bo`ltakova ochib berdi. Bu tadbirda o’qituvchilaga atab she’rlar, kuy qo’shiqlar va o’quvchilar o’z tabriklarini aytib raqslar ijro etib berishdi.



2019-yil 30-sentabr kuni 1- oktabr ,,O’qituvchilar va murabbiylar kuni’’ munosabati bilan bir gurux yuqori sinf o’quvchilari va maktab sardorlari bilan birgalikda ustozlarni kayfiyatini yanada ko’tarish maqsadida har xil sahna ko`rinishlarini ijro etib berishdi va tadbir qiziq xolatlar bilan yakunlandi.
Maktab direktori : N.Turushova

Maktab BT yetakchisi: M.Joniqulov
Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin