Yoshlarda kitob o‘qish madaniyatining maqsad va vazifalari Reja



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə1/2
tarix03.01.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#121936
  1   2
Doniyor maruza matni


Yoshlarda kitob o‘qish madaniyatining maqsad va vazifalari


Reja:

  1. Yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtirish




  1. Kitob o‘qish madaniyatini shakllantirish

  2. Yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish

Abduraxmon Jomiy

Kitob — insonnint eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘‘tabar va mukaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobta muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimiznint qon- qoniga singib ketgan. Kishining madaniyati uning kitobida aks etadi. Kitobxonlik oiladagi muhitga ham bog‘liq. Ma’rifatli oilalarda kitobga e’tibor farzandlar tarbiyasida qo‘l keladi. Inson o‘zining fikrlash qobiliyati, ma’naviyat dunyosi bilan tirik. Odamni boshqa mavjudotlardan ajratib turuvchi omillardan biri ham uning ma’naviyati hisoblanadi.


“O‘zimdagi barcha yaxshi xislatlarim uchun kitobdan minnatdorman”, degan edi o‘z davridagi allomalardan biri. Darhaqiqat, kitob bizning do‘stimiz hisoblanadi. Ota-bobolarimiz “Boburnoma”, “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” singari bebaho asarlarni o‘qib, ulg‘ayishgan. Kitobni inson tafakkurinint qanotlariga o‘xshatishgan. Zero, tafakkuri, fikr doirasi keng ma’rifatli kishilar jamiyatnint chinakam boyligidir. Aksincha, hayotda ro‘y berib turadigan ayrim noxushliklar ildizi esa ma’rifatsizlik, kitob o‘qimasliknint achchiq mevasi. Temirni zang kemirganidek, odamni ham ma’naviyatsizlik mo‘rt qiladi. Ma’naviyat esa insonga kitob o‘qish orqali yuqadi. Har qanday yangilik ham bir kun eskiradi, biroq insoniyatnint ming-ming yillar davomida qo‘lga kiritgan aqliy hamda fikriy durdonalarini o‘zida jamlagan kitoblar aslo eskirmaydi. Binobarin, kitob-hamisha ilm-ma’rifat, adab va axloq manbai bo‘lib kelgan. Bugungi kunda yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ham kitobdan ko‘ra qudratliroq vosita yo‘q. Inson aqliy salohiyatining yuksalishida kitobnish o‘rni beqiyos. Zero, kitob tufayli dunyoqarashimiz boyib, tafakkurimiz yanada o‘sib boraveradi. Ne-ne ulug‘ zotlar kitobga oshno bo‘lib, etuklikka erishgan, komil inson darajasiga etishganlar.


Kitob – inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manbaa hisoblanadi. Kitob o‘qigan inson mulohazali, bilimli bo‘lib, yuksak tafakkuri ila boshqalardan o‘zining dunyoqarashi va fikrlashi bilan ajralib turadi. Kitob bilan oshno bola yaxshi inson bo‘lib ulg‘ayadi. Shuning uchun ham oilada, bog‘cha va maktablarda bolalarning kitobga mehrini, adabiyotga qiziqishini oshirish ota-onalarning, o‘qituvchilarning vazifasi.


Ko‘p kitob o‘qigan kishining bilim saviyasi yuqori, muomala madaniyati yuksak, yetuk inson sifatida hayotda o‘z o‘rnini topa oladi. Qadimda buyuk shoir va yozuvchilarimiz, olimlarimiz kitobga shu qadar mehr qo‘ygan edilarki, hatto tunlari sham yorug‘ida kitob mutolaa qilganlar. So‘z mulkining sultoni Navoiy xazratlari 7 yoshida Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yod olgan, buyuk muhaddisimiz Imom al-Buxoriy hazratlari esa olti mingdan ziyod hadisni yod bilgan. Ammo u davrlarda bizga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning bir qismi ham bo‘lmagan. Lekin ular o‘z maqsadlari sari intilib, yuksak ma’naviyat sohibiga aylanishgan. Demak, biz uchun berilayotgan imkoniyatdan unumli foydalanish xar birimizning o‘zimizga bog‘liq. To‘qlikka sho‘xlik esa o‘zbek millatining yoshlariga xos fazilat emas. Aslini olganda, ayrim yoshlarimiz bunday loqaydlikdan yirok. Ular o‘zlarining hur fikrligi va yuksak ma’naviyati bilan ajralib turadi. Biroq, guruch kurmaksiz bo‘lmagani kabi insonlar orasida xam ma’naviy kashshoq kishilar yo‘q emas. Bundaylarning loqaydliklari natijasida “engil hayot” ixlosmandlari safi ortib bormokda. Oqibatda kitob o‘qish unutilmoqda. Ma’naviyati sayoz, kitob o‘qimaydigan insonlar oilasida tarbiya topayotgan farzandlar kelajakda barkamol shaxs bo‘lib ulg‘aymaydi.


Atoqli adibimiz Oybek ta’rificha, kitob – tafakkurning tolmas qanotlaridir. Shu ma’noda aytish mumkinki, kitob – insonning qalb gavhari, tafakkur xazinasidir. Biz shunga erishishimiz kerakki farzandlarimiz uchun kitob eng bebaho sovg‘a bo‘lsin. Shundagina fardandlarimiz biz orzu qilganday, ma’naviy yetuk, teran fikrlay oladigan, katta va kichikka mehribon, Vataniga sodiq, insofli, diyonatli va oliyjanob insonlar bo‘lib kamol topadilar.


Mashhur fransuz faylasufi Frans Bekon “Kitoblar tafakkur durdonalarini avloddan avlodga eltuvchi aql kemalaridir” deb bejiz aytmagan. Zero, kitob aqlni charhlaydigan, aql bulog’ini ochadigan va uni ilhomlantiradigan buyuk mo''jizadir. Kitobning inson hayoti, kishilik jamiyati ma'naviy taraqqiyotidagi beqiyos o'rni qadimdan ma'lum. U dunyoni tanish, bilim berish bilan birga go'zallikka muhabbat uyg'otish, undan zavqlanish, yovuzlikdan nafratlanish tuyg'usini paydo qiladi.


Bolalar kitobxonligini shakllantirishda maktab hamda ota-onalar zimmasiga nihoyatda murakkab va mas'uliyatli vazifa yuklanadi. Buning uchun ota-onalarning o'zi ham yuksak didga ega va ma'rifatli va bilimli bo'lishlari kerak. Ma'lumki, bola kitob o'qishni bilgan taqsirdagina, kitob uning ma'naviy hayotida muhim rol o'ynaydi. Kitob bolaning ma'naviy boyishi uchun uni ma'naviy, aqliy, estetik o'sishga yo'llashi zarur. Buning uchun dastlabki turtki oilada bolaga o'qib berilgan birinchi kitob bo'lsa, ikkinchisi, bola otasi va onasining o'qishini eshitib, badiiy obrazlar go'zalligini tasavvur qilishi, kitob bilan ana shu birinchi va ikkinchi uchrashuv bolaning keyingi o'smirlik davrida uning ma'naviy hayotining barcha sohalari: mehnat, o'yin, musiqa, bolalar ijodi bilan bog’liq bo'lib, uni hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi zarur. Chunki, o'smir hayotini ijodiy mehnat,


ertaklar olami, fantaziyalar, o'yin va musiqasiz tasavvur etish qiyin. Bularning barchasini kitobxonlik ham qamrab olsa, uning hayoti mazmunsiz, voqea-hodisalarning tub mohiyatini anglab olishga harakat qiladigan, turmush ziddiyatlarini tushunadigan aql-zakovatli ma'nan barkamol shaxs bo'lib yetishishiga yordam beradi. Ana shunday aql-zakovatni shakllantiruvchi, inson cha'naviy


dunyosini boyituvchi vosita - bu kitob, kitobxonlikdir.

Kitobxonlik - bu insonning o'z ustida ishlashi, faoliyatini ma'lum yo‘nalishga burib yuborish, ongida ma'lum tuyg’ularni, e'tiqod va dunyoqarashni hosil qilish, uni o'ylashga, hayotda qanday yashashga o'rgatish, fikr yuritish, yozuvchining insonparvarlik, axloqiy, estetik, badiiy, fuqarolik nuqtai nazarini bilib olish, uning ma'naviy o'gitlarini ilg'ab olish va bular asosida o'z hayot yo'li dasturini belgilash, yozuvchi bilan munozaraga kirishish, har bir o'qigan kitobidan yangilik topish,


ma'naviy dunyosini boyitishdan iboratdir.


Haqiqatan ham kitobxonlik insonni barkamollikka yo'llasa, uni o'qimaslik johillikka, ma'rifatsizlikka olib kelib, natijada ma'naviy bolada qashshoqlik yuzaga keladi. Maktabda, oilada muhim vazifa - kitobxonlikni inson hayotida zaruriyatga aylantirishdan iborat. Agar kitobxonlik zaruriyatga aylanmasa, oilada ham, maktabda ham unga mehr-muhabbat, e'tibor kuchaytirilmasa farzandni kitobga


bo'lgan munosabatini o'zgartirish mumkin emas.


Oila kitobxonligi bu - oila a'zolarining aql-zakovati va yuksak ma'naviyatini shakllantiruvchi, inson ma'naviy dunyosini boyituvchi, kitobga mehr-muhabbat hamda uni zaruriyatga aylantirishning ma'lum tizimidir. Bu tizim o'smirlarning aqliy, ma'naviy, axloqiy, estetik rivojlanishi tizimidan iborat bo'lib, o'zbek oilalarining kitobxonlikka doir boy an'anasi va hozirgi davrda to'plangan boy


tajribasigaasoslanadi.


O‘smirlar ma'naviyati rivojlanib boruvchi faol jarayon. Shu sababli ota-ona kitobdan


foydalanishda quyidagi omillarga e'tibor berishlari lozim:





  1. O'smirlarda kitob o'qish ishtiyoqini shakllantirish. Nihoyatda murakkab bo'lgan. Bu masala o'smirlarning kitobxonlikka bo'lgan munosabatini belgilaydi. Tan olish kerak, o'smirlarning bugungi kitobxonlik darajasi qoniqarli emas. Bu ijtimoiy muammodan chiqib ketishning yagona yo'li ota-onaning yordamga kelishidir. Maktabda o'qituvchi, uyda ota-ona bolada kitob o'qish ko'nikmasini hosil qilishi kerak. Bunda oddiydan murakkablikka, ya'ni murakkabligi jihatidan normal,

bolaning kamolot darajasiga mos bo'lgan kitoblar tanlash qo'l keladi.





  1. Kitob tanlashda o'smirning ma'naviy darajasini hisobga olish lozim. Ota-onaning o'smirda kitob o'qish ko'nikmasini hosil qilishdagi ilk vazifasi kitob tanlashda yordam berishdir. Ularning saviyasiga mos bo'lgan adabiyotlarni keng targ’ib qilish

o'smirlarni jamiyatning munosib fuqarosi, mustaqil davlatimizning yetuk, barkamol insonlari bo'lib etishishi uchun va ma'naviyatining yuksakligi bilan oilasiga va jamiyatga foyda keltirishga olib keladi. Buning uchun oilada kitobxonlik ruhi bo'lishi kerak. Kitob tanlashda o'smirning yosh xususiyatini hisobga olish o'smirning rasional o'sishiga olib kelsa, ma'naviy darajasini hisobga olish esa intellektual rivojlantiradi. Bu esa rasionallikdan ko'ra keng qamrovli va samaralidir. Oiladagi kitobxonlik ruhi bevosita bola ruhiyatiga ham ta'sir etadi, shu sababli, bunda birinchi galda badiiy adabiyotni, keyinchalik ixtisosliklar bo'yicha kitoblarni tavsiya etish mumkin.





  1. Kitob tanlashga ixtisoslashish. O‘qituvchi, ota-ona o'smirni kitobxonga aylantirib borishida uni ixtisoslashtirib borish yo'lini tutishi kerak. Bu borada eski texnologiya - o'smir yuqori sinfga o'tganda ixtisoslashtirish kerak, degan fikrdan voz kechish lozim Aksincha, dastlabki (boshlangich) bosqichlardanoq o'smirning ma'naviy dunyosi, tarbiya muhiti, qiziqishi, dunyoqarashi va ruhiy xususiyatlari hisobga olinib, ixtisoslashtirilib borilishi kerak. Bu tajriba Amerika ta'lim tizimida o'zini oqlagan. Ularda bolani 12 yoshga qadar ixtisoslashtirishga harakat qilinadi va shunga qarab kitob tanlab beriladi. Bu dastlab mutaxassislarni cho'chitgan edi, lekin

Amerika ta'lim tizimining keyingi 30 yillik tajribasi o'smirlarni boshlang’ich sinflardayoq ixtisoslashtirish samarali ekanligini isbotladi. Natija o'smirda mustakil


fikrlash va harakat qilishga intilishning paydo bo'lishiga erishildi.



  1. Kitobni ekspertizadan o'tkazish. Jamiyatimiz erkinlashib, demokratlashib borgan sari kitob nashr etish ishlarida ham erkinlik yuzaga kela boshladi. Tabiiyki, bu hol turli saviyadagi kitoblarning nashr etilishiga sabab bo'lmoqda. Shu ma'noda ota-ona bola uchun kitob tanlayotganida kitobning ma'no-mazmuni, uslubiy jihatdan mutaxassis ko'rigidan o'tkazib olishi maqsadga muvofiq. Bunday qilish tarbiyaning asosiy yo'nalishlaridan chalgimaslikka, o'smir ma'naviy dunyosining to'g'ri shakllanishiga va qo'yilgan maqsadga etishish uchun olib keladi. Bu tajriba o'zbek milliy pedagogikasi tajribasidan ham ma'lum. Ular talabga javob bermaydigan kitobni o'z farzandiga o'qishni qat'iy taqiqlagan. Bugun ham bu tarbiya jihati muhim sanaladi.




  1. Kitob o'qishni kuzatib, nazorat qilib borish. Bugun ota-onalar tarbiya jarayonining natijasi bo'lgan kitobxonlik bilan ko'proqqiziqishi kerak. Shu ma'noda o'smirlar kitobxonligini monitoring kilib borish maqsadga etishning samarali jihatlaridan biridir.

Monitoring, kitobxonlik yuzasidan test sinovlari, kitobxonlik kechalari, muloqot, davra suhbatlari, turli mavzularda munozaralar, ilmiy-amaliy anjumanlar, suhbatlar, sosiologik-empirik tadqiqotlar va analitik tekshiruvlar vositasida amalga oshirilishi mumkin. Ma'lumki, kitobxonni avvalo kitobda tasvirlangan voqelik qiziqtiradi.


Asta-sekin bu kizikish uning hissiyotiga ta'sir etib, tasvirlangan voqelik bilan hayot voqeligini taqqoslay boshlaydi, tasvirlardagi go'zallikni anglay boshlaydi, qahramonlarning xarakteri haqida o'ylay boshlaydi, muallifning maqsadi bilan qiziqadi. Faqat bu borada biz kitob vositasida tarbiyalashning yangi usul va


mexanizmlarini yaratishimiz lozim.


Ota-onalar bolalarga kitob tanlashda, ayniqsa, o'smirlarning yoshi, ruhiyati, qiziqishi, didini hisobga olishi yoki zarur hollarda mutaxassislar bilan maslahatlashishi kerak. Shu bilan birga bola o'qiyotgan har bir badiiy asarning


tarbiyaviy jihatlariga ham e'tibor berish zarur.


Kitob tanlashda faqat o'zbek adabiyotigina emas, qardosh va chet el adabiyoti namunalaridan ham bolalarga tavsiya etish maqsadga muvofiq bo'ladi. Sh.Pero Orinyanning “Qizil shapkacha”, aka-uka Grimmlar, Mark Tven, Xans Xristian Andersen, Janni Rodari, Jonatan Svift, Rasul Gamzatov, Nodar Dumbadze, Chingiz Aytmatov, A.S.Pushkin asarlari, K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy, S.Marshakning

hikoyalari doimo bolalar uchun qiziqarli.


Oilalarda yana bir muhim muammo - kitobni asrash va uni o'zidan keyingi


oila a'zolariga yoki boshqalarga yetkazishdir. Ko'pincha biz kuzatgan oilalarda kitob


tanlash, uni o'qishga e'tibor beriladi-yu, lekin avaylab-asrashga, kitobga mehrni


tarbiyalashga befarq qaraydilar. Kuzatishlar natijasida darsliklar, juda ko'p rangli


bolalarbop kitoblar yirtilib, chizilib, axlat qutilariga tashlanganligining guvohi


bo'ldik. Bolalarga “Kitob ham nondek aziz”ligini tushuntirishda kattalarning o'zi


ibrat bo'lishi zarur. Ajdodlarimiz doimo kog’ozni uvol qilmanglar, uni avaylab-


asranglar deb kelganlar. Bu an'anani yosh avlod ongiga singdirish bir tomondan


bolalarda kitobni asrash eng muhim insoniy hislat sifatida shakllantirsa, ikkinchi


tomondan hozirgi bozor iqtisodi sharotida kitob zahirasini yaratish muhim omil


sanaladi. Ayniqsa, serfarzand oilalarda hox darslik bo'lsin, hox badiiy yoki ommaviy


adabiyotlar bo'lsin, ular har bir xonadon a'zosiga o'zidan keyingi oila a'zolariga ham


kerakligini tushuntirish asosiy vazifalardandir.


Ma’naviyatni shakllantirish va yuksaltirish


Ma’naviyat qotib qolgan narsa emas. U jamiyat va inson bilan, ijtimoiy amaliyot bilan birga takomillashadi, boyiydi, o‘zgaradi. Unga davlat siyosati, ijtimiy tabaqalar, millatlar, xalqlar, mamlakatlar, madaniyatlar o‘rtasidagi munosabatlar, aloqalar muayyan tarzda ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviy boyliklar turli ijtimoiy tabaqalar, qatlamlar, guruhlar tomonidan bir xil o‘zlashtirilmaydi, bir xil baholanib, bir xil tushunilmaydi. Ushbu masalalarni o‘rganish uchun sostiologik tadqiqotlar o‘tkazish zarur bo‘ladi. Demak, “ma’naviyat asoslari” sostiologiya fani bilan ham bog‘langan, uning usullaridan, xulosalaridan foydalanadi.


Jamiyat taraqqiyotining butun jarayoni va xozirgi darajaga etib kelishini erkinlikning, insonparvarlikning muttasil o‘sib borishi tarixi, yoki ma’naviy shaxs shakllanishi va kamol topishi tarixi ham deyish o‘rinli bo‘ladi.


Ma’naviyatning milliy tiklanish, mustaqillikni mustahkamlash va xalq tafakkurini boyitish borasidagi ahamiyati uni bus-butun holda o‘rganib, ijtimoiy vazifalarini, imkoniyatlari va salohiyatini ochib berishni taqozo etadi.


Ma’naviyat to‘g‘risida aniq va nisbatan mukammal tasavvurlargina Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashda ma’naviy omillardan samarali foydalanish imkonini beradi.


Bugungi kunda ma’naviyat masalalarini nafaqat bir joyga to‘plash, shuningdek, yagona predmet nuqtai nazaridan o‘rganish zarurati tug‘ildi. Qolaversa, bizning davr turli fanlar tutashuvida yangi fanlarningdunyoga kelish davridir.


“Ma’naviyat asoslari” ijtimoiy-gumanitar fanlarning deyarli hammasi bilan aloqa qiladi. U falsafiy fanlardan yana dinshunoslik fani bilan yaqindan bog‘langan. Shu bois ma’naviyatning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari va qonuniyatlarini o‘rganishda dinshunoslik materiallariga murojaat etmaslik, ularni hisobga olmaslik mumkin emas.


Ma’naviyat insonning ilk dunyoviy madaniy ijodkorlik faoliyatida ham kamol topgan. Keyingi davrlarda ham shunday bo‘lib qolgan, hozir ham shunday. Dunyoviy faoliyatning ma’naviyatga ta’siri dinshunoslik qiziqishlaridan, tadqiqot doirasidan ko‘pincha chetda qoladi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shundan iboratki, “Ma’naviyat asoslari” folklor va adabiyotshunoslik, tilshunoslik, keng ma’nodagi madaniyatshunoslik, tarix, ijtimoiy psixologiya fanlaridan o‘rganadi, ular hisobidan boyiydi, o‘z predmeti yo‘nalishida ularn to‘ldiradi va boyitadi.


Ma’naviyat qotib qolgan narsa emas. U jamiyat va inson bilan, ijtimoiy amaliyot bilan birga takomillashadi, boyiydi, o‘zgaradi. Unga davlat siyosati, ijtimiy tabaqalar, millatlar, xalqdar, mamlakatlar, madaniyatlar o‘rtasidagi munosabatlar, aloqalar muayyan tarzda ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviy boyliklar turli ijtimoiy tabaqalar, qatlamlar, guruhlar tomonidan bir xil o‘zlashtirilmaydi, bir xil baholanib, bir xil tushunilmaydi. Ushbu masalalarni o‘rganish uchun sostiologik tadqiqotlar


o‘tkazish zarur bo‘ladi. Demak, “ma’naviyat asoslari” sostiologiya fani bilan ham bog‘langan, uning usullaridan, xulosalaridan foydalanadi.


Davlat siyosatining, davlatlar o‘rtasidagi mafkuraviy kurash yoki hamkorlikning, xalqaro madaniy aloqalarning ma’naviy jarayonga ta’sirini siyosatshunoslik fani yordamisiz teran tushunish qiyin.


Va nihoyat, “Manaviyat asoslari” fani bizning katta bir guruh ijtimoiy hodisalarni shunchaki anglab olishimizgagina, tor ma’nodagi ma’rifiy vazifalargagina xizmat qilib qolmay, shuningdek, mustaqil O’zbekistonning barkaol avlodini tarbiyalashga ham o‘z hissasini qo‘shish maqsadini oldiga qo‘yadi. Bu mazkur fanning pedagogika va pedagogik psixologiya fanlari bilpan aloqa qilishini taqozo etadi.


“Ma’naviyat asoslari” fanini o‘rganish bizning dunyoqarashimizn boyitish, kengaytirish bilan bir qatorda, ijtimoiy jarayonlarda ongli ravishda faol qatnashish, yoshlarni yuksak ma’naviy omollar ruhida tarbiyalash imkonlarimizni yanada oshiradi. Bu nafaqat bo‘lajak pedagoglar, o‘qituvchilar uchun, shuningdek, barcha mutaxassislar – jurnalistlar, adiblar, san’atkorlar, olimlar, menejerlar, injenerlar, tashkilotchi rahbarlar va boshqalar uchun kerak.


“Ma’naviyat asoslari” degan mustaqil fannin paydo bo‘lishi ham Islom Karimov asos solgan taraqqiyot ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Umuman ijtimoyi taraqqiyotni teranroq va har tomonlama tushunish uchun bu fan hozirgi zamonda juda keraklidir. “Ma’naviyat asoslari” fani boshqa fanlar kabi umuminsoniy xarakterga ega. Uning alohida fan sifatida zarurati ilk bor O’zbekistonda anglanishi va o‘quv dasturlariga kiritishlishi mamlakatimizning hozirgi zamon ilm-fani rivojlanishiga qo‘shgan hissasi, deb baholanmog‘i adolatli bo‘lur edi. Bugungi kunda ushbu fan bo‘yicha davlat standarti, o‘quv dsturlari ishlab chiqilib, darsliklar yaratilmoqda.


Jamiyat taraqqiyotining butun jarayoni va xozirgi darajaga etib kelishini erkinlikning, insonparvarlikning muttasil o‘sib borishi tarixi, yoki ma’naviy shaxs shakllanishi va kamol topishi tarixi ham deyish o‘rinli bo‘ladi.


Ma’naviyat shakllana boshlashi jarayonida insonda asl insoniy tabiat vujudga kelaboshladi, u asta-sekin ma’naviy shaxsga aylana bordi.


Yovvoyi odam ma’naviy shaxs emas, demak u erkin ham emas. U tabiatga, uning tasodiflariga, injiqliklariga to‘liq qaram. Yovvoyi odam “erkinligi” instinkt (mayllar)ga asoslangan. Ma’naviy shaxs erkinligi esa axloq, huquq va iqtisodiyot me’yorlariga, ixtiyoriy tanlashga asoslangan. Yovvoyi odamdan farqli, ibtidoiy odamda ma’naviy shaxs unsurlari mavjud. Lekin u hali ma’naviy shaxs emas, chunki unga individuallik va mas’ullik etishmaydi. Ibtidoiy odamdagi ma’naviyat unsurlari jamoa ongining, irodasining bir bo‘lagi bo‘lib mustaqil individual ongning va irodaning ko‘rinishlari emas.


Ma’naviyat rivojlanishining asosiy maqsadi – ma’naviy shaxsni tarbiyalash. Ma’naviy shaxs erkin tafakkurga, uning asosida erkin tanlay olish imkoniga ega shaxs. Ongli tanlash, ijtimoiy zaruratni anglash, insonparvarlikka va taraqqiyotga xizmat qiluvchi huquqiy, axloqiy va iqtisodiy me’yorlarni yaratib, ularga ongli ravishda, ixtiyoriy itoat etishgina insonga erkinlik va ma’naviylik bag‘ishlaydi.


Yuqorida ta’kidlanganidek, ma’naviyat insonning mehr-muruvvat, adolat, to‘g‘rilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go‘zallikni sevish, undan zavqlanish, yovuzlikka nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko‘plab asl insoniy xislatlar va fazilatlarning uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan majmuidir. Ma’naviyat bu shunchaki insoniy xislatlar majmui emas, balki ijobiy hislatlar, fazilatlar majmuidir.





Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin