__________________ 2023 yill. (shartnoma tuzilgan sana)
Bundan buyon “XARIDOR” deb ataluvchi "INNAVATION SIFAT" MCHJ nomidan Nizom asosida faoliyat olib boruvchi direktor J.Madalimov bir tomondan va bundan buyon “SOTUVChI” deb ataluvchi _____________________________________________nomidan Nizom asosida faoliyat olib boruvchi raxbari ___________________________boshqa tomondan, ushbu shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar.
1. ShARTNOMA PREDMETI 1.1. Ushbu shartnomaga asosan Xaridor tovarni qabul qiladi va to‘laydi, Sotuvchi esa quyidagi shartlarga muvofiq xaq evaziga tovarlarni beradi:
№
Maxsulot nomi
o‘l.bir
Miqdori
Narxi
Summasi
QQS (12%)
Summa QQS bilan
1
Ekotualet
dona
2
53571434
107142868
12857144
12000012
2
Ahlat kutisi
dona
25
1428571
35 714 275
4285 713
39999988
Jami
142857143
17142857
160000000
1.2. Shartnomaning umumiy summasi qqs bilan 160 000 000 (bir yz oltmish million) so‘mni tashkil qiladi.
2. YeTKAZIB BERISh VA HISOB-KITOBLAR ShARTLARI
2.1. “Xaridor” mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab 10 kalendar kuni ichida qonunchilikka muvofiq, shartnoma umumiy summasini 30% miqdorida oldindan to‘laydi.
2.2. “Sotuvchi” shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab 10 kalendar kuni ichida tovarni berish majburiyatini oladi.
2.3. “Sotuvchi” amaldagi GOST ga muvofiq tovarni berishi shart.
2.4. “Xaridor” tovarlarni qabul qilishda “Sotuvchi” ishtirokida olinayotgan tovarlarning to‘liqligini va sifatini shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa talablarga muvofiqligini tekshirishi shart.
2.5. Agar mazkur shartnoma bilan boshqa hollar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa tovarni tushirish bo‘yicha barcha xarajatlar Xaridor xisobidan amalga oshiriladi.
3. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI 3.1. Xaridorning huquqlari:
Sotuvchidan Shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lgan davlat standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlashni talab qilish;
Sotuvchidan joylashtirilgan buyurtmanomaga ko‘ra mazkur shartnomaga muvofiq, tegishli sifat, assortiment bo‘yicha tovarlarni berishni talab qilish;
Sifatsiz tovar berilganda o‘z ixtiyoriga ko‘ra quyidagilardan birini talab qilish:
- tegishli sifatdagi shunga o‘xshash tovar bilan almashtirib berish;
- kamchiliklarni beg‘araz bartarf etish;
- Sotuvchidan mazkur shartnoma shartlarini bajarmaganligi yoki tegishli darajada bajarmaganligi natijasida yetkazilgan zararni qoplab berishni talab qilish.
3.2. Xaridorning majburiyatlari:
- tovarlarning qiymatini mazkur shartnomada belgilangan narxda va muddatda to‘lash.
3.3. Sotuvchi quyidagi xuquqlarga ega:
- “Xaridordan” oldindan to‘lov va berilgan tovarlar uchun yakuniy hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ko‘zda tutilgan tartibda va hajmlarda amalga oshirishni talab qilish;
- Xaridordan shartnoma shartlariga muvofiq berilgan tovarlarni asossiz ravishda qabul qilmaslik natijasida yetkazilgan zararlarni qoplab berishni talab qilish.
3.4. Sotuvchining majburiyatlari:
- Xaridorga tovarlarni mazkur shartnomaga muvofiq belgilangan muddatda, miqdorda va sifatda berish;
- agar tovarlarni berish jarayonida Sotuvchi shartnoma shartlari va me’yorlardan va/yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidan chetga chiqishga yo‘q qo‘ygan hollarda Xaridorning talabi bo‘yicha 3-kun muddat ichida barcha aniqlangan kamchiliklarni beg‘araz bartaraf etish.