Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə1/15
tarix23.10.2017
ölçüsü0,82 Mb.
#11687
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI

DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI

SOLIQ AKADEMIYASI

MOLIYA VA KREDIT”



kafedrasi

SUG‘URTA ISHI”



fanidan

MA’RUZALAR MATNI



Toshkent-2016 y

Kirish

Mamlakatimiz inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat bo‘lgan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iktisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyat barpo etish yo‘lidan izchil rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi hamda barqaror o‘sish sur’atlarining ta’minlanishi natijasida aholi daromadlari, turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo‘lgan ishonchimizning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda.

Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo‘lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo‘lga qo‘yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining ko‘payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yo‘lining to‘g‘ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu omillarning yagona maqsad – yurt tinchligi va ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida jamiyatimizning doimo hamjihat bo‘lib kelayotgani o‘ta murakkab mustaqil taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tishda naqadar og‘ir sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tishga imkon yaratdi. Birgina misol, 2008 yilda boshlangan, bugungi kunga qadar salbiy ta’sir va oqibatlari saqlanib qolayotgan, keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlarda o‘zining yangi “xuruji”ni namoyon etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat ayrim mamlakatlar, balki dunyoning deyarli barcha qitalarida iqtisodiy siyosatning zaif jihatlarini, ayniqsa, bank-moliya tizimining “mo‘rt” bo‘g‘inlarini oshkor etib qo‘ydi. Ana shunday murakkab bir sharoitda mamlakatimiz iqtisodiyoti, bizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot modelimiz yana bir bor hayot sinovidan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘zini to‘la oqlagani har qanday e’tirof va e’tiborga munosibdir.

O’tgan 2015 yil ham mamlakatimiz ijtimoiy hayotining turli jabhalarida yangi yutuq va natijalarga juda boy bo‘ldi. Prezidentimiz I.A.Karimov 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida o‘tgan yil natijalariga atroflicha to‘xtalib, joriy yil vazifalarini aniq-ravshan belgilab berdi.

Davlatimiz rahbari o‘z ma’ruzasida “O‘tgan 2015 yil bizning bosh maqsadimiz bo’lmish asosiy vazifa– odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlash va rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o’rin egallash bo’yicha avvalo muhim islohotlarni amalga oshirish yo’lida katta qadam bo’ldi, deb aytishga to’lia asoslarimiz bor.1”-deya ta’kidlab o‘tdi.

Iqtisodiyotda erishilgan marralar, istiqbolga mo‘ljallangan uzoq muddatli maqsadlar, jahon bozoridagi real va yuzaga kelishi prognozlashtirilayotgan vaziyatdan kelib chiqib, quyidagilar 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari etib belgilandi:

1. Boshlangan tizimli demokratik islohotlarni va mamlakatni modernizatsiyalashni, iqtisodiyotda, eng avvalo sanoat va qishloq xo‘jaligida chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni so‘zsiz davom ettirish, xususiy mulkchilik, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirish va ularning manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiyotda davlat ulushini izchil kamaytirish, makroiqtisodiy mutanosiblikni ta’minlash;

2. 2015-2019 yillarda muhandislik kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy tadbirlarini so‘zsiz amalga oshirish bo‘yicha boshlangan ishlarni davom ettirish;

3. Qishloq xo‘jaligida islohotlarni va tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, er va suv resurslaridan samarali foydalanish;

4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmushi darajasi va sifatini yanada oshirish;

5. Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, eksportda fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbikorlikning ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish;

6. Iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, “Elektron hukumat” tizimi yaratilishini tubdan jadallashtirish;

7. “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish.

O‘tgan davr mobaynida soliq organlari tarkibini malakali kadrlar bilan ta’minlashga ham juda katta e’tibor berildi. Soliq xizmati xodimlarini tayyorlashda va qayta tayyorlashda ularga nazariy jihatdan ko‘mak beradigan o‘quv qo‘llanma va darsliklar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat budjeti fani «Soliqlar va soliqqa tortish» ta’lim yo‘nalishidagi talabalar uchun mutaxassislik fani hisoblanib, talabalarni o‘z tanlagan sohalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Sug‘urta ishi”fanidan ma’ruzalar mavzulari



va ularga ajratilgan soatlar





Mavzular

Ma’ruza soatlari

1

Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati, funksiyalari hamda asosiy atama va tushunchalar

2

2

Sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari va tashkiliy-huquqiy shakllari


2

3

Sug‘urtada tarif siyosati

2

4

Sug‘urta faoliyati klassifikatori va unga oid sug‘urta klasslari

2

5

Hayot sug‘urtasi. SHaxsiy sug‘urta

2

6

Mulkiy sug‘urta. Qurilish-montaj, tadbirkorlik va moliyaviy risklarni sug‘urta qilish

2

7

Javobgarlikni sug‘urta qilish. Tashqi iqtisodiy faoliyatda sug‘urta va investitsiyalarni siyosiy risklardan sug‘urta qilish

2

8

Qayta sug‘urta qilish asoslari. Sug‘urta kompaniyasining moliyaviy asoslari. Sug‘urta tashkilotining investitsiya faoliyati. O‘zbekiston sug‘urta bozori va uni davlat tomonidan tartibga solish.

2

9

Majburiy sug‘urta turlari va ularni o‘ziga xos xususiyatlari. CHet mamlakatlarda sug‘urta ishining o‘ziga xos xususiyatlari

2

JAMI:

18

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin