Ўзбекистон республикаси олий ва



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə1/9
tarix17.11.2018
ölçüsü0,63 Mb.
#84089
  1   2   3   4   5   6   7   8   9


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA POLITEXNIKA

INSTITUTI
ENERGETIKA” FAKUL’TETI
INFORMATIKA VA AXBOROT

TEXNOLOGIYALARI”

KAFEDRASI
Informatika va axborot texnologiyalari

fanidan
Barcha bakalavriat ta`lim



yo`nalishdagi

talabalar uchun



Amaliy mashg`ulotlarni

o`tkazish bo`yicha
USLUBIY

QO`LLANMA
(1-qism)

Farg`ona-2014

Ushbu uslubiy qo`llanma “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan amaliy mashg`ulotlarni bajarish uchun tayyorlangan bo`lib, u davlat ta`lim standartlari asosida tuzilgan.

Ushbu uslubiy qo`llanma “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo`yicha institut 1-kursning Energetika, Mexanika, Qurilish, Kimyo texnologiyalari, Ishlab chiqarishda boshqaruv fakul`teti bakalavr ta`lim yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, joriy baholashlarni o`tkazishda, talabalarni o`z bilimlarini oshirishda foydalanishlari mumkin.


Uslubiy qo`llanma “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedra uslubiy seminarida ko`rib chiqilgan.

( __-sonli yig`ilish bayoni, “__”.________2014 yil).

Uslubiy qo`llanma Energetika fakul`teti uslubiy kengashida ko`rib chiqilgan.

( __-sonli yig`ilish bayoni, “__”.________2014 yil).


Tuzuvchilar:

dots. A.A.Haydarov

ass. I.A.Jo`rayev

ass. H.A.Egamberdiyev

Taqrizchilar

dots. M.X.Oxunov
TATU Farg`ona filiali “Axborot texnologiyalari”

kafedrasi dotsenti F.Yu. Polvonov





Mundarija




1-amaliy ish: EXM ning arifmetik va mantiqiy asoslari. Axborotlarni EXM xotirasida tasvirlash usullari …………………………………………………….….




2-amaliy ish: Komp`yuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari ………………..




3-amaliy ish: Komp`yuterning dasturiy ta`minotidan foydalanish. Total Commander qobiq dasturida ishlash.……………………………………………….




4-amaliy ish: Amaliyot (operatsion) tizimlar (AT) xususiyatlari va imkoniyatlaridan foydalanish.…………………………………………………….




5-amaliy ish: Windows tizimida asosiy ob`ektlari bilan ishlash …………………..




6-amaliy ish: Fayllarni arxivlash, Komp`yuter viruslari, Buyruqli fayllar tuzish va ulardan foydalanish ………………………………………………………………..




7-amaliy ish: Matn muxarrirlari ularning imkoniyatlari …………………………..




8-amaliy ish: Matnli xujjatlar yaratish (Microsoft Word)………..………………..




9-amaliy ish: Microsoft Word Matn muxarririda jadvallar bilan ishlash …………




10-amaliy ish: Microsoft Word dasturining grafik imkoniyatlari …………………




11-amaliy ish: Grafik muxarrirlari, imkoniyatlari va ularning elementlarini sozlash(Adobe Photoshop)………………………………………………………….




12-amaliy ish: Sodda elektron jadvallar yaratish(Microsoft Excel)……………….




13-amaliy ish: Elektron jadvallar yaratishda formulalar va funktsiyalardan foydalanish ……………………………………………………………..…………..




14-amaliy ish: Prezentatsion dasturlar bilan ishlash. Sodda prezentatsiyalar yaratish ……………………………………………………………………………..




15-amaliy ish: Prezentatsiyalar yaratishda ovozlar va animatsiyalardan foydalanish …………………………………………………………………………




16-amaliy ish: Ma`lumotlar bazasini yaratish saqlash va taxrirlashni o`rganish .…




17-amaliy ish: Komp`yuter tarmoqlari va turlari.………………………………….




18-amaliy ish: Internet va intranet ………………………………………………..




Foydalangan adabiyotlar…………………………………………………………………





1- Amaliy mashg`uot

Mavzu: EXM ning arifmetik va mantiqiy asoslari. Axborotlarni EXM xotirasida tasvirlash usullari
Ishning maqsadi: Talabalarda EXMlarning arifmetik va mantiqiy asoslari. Sanoq sistemalari haqida ko`nikma hosil qilish.

Nazariy qism.

Hisoblash mashinalarida ishlatiladigan sanoq sistemalarini shartli ravishda ikki guruxga ajratish mumkin: o`rinli (pozitsion) va o`rinsiz (nopozitsion) sanoq tizimlari. O`rinli sanoq tizimida raqam o`zining sondagi o`rniga qarab turli qiymatni akslantirsa, o`rinsiz sanoq tizimida esa raqamning qiymati uning sondagi tutgan o`rniga bog`liq emas. O`rinsiz sanoq tizimiga qadimgi RIM sanoq tizimi misol bo`ladi. Bu tizimda sonlarni yozish uchun lotin xarflari ishlatiladi, ya`ni I – xarfi birni, V - xarfi beshni, L - xarfi ellikni, X – o`nni, S – yuzni, D – besh yuzni, M – mingni ifodalaydi. Ishchi sanoq sistemalarini bajarish tartibi va sonlarni mashina xotirasida tasvirlash komp`yuterning arifmetik asosini tashkil etadi. O`rinli sanoq tizimida raqamlar soni ma`lum miqdorda bo`lib, ular sondagi o`rinlariga qarab turli qiymatni aks ettiradi.

Masalan bizga ma`lum bo`lgan o`nli sanoq tizimida 10 ta raqam: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 gacha; Sakkizlik sanoq tizimida sakkizta raqam: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7; Ikkilik sanoq tizimida ikkita raqam: 0, 1; O`n oltilik sanoq tizimida o`n oltita raqam: 0,1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9,A, B, C, D, E, F mavjud.
Sanoq tizimi haqida tushuncha.

Jaxon tsivilizatsiyasining rivojlanish jarayonida xisob kitoblarni olib borish va ularni saqlash maqsadida bir qancha turdagi sanoq sistemalari qo`llanilgan. Masalan, agar Rim imperiyasida nopozitsion turga mansub sanoq sistemasi qo`llanilgan bo`lsa, boshqa mamlakatlarda pozitsion sanoq sistemasi ishlatilgan. Arablar va xindlar o`nlik sanoq sistemasini ishlatgan bo`lsa, Vavilonliklar va Frantsiyaliklar o`n oltilik sanoq sistemasini qo`llagan, Angliyada o`n ikkilik sanoq sistemasi ishlatilgan bo`lsa, Amerikalik xindular sakkizlik sanoq sistemasidan foydalanganlar. Nega xamma xalqlar bir xil sanoq sistemalaridan foydalanishmagan? - degan savolga nima deb javob berar edingiz. Qaysi sanoq sistemasini ishlatgan ma`qul deb o`ylaysiz? Nega komp`yuterlarda o`nlik sanoq sistemasini ishlatmasdan, ikkilik sanoq sistemasidan foydalaniladi? Agarda komp`yuterlarda ikkilikdan boshqacha sanoq sistemasi ishlatilgan taqdirda qanday murakkabliklarga duch kelinar edi? Ushbu savol va muammolar ustida bir qancha muddat fikrlang va so`ngra matnning keyingi qismlari o`tishingiz va muammoning asl moxiyatiga tushunishingiz mumkin bo`ladi.

Sanoq sistemasi deb sonlarni belgilar (raqamlar) yordamida ifodalash uchun ishlatiladigan qoidalar to`plamiga aytamiz. Sonlarni ifodalash usuliga ko`ra sanoq sistemasi nopozitsion va pozitsion sistemalarga bo`linadi. EXM larda asosan pozitsion sanoq sistemalari ishlatiladi. Nopozitsion sanoq sistemalari murakkab va qo`pol qoidalar asosida qurilganligi uchun xisoblash texnikasida qo`llanilmaydi. Nopozitsion sanoq sistemasi shunday bir xususiyatga egaki, unda raqamning qiymati uning egallagan pozitsiyasi (o`rni) ga bog`liq emas, balki shu belgi bilan aniqlanadi.

Bir sanoq tizimidan boshqasiga utish.

Bu qoidadan foydalanib sakkizlik sanoq tizimidan ikkilik sanoq tizimiga o`tish mumkin. Buning uchun xar bir sakkizlik raqamini unga mos ikkilik triada bilan almashtirish kerak bo`ladi. Sonning qaysi sanoq tizimiga tegishli ekanligini ko`rsatish uchun indeksda shu sanoq tizimining asosini yozib qo`yamiz. Masalan: 258 yozuvi 25 sonining 8 lik sanoq tizimidaligini ko`rsatadi. B1516 yozuvi B15 sonining 16 lik sanoq tizimidaligini bildiradi. 5158 sonini 2 lik sanoq tizimiga o`tkazish uchun xar bir raqamni mos 3 lik (triada) bilan almashtiramiz:

5158 = 101 001 1012

Biror sanoq tizimida berilgan sonni ikkinchi sanoq tizimiga o`tkazish uchun berilgan sonni o`tkazilishi kerak bo`lgan sanoq tizimining asosiga bo`lib echamiz.

Masalan: 710 sonini 2 lik sanoq tizimiga o`tkazsak:

1. 7 ni 2 ga bo`lamiz: 7/2=3 (koldik 1) q1=1 deb belgilab olamiz.

2. Bo`linma 3 ni 2 ga bo`lamiz: 3/2=1 (koldik 1), q2=1

3. Bo`linmadagi 1 ni 2 ga bo`lamiz: 1/2=0 (koldik 1), q3=1

Bu jarayon bo`linma nolga teng bo`lgauncha davom ettiriladi. Demak, 710 = 112.

Kuyidagi jadvalda ikkilik, sakkizlik, o`nlik va o`n oltilik sanoq tizimlarda sonlarning yozilishi keltirilgan.




O`nlik

q=10


Ikkilikq=2

Sakkiz-lik

Q=8


O`n oltilikq=18

O`nlik

Q=10


Ikkilik

q=2


Sakkizlik

q=8


O`n oltilikq=16

0

1

2



3

4

5



6

7


0

1

10



11

100


101

110


111

0

1

2



3

4

5



6

7


0

1

2



3

4

5



6

7


8

9

10



11

12

13



14

15


1000

1001


1010

1011


1100

1101


1110

1111


10

11

12



13

14

15



16

17


8

9

A



B

C

D



E

F



Sonlarni bir sanoq tizimidan boshqasiga o`tkazish tartibi.

Bu amallar ma`lum qonun - qoidalar asosida bajariladi. Quyida shu qoidalarni ko`rib chiqamiz:

1) Butun sonlarni o`nlik sanoq tizimidan boshqa sanoq tizimlarga o`tkazish tartibi.

Berilgan butun o`nlik sonlarni boshqa sanoq tizimga o`tkazish uchun uni ketma - ket utilishi kerak bulgan tizimning asosiga bulish kerak va chikkan natija va koldiklar tuplamini batartib ungdan chapga karab, ketma-ket yozish talab kilinadi.


Masalan: (61)10 --- (?)2 (2877)10 --- (?)16
61 2 2877 16

- -16 179 16

60 30 2 127 -16 11 = B

1 -30 15 2 -112 19

0 - 14 7 2 157 -16

1 - 6 3 2 - 144 3

1 -2 1 13 = D

1
61(10) = 111101(2) 2877(10) = B3D(16)

O`nlik sanoq tizimdagi sonlarni ikkilik - o`nlik kodda yozish. Xar qanday o`nlik sonlarni 8 4 2 1 kodlarda ikkilik razryadlar orqali ifodalash mumkin:

Masalan:


407,3(10)----N(2-10)
407,3(10) = 0100 0000 0111, 0011(2-10)

4 0 7 3


5) Boshqa sanoq tizimlardagi butun, kasr va aralash sonlarni o`nlik sanoq tizimiga o`tkazish uchun butun sonning xar bir raqamini utila etgan tizimning asosiga kupaytirib, darajalar buyicha yozib chiqamiz:

475,4(8) ---- N(10)

475,4(8) = 4*82+7*81+5*80+4*8-1 = 4*64+7*8+5*1+4/8 = 317,5(10);
10111101,11(2)---- N(10)
10111101,11(2)=1*27+0*26+1*25+1*24+1*23+1*22+0*21+1*20+1**2-1+1*2-2= 128+32+16+8+4+1+0,5+0,25=189,75(10).
1 - TOPSHIRIQ

Berilgan butun sonlarni o`nlik sanoq tizimidan ikkilik sanoq tizimiga o`tkazing:

1) 207 5) 85 9) 112 13) 128 17) 124 21) 111

2) 189 6) 66 10) 99 14) 150 18) 151 22) 222

3) 113 7) 71 11) 120 15) 200 19) 117 23) 142

4) 164 8) 63 12) 100 16) 166 20) 131 24) 134


2 - TOPSHIRIQ

Berilgan butun sonlarni o`nlik sanoq tizimidan o`n oltilik sanoq tizimiga o`tkazing:

1) 44 5) 99 9) 386 13) 694 17) 451 21) 881

2) 97 6) 33 10) 592 14) 777 18) 572 22) 942

3) 22 7) 87 11) 110 15) 274 19) 378 23) 816

4) 29 8) 48 12) 829 16) 555 20) 496 24) 778


3 - TOPSHIRIQ

Berilgan aralash sonlarni o`nlik sanoq tizimidan ikkilik sanoq tizimiga o`tkazing:

1) 88,67 7) 06,254 13) 27,115 19) 126,14

2) 20,65 8) 4,75 14) 35,35 20) 121,121

3) 33,1024 9) 46,666 15) 51,123 21) 21,56

4) 16,724 10) 135,67 16) 77,60 22) 18,236

5) 43,875 11) 142,78 17) 87,65 23) 19,286

6) 86,657 12) 134,87 18) 98,76 24) 23,56


4 - TOPSHIRIQ

Berilgan aralash sonlarni ikkilik sanoq tizimidan o`nlik sanoq tizimiga o`tkazing:

1) 100,1 7) 1100,101 13) 1111,01 19) 100,1011

2) 101,0101 8) 11,0101 14) 1001,0101 20) 110,0101

3) 1010,101 9) 1101,10 15) 110,110 21) 10101,1

4) 111,01 10) 1001,110 16) 11111,11 22) 10001,011

5) 110,10 11) 1011,111 17) 11001,01 23) 11011,110

6) 1011,11 12) 1001,101 18) 11101,11 24) 10110,101


5 - TOPSHIRIQ

Berilgan sonlarni o`n oltilik sanoq tizimidan o`nlik sanoq tizimiga o`tkazing:


1) 34AE 5) FFFF 9) F5S1 13) 1234 17) 6A6F 21) ADEC

2) F695 6) V8S5 10) 80D2 14) 7A7A 18) 76AD 22) 7EFB

3) 70AS 7) A8F1 11) 4A70 15) 19FA 19) 43FE 23) FA4D

4) 2F4D 8) 4170 12) DSDS 16) 5019 20) 76DD 24) DD67



Ishni bajarish tartibi

  1. Nazariy qismda keltirilgan ma`lumotlarni o`rganib chiqing.

  2. Nazariy qismdan foydalanib o`z fikringizni bildiring.

  3. Keltirilgan fikrlar bo`yicha muloxaza yuriting.

  4. Laboratoriya ishi bo`yicha xulosa qiling va bu xulosalaringizni daftaringizga qayd qiling.


Nazorat uchun savollar.

1. EXMlarning arifmetik asoslari deganda nimani tushunasiz?

2. Sanoq tizimlari deganda nimani tushunasiz?

3. Bir sanoq tizimidan boshqasiga o`tish qanday amalga oshiriladi?

3. Kodlash nima?

4. Axborotlarni kodlash deganda nimani tushunasiz?

5. Axborotlarni grafik va matn xolatida saqlash qanday amalga oshiriladi?

6. Shaxsiy komp`yuterlar asosan nechchilik sanoq sistemasida ishlaydi?

7. O`nlik sanoq sistemasida birinchi bo`lib qachon va qayerda yaratilgan?

2-Amaliy mashg`ulot
Komp`yuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari
Ishdan maqsad: Komp`yuter qurilmalari vazifalari bilan tanishish. Komp`yuterni ishga tushirish va ishni tugatishni o`rganish.
Nazariy qism:

Shaxsiy komp`yuterlar uchun kuchlanishning o`zgarishi, ayniqsa keskin o`zgarishlar xavfli bo`lishi mumkin. Shuning uchun maxsus stabilizatorlardan yoki elektr quvvatining uzluksizligini ta`minlovchi - UPS qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus UPS qurilmasi elektr quvvatini o`zgarmas holda ushlab turadi, hamda elektr manbai o`chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida komp`yuter ishlashini ta`minlab turadi. Bu vaqt komp`yuterda bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun etarlidir. Masalan, kerakli ma`lumotlarni diskka yozib qo`yish yoki programmalar ishini tugatish uchun va hokazo.

Komp`yuter qurilmalarini ikki qismga ajratish mumkin:

1. Asosiy qurilmalar.

2. Qo`shimcha qurilmalar.
Asosiy qurilmalar:
Komp`yuterning asosiy qurilmalari uch qismdan iborot:

Bular:


  1. Tizimli blok (sistemniy blok). Kiritilgan ma`lumotlarni qayta ishlash, saqlash va yozish. Komp`yuter qurilmalari o`rtasidagi ma`lumot almashinuvini ta`minlaydi va komp`yuterni boshqarib turuvchi hisoblanadi.

  2. Monitor (displey). Komp`yuter xotirasidagi ma`lumotlarni monitor ekraniga chiqarib berish uchun xizmat qiladi.

  3. Klaviatura. Ma`lumotlarni komp`yuter xotirasiga kiritish va komp`yuter ishini boshqarish uchun xizmat qiladi.




  1. Tizimli blokning asosiy vazifasi kiritilgan ma`lumotlarni qayta ishlash, saqlash va yozish. Komp`yuter qurilmalari o`rtasidagi ma`lumot almashinuvini ta`minlaydi va komp`yuterni boshqarib turuvchi hisoblanadi.

Tizimli blokning tarkibi quyidagilardan iborat:

1. Tizimli Plata;

2. Disk yurituvchi;

3. Qattiq disk (Vinchester);

4. Tok manbai bloki;    

                



Tizimli Plata

Tok manbai bloki





Qattiq disk (Vinchester)



Tizimli plata bu – maxsus materiallardan yasalgan plastinada joylashgan mikro - sxemalardan iborat bo`lib, ular o`zaro bog`lovchi elektr tok uzatuvchi yo`llar bilan bog`langan. Tizimli plata EXM ning eng muhim elementlarini jamlaydi bular:

Markaziy prosessor (mikroprotsessor). Komp`yuterning eng muxim qismini markaziy protsessor, (ya`ni protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma`lumotlarni o`zgartiradigan, xamma xisoblash jarayonlarini boshqaradigan xamda xisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o`zaro aloqasini o`rnatadigan qurilma — protsessor deb ataladi. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturdagi ko`rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallar protsessor zimmasidadir. Bir so`z bilan aytganda, protsessor komp`yuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko`rsatmalarini bajaradi.

IBM rusumli komp`yuterlarda protsessor sifatida odatda Intel firmasi yoki o`nga muvofik boshqa firmalarning mikroprotsessorlari o`rnatiladi. Komp`yuterlar mikroprotsessor turlari bilan farqlanadi. Mikroprotsessorlarning Intel 8088, 80284, 80386SX, 80386, 80486 kabi turlari ma`lum.

1993 yildan boshlab Intel firmasi Pentium mikroprotsessorlarini ishlab chiqarib, IBM komp`yuterlariga o`rnatmoqda.

Tezkor (operativ) xotira mikrosxemalari. Operativ xotira o`zida komp`yuterda ishlatilayotgan dasturlar va ma`lumotlarni saqlaydi. Ma`lumotlar doimiy xotiradan operativ xotiraga ko`chiriladi, olingan natijalar zarur xolda diskka qayta yoziladi. Komp`yuter o`chirilishi bilan operativ xotiradagi ma`lumotlar o`chiriladi. Tezkor xotira mikrosxemalarining quyidagi turlari mavjud: SIMM, DIMM, DDR, DDR2. bugungi kunda asosan tezkor xotira mikrosxemalarining DDR va DDR2 kabi turlari keng tarqalmoqda.

Video karta. Personal’ Komppyuter asosiy qurilmasi blan monitor o`rtasidagi aloqani video karta deb nomlanuvchi kontroller o`rnatadi. U 4 ta asosiy qurilmalardan iborat: xotira, kontroller, TSAP va doimiy xotirlash qurilmasi.

Doimiy xotira (vinchester) qurilmasi. Komp`yuter bilan ishlaganda foydalaniladigan axborotni doimiy saqlashga mo`ljallangan. Masalan, operatsion tizim dasturlari, ko`p ishlatiladigan dasturlar paketlari, xujjatlar taxrirlagichlari, dasturlash tillari uchun translyatorlar va boshqalar.

Komp`yuterda qattiq diskning mavjudligi u bilan ishlashda qulaylikni oshiradi. Foydalanuvchi uchun qattiq diskdagi jamlagichlar bir-biridan, ya`ni diskka qancha axborot sig`ishi bilan farq qiladi. Xozirgi paytda komp`yuterlar asosan sig`imi 40 Gbayt va undan ko`p bo`lgan vinchesterlar bilan jixozlanmokda. Fayl serverlar nafakat katta sig`imli, balki tezkor bo`lgan bir nechta vinchesterlar bilan jixozlanishi mumkin.

Tizimli blokda tizimli platadan tashqari Disk yurituvchi (diskovod) va lazer disklarni o`qish qurilmasi CD ROM joylashgan. Bu ikkala qurilmani yana tashqi xotira qurilmasi sifatida ham o`rganiladi.


Markaziy protsessor (mikroprotsessor)

Tezkor xotira (operativka)





Video karta

Doimiy xotira (vinchester)





CD ROM

Disk yurituvchi (diskovod)





 

Komp`yuterning qo`shimcha qurilmalari.

Qo`shimcha qurilmalar komp`yuter imkoniyatlarini oshirish va kengroq foydalanish maqsadida ishlab chiqarilgan qurilmalardir. Bunday qurilmalarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin