Ўзбекистон республикаси согликни саклаш вазирлиги



Yüklə 137,37 Kb.
tarix13.12.2018
ölçüsü137,37 Kb.
#85809

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG'LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
«TASDIQLAYMAN»

O'quv ishlari bo'yicha

prof. __________ Teshaev O.R.

«27» avgust 2015 y.


Davolash fakul`teti FAKUL`TET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI
FAKUL`TET JARROXLIK fani
TO'G'RI ICHAK KASALLIKLARI

mavzusi bo'yicha amaliy mashg'ulotlari uchun

O'QUV TEXNOLOGIYASI

Toshkent-2015

Tuzuvchilar: Professor Xakimov M.SH.

Dotsent: Berkinov U.B.

Assistent: Djafarov S.M.

O'quv texnologiyasi tasdiqlandi:

Davolash fakul`teti gospital va fakul`tet jarroxlik kafedrasi o'quv-metodik kengashi, protokol № 1. «27» avgust 2015 y.dan

Tema: TO'G'RI ICHAK KASALLIKLARI


  1. O'quv mashg'ulotida o'quv texnologiyasi modeli.

Davomiyligi – 5 ch

Talabalar soni – 8-10 chel.

O'quv mashg'uloti shakli

O'quv xonasida amaliyot darsi va seminar “qora kutichat” va “o'rgimchak ini” usullarini qo'llash bilan.

Mashg'ulot o'tkazilishi joyi

Mashg'ulot fakul`tet va gospital jarroxlik kafedrasida va statsionarda o'tkaziladi (o'quv xonasi, palata, bog'lov xonalari, poliklinika – TTA 2-klinikasi).

O'quv mashg'uloti strukturasi

1. Kirish

2. Amaliy qism

- bemorlar kuratsiyasi

- amaliy ko'nikmalarni bajarish

- amaliy qismni muxokama qilish

3. Nazariy qism

- Nazariy qismni muxokama qilish

4. Baholash

- o'z-o'ziga baho berish va o'zaro baholash

- o'qituvchi tomonidan baholash

5. O'qituvchi xulosasi. Bilimlarni baholash. Kelgusi dars mashg'uloti bo'yicha savollarni berish.


O'quv mashg'ulotining maqsadi: Talabalarga tugri ichak kasalliklari bilan ogrigan bemorlar, kuratsiya uchun olingan bemorlar misolida tekshirish yo'llarini, tashxis ko'yish, qiyosiy tashxis va davolash usullarini o'rgatish. Tugri ichak kasalliklari etiologiyasini, patogenezini, klassifikatsiyasi, klinikasi va umumiy davolash xususiyatlarini

taxlili kilish.



O'qituvchining vazifalari:

- To'g'ri ichak kasallik-lari klinik manzarasi va kechishi xususiyatla-ri haqida talabalar bilimlarini mustah-kamlash va yanada chuqurlashtirish.

- To'g'ri ichak kasallik-lari klinik manzarasi va kasallikni kechish variantlari.

- Boshqa kasalliklar bilan differentsial diagnostika o'tkazish tamoyillarini tushuntirish.

- Talabalarda kasallik-ni o'z vaqtida erta aniqlash va xavfli asoratlar rivojlani-shidan avval bemorlar-ni ixtisoslashtirilgan muassasalarga yuborish

ko'nikmalarini shakl-lantirish.



  • Kasallikni yangi davo-lash usullari tamoyil-lari va oldini olish chora-tadbirlari bilan talabalarni tanishti-rish.

O'quv faoliyati natijalari:

Talaba bilishi lozim:

- diagnostika va differentsial diagnostika uslublari, va ularning asoratlari haqida;

- tashxisni asoslash va ratsional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlar interpretatsiyasi;

- ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorlashning o'ziga xos xususiyatlari;

- operativ va konservativ davolash uchun ko'rsatmalar, va ularning o'ziga xosligini balish;

- amaliyot davri va undan keyingi asoratlarni oldini olish;

- to'g'ri ichak kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni tekshirish bo'yicha amaliy ko'nikmalarni o'zlashtirish;

- maxsus tekshiruv usullarni o'rganish.



Talaba bajara olishi lozim:

Amaliy ko'nikmalarni bajara olishi – to'g'ri ichak kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni tekshirish bo'yicha amaliy ko'nikmalarni o'zlashtirish, maxsus tekshiruv usullarni

o'rganish, operativ va konservativ davolash uchun ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalarni bilish.


O'quv metodlari va texnikasi

“Qora quticha” va “O'rgimchak ini” usullari, vaziyatli masalalar, mavzu bo'yicha testlar.

O'quv vositalari

O'quv qo'llanmalari, o'quv materiallari, slaydlar, video va audio materiallar, kasallik tarixi.

O'quv shakllari

Individual ishlash, guruxda kollektiv bilan ishlash, prezentatsiya qilish.

O'quv sharoitlari

Auditoriya, palata.

Monitoring va baholash

Og'zaki nazorat: nazorat savollari, guruxda o'quv vazifalarini bajarish, amaliy ko'nikmalarni bajarish; yozma nazorat: test o'tkazish.


2. Motivatsiya

Mashg'ulot mutaxassis shaxsini shakllanishiga, o'zini tuta bilishga o'rgatishga, tashxis qo'yishda ma'suliyatni xis qilishga o'rgatadi. Talabalar kasallikning xavfli asoratlari

rivojlangunga qadar o'z vaqtida adekvat operatsiyalarni bajarish lozim ekanligini bilishlari kerak, asoratlar rivojlanganda esa – eng informativ va zamonaviy

diagnostika xamda xirurgik davolash usullari bilan tanishtirish, operatsiyadan tashqari va operatsiya jarayonidagi asoratlar, ularni oldini olish usullari bilan

tanishtirish. Talabalarda klinik fikrlashni shakllantirish.
3. Fanlararo va fan ichida bog'liqlik

Shu mavzuni o'qitish talabalarning normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya fanlari bo'yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar ichki

kasalliklar, reanimatologiya va boshqa klinik fanlarni o'rganilganda kerak bo'ladi
4. Mashg'ulot mazmuni

4.1. Nazariy qism

Anatomo-fiziologik ma'lumotlar

To'g'ri ichak taxminan uchinchi (S3) dumg'aza umurtqasi sathidan boshlanib, ichakning terminal qismi hisoblanadi. U kichik chanoq sohasi orqa qismida joylashgan bo'lib dumg'aza

va dum egilmasi bo'ylab tushib, anal teshigi bilan tugaydi. To'g'ri ichak uzunligi o'rta hisobda 12 - 20 sm ni tashkil etib, u uch qismga: qorin pardasi bilan qoplangan ampula

usti (rektosigmoid) – 4 - 5 sm, ekstraperitoneal va fastsiya bilan qoplangan ampulyar (8 - 10 sm) va anal kanali (2,5 - 4 sm) qismlariga bo'linadi. Ampulyar qismi o'z navbatida

– yuqori ampulyar (3-5sm), o'rta ampulyar (4-6sm) va pastki ampulyar (3-5sm) qismlariga bo'linadi. Pastki ampulyar qismi anal kanaliga o'tib, orqa chiqaruv teshigi bilan tugaydi.

Chanoq qorin pardasi ostida to'g'ri ichakni yog' klechatkasidan iborat chanoq-to'g'ri ichak va o'tirg'ich-to'g'ri ichak sohalari o'rab turadi. O'rta ampulyar qismi qorin pardadan

butunlay xoli joylashgan bo'lib, uning yuqori chegarasi bo'lib qorin pardaning o'tuvchi bukilmasi hisoblanadi va u pararektal klechatka bilan o'ralagan bo'lib, bu ayniqsa,

orqa va yon tomonlarida kuchli rivojlangan. To'g'ri ichak yo'g'on ichakning boshqa qismlaridan farq qilib, uning gaustratsiyalari bo'lmaydi, bo'ylama mushak qavati tizimcha

shaklda emas, balki, ichak aylanasi bo'ylab bir tartibda tarqalgan. Chanoq qorin pardasi o'tuvchi bukilmasi to'g'ri ichak oldingi yarim aylanasida joylashib, u anusdan

erkaklarda 7-9 sm va ayollarda 5-7 sm masofada bo'ladi. To'g'ri ichakning orqa-yon devorlarida qorin parda o'tuvchi bukilmasi - plicae rectovesicales odatda anusdan 12-15 sm

masofada yotadi.

To'g'ri ichak shilliq qavati silindrik epiteliy bilan qoplangan. Pastki ampulyar qismida to'g'ri ichak shilliq qavati bo'ylama bukilmalar (Morgan`i ustunlari) xosil qilib,

ularning asosida anal kriptalar joylashgan. Bu kriptalarga shilliq ishlab chiqaruvchi anal bezlarining chiqaruv teshiklari ochiladi. Anal kanali shilliq qavati ko'p qavatli

yassi epiteliy bilan qoplangan. Ushbu yassi epiteliy bilan pastki ampulyar qism silindrik epiteliylari orasidagi chegara – zigzagsimon anarektal (tishsimon) chiziq

deyiladi.

To'g'ri ichak devorida tashqi tomondan uzunasiga ketgan muskul tolalari, ichki devorida esa doirasimon tolalar joylashgan. To'g'ri ichakning pastki qismida silliq muskul

tolalari ichki sfinkterni hosil qiladi. Orqa chiqaruv yo'lini ko'taradigan muskulning bir qismi hisoblangan qov-to'g'ri ichak muskuli to'g'ri ichakni qovuzloq xolida o'rab,

tashqi sfinkterni hosil qiladi.

Anal kanali – me'da-ichak traktining oxirigi qismi bo'lib, anorektal chiziqdan boshlanib, anus bilan tugaydi. Uning uzunligi 3-4 sm ni tashkil etadi. Anal kanali ikkita

mushak: ichki (chuqur) va tashqi (yuzaki) xalqalari bilan o'ralgan. Ichki xalqa (ichki sfinkter) to'g'ri ichak ichki sirkulyar mushak qavatining bevosita davomi hisoblanadi. U

silliq mushak tolalaridan tashkil topib, avtonom innervatsiyaga ega va shuning uchun ixtiyorsiz ravishda qisqaradi. Tashqi mushak xalqasi (tashqi sfinkter) esa, inson

ixtiyoriga bo'ysunadi.

Tekshirish usullari. To'g'ri ichakni barmoq bilan tekshirish eng oddiy va muhim tekshiruv usuli hisoblanadi, uni bemor yonboshi bilan yotganda, tizza-tirsagiga tiralib turgan

xolatida yoki cho'kkalab turgan xolatida bajargan ma'qul: to'g'ri ichakdagi o'sma, yot jism, shilliq osti paraproktiti, gemorroy, to'g'ri ichak oqmalari, Duglas bo'shlig'i

chandiqlarini paypaslab ko'rish mumkin. Anoskop yordamida bu patologik hodisalarni vizual ko'zdan kechirsa bo'ladi, rektoromanoskopiyada esa yo'g'on ichakning yuqorida

joylashgan bo'limlarini va hatto sigmasimon ichakdagi patologiyani ham ko'rish mumkin.
TUG'MA ANOMALIYALARI

To'g'ri ichakning tug'ma anomaliyalari ichakning to'liq atreziyasi (yopiqligi) yoki oqmali ichak atreziyasi belgilari bilan kechadi. To'liq atreziyalarda bemorda ichakdan chiqish

yo'llari bo'lmaydi va tashqariga chiqindilar chiqmaydi.

Uning turlari to'g'ri ichak atreziyasi, orqa chiqaruv teshigi atreziyasi, orqa chiqaruv teshigi va to'g'ri ichak atreziyalari farqlanadi.

To'g'ri ichak atreziyasi - orqa chiqaruv teshigining to'liq yopiqligi bilan kechadi. Orqa chiqaruv teshigi atreziyasida uning o'rnida yupqa teri bo'lib uni oson ichkariga botirish

mumkin. To'g'ri ichak atreziyasida ichak o'rnida biriktiruvchi to'qima shakllangan bo'ladi. Orqa chiqaruv teshigi atreziyasi ayrim hollarda 1-3 sm li cho'ntaklar hosil qilishi

mumkin. Ba'zan to'g'ri ichak atreziyasi to'g'ri ichak-qin oqmalari, to'g'ri ichak-siydik qopi oqmalari va to'g'ri ichak-uretral oqmalar xolatida ham kechadi.

Klinikasi. Kasallikning birinchi kunidanoq o'tkir ichak tutilishi belgilari ( qorinning dam bo'lishi, yel va ich kelmasligi, xiqichoq, kekirish, qayt qilish). Tashxis oraliq

sohasini ko'ruvidan so'ng qo'yiladi. Najasning qin yoki siydik nayi orqali chiqishi atreziyaning oqma bilan kechayotganligidan dalolat beradi. To'g'ri ichak-siydik qopi oqmali

atreziyada siydik rangi xira, najas bilan aralashgan bo'ladi.

Davolash – xirurgik. To'liq atreziyalar shoshilinch jarrohlik amaliyotiga ko'rsatma hisoblanadi. Orqa chiqaruv teshigi atreziyasida teri kesilib, uning shilliq qavati pastga

tortilib teriga tikib qo'yiladi. To'g'ri ichak atreziyasining boshqa turlarida turli xil murakkab jarrohlik amaliyotlari qo'llaniladi. Atreziyaning oqmalar bilan kechganida

rejali ravishda ushbu patologiyalarni bartaraf etishga qaratilgan operatsiyalar bajariladi.
GEMORROY

Etiologiyasi va patogenezi. Gemorroy - to'g'ri ichak g'orsimon (kavernoz) tanachalarining venulalar orqali, arterio-venoz anastomozlarga ega bo'lgan to'g'ri ichak

g'orsimon shilliq osti chigallardan qonni oqib chiqib ketishining buzilishi natijasida, ularning kengayishi bilan kechuvchi kasallik hisoblanadi. Kasallik juda keng

tarqalgan bo'lib, katta yoshdagi axolining 43,7 foizida uchraydi va to'g'ri ichak kasalliklari bilan og'rigan bemorlar orasida 40 foizni tashkil etadi. Erkaklar va ayollar

orasida kasallik deyarli bir xil nisbatda, o'rtacha 30-50 yoshda uchraydi.

Ko'pincha, ichki va tashqi gemorroidal tugunlar Morgan`i ustunlari asosida yuzaga kelib, anal kanalining chap yon, o'ng old-yon va o'ng orqa-yon devorlarida joylashadi. Bu

bemorning chalqancha yotgan xolatida shartli soat mili bo'yicha mos xolatda 3, 7, 11 larga to'g'ri keladi.

Gemorroy kelib chiqishini tushuntirib beruvchi bir necha nazariyalar mavjud – infektsion agentlar tasiri (kriptogen infektsiya, gemorroidal flebitlar, kolit va boshqalar),

neyrogen va endokrin buzilishlar (jinsiy bezlar va gipofiz patologiyalarida venoz sistema sustligi, xomiladorlik davrida gormonal disbalans, kavernoz chigallar

devorida nerv trofikasini buzilishi). Boshqa olimlarning fikricha kasallik rivojlanishida ekzo- va endogen intoksikatsiya (o'tkir va achchiq taomlar, alkogol iste'mol

qilish) hamda allergik jarayonlar muhim o'rin tutadi. Hozirgi vaqtda mexanik va gemodinamik nazariya keng tarqalgan. Mexanik nazariyaga binoan, g'orsimon tanachalar to'g'ri

ichakda najasni ushlab turuvchi normal anatomik tuzilma bo'lib, najasning ampulada ko'p vaqt turib qolishi, qabziyat, defekatsiya aktida qattiq kuchanish oqibatida qattiq

najas bilan ularni joyidan distal yo'nalishda siljishi, g'orsimon tanachalar (yumaloqlar) ni tutib turuvchi biriktiruvchi to'qimali tolalarining uzilishi natijasida

kelib chiqadi. Natijada gemorroidal tugunlar yuzaga keladi.

Gemodinamik nazariyaga ko'ra, gemorroyning kelib chiqishida venoz qonni qayta oqib ketishining buzilishi va venoz dimlanishga olib keluvchi sabablardan – qorin ichki

bosimini oshiruvchi (xomiladorlik, uzoq vaqt yo'tal, og'ir yuk ko'tarish, qabziyat) va funktsional (defekatsiya vaqtida ichki sfinkterning bo'shashmasligi) omillar muhim

ahamiyatga egadir.

Bundan tashaqari, arterio-venoz shuntlarning funktsiyasining buzilishi va neyrogumoral mexanizmlarning izdan chiqishi ham gemorroy rivojlanishida e'tiborga loyiq.

Gemorroyning yuzaga kelishida va avj olishiga bir necha omillar, jumladan, kam harakatli va uzoq vaqt o'tirish bilan kechuvchi hayot tarzi, semizlik, qabziyat, defekatsiya

vaqtida qattiq kuchanish, xomiladorlik va tug'ruq, chekish, sovuq qotish, uzoq vaqt davom etgan diareya, og'ir yuk ko'tarish, davomli yo'tal, alkogol, achchiq va o'tkir taomlar

iste'mol qilish shular jumlasidandir.

Ichki va tashqi gemorroidal tugunlar yoki ularning qo'shilib kelishi - aralash gemorroy farq qilinadi.

Klinik manzarasi. Gemorroy bemorga sezilmasdan boshlanadi. Kasallikning boshida orqa chiqaruv yo'lida vaqti-vaqti bilan yoqimsiz sezgilar paydo bo'ladi, to'g'ri ichakda yot

jism borga o'xshab tuyuladi. Birmuncha vaqt o'tgandan keyin defekatsiyada (xojatga borganda) qon ketish paydo bo'ladi, qon bir necha tomchidan to unitaz devorlarigacha sachrab

ketadigan oqim ko'rinishigacha ketadi. Qon rangi qirmizi-qizil tusda bo'lib, qon yo'qotish bemorning umumiy xolatiga ta'sir qilmaydi. Gemorroyda bo'ladigan qichishish va

achishish anal yoriqning noto'liq bekilishi va shu sababli shilimshiq ajralib turishidan sodir bo'ladi. Keyin ichki gemorroidal tugunlarning tushishi rivojlanadi.

Gemorroyning asosiy belgisi bo'lib qon ketishi hisoblanadi. U alvon rangli bo'lib, asosan defekatsiya vaqtida va undan so'ng darxol yuzaga keladi. Ba'zida qon sizib oqadi,

ayrim vaqtlarda uning izchilligi tufayli hatto, kamqonlikka olib keladi. Gemorroyga xos qon ketishida qon najasga aralashmagan bo'lib, uni ustidan qoplab turadi.

Keyingi asosiy belgilaridan biri bu – og'riq. U gemorroidal tugunlarning yallig'lanishida, trombozida yoki qisilishida, anal teshik yorig'i yuzaga kelganda vujudga keladi.

Og'riq defekatsiya vaqtida hamda undan keyin ham paydo bo'lishi mumkin.

Orqa chiqaruv teshigi qichishishi ichakdan shilliq ajralishi oqibatida anal teshik atrofi terisining ivib shilinishi natijasida paydo bo'ladi. Bu o'z navbatida ekzema

rivojlanishiga sabab bo'ladi.

Gemorroy kechishida gemorroidal tugunlarning tashqariga chiqishi kuzatiladi va 3 bosqichdan iborat bo'ladi: I bosqichida gemorroidal tugunlarning faqat defekatsiya vaqtida

tushishi qayd qilinib, o'zicha joyiga kiradi. II bosqichida gemorroidal tugunlar defekatsiya vaqtida va jismoniy zo'riqishda tushadi, biroq o'zicha joyiga kirmaydi. III

bosqichida tugunlar arzimagan jismoniy harakatda, yo'talish va aksirishda tashkariga chiqib, o'zicha joyiga kirmaydi.

Shunga ko'ra surunkali gemorroy klinik kechishining 4 bosqich farqlanadi. I bosqichda qon ketishi kuzatilib, tugunlarning tushishi kuzatilmaydi. II bosqichda faqat kuchanish

vaqtida tugunlarning tushishi kuzatilib, mustaqil yana to'g'rilanadi. III bosqichidi defekatsiya davrida, ba'zida qorin ichki bosimining ortishi natijasida tushib qolgan

tugunlarni faqat qo'l yordamida to'g'rilanadi. Kasallikning IV bosqichida gemorroidal tugunlar vertikal tinch xolatda tushadi, ular to'g'rilanmaydi yoki to'g'rilangach darxol,

yana tushib qolishi kuzatiladi. Bu bosqichda ularning trombozi, anal teshikda og'ri, ko'p miqdorda qon ketishi yuzaga keadi.

O'tkir gemorroyning 3 og'irlik darajasi farqlanadi:

1. Tashqi gemorroidal tugunlar unchalik katta emas, zich-elastik konsistentsiyali, paypaslaganda og'riqli; anal teshik atrofi biroz qizirgan, bemorlar, ayniqsa, defekatsiya

vaqtida kuchayadigan kuyish, qichishish hissiga shikoyat qiladilar.

2. Anal teshik atrofi keskin shishgan, qizargan, anal teshik sohasida, ayniqsa, yurganda va o'tirganda kuchayuvchi kuchli og'riq, paypaslaganda va barmoq bilan ko'rganda og'riq

kuchli bo'lishi.

3. Anal teshigi atrofi sohasi yallig'lanish infil`tratiga aylangan, paypaslaganda kuchli og'riq xissi, orqa chiqaruv teshigi sohasida ko'kimtir-qizg'ish tusli, fibrin bilan

qoplangan ichki gemorroidal tugunlar kuzatiladi; davo choralari ko'rilmaganda tugunlar nekrozi,oqibatda shilliq qavati yaraga aylanib, o'tkir paraproktit rivojlanishi

mumkin.

Surunkali gemorroy uchun qo'zish va remissiya davrlari xos. Remissiya davrida bemorlar hech qanday shikoyat bildirmaydilar. Alkogol yoki o'tkir taomlar iste'mol qilish,

jismoniy zo'riqishlar qon ketishiga sababchi bo'ladi.

Bemorlarni tekshirish tizza-tirsak xolatida yoki cho'kkalab o'tirib kuchangan xolatlarda amalga oshiriladi. Tekshirish to'g'ri ichakni barmoq yordamida, anoskopiya va

rektoskopiya usullari bilan bajariladi.

Davolash - konservativ davo, kam jarohat yetkazib davolash (maloinvaziv), jarrohlik yo'li bilan davolashlarga bo'linadi.

Konservativ davo to'g'ri ichak sohasida yallig'lanishni bartaraf qilishga, qon aylanishini yaxshilashga, ich kelishini muntazamlashtirishga qaratiladi. Bunga ko'rsatma

bo'lib, surunkali gemorroyning erta davri, og'riq sindromli o'tkir kechishi hisoblanadi. Umumiy va mahalliy davo choralari olib boriladi. Umumiy davo asosida parhezdan

tashqari, qabziyatni oldini olish, flebotrop va og'riq qoldiruvchi vositalar yotadi. Maxalliy davo og'riqni, trombozni, yallig'lanishni va qon ketishini oldini olishga

qaratilgan. Bunda og'riq qoldiruvchi, burishtiruvchi, yaraga qarshi vositalar, mikrohuqnalar va o'tiruvchi vannachalar qo'llaniladi.

Kam jarohat yetkazib davolash (maloinvaziv) usullariga skleroterapiya usuli kirib, bunda turli xil sklerozlovchi dori vositalari ishlatiladi. Jumladan etoksisklerol,

fibroveyn, trombovarning eritmalari. Bu vositalar gemorroidal tugunlar ichiga yuborilib, uning trombozi, yallig'lanish bosqichisiz uning obliteratsiyasiga erishilinadi.

Bir vaqtning o'zida 2 tadan ortiq tugunga dori vositasini yuborish tavsiya etilmaydi, chunki og'riq kuchli bo'lishi mumkin. 12-14 kundan kam bo'lmagan muddatda davo yana

qaytarilishi mumkin. Bu usul kasallikning I - II bosqichlarida 71-85% gacha yaxshi natija beradi. Kechki bosqichlarida esa 26-42%, qoniqarsiz natija III-IV bosqichlarida 31

-62% ni tashkil etadi.

Bu usulga qarshi ko'rsatma bo'lib turli yuqumli kasalliklar, anus atrofi yallig'lanish mavjud bo'lishi hisoblanadi.

Yana bir kam jarohat yetkazib davolash usuliga tugunchalarga lateks halqachalarini qo'yishdir. Halqachalar tugun oyoqchasiga o'rnatiladi va ma'lum bir vaqt o'tgach, tugunlar

nekrozi va ularning uzilib tushishiga erishiladi.

Bu usul jarrohlik usuliga nisbatan kam radikalizmga ega va ko'p retsidiv beradi. Shuning uchun bu usul yuqori operatsion havfi bo'lgan va hamroh og'ir kasalliklari mavjud

bemorlarga qo'llaniladi.


Lateks halqachali tugunlarni bog'lash usuliga raqobatlashuvchi usullardan biri bu – ul`tratovush dopplerometriya nazorati ostida bajariladigan gemorroidal tugunlarni

bog'lashdir. Bu usul gemorroyning II- III bosqichlarida qo'llaniladi. Ushbu yangi usul shilliq ostida joylashgan yuqori gemorroidal arteriya terminal tarmoqlarini

joylashishini va sonini aniq topishga, ularni to'liq bartaraf etishga erishtiradi.

Bundan tashqari kam jarohatli usullarga infraqizil fotokoagulyatsiya, kriodstruktsiya, monopolyar va bipolyar koagulyatsiya, lazerli koagulyatsiyani kiritiladi.

Xirurgik davo kasallikning II-III bosqichlarida qo'llaniladi. Jarrohlik amaliyotidan oldingi tayyorgarlik 1-2 kun davomidagi parhez, operatsiyadan bir kun oldin

kechqurungi va ertasiga ertalabki huqnalarni o'z ichiga oladi. Umumiy og'riqsizlantirish qo'llaniladi.

Eng keng tarqalgan jarrohlik usullaridan 30-yillarda ingliz jarrohlari – Milligan va Morgan tomonidan taklif etilgan usul (Milligan-Morgan usuli) hisoblanib,

hozirgi kunda uning turli xil modifikatsiyalari qo'llanilidi. Bunga ko'ra uch asosiy gemorroidal tugunlar kesiladi va ularni qon bilan ta'minlab turuvchi qon tomir

oyoqchasi bog'lanadi. Buning uchun anal sfinkterni keng qilib ochilgandan so'ng, tugunchaga halqali qisqich qo'yilib tortiladi, ikkala tomonidan shilliq qavati kesilib, tugun

oyoqchasi ajratilib qon to'xtatuvchi qisqich qo'yiladi. Tugun kesib olib tashlanadi, oyoqchasi esa tikib bog'lanadi, ustidan shilliq qavat defekti ketgut bilan tikib qo'yiladi.

Bu usuldan keyin 1-3% xolatlarda kasallik retsidiv beradi. Operatsiyadan keyingi davrda bemorlar shlaksiz parhezni davom ettiradilar, har kuni bog'lam almashtiriladi.

Operatsiyadan keyingi 5-6 kuni bemorning mustaqil ichi keladi. U og'riqli va biroz qon ketishi bilan kechishi mumkin.

Bundan tashqari, Subbotin, Lokxard-Mammeri, Martinov, Rijix usullari ham mavjud, ammo ular hozirigi kunda juda kam qo'llaniladi.

1993 yili italiyan jarrohi Antonio Longo yangi operatsiya usulini taklif qildi. Unga ko'ra to'g'ri ichak shilliq qavati tishsimon chiziq yuqorisidan rezektsiyasi va bir qismini

olib tashalash amaliyoti bajarilib, shu yo'l bilan gemorroidal tugunlarni qon bilan ta'minlanishi keskin kamayadi va ular o'rnini asta-sekinlik bilan biriktiruvchi to'qima

egallaydi. Bu operatsiya steppler usulida ishlovchi mahsus sirkulyar tikuvchi apparat yordamida amalga oshiriladi.

Gemorroyda xirurgik davoga qarshi ko'rsatma bo'lib, dekompensatsiyalashgan portal gipertenziya va arterial gipretenziyaning og'ir darajasi hisoblanadi.

Gemorroyning asoratlariga gemorroidal tugun trombozi, qisilishi, mo'l profuz qon ketishlari kiradi. Tromboz aksariyat xollarda parhezni buzganda, jismoniy zo'riqishdan

so'ng kelib chiqadi. Og'riq ozgina jismoniy harakatda, yo'talganda vujudga keladi, yot jism hissi paydo bo'ladi. Anal teshigidan ko'kimtir tusli tugun ko'rinib turadi,

paypaslaganda u kuchli og'riqli. Rektal tekshiruv ham kuchli og'riq bilan kechadi. Trombozlarni davolash ko'pincha konservativ bo'lib, o'z ichiga parhez, surgi dorilar,

yallig'lanishga qarshi dori vositalari, 3-4 kun davomida permanganat kaliyli vannachalardan iborat.

Bunday xolatlarda operativ davo maqsadga muvofiqdir. U trombozga uchragan tugunni kesib olib tashaladan iborat.

Gemorroidal tugunlardan mo'l qon ketishi anemiyaga sabab bo'lib, bu bemorlarda umumiy lohaslik, uyqusizlik, tomir urishning tezlashishi, yurak sohasidagi og'riq, bosh

og'rishi, bosh aylanishi, mehnat qobiliyatining pasayib ketishidan noliydilar. Teri qoplamlari oqarib ketadi, tezda charchash, arterial bosimning pasayib ketishi

kuzatiladi. Doimiy mo'l qon ketishidan oldin odatda qonning oz-ozdan ajralib turishi kuzatiladi. Arzimagan jismoniy harakat ham qon ketishiga sabab bo'ladi.

Bemorlar uyda konservativ dori-darmonlar yordamida davolanib yuradilar va anemiya simptomlari kuchayib ketgandan keyingina bunday bemorlar shoshilinch yordam ko'rsatish

uchun statsionarga olib kelinadilar.

Davolash - operatsiya usulida bo'ladi. Tashqi gemorroidal tugun trombozi aksariyat parhez buzilganda, ichkilik va o'tkir taomlar yeyilgandan keyin paydo bo'ladi. Orqa chiqaruv

yo'lida qattiq og'riq boshlanadi, go'yo unda yot jism bordek tuyuladi. Harorat 38—39°S gacha ko'tariladi. Tashqi ko'zdan kechirishda orqa chiqaruv yo'li sohasida ko'kimtir tugun

yoki bir necha tugunchalar ko'rinadi, ular paypaslanganda og'riydi, zich bo'ladi. Davolash parhezga qattiq rioya qilish, ovqatdan o'tkir taomlar, ichkilikni chiqarish, surgi dori

ichish, yallig'lanishga qarshi preparatlar (diklofenak natriy, nimesil, ketoprofen, atsetilsalitsilat kislota), antibiotiklar qo'llanishdan iborat. Mahalliy qo'rg'oshinli

xo'llab bosish (primochka), Vishnevskiy malhami qo'llaniladi.

Ichki gemorroidal tugunlarning qisilishi. Buning sababi ham ichkilik ichish va o'tkir taomlar iste'mol qilish hisoblanadi. Ichki gemorroidal tugunlar tushadi va anal

teshikda qisilib qoladi, tromboz va nekroz qaytadan paydo bo'ladi. Bemorlarda orqa chiqaruv yo'li sohasida qattiq og'riq, yot jism borligi sezgisi, haroratning 39°S gacha

ko'tarilishi kuzatiladi. Anal teshikni ko'zdan kechirishda to'q ko'kimtir rangli gemorroidal tugunlar ko'rinib turadi. Nekroz qon ketishi bilan o'tadi.

Davolash parhez ovqatlar, surgi dorilar, antibiotiklar, yallig'lanishga qarshi preparatlar tayinlashdan iborat. Yallig'lanish jarayoni barham topgandan keyin xirurgik

davolashga o'tiladi.
ORQA CHIQARUV YO'LI YORIG'I

Orqa chiqaruv yo'li yorilishi (anal yoriq) — orqa chiqaruv yo'lidagi nuqson. Ko'pincha ayollarda uchraydi. 90% xollarda anal yoriq anal sfinkterning orqa devorida joylashadi.

Orqa chiqaruv yo'lining o'tkir, xronik va qaytalanuvchi yorilishi farq qilinadi.

Anal yoriqlarning etiologiyasi, patogenezi turli-tuman. Qattiq najas massalari anal kanali orqali o'tayotganda devori shikastlanib qoladi. Kriptalarga infektsiya tushib,

anal bezlarni yallig'lantiradi va yoriqlar paydo bo'ladi. Anal halka atrofidagi mayda arteriyalarning tomir spazmi kam yorilishga sabab bo'ladi. Anal kanal devoridagi nerv

tolalarining nevriti ham yoriqlar paydo qiladi.

Klinikasi. O'tkir anal yoriqning asosiy simptomi og'riq hisoblanadi. Og'riq juda qattiq, bemorni kuchli iztirobga soladi, odatda xojatdan keyin boshlanadi va bir necha

soatga cho'ziladi. Og'riqdan tashqari, anal sfinkterning kuchli reflektor spazmi sababli qabziyatlar paydo bo'lib, natijada har gal xojatga borishdan keyin yoriq battar

shikastlanib turadi. Aksariyat anal yoriqda xojatdan keyin qon tomchilari ajralib chiqishi kuzatiladi.

Barmoq bilan tekshirish, rektoskopiya va rektoromanoskopiyadan oldin yoriq ostiga 10-20 ml 1 % li novokain yuboriladi. Shundan keyin bu tekshiruvlar yordamida ko'pchilik

xollarda orqa devorda joylashadigan uzunasiga ketgan yoriqni ko'rish mumkin.

Davolash. O'tkir boshlangan anal yoriqlarda konservativ davolash, issiqlik vannalari, grelkalar, UVCH, diatermiya tavsiya etiladi. Spirt-novokainli blokada, sfinkterni

Rekom`e bo'yicha cho'zishdan foydalanish mumkin. Xronik va qaytalanadigan anal teshik yoriqlarini xirurgik usulda davolash - ponasimon kesib olib tashlashdan iborat.
O'TKIR PARAPROKTIT

To'g'ri ichak oldi kletchatkasining o'tkir yallig'lanishi. Aksariyat erkaklarda uchraydi.

Etiologiyasi va patogenezi. Paraproktit pararektal kletchatkaga infektsiya tushishi natijasida vujudga keladi. Pararektal kletchatkaga mikroblar anal kriptalarga

ochiladigan anal bezlardan tushadi. Anal bezdagi yallig'lanish jarayoni natijasida uning yo'li bekiladi va sekret oqib chiqishi buziladi. O'tkir paraproktit paydo bo'lishiga

moyillik tug'diradigan sabablar orasida to'g'ri ichak distal bo'limi va anal kanal shilliq pardasidagi mayda shikastlar birinchi o'rinda turadi.

Klassifikatsiyasi bo'yicha quyidagilar farq qilinadi:

1. Etiologik printsipi bo'yicha: oddiy, anaerob, spetsifik, travmatik.

2. Yiringlikning joylashuvi bo'yicha: shilliq parda ostidagi teri ostidagi, ishiorektal, pel`viorektal, retrorektal.

3. Kechishi bo'yicha: o'tkir, xronik, qaytalanadigan.

Shilliq osti paroproktiti o'tkir paroproktit bilan kasallangan bemorlarni 2-6% ni tashkil kiladi.. Ogriq kuchsiz bo'lib, ogriq defekatsiya vaqtida kuchayadi. Tana xarorati

subfebril buladi. Pal`pator to'g'ri ichak bo'shlig'ida yiringli bo'shliq joylagan joyda kuchli og'riq aniqlanadi. Yiringni to'g'ri ichak bo'shlig'iga yorib chiqishi sabab bemor

o'z-o'zidan tuzalishi mumkin.

Pel`viorektal (chanoq–to'g'ri ichak) paraproktiti – bu paroproktitni eng og'ir turi bo'lib, o'tkir paroproktit bilan kasallangan bemorlarni 2-7% ni tashkil kiladi. O'tkir

paraproktitning har bir formasiga muayyan klinik manzara xos, ayni vaqtda, o'tkir paraproktitning turli formalari uchun umumiy bo'lgan ko'pgina simptomlar mavjud. O'tkir

paraproktitda, boshqa har kanday o'tkir yallig'lanish jarayonidagi kabi, umumiy xolatning buzilishi kuzatiladi: tana haroratining ko'tarilishi, et junjikishi, uyqu

buzilishi, orqa chiqaruv yo'li va chot sohasida og'riq bo'ladi. Yiring yig'ilgan sayin og'riqlar kuchayadi, intoksikatsiya orta boradi. Agar yiringlikni o'z vaqtida ochilmasa, u

qo'shni hujayra bo'shliqlariga, to'g'ri ichakka, teri orqali tashqariga yoriladi.

Teri ostidagi paraproktit — eng ko'p uchraydigan formasi, o'tkir boshlanadi. Birinchi sutka mobaynida tana harorati 39°S gacha ko'tariladi, orqa chiqaruv yo'li sohasida

kuchli og'riqlar paydo bo'ladi. Teri osti kletchatkasida, anal teshik yaqinida og'riydigan infil`trat paydo bo'ladi. Uning ostidagi teri qizargan, markazida flyuktuatsiya bor,

shu soha lo'qillab og'riydi. Bemorlar dumbaning sog'lom tomonini bosib o'tirishga urinadilar. Agar vaqtida operatsiya qilinmasa, yiringlik 5-7 kuni teri orqali o'z-o'zidan

yorilib chiqishi mumkin.

Ishiorektal (quymich-to'g'ri ichak) paraproktit. Kasallikning boshlang'ich bosqichida og'irlik va chot ichkarisida xojat paytida kuchayadigan og'riq paydo bo'ladi. Tana harorati

oshadi, intoksikatsiya kuchayadi. Yallig'lanish jarayoni orta borgan sayin orqa chiqaruv yo'lining yonida, yallig'langan tomonda biroz shish paydo bo'lganligi qayd qilinadi.

Barmoq bilan tekshirishda to'g'ri ichakning zararlangan yon tomonidan infil`tratsiya, birmuncha kechikkan muddatlarda esa infil`tratning yumshaganligi aniqlanadi.

Yiringlik aksariyat teri orqali tashqariga yoriladi.

Shilliq parda ostidagi paraproktit. Paraproktitning bu formasida og'riqlar o'rtacha bo'lib, xojat paytida birmuncha kuchayadi. Tana harorati subfebril bo'ladi. Paypaslab

ko'rilganda yiringlik zonasida ichak bo'shlig'iga bo'rtib chiqqan infil`trat yoki flyuktuatsiya aniqlanadi. Yiringlik o'z-o'zidan yorilganidan keyin ko'pincha sog'ayish boshlanadi.

Chanok-to'g'ri ichak (pel`viorektal) paraproktiti. Kam uchraydi, og'ir o'tadi va uni aniqlash ancha qiyin. Avvaliga intoksikatsiya belgilari: umumiy lohaslik, xolsizlik, tana

harorati ko'tarilishi, bosh og'rishi, bo'g'imlarda qaqshashi, qorin pastida og'riq paydo bo'ladi. Orqa chiqaruv yo'li sohasini tashqi ko'zdan kechirishda pel`viorektal

paraproktitni aniqlab bo'lmaydi. Kasallik boshlanishidan 15—16 kun o'tgach tana harorati gektik darajaga yetib, qorin pastidagi og'riqlar kuchayadi. Infil`tratning hajmi

kattalashadi va orqa chiqaruv yo'lini ko'taradigan muskul bo'ylab pastga tushadi va paraproktitning mahalliy belgilari paydo bo'ladi. Ular endi quymich-to'g'ri ichak va teri

osti kletchatkasi uchun xos bo'lib, quyidagi xarakterli simptomlar: chot terisida shish va qizarish, og'riq paydo bo'ladi. To'g'ri ichakni barmoq bilan tekshirish vaqtida

infil`tratni aniqlash mumkin, bunda barmoq bo'rtib chiqqan joyning yuqori chekkasiga yetmaydi.

To'g'ri ichak orqasidagi (retrorektal) paraproktit. To'g'ri ichakda va dumg'azada qattiq og'riq paydo bo'lishi bilan kechib, u xojat paytida kuchayadi. Og'riq songa, chotga

uzatiladi. Dum suyagi bosilganda og'riydi. Barmoq bilan tekshirilganda to'g'ri ichak orqa devorining og'rishi va shishib chiqqanligi aniqlanadi.

Paraproktitlarni davolash faqat xirurgik bo'lib, operatsiya yiringlikni ochish va drenaj qo'yishdan iborat bo'ladi. Operatsiyani vena ichiga preparat yuborish usuli bilan

og'riqsizlantirilib bajariladi. Yiringli bo'shliqni barmoq bilan yaxshilab taftish qilinadi, yiringli bo'shliq vodorod peroksidi va boshqa antiseptik vositalar bilan

sanatsiya qilinadi.


TO'G'RI ICHAK OQMALARI (SURUNKALI PARAPROKTIT)

O'tkir paraproktitni boshdan kechirish oqibatida rivojlanadi va to'g'ri ichakda oqma yara borligi bilan namoyon bo'ladi. Oqma yaralarning paydo bo'lishiga ko'pincha

bemorlarning yiringlik o'zicha yorilgandan keyii tibbiy yordam olishga kechikib murojaat qilishlari sabab bo'ladi.

Klassifikatsiyasi. To'liq va noto'liq turi farq qilinadi. To'liq oqmada ikkita va undan ortiq teshiklar: ichki - to'g'ri ichak devorida va tashqi - anal teshik atrofi terisida

bo'ladi.

Noto'liq oqmada bitta teshik bo'ladi va u ichki va tashqiga bo'linadi. Ichki oqmaning to'g'ri ichak devorida teshigi bor, u pararektal kletchatkada tugaydi. Tashqi oqmaning anal

teshik atrofida teshigi bo'ladi va u pararektal kletchatkada tugallanadi. To'g'ri ichak oqmasi sfinkterga nisbatan joylashuviga ko'ra intrasfinkter, transsfinkter va

ekstrasfinkter bo'lishi mumkin.

Intrasfinkter oqma — oqma kanali to'liq to'g'ri ichak sfinkteri ichida bo'ladi.

Transsfinkter oqma — oqma kanali qisman sfinkter orqali o'tadi, qisman kletchatkada joylashgan.

Ekstrasfinkter oqma — oqma kanali chanoqning kletchatka bo'shliqlaridan o'tadi va sfinkterni chetlab o'tib, chot terisiga ochiladi.

Klinik manzarasi oqma borligi va uning vaqti-vaqti bilan bekilib turishi bilan bog'lik, bu yiringli bo'shliq drenaji buzilishiga, yiring yig'ilib qolishiga,

paraproktitning og'irlashuviga olib keladi. Qayta og'riq turadi, subfebril harorat, et junjikishi, lohaslik qayd qilinadi va 4–5 kuniga kelib oqma o'z-o'zidan yoriladi va

bu hodisalar to'xtaydi. Anus atrofi ko'zdan kechirilganda yiringli ajralmasi asta sekin ajralib chiqayotgan oqmani, teri bichilganini ko'rish mumkin. Oqma yo'lini aniq

bilish uchun fistulografiya qilinadi.

Davolash. Konservativ davolash kamdan-kam sog'ayishga olib keladi. Odatda undan operatsiyaga tayyorgarlik bosqichi sifatida foydalaniladi. Bu oqmani antiseptik eritmalar

bilan yuvish, antibakterial davo, antiseptiklar bilan mikroxuqnalar qo'yish va o'tiradigan vannalar qilishdan iborat.

Xirurgik davolash oqma yo'lini kesib, keyin tikib qo'yishdan iborat. Oqma kanalini to'liq kesish uchun operatsiyadan oldin nazorat uchun oqmaga metilen ko'ki yoki brilliant

yashili eritmasi yuboriladi.
TO'G'RI ICHAK TUSHISHI

To'g'ri ichakning tushishi deganda ichakning tashqariga, orqa chiqaruv yo'li atrofiga chiqishi tushuniladi. Qorin ichida bosimning oshishi (qabziyat, ich ketar, tug'ruk, yo'tal) ichak

tushishiga sababchi hisoblanadi. Dumba sohasi va bel-dumg'aza sohasining o'q otar qurollardan yaralanishi, maishiy shikastlar ham ichak tushishiga olib kelishi mumkin.

Klassifikatsiyasi. To'g'ri ichak tushishining uchta bosqichi farq qilinadi:

I bosqichi — to'g'ri ichak xojat paytida tushadi, so'ngra o'z-o'zidan joyiga kiradi.

II bosqichida — ichak jismoniy zo'riqishda tushadi, o'z-o'zidan joyiga kirmaydi, bemorlar qo'llari bilan ichakni joyiga kiritadilar.

III bosqichida ichak arzimagan jismoniy harakatda ham tushadi va joyiga kiritilgandan keyin tez orada yana tushadi.

Patologoanatomik jihatdan kasallikning 4 formasi tafovut qilinadi:

1. Orqa chiqaruv yo'li shilliq pardasi tushishi.

2. Ichak anal bo'limi devorining hamma qatlamlari tushishi.

3. To'g'ri ichakning orqa chiqaruv yo'li tushmasdan tushishi.

4. Orqa chiqaruv yo'li va to'g'ri ichakning tushishi.

Klinikasi. Asta-sekin rivojlanadi, kasallik boshlanayotganda xojatga borilganda faqat shilliq parda tushadi. Kasallik rivojlangan sayin to'g'ri ichakning tushishi tez-tez

ro'y berib turadi, ichakni qo'l bilan joyiga kiritilgandan keyin, hatto vertikal xolatda ham uning tushishi qayd qilinadi. Bemorlar mehnatga layoqatsiz bo'ladilar.

Ichak tushganda quyidagi asoratlarni kuzatish mumkin: to'g'ri ichak shilliq pardasida yaralar, nekroz va teshilish (perforatsiya), keyinchalik peritonit paydo bo'ladi.

Davolash. Bolalikda qabziyat, ich ketar, yo'talni bartaraf etishga karatilgan konservativ davolashning o'zi kifoya qiladi. To'g'ri ichak tushishining yengil turida Tirsh

operatsiyasi bajariladi - orqa chiqaruv yo'li atrofidagi teri ostiga kumush simning teri osti implantatsiyasi bajariladi. Kyummel` - Zereni bo'yicha rektopeksiya operatsiyasi

juda yaxshi natija beradi. Bu operatsiyaning mohiyati to'g'ri ichak devorini umurtka pog'onasining bo'ylama boylamiga dumg'aza umurtqalari sohasiga fiksatsiya qilishdan iborat.

To'g'ri ichakning tushishi anal sfinkterning yetishmovchiligi bilan birga uchraganda yuqorida zikr kilingan operatsiyani chanoq tubi muskullarini mustahkamlash bilan

to'ldiriladi.


4.2. Ushbu mashg'ulotda yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash

«QORA QUTICHA» usulini qo'llash.

Ushbu usul mashg'ulot davomida xamkorlikda ishlash va har bir talabaning faol qatnashishini ko'zda tutadi, o'qituvchi butun guruh bilan ishlaydi.

Xar bir talaba qora qutichadan savol yozilgan kartochkani oladi.

Talabaga javob berish uchun 3 daqiqa beriladi. So'ngra javoblar muhokama qilinadi. Usulning ohirida o'qituvchi berilgan javoblarni muhokama qiladi va talabalarning

faolligini aniqlaydi.

Ushbu usul talaba nutqi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va talabada mustaqil fikrlash, muloxaza yuritishni shakllantiradi.

Annotatsiya turlari:

Bemorda defekatsiya vaktida kup mikdorda axlatga aralashmagan xolda kirmizi kon chikishi kuchatiladi


«O'RGIMCHAK INI» usulini qo'llash.

Talabalarga o'tgan darslardan savollar tayyorlash uchun vaqt beriladi.

Ishtirokchilar doira bo'lib o'tirishadi.

Ishtirokchilarning biriga ip bilan bog'langan koptokcha beriladi, u xoxlagan talabaga o'zi oldindan tayyorlagan savolni ( javobni o'zi bilishi shart) berib, koptokchani

topshiradi.

Koptokchani olgan talaba savolga javob beradi (savol bergan ishtirokchi javobni sharxlab turadi) va savolni boshqa ishtirokchiga beradi. Bu musobaka hamma ishtirokchilar

“”o'rgimchak ini”ga o'ralguncha davom etadi.

Hamma talabalar savol berib bo'lgach, ohirga talaba qo'lidagi koptokchani birinchi savol bergan ishtirokchiga qaytaradi va unga savol beradi va x.k., bu xol chigal yechilgunga

qadar davom etadi.

Eslatma: talabalardan xar bir javobga e'tiborli bo'lish talab qilinadi, chunki oldindan qaysi talabaga koptokcha berilishi noma'lum.


4.3. Taxliliy qism

Vaziyatli masala:

Bemorda defekatsiya vaktida kup mikdorda axlatga aralashmagan xolda kirmizi kon chikishi kuchatiladi

I. Bu xolat tugri ichak kasalliklarini qaysi patologiyasiga xos:

A. gemarroy*

B. orka teshik yerigi

V. Turi ichak tushishi

G. Tugri javob yuk

D. xammasi tugri

II. gemarroy asoratlari:

A. tromboflebit*

B. peritonit

V. Ich ketishi

G. Kungil aynash

D. xammasi tugri


5. Amaliy qism

Amaliy ko'nikmalar bo'yicha topshiriqlarni bajarish (differentsial tashxis o'tkazish va so'ngi tashxisni asoslash, to'g'ri parxez va rejali davoni belgilash, UTT, rentgenologik tekshiruv)

1. DIFFERENTSIAL TASHXIS UTKAZISH VA YAKUNIY TASHXISNI ASOSLASH.

Amaliy ko'nikmalar bo'yicha topshiriqlarni bajarish (differentsial tashxis o'tkazish va so'ngi tashxisni asoslash)


Differentsial tashxis o'tkazish va so'ngi tashxisni asoslash.

Maqsad: differentsial tashxis o'tkazish va so'ngi tashxisni asoslashni o'rgatish.






Chora tadbirlar

Bajarmadi

To'liq bajardi

1.

Klinik simptomlari ushbu kasallik bilan o'xshash bulgan kasalliklarni keltirib o'tish

0

25

2.

Asosiy klinik sindromlarning differentsial tashxisini o'tka-zish

0

35

3.

Shikoyatlar, anamnez, ob'ektiv va laborator tekshiruvlarga asosla-nib va differentsial tashxis utkazib sungi tashxisni qo'yish

0

40



Jami


0

100


To'g'ri parxez va rejali davoni belgilash.

Maqsad: Kasallikni davolash va remissiyaga erishish.





Chora tadbirlar

Bajarmadi

To'liq bajardi

1.

Pevzner bo'yicha davo parxezlarining xarakteristikasini o'rganish

0

10

2.

Tashxisga mos ravishda parxez stolini to'g'ri tanlash

0

10

3.

Parxezning sifatini baholash

0

20

4.

Tashxisga mos ravishda va kasallikni og'irlik darajasini hisobga olib asosiy terapiyani tayinlash

0

20

5.

Tashxisga mos ravishda va kasallikni og'irlik darajasini hisobga olib simptomatik terapiyani tayinlash

0

20

6.

Profilaktik choralar

0

20



Jami


0

100


6. Bilim, amaliy ko'nikmalarni nazorat qilish turlari

1. Og'zaki;

2. Yozma;

3. Vaziyatli masalalarni yechish;

4. O'zlashtirgan amaliy ko'nikmalarni ko'rsata olish
7. Joriy nazoratni baholash mezoni



O'zlashtirish

% va balda



Baho

Talabaning bilish darajasi

1.

96-100

Аlo

«5»


To'g'ri ichak kasalliklari ta'rifi, tasnifi, etiologiyasi va patogenezi, turli davolash usullariga bo'lgan ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar, asoratlar bo'yicha

berilgan savollarga to'liq javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to'liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda javob beradi.

Interaktiv o'yinlar o'tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo'llay oladi.

Barcha test savollarini va vaziyatli masalalarni to'g'ri yecha oladi.

Savollarni mohiyatini tushunadi, to'g'ri javob beradi, ishonch bilan aytib beradi, aniq tasavvurga ega.


2.

91-95

To'g'ri ichak kasalliklari ta'rifi, tasnifi, etiologiyasi va patogenezi, turli davolash usullariga bo'lgan ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar,

asoratlar bo'yicha berilgan savollarga to'liq javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to'liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda javob beradi.

Interaktiv o'yinlar o'tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo'llay oladi.

Vaziyatli masalalarni 1 xatolik bilan to'g'ri yecha oladi.

Test savollarini 1 xatolik bilan to'g'ri yecha oladi.

Savollarni mohiyatini tushunadi, to'liq javob beradi, ishonch bilan aytib beradi.



3.

86-90

To'g'ri ichak kasalliklari ta'rifi, tasnifi, etiologiyasi va patogenezi, turli davolash usullariga bo'lgan ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar,

asoratlar bo'yicha berilgan savollarga to'liq javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to'liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda javob beradi.

Interaktiv o'yinlar o'tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo'llay oladi.

Vaziyatli masalalarni 2-3 xatolik bilan to'g'ri yecha oladi.

Test savollarini 2-3 xatolik bilan to'g'ri yecha oladi.

Savollarni mohiyatini tushunadi, 1 savolga noaniqlik bilan javob beradi.



4.

81-85

Yaxshi

«4»



To'g'ri ichak kasalliklari ta'rifi, tasnifi, etiologiyasi va patogenezi, turli davolash usullariga bo'lgan ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar, asoratlar bo'yicha

berilgan savollarga to'liq javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to'liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda javob beradi.

Interaktiv o'yinlar o'tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo'llay oladi.

Vaziyatli masalalarni 2-3 xatolik bilan to'g'ri yecha oladi.

Test savollarini 2-3 xatolik bilan to'g'ri yecha oladi.

Savollarni mohiyatini tushunadi, 2-3 savolga noaniqlik bilan javob beradi.



5.

76-80

To'g'ri ichak kasalliklari ta'rifi, tasnifi, etiologiyasi va patogenezi, turli davolash usullariga bo'lgan ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar,

asoratlar bo'yicha berilgan savollarga to'liq javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to'liq asoslangan va ijodiy yondoshgan holda javob beradi.

Interaktiv o'yinlar o'tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo'llay oladi.

Vaziyatli masalalar, test va savollarga 3-4 xatoliklar bilan javob beridi.



6.

71-75

To'g'ri ichak kasalliklari ta'rifi, tasnifi, etiologiyasi va patogenezi, turli davolash usullariga bo'lgan ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar,

asoratlar bo'yicha berilgan savollarga to'liq emas, ammo to'g'ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila oladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yurita oladi.

Vaziyatli masalalarga to'g'ri javob beradi.

Interaktiv o'yinlar o'tkazishda yuqori faollik bilan va ijodiy yondasha oladi, amalda qo'llay oladi.

Test va savollarga 3-4 xatoliklar bilan javob beridi.



7.

66-70

Qoniqarli «3»

To'g'ri ichak kasalliklari ta'rifi, tasnifi, etiologiyasi va patogenezi, turli davolash usullariga bo'lgan ko'rsatmalar va qarshi

ko'rsatmalar, asoratlar bo'yicha berilgan savollarga to'liq, ammo 60%ga to'g'ri javob beradi.

Xulosa qabul qiladi, ammo qaror qabul qila olmaydi, har doim ham mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni yarmiga to'g'ri, to'liq asosli javob beradi.

Interaktiv o'yinlar o'tkazishda qatnashadi va ijodiy yondasha oladi, amalda qo'llay oladi.

Vaziyatli masalalar, test va savollarni yarmiga to'g'ri javob beradi.



8.

61-65

To'g'ri ichak kasalliklari ta'rifi, tasnifi, etiologiyasi va patogenezi, turli davolash usullariga bo'lgan ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar,

asoratlar bo'yicha berilgan savollarga to'liq emas, ammo 50%ga to'g'ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, har doim ham mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni yarmiga to'g'ri, har doim ham to'liq asosli bo'lmagan javob beradi.

Interaktiv o'yinlar o'tkazishda qatnashadi, har doim ham asosli xulosa qabul qila olmaydi, amalda qo'llay olmaydi.

Vaziyatli masalalar, test va savollarni yarmiga to'g'ri javob beradi.



9.

55-60

To'g'ri ichak kasalliklari ta'rifi, tasnifi, etiologiyasi va patogenezi, turli davolash usullariga bo'lgan ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar,

asoratlar bo'yicha berilgan savollarga to'liq emas, ammo 50%ga to'g'ri javob beradi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni yarmiga to'g'ri, to'liq asosli bo'lmagan javob beradi.

Interaktiv o'yinlar o'tkazishda qatnashadi, har doim ham asosli xulosa qabul qila olmaydi, amalda qo'llay olmaydi.

Vaziyatli masalalar, test va savollarni yarmiga to'g'ri javob beradi.



10.

31-54

Qoniqarsiz «2»

Berilgan savollarni 1/5 qismiga to'g'ri javob beradi.

To'g'ri ichak kasalliklari ta'rifi, tasnifi, etiologiyasi va patogenezi, turli davolash usullariga bo'lgan ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar, asoratlar bo'yicha berilgan

savollarga talaba javob bera olmaydi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni noto'g'ri, asossiz yondogan holda yechadi.

Interaktiv o'yinlarda qatnashmaydi, asosli xulosalar qabul qila olmaydi, amalda qo'llay olmaydi.



11.

20-30

Savollarga javob bera olmaydi.

To'g'ri ichak kasalliklari ta'rifi, tasnifi, etiologiyasi va patogenezi, turli davolash usullariga bo'lgan ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar, asoratlarni bilmaydi.

Xulosa va qaror qabul qila olmaydi, mustaqil mushohada yurita olmaydi.

Vaziyatli masalalarni noto'g'ri, asossiz yondogan holda yechadi.

Interaktiv o'yinlarda qatnashmaydi, asosli xulosalar qabul qila olmaydi.

Barcha vaziyatli masalalar va testlarni noto'g'ri yechadi.

Talaba darsda qatnashmoqda, kiyimlari joyida, daftar va fonendoskopi o'zi bilan birga.



8. Mashg'ulotning texnologik kartasi



Mashg'ulot bosqichlari

Mashg'ulot shakli

Davomiy-ligi (90 min.)

1.

O'qituvchining kirish so'zi (mavzuni asoslash).




5

2.

Amaliy mashg'ulot mavzusini muhokama qilish, yangi pedagogik texnologiyalar (kichik guruhlar, munozara-bahs, vaziyatli masala, «qorbo'ron», «aylana stol» va h.k.),

shuningdek, ko'rgazmali materiallar (slayd, audio-videokasseta, mulyaj, fantom, EKG, rentgenogramma va h.k.) ni qo'llagan holda talabalarning dastlabki bilim darajasini

tekshirish.


so'rov, tushuntirish

20

3.

Muhokamaga yakun yasash. 5




5

4.

Talabalarga mashg'ulotning amaliy qismini bajarish uchun topshiriq berish. Topshiriqlarni bajarish tartibi bo'yicha ko'rsatmalar va tushuntirish berish. Mustaqil




10

5.

Talabalarni mashg'ulotning amaliy qismini o'qituvchi yordamida egallashi (tematik bemor kuratsiyasi)


kasallik tarixi, ishbilarmon o'yinlar, klinik vaziyatli

masala


10

6.

Tematik bemorni laboratoriya, instrumental tekshiruvlaridan olingan natijalarni tahlili, differentsial diagnostika, davolash va sog'lomlashtirish rejasini

tuzish, retseptlar yozish va h.k.



klinik-laborator anjomlar bilan ishlash клиник-


10

7.

Talabalarning o'zlashtirgan nazariy bilimlarini va amaliy ish natijalarini muhokama qilish, mustahkamlash va mashg'ulot maqsadiga erishilganlik darajasini

hisobga olgan holda guruh faoliyatini baholash.



og'zaki so'rov, test, munozara-bahs, amaliy ish natijalarini tekshirish

25

8.

Ushbu mashg'ulot bo'yicha o'qituvchining xulosasi, har bir talaba faoliyatini 100-ballik tizim bo'yicha baholash va e'lon qilish. Keyingi darsga tayyorlanish uchun

talabalarga vazifa berish (savollar to'plami).



Axborot, mustaqil tayyorlanish uchun savollar

5


9. Tekshiruv savollari

1. To'gri ichak kasalliklari xakida tushuncha, etiopatogenezi, klinikasi, tashxisi va davolash yo'llari.

2. To'gri ichak kasalliklarining davolash xususiyatlari.

3. Tashxis ko'yishga va jarroxlik amaliyotiga tayyorlashga o'rgatish.

4. To'gri ichak kasalliklarining jarroxlik amaliyotiga ko'rsatmalari.
10. Tavsiya etilgan adabiyotlar

1. A.M. Aminev, Rukovodstvo po proktologii. Kuybishev, 1973y.

2. SH.I. Karimov, N.X. Shamirzaev., «Xirurgik kasalliklar» Toshkent, 1994y.

3. I.YU. Yudin. Xirurgicheskie lecheniya nespetsificheskogo yazvennogo kolita: vozmojnosti rekonstruktivnix operatsiy, Moskva 1976y.

4. SH. Drobniy «Xirurgiya kishechnika», Budapesht 1983y.

5. M.F. Mazurik «Ambulatornaya xirurgiya» 1988y.


Mavzu bo'yicha Internetdagi adreslar:

http://www.tma.tmn.ru/Vestnik

http://medi.ru/doc/83.htm

http://www.rmj.net/index.htm



http://www.consilium-medicum.com/media/refer

http://www.mediasphera.aha.ru
Yüklə 137,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin