Zokirjon saidboboyev


Tarixiy geografiyani rganishda yordamchi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə7/83
tarix01.01.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#107142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
2 5474133365772780609
2 5474133365772780609
4. Tarixiy geografiyani rganishda yordamchi tarixiy fanlarning rni

Yuqorida qayd etilganidek, tarixiy-geografik tadqiqotlar tarix faniga asoslanadigan manbalarga tayanadi. Tarixiy geografiya uchun qimmatli blgan manbalarga aholi ryxatlari, xjalik hisob-kitob daftarlari, yilnomalar, qadimgi geografiyaga oid kitoblar kiradi. Tarixiy geografiya uchun katta ahamiyatga ega blgan manbalar bu arxeologik, toponimik, shuningdek, antropologik manbalar hamda yordamchi tarixiy fanlarning malumotlari kiradi.

Arxeologiya (arxeo-qadimgi va logos-fan) — jamiyat hayoti va insoniyat faoliyatini moddiy ashyolar, qadimgi yodgorliklar asosida rganadi. Jumladan, mehnat qurollari, taqinchoq, turli idishlar hamda alohida qron va qafalarni rganish asosida qadimgi va rta asrlar tarixiy geografiyasining xjalik va etnik malumotlariga ega blish mumkin. Arxelogik qazish ishlari natijasida tplangan ashyolar yozma manbalarda uchramaydigan malumotlarni qlga kMtishimizga imkon beradi.

1 Bu haqda batafsil qarang: KcwajiudduHoe III. C. HeropnqecKaH reorpadiHH lOxHoro Coma h ToxapHCTaHa no apaGoJObniHHM HCTOHHHKaM IX - Haia^a XIII bb. - T.: y36eKHCT0H. 1996.

Toponimika (yunoncha topos-joy, onoma-nom) — joy nomlari trisidagi fandir. Toponimika deganda joy nomlarini rganadigan fanni, toponimiya deganda esa geografik nomlar yiindisi tushuniladi. Toponimiya bir necha turga blinadi: gidronimiya, ya'ni daryo, dengiz, kl, soylar, jilalar, kanallar, qltiqlar, bozlar, sharsharalar nomlari; oronimiya, ya'ni yer yuzasining relef shakllari - tolar, chqqilar, qirlar, vodiylar, tekisliklar nomlari: oykonimiya (yunoncha „uy"), polinimiya (yunoncha „shahar"), yoki urbonimiya (lotincha „shahar"), ya'ni qishloq hamda shaharlarning nomlari. Bundan tashqari xalq uru-aymoq nomlari bilan atalgan toponimlar etnotoponimlar deyiladi; kishilarning ismlari bilan yuritiladigan toponimlarni esa antrotoponimlar deb atash mumkin.

Toponimika shaharlar, qishloqlar, daryolar, kllar, tolar kabi geografik nomlarni, ularning kelib chiqishini, tarixini rganar ekan, bu fan geografiarga ham, tarixchilarga ham boy ilmiy ma'lumot beradi.

Xalqlar biror hududdan turli sabablarga kra kchib ketishsa ham, daryolar kllar, shaharlarga ular bergan nomlar saqlanib qolgan. Toponimika xalqlarning qaysi millatga tegishli ekanini aniqlab beradi. Geografik nomlar kartaning eng muhim elementi blib, biror mamlakat yoki lka tabiatining xususiyatlarini aks ettiradi. Shu bilan birga joy nomlari jamiyat tarixi bilan chambarchas boliq.

Joyga nomni kishilar beradilar. Har bir joyning bir necha xususiyati blishi mumkin. Ana shu xususiyatlardan qaysi birini tanlash jamiyatning talabiga, uning taraqqiyot darajasiga boliq.

Xalqlar turli joylarga kchganlarida yangi yashash joylariga z nomlarini beradilar, kproq zlari oldin istiqomat qilgan joylarining nomini yangi yashash joylariga ham beradilar. Toponimlarning ana shu muhim xususiyatlaridan biri ularning takrorlanib turishidir. Bu holni biz AQSh shaharlarining Yevropa-ning turli davlatlari shaharlari riomi bilan atalganligida ko'rishimiz mumkin. Masalan, AQShning birgina zida 8 ta Moskva, bir

18

necha Odessa degan shahar va aholi maskanlari bor. Dunyoda 10 ga yaqin Samarqand blganligi ma'lum. Zarafshon vodiysida bir necha Toshkent qishloi blgan. Nomlar „kchib" yuradi.

zbekistonda takrorlanadigan nomlar juda kp. Ularning hammasini ham boshqalarga nisbat berib qyilgan nomlar deyish xato. Agar biror qishloq nomi kp yerlarda uchrasa, u awalo etnonim, ya'ni biror millat, uru, qabilaning nomi bladi. Masalan, Qnirot, Manit, Urganji, Mitan Arab nomli qishloqlar etnotoponimlardir. Atamalar ham joy nomlari tarkibida takror-takror uchraydi. Rabot, buloq, quduq, soy, suv, qum, tosh, gaza, tangi, qopchiay, to, dahana, ama, tepa kabi atamalar ana shular jumlasidandir. Toponimlarning ana shunday takrorlanib turishi ularni tasniflab rganish ishini osonlashtiradi.

Joy nomlarini turlicha tasnif qilish mumkin. Agar toponimlarni etimologiyasi jihatdan tasnif qilsak, 1) etimologiyasi hammaga ravshan blgan toponimlar (Uchquduq, Beshariq, Navoiy, Paxtakor va hokazolar); 2) ma'nosi etimologik tadqiqotlar yordamida ochib beriladigan toponimlar (Jizzax, Shopurkom, Buxoro, Norin va hokazolar); 3) mazmunini hozircha izohlab berish qiyin blgan toponimlarga (Arsif, Zomin va hokazolar) ajratish mumkin.

Tarixiy geografiyani rganishda qator yordamchi tarixiy fanlarning uslublariga tayaniladi. Ularning manba va malumotlari tarixiy geografiya fani uchun keng qllanilishi mumkin.

Jumladan, antropologiya fani maTumotlari orqali esa xalqlarning kelib chiqishi, uning turli irqlarga oidligi masalalari ilmiy hal etiladi. rta Osiyo xalqlarining ham turli irqlarga oidligi ana shu fanning uslublari yordamida aniqlangan. Jumladan, tolik tojiklar antropologik tip jihatidan yevropoid irqiga, qozoq va qirizlar esa mongoloid, zbek va tojiklar esa har ikki irqqa ham oidligi ma'lum. zbeklarda yevropoid kqining belgilari kuchli.



Genealogiya (yunoncha genealogia-shajara) — shajaralar tuzish, uru va oilalarning kelib chiqishi, ayrim shaxslarning tarixi va qarindoshlik aloqalarini rganadi. Siyosiy tarixiy

19

geografiya uchun genealogiyaning katta ahamiyati bor. Hukmdorlar va sulolalar tarixini rganishda, ularning haqiqiy qon-qarindoshlik aloqalarini tiklashda genealogiya uslublaridan foydalanish zarur.



Geraldika (lotincha heraldus-jarchi, gerald) — gerbshunoslik, dastlab XIII-XIX asrning birinchi yarmigacha dvoryan, sex va yer muMarining gerblarini tuzish bilan geraldlar shuullanganlar (geraldika atamasi shundan olingan). XIV asrdan boshlab gerbchilar ustaxonalari tashkil topgan, unda murakkab va rangli gerblar yaratilgan. Bora-bora uylar, tarixiy yodgorliklar, davlat bayroqlari, pullar va harbiy qurollarga gerb suratlarini tushirish rasm blgan. Geraldika moddiy madaniyat yodgorliklarini hamda gerbli va ramzli yozma manbalarni rganadi hamda tarixiy-geografik tadqiqotlar uchun ijtimoiy xususiyatlar, mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni rganishda yordam beradi. Arxeologik qazishlar zbekistonda ham qadimdan muhrlar, tangalar va buyumlarga, shahar, davlat, uru yoki hunarmandchilik uyushmalarining gerb suratlarini tushirish keng tarqalganligini krsatadi. Tamalarga tushirilgan turli ramzlar yordamida davlat yoki ma'lum mintaqaning tabiiy-geografik joylashuvi, asosiy xjalik shakii, siyosiy tuzumi haqida tasawurga ega blish mumkin. Ular ajdodlarimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotini, davlatlar va sulolalar tarixini oydinlashtirishga xizmat qiluvchi nodir manbalardan biridir.

Diplomatika (yunoncha diploma-ikki buklangan hujjat) — yordamchi tarix fani blib, tarixiy hujjatlar va yozishmalarni rganadi. Diplomatika XIY-XV asrlarda ilmiy asosda rivojlana boshladi va bu jarayon XIX asrga qadar davom etdi. Diplomatikada maxsus tarmoqlar. imperator va qirollar yorliqlari diplomatikasi, papalar yorliqlari diplomatikasi, shaxsiy hujjatlar diplomatikasi shakllandi. Mazkur hujjatlar orqali siyosiy-tarixiy geografiyaga oid ma'lumotlarni qlga kiritishimiz mumkin. zbekistonda asosiy diplomatika hujjatlari zbekiston Markaziy Davlat Arxivi va FA Sharqshunoslik institutida tplangan.


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə