” 022 Soatlar soni: soat. Mavzu



Yüklə 201,79 Kb.
tarix24.10.2022
ölçüsü201,79 Kb.
#118555
MOM


___”_______________ 2022 Soatlar soni: 1 soat.
Mavzu: Ikki va uch xonali sonlarni xona birliklaridan o‘tib qo‘shish va ayirish usullari.
Tayanch tushunchalar: Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib, bo‘laklab va ustun shaklida ayirish usullari.
Mavzuning qisqacha mazmuni: Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib ayirishning ikki usuli – bo’laklab va ustun shaklida ayirish usullarini takrorlash, unga doir misol va masalalarni, kesmani o’lchash va taqqoslashga doir mashqni yechish.
Metodlar: Suhbat, «Kim tez topadi?» interfaol metodi, mustaqil ish.
Jihozlar: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.
Nazorat: Og‘zaki so‘rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.
Baholash: Doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o‘quvchilar baholanadi.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarning ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib ayirish bo‘yicha 2-sinfda olgan bilim va ko‘nikmalarini, kesmani o’lchash va taqqoslashga oid malakalarini mustah-kamlash.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:tavsiya etilgan media manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:o‘rganilgan mavzu doirasida o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish va ifodalay olish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini himoya qila olish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:kundalik hayotda o‘rganilgan matematik usullarni tanlay olish;
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza oladi;
Kutilayotgan natijalar: Bo’laklab va ustun shaklida ayirish usullaridan foydalanib, ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib ayirishga doir misollarni yecha oladilar, kesma uzunhgini o’lchash va ularni taqqoslay oladilar.
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish; Davomatni tekshirish; Darsning maqsadini aytish.
II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga vazifa tekshirib chiqiladi. Og’zaki savol –javob o’tkazaman.
III.Yangi mavzu bayoni:
Darsning borishi:

2. 140 + 440 = 580 260 + 220= 480 350 + 620=970
650 + 310 =960 750 + 130= 880 760 + 230= 990
3. Yozgi ta’tilda Xadicha va uning ukasi 270 ta ertak o‘qishdi. Ulardan 150 tasi o‘zbek xalq ertaklari, qolganlari jahon xalqlari ertaklari. Ular qancha jahon xalqlari ertaklarini o‘qishgan?
270-150=120
Javob: 120ta

5. To‘g‘ri tenglikni topib, noto‘g‘rilarini tuzating:
465 – 123 = 342 123 + 465 = 588
588 – 365 = 223 534 + 123 = 657
6. Javobi 111, 222, 555, 666, 777 bo‘lgan misollar tuzing.
Namuna: 100+10+1=111
IV. Mustahkamlash.
V. Uyga vazifa:
Uyga berilgan 7-misol va 8-masalani yechish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar beriladi.
7. 710 + 50=860 160 + 330=490 210 + 420 + 60= 630+60=690
310 + 80 =390 760 – 410 =350 870 – 240 – 20= 630-20=610
8. Toshkent–Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi «Afrosiyob» tezyurar poyezdi bir vaqtning o‘zida 215 nafar yo‘lovchini tashish imkoniyatiga ega. Agar poyezdga 210 nafar yo‘lovchi chiqqan bo‘lsa, yana nechta bo‘sh o‘rin qoldi?
Yechish: 215-210=5
Javob : 5ta
Darsdagi faolligiga qarab o‘quvchilar baholanadi.
Uyga qo‘shimcha topshiriq: Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib ayirish usullarini takrorlash va puxta o‘zlashtirib kelish.
VI. Dars yakuni. O’quvchilar bilimini baholash va rag’batlantirish
Yüklə 201,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin