15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR
227
tartib-qoidalarga, ota-onaga hurmat ruhi asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. Zero,
har qaysi davlatning yoshlari uning ertangi kunini, taqdirini belgilovchi kuch bo‘lib sanaladi.
Bioetika – amaliy etikaning nazariy asosi.
Bioetika:
Bioetika Bioetika – tibbiyot va biologiyaning rivojlanishiga qarab yuzaga keladigan axloqiy,
huquqiy va ijtimoiy muammolarni o‘rganuvchi bilim sohasi.
Boshqacha qilib aytganda, bu
borliqqa axloqiy munosabat mezonlari to‘g‘risidagi fan, jamiyat manfaatlarini ilm-fan tajovuzidan
himoya qiluvchi institut, shuningdek tibbiyot sohasidagi axloqiy
muammolarni hal qilish
metodologiyasidir. Bioetikaning asosiy maqsadi – insonni uning hayoti va sog‘lig‘iga tibbiyot va
biologiyaning salbiy ta’siridan himoya qilish. «Bioetika» atamasini amerikalik mashhur onkolog
vrach, olim va insonparvar Van Ranseler Potter (1911-2001) ilmiy muomalaga kiritdi.
Dostları ilə paylaş: