11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH
165
ifodalanadi. Unga ko’ra,
sinfga, turkumga xos tasdiqlangan yoki inkor etilgan belgi,
xususiyatlar shu turkumga kiruvchi har bir predmetga, har bir hodisaga xos bo’lib
hisoblanadi.
Sillogizm aksiomasi deganda sillogizm xulosasining isbot, dalil talab qilmaydigan qoidasi nazarda
tutiladi.
Sillogizm aksiomasi uning terminlari R, M, S orasidagi munosabatni ifodalaydi.
Bunda R umumiylikni ifodalaydi, M uning belgisi. M R ga (ya’ni umumga) xos bo’lgani
uchun ham u o’z navbatida alohidalik (S) ning ham belgisi bo’lib hisoblanadi.
Sillogizm aksiomasini quyidagi sxemada ifodalash mumkin:
Sxemaning o’qilish tartibi:
S M ning belgisi, M R ning belgisi.
Sillogizm aksiomasining 2 xil ifodasi mavjud:
1.
Belgining belgisi narsaning o’z belgisidir. Boshqacha qilib aytganda, jinsga mansub belgi
turga ham xosdir.
2.
Belgining belgisi bo’lmagan narsa narsaning o’z belgisi emasdir. Ma’nosi:
agar belgi
turkumga xos bo’lmasa, narsaga ham xos emasdir. Bunday holatda sillogizm terminlari (R, M, S,)
ni quyidagicha ifodalash mumkin:
R — jins
M- tur
S — alohida predmet
Sillogizm vositasida chiqarilgan xulosalarning chinligini ta’minlash sillogizm qoidalariga rioya
etishni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: